25.08.2023 yildagi PQ-286-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Abu Rayhon Beruniy nomidagi YUNESKO — O‘zbekiston xalqaro mukofotini ta’sis etishni qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jahon tamadduniga ulkan hissa qo‘shgan buyuk mutafakkir va qomusiy olim Abu Rayhon Beruniyning ilmiy-ma’rifiy merosini xalqaro darajada chuqur o‘rganish va keng targ‘ib qilish, sun’iy idrok sohasida odob-axloq, inklyuzivlik va madaniy xilma-xillikni rag‘batlantirish, O‘zbekiston va YUNESKO o‘rtasidagi ilmiy-madaniy aloqalarni yanada kengaytirish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-avgustdagi “Buyuk mutafakkir va qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy tavalludining 1050 yilligini xalqaro miqyosda keng nishonlash to‘g‘risida”gi PQ-361-son qaroriga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma), YUNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy komissiyasi, Tashqi ishlar vazirligi, Fanlar akademiyasining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
YUNESKO bilan hamkorlikda sun’iy idrok sohasida odob-axloqni targ‘ib etish orqali ilmiy muloqotni rag‘batlantirish bo‘yicha Abu Rayhon Beruniy nomidagi YUNESKO — O‘zbekiston xalqaro mukofotini ta’sis etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Parij shahridagi (Fransiya) YUNESKO bosh qarorgohida 2023-yil 4 — 8-sentabr kunlari Abu Rayhon Beruniy hayoti va ijodiga bag‘ishlangan xalqaro ko‘rgazma va tadbirlarni (keyingi o‘rinlarda — Ko‘rgazma) yuqori saviyada o‘tkazish to‘g‘risidagi takliflari qo‘llab-quvvatlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
YUNESKO bosh qarorgohida Abu Rayhon Beruniy hayoti va ijodiga bag‘ishlangan xalqaro ko‘rgazma va tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish hamda ularni o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita tarkibi 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
YUNESKO bosh qarorgohida Abu Rayhon Beruniy hayoti va ijodiga bag‘ishlangan xalqaro ko‘rgazma va tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish hamda ularni o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Jamg‘arma:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fanlar akademiyasi bilan birgalikda Ko‘rgazmada taqdim etish uchun dunyo kutubxonalarida saqlanayotgan nodir qo‘lyozmalar nusxalaridan iborat Ko‘rgazmaga bag‘ishlangan maxsus katalogning ingliz va o‘zbek tillarida chop etilishini ta’minlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Madaniyat vazirligi bilan birgalikda Ko‘rgazma doirasida O‘zbekiston davlat filarmoniyasining konsert dasturini yuqori saviyada tashkil etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Tashqi ishlar vazirligi Jamg‘arma buyurtmanomasiga binoan, Ko‘rgazmada ishtirok etish uchun taklif etilgan O‘zbekiston delegatsiyasi a’zolari, xalqaro konsultantlar va tadbir mehmonlarining chiqish hujjatlarini rasmiylashtirish, shuningdek, Ko‘rgazmani yuqori saviyada o‘tkazish bilan bog‘liq tashkiliy ishlarga ko‘maklashsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda Abu Rayhon Beruniy nomidagi YUNESKO — O‘zbekiston xalqaro mukofotini ta’sis etish hamda Ko‘rgazmaga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirish manbalarini belgilasin, shuningdek, uning xarajatlar smetasini tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, Jamg‘arma ushbu qaror ijrosi doirasida xarajatlarni moliyalashtirish bilan bog‘liq mablag‘lar ajratilguniga qadar o‘z mablag‘lari hisobidan shartnomalar tuzadi va to‘lovlarni amalga oshiradi, shuningdek, mablag‘lar ajratilgandan so‘ng Jamg‘arma tomonidan sarflangan mablag‘lar qoplab beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va boshqa ommaviy axborot vositalariga ushbu qaror ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan tadbirlarni ommaviy axborot vositalarida keng yoritish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil 25-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-286-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-avgustdagi PQ-286-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
YUNESKO bosh qarorgohida Abu Rayhon Beruniy hayoti va ijodiga bag‘ishlangan xalqaro ko‘rgazma va tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish hamda ularni o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

A.N. Aripov

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Tashkiliy qo‘mita raisi

S.Sh. Mirziyoyeva

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yordamchisi, Tashkiliy qo‘mita raisi o‘rinbosari

G.O. Umerova

Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi raisi — YUNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy komissiyasi raisi, Tashkiliy qo‘mita raisi o‘rinbosari

O.A. Nazarbekov

madaniyat vaziri

I.R. Maxkamov

transport vaziri

B.G. Abdikarimov

Madaniy meros agentligi direktori

I.I. Norqulov

iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi o‘rinbosari

G.G. Fazilov

tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari

B.A. Abduhalimov

Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti

E.I. Najimov

Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi raisining maslahatchisi, Tashkiliy qo‘mita kotibi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: Tashkiliy qo‘mita a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan shaxslar yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklatilgan shaxslar kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-avgustdagi PQ-286-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
YUNESKO bosh qarorgohida Abu Rayhon Beruniy hayoti va ijodiga bag‘ishlangan xalqaro ko‘rgazma va tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish hamda ularni o‘tkazish bo‘yicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ChORA-TADBIRLAR REJASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Chora-tadbirlar

Ijro muddatlari

Mas’ul ijrochilar

I. YUNESKO bilan hamkorlikda sun’iy idrok sohasida odob-axloqni targ‘ib etish orqali ilmiy muloqotni rag‘batlantirish bo‘yicha Abu Rayhon Beruniy nomidagi YUNESKO — O‘zbekiston xalqaro mukofotini ta’sis etish

1.

Abu Rayhon Beruniy nomidagi YUNESKO — O‘zbekiston xalqaro mukofotini (keyingi o‘rinlarda — Mukofot) ta’sis etish bo‘yicha o‘zaro maqbul konsepsiya va mukofot nizomini ishlab chiqish maqsadida YUNESKOning Ijtimoiy va gumanitar fanlar sektori tashqi ekspertizasi tomonidan texnik-iqtisodiy asosnomani (Feasibility Study) tayyorlashda ishtirok etish.

2023-yil avgust

Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma),

Tashqi ishlar vazirligi,

Fanlar akademiyasi

2.

Tashqi ekspertiza xulosalari asosida YUNESKO Ijroiya kengashida ko‘rib chiqishga kiritish uchun O‘zbekistonning Mukofotni ta’sis etish to‘g‘risidagi tashabbusi yuzasidan YUNESKO rezolyutsiyasi loyihasini tayyorlash.

2023-yil avgust

Jamg‘arma,

Tashqi ishlar vazirligi,

Fanlar akademiyasi

3.

Mukofot rasman ma’qullangandan so‘ng, O‘zbekiston Respublikasi va YUNESKO o‘rtasida Maqsadli jamg‘arma to‘g‘risidagi sheriklik bitimni imzolash hamda Mukofotga nomzodlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha doimiy faoliyat yurituvchi byuroga mablag‘ o‘tkazish.

2024-yil oktyabr

Jamg‘arma,

Tashqi ishlar vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

II. 2023-yil 4 — 8-sentabr kunlari YUNESKO bosh qarorgohida Abu Rayhon Beruniy hayoti va ijodiga bag‘ishlangan xalqaro ko‘rgazma va tadbirlarni yuqori saviyada o‘tkazish

4.

2023-yil 4 — 8-sentabr kunlari YUNESKOning Parij shahridagi bosh qarorgohida Abu Rayhon Beruniy hayoti va ijodiga bag‘ishlab o‘tkaziladigan xalqaro ko‘rgazma va tadbirlar (keyingi o‘rinlarda — Ko‘rgazma)ning ilmiy konsepsiyasini ishlab chiqish, namoyish etiladigan qo‘lyozmalar mulyaj nusxalarining ro‘yxatini xorijiy mutaxassislar bilan birgalikda shakllantirish.

2023-yil avgust

Jamg‘arma,

Tashqi ishlar vazirligi,

Fanlar akademiyasi,

Madaniy meros agentligi

5.

YUNESKO bosh qarorgohi zallarini Ko‘rgazma va boshqa tadbirlarni o‘tkazish uchun ajratishga erishish.

2023-yil avgust

Jamg‘arma,

Tashqi ishlar vazirligi

6.

Ko‘rgazmada ishtirok etadigan mas’ullar va mutaxassislar ro‘yxatini shakllantirish va tasdiqlash.

Tashkiliy qo‘mita a’zolari, ko‘rgazma ishtirokchilari va mehmonlari uchun aviachiptalarni bron qilish.

2023-yil avgust-sentyabr

Jamg‘arma,

Tashqi ishlar vazirligi,

Madaniyat vazirligi,

Fanlar akademiyasi,

“Uzbekistan Airways” AJ

7.

Ko‘rgazmada ishtirok etishi nazarda tutilgan mas’ullar va mutaxassislarning xorijga chiqish bilan bog‘liq hujjatlarini rasmiylashtirish.

2023-yil avgust-sentyabr

Jamg‘arma,

Tashqi ishlar vazirligi

8.

Frans�yada turistlar oqimining keskin ortgani munosabati bilan mehmonxona narxlari ko‘tarilishini inobatga olib, Ko‘rgazma va boshqa tadbirlarga jalb qilinadigan mahalliy mutaxassislar, vazirlik va idoralar vakillarining mehmonxona xarajatlarini belgilangan xizmat safari me’yorlaridan yuqori narxlarda qoplash.

2023-yil avgust-sentyabr

Jamg‘arma,

Tashqi ishlar vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

9.

Ko‘rgazmaning ssenografiya dizayni va audiovizualini ishlab chiqib, tasdiqlash.

2023-yil avgust

Jamg‘arma

10.

Ko‘rgazmada namoyish etiladigan qo‘lyozmalarning mulyaj nusxalarini tayyorlash va ularni Fransiyaga olib chiqish uchun maxsus sertifikat rasmiylashtirish.

2023-yil avgust-sentyabr

Jamg‘arma,

Tashqi ishlar vazirligi,

Fanlar akademiyasi,

Madaniy meros agentligi

11.

Ko‘rgazma ekspozitsiya zalida montaj va demontaj ishlarini olib borish.

2023-yil avgust-sentyabr

Jamg‘arma,

Tashqi ishlar vazirligi

12.

Ko‘rgazmaning ochilish marosimi, uning doirasida rejalashtirilgan ilmiy va madaniy tadbirlarni yuqori saviyada o‘tkazish.

2023-yil 4 — 8-sentabr

Jamg‘arma,

Tashqi ishlar vazirligi

13.

Ko‘rgazmaga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish jarayonini ommaviy axborot vositalarida keng yoritish.

2023-yil avgust — noyabr

Jamg‘arma,

Tashqi ishlar vazirligi,

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi,

O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi,

O‘zbekiston Milliy axborot agentligi,

O‘zbekiston Milliy media assotsiatsiyasi

14.

Ko‘rgazma doirasida O‘zbekiston davlat filarmoniyasining konsert dasturlarini yuqori saviyada o‘tkazish.

Konsert dasturi uchun maxsus musiqa va 3D proyeksiya vizual mahsulot yaratish.

2023-yil 4 — 8-sentabr

Jamg‘arma,

Madaniyat vazirligi

III. Abu Rayhon Beruniy hayoti va ijodiga bag‘ishlangan ko‘rgazma uchun maxsus katalog nashr etish, Mukofot va Ko‘rgazmani keng targ‘ib etish

15.

Fanlar akademiyasi ilmiy xodimlari va xalqaro mutaxassislar ishtirokida katalog uchun maxsus maqolalar tayyorlash.

2023-yil avgust-sentyabr

Jamg‘arma,

Fanlar akademiyasi

16.

Katalogning umumiy dizaynini va maxsus fotosuratlarni tayyorlash.

2023-yil avgust-sentyabr

Jamg‘arma,

Fanlar akademiyasi

17.

Katalogni xalqaro nashriyot uyi bilan birgalikda chop etishni ta’minlash.

2023-yil avgust-sentyabr

Jamg‘arma,

Fanlar akademiyasi

18.

Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda Abu Rayhon Beruniy hayoti va ilmiy merosiga bag‘ishlangan badiiy, multiplikatsion va to‘liq metrajli hujjatli filmlar yaratish.

Bunda:

film ssenariysi, eskizlar va boshqa materiallarni tayyorlash, ularga asosan filmlarni yaratish;

filmlarni mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalarida keng namoyish qilish.

2023 — 2025-yillar davomida

Jamg‘arma,

Fanlar akademiyasi,

Madaniyat vazirligi,

Kinematografiya agentligi

19.

Ko‘rgazma va uning doirasidagi boshqa tadbirlarni mahalliy va xalqaro darajada yoritish.

Ko‘rgazmaga tashrif buyurgan taniqli shaxslar ishtirokida intervyular tashkil qilish.

2023-yil avgust-sentyabr

Jamg‘arma,

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi,

O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi,

O‘zbekiston Milliy axborot agentligi,

O‘zbekiston Milliy media assotsiatsiyasi

(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi PF-214-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 06/23/214/0984-son)
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.08.2023-y., 07/23/286/0656-son; 29.12.2023-y., 06/23/214/0984-son)