Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qirgʻiziston Respublikasi Hukumati oʻrtasida
Bayonnoma
2006-yil 3-oktabrda imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qirgʻiziston Respublikasi Hukumati oʻrtasida fuqarolarning oʻzaro kelib-ketishlari toʻgʻrisidagi Bitimga oʻzgartirishlar kiritish haqida
Qirgʻiziston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati, keyingi oʻrinlarda Tomonlar deb ataluvchilar,
ikki davlat fuqarolarining oʻzaro kelib-ketishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida,
2006-yil 3-oktabrda imzolangan Qirgʻiziston Respublikasi Hukumati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati oʻrtasida fuqarolarning oʻzaro kelib-ketishlari toʻgʻrisida Bitimning (keyingi oʻrinlarda — Bitim) 4 va 13-moddalariga asoslanib,
quyidagilar toʻgʻrisida kelishib oldilar.
1-modda
Bitimga quyidagi oʻzgartirish kiritilsin:
2-modda
Mazkur Bayonnoma Bitimning ajralmas qismi hisoblanadi va Bitimning 16-moddasida koʻrsatilgan tartibda kuchga kiradi hamda Bitim bilan bir paytda oʻz kuchini yoʻqotadi.
Bishkek shahrida 2023-yil 27-yanvarda har biri oʻzbek, qirgʻiz va rus tillarida boʻlgan ikki nusxada tuzildi, bunda barcha matnlar bir xil kuchga ega.
Mazkur Bayonnoma qoidalarini talqin qilishda kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda, Tomonlar rus tilidagi matnga murojaat qiladilar.
(imzolar)
2006-yil 3-oktabrda imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qirgʻiziston Respublikasi Hukumati oʻrtasida fuqarolarning oʻzaro kelib-ketishlari toʻgʻrisidagi Bitimga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Bayonnomaga
1-ILOVA
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining Qirgʻiziston Respublikasi hududiga kirishlari, undan chiqishlari, tranzit oʻtishlari, harakatlanishlari va unda boʻlib turishlari uchun hujjatlar
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining biometrik diplomatik pasporti.
2. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish biometrik pasporti.
3. Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida doimiy yashash joyiga ega maqomidagi fuqarolar uchun Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining biometrik pasporti (2030-yilning 31-dekabriga qadar);
4. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining identifikatsiya ID-kartasi*.
5. Oʻzbekiston Respublikasiga qaytish uchun guvohnoma.
Izoh:
* Mazkur roʻyxatning 4-bandida koʻrsatilgan hujjat Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasidan chiqib, Qirgʻiziston Respublikasiga kirish hamda Qirgʻiziston Respublikasidan chiqib, Oʻzbekiston Respublikasiga kirish uchun foydalaniladi.
2006-yil 3-oktabrda imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qirgʻiziston Respublikasi Hukumati oʻrtasida fuqarolarning oʻzaro kelib-ketishlari toʻgʻrisidagi Bitimga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Bayonnomaga
2-ILOVA
2-ILOVA
Qirgʻiziston Respublikasi fuqarolarining Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirishlari, undan chiqishlari, tranzit oʻtishlari, harakatlanishlari va unda boʻlib turishlari uchun hujjatlar
ROʻYXATI
1. Qirgʻiziston Respublikasining diplomatik pasporti.
2. Qirgʻiziston Respublikasining xizmat pasporti.
3. Qirgʻiziston Respublikasi fuqarosining pasporti (ID-kartasi)*.
4. Qirgʻiziston Respublikasi fuqarosining umumiy fuqarolik pasporti.
5. Qirgʻiziston Respublikasiga qaytish uchun guvohnoma.
Izoh:
* Mazkur roʻyxatning 3-bandida koʻrsatilgan hujjat Qirgʻiziston Respublikasi fuqarolari tomonidan Qirgʻiziston Respublikasidan chiqib, Oʻzbekiston Respublikasiga kirish hamda Oʻzbekiston Respublikasidan chiqib, Qirgʻiziston Respublikasiga kirish uchun foydalaniladi.