25.08.2022 yildagi PQ-361-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Buyuk mutafakkir va qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy tavalludining 1050-yilligini xalqaro miqyosda keng nishonlash toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzining noyob asarlari hamda olamshumul kashfiyotlari bilan jahon ilm-fani va madaniyati rivojiga beqiyos hissa qoʻshgan buyuk mutafakkir va qomusiy olim, Ilk Renessans davrining yorqin namoyandasi Abu Rayhon Beruniyning ilmiy-maʼrifiy merosini yanada chuqur oʻrganish va keng targʻib qilish, ushbu yoʻnalishda tadqiqotlar olib borayotgan yetakchi xalqaro ilmiy markazlar bilan yaqin hamkorlik oʻrnatish, shuningdek, Abu Rayhon Beruniy tavalludining 1050-yilligini xalqaro miqyosda keng nishonlash maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma), YUNESKO ishlari boʻyicha Milliy komissiya, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Fanlar akademiyasi, Madaniyat vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi hamda keng jamoatchilikning 2022-2023-yillarda buyuk mutafakkir va qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy tavalludining 1050-yilligini YUNESKO shafeligida xalqaro miqyosda keng nishonlash toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
YUNESKO Bosh konferensiyasi qarori bilan Abu Rayhon Beruniy tavalludining 1050-yilligini nishonlash YUNESKOning 2022-2023-yillarda nishonlanadigan xalqaro yubileylar roʻyxatiga kiritilgani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Abu Rayhon Beruniy tavalludining 1050-yilligini nishonlash boʻyicha tashkiliy qoʻmita tarkibi (keyingi oʻrinlarda — Tashkiliy qoʻmita) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashkiliy qoʻmita (A. Aripov) bir oy muddatda Abu Rayhon Beruniy tavalludining 1050-yilligini nishonlash boʻyicha ushbu qarorda belgilangan tadbirlarni amalga oshirishni va quyidagilarni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar dasturini masʼul ijrochilar, moliyalashtirish manbalari va miqdorlarini aniq belgilagan holda tasdiqlasin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublikamizdagi Abu Rayhon Beruniy nomi bilan bogʻliq obida va qadamjolarni, shu jumladan Abu Rayhon Beruniy sharafiga oʻrnatilgan yodgorlik majmualarini mukammal taʼmirlash va ularning hududlarini obodonlashtirish, “Buyuk Beruniy merosi” xalqaro sayyohlik marshrutlarini yoʻlga qoʻyish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
olimlar va mutaxassislarning taklif-mulohazalari asosida ishlab chiqiladigan konsepsiya asosida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Beruniy tumanida 2023-yil yakuniga qadar Abu Rayhon Beruniy majmuasini qurish va uning hududida ilmiy-maʼrifiy, madaniy va dam olish hamda turizm obyektlari faoliyatini tashkil qilish, ushbu masalada ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori belgilangan tartibda qabul qilinishini tashkil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
alloma ilmiy-ijodiy merosiga mansub qoʻlyozma va boshqa madaniy boyliklarni restavratsiya qilish, ularni ishonchli saqlash uchun zarur sharoit yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fanlar akademiyasining Qoraqalpogʻiston boʻlimi va Xorazm Maʼmun akademiyasining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularda madaniy meros obyektlari, shu jumladan arxeologiya merosi obyektlari, muzey ashyolarini restavratsiya va konservatsiya qilishga ixtisoslashgan laboratoriya tashkil qilish hamda ularni zamonaviy jihozlar bilan taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Abu Rayhon Beruniy merosini oʻrganish maqsadida xalqaro miqyosda keng koʻlamli ilmiy izlanishlar olib borish va ularning natijalarini eʼlon qilish, shu mavzuda ilmiy, badiiy-publitsistik asarlar yaratish, xorijiy olimlarning asarlarini oʻzbek va qoraqalpoq tillarida nashr qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuqori sifatli media mahsulotlar hamda audiovizual asarlar yaratish, ularni mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalarida efirga berib borish, Internet va ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirish, dunyo miqyosida xeshteg va chellenj kabi targʻibotning zamonaviy texnologiyalarini qoʻllash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Abu Rayhon Beruniy siymosi tasvirlangan, allomaning ilmiy-ijodiy merosiga bagʻishlangan pochta markalari va konvertlar turkumini yaratish, taqvimlar va koʻrgazmali axborot vositalari, esdalik tangalari, kumush va oltin yubiley tangalarini muomalaga chiqarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari, akademik litseylar va kasb-hunar maktablari oʻquvchilari oʻrtasida Xorazm viloyatida tegishli fan boʻyicha Abu Rayhon Beruniy nomidagi xalqaro fan olimpiadasini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi elchixonalari, Oʻzbek milliy madaniy markazlari, vatandoshlar jamiyatlarida Abu Rayhon Beruniy ilmiy-maʼrifiy merosi, uning insonparvarlik gʻoyalarini keng oʻrganish va targʻib qilish maqsadida ilmiy anjumanlar va davra suhbatlari tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy doiralar, xalqaro ekspertlar va keng jamoatchilikning taklif-mulohazalari asosida boshqa chora-tadbirlarni amalga oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Jamgʻarma Tashkiliy qoʻmitaning ishchi organi etib belgilansin va mazkur qarorda belgilangan vazifalar boʻyicha vazirlik va idoralar faoliyatini muvofiqlashtirib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Tashqi ishlar vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Abu Rayhon Beruniyning ilmiy-maʼrifiy merosini dunyo miqyosida chuqur oʻrganish va ommalashtirishga ulkan hissa qoʻshgan shaxslarni hamda ilmiy-ijodiy muassasalarni taqdirlash maqsadida Abu Rayhon Beruniy nomidagi xalqaro mukofotni taʼsis etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Abu Rayhon Beruniy yubileyiga bagʻishlangan tadbirlarni tegishli xorijiy mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar, shu jumladan YUNESKO bilan hamkorlikda tashkil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy mamlakatlardagi Abu Rayhon Beruniy yodgorlik majmualarida qurilish va obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish boʻyicha muzokaralar olib borsin hamda ularning natijalari boʻyicha Tashkiliy qoʻmitaga taklif kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Fanlar akademiyasi, Madaniy meros agentligi, Tashqi ishlar vazirligi boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda xorijiy davlatlarda saqlanayotgan Abu Rayhon Beruniy hayoti va ilmiy-ijodiy merosi hamda u yashagan davrga oid qoʻlyozmalar va boshqa madaniy boyliklarni aniqlash, ularning faksimile nusxalarini Oʻzbekistonga olib kelish, tadqiq etish va davlat elektron katalogi hamda YUNESKOning raqamli kutubxonasiga joylashtirish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Innovatsion rivojlanish vazirligi tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda Abu Rayhon Beruniy hayoti va merosini tadqiq etish boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi talablariga muvofiq ilmiy loyihalar tanlovini eʼlon qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Yoshlar ishlari agentligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2022-yil dekabrga qadar “Beruniy va yoshlar” maxsus dasturini ishlab chiqsin va amalga oshirsin. Bunda, Abu Rayhon Beruniy hayotiga oid maʼlumotlar, uning ilmiy-maʼrifiy asarlari jamlangan mobil ilova yaratsin va yoshlar oʻrtasida keng ommalashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Fanlar akademiyasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Madaniyat vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Xorazm viloyati va Toshkent shahar hokimliklari, tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda Tashkiliy qoʻmita tomonidan belgilanadigan muddatlarda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida Abu Rayhon Beruniy hayoti va faoliyati, uning jahon tamadduni rivojiga qoʻshgan ulkan hissasiga bagʻishlangan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalar hamda ilmiy-maʼrifiy tadbirlarni tashkil qilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahrida Abu Rayhon Beruniy tavalludining 1050-yilligiga bagʻishlangan xalqaro anjumanni oʻtkazsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Abu Rayhon Beruniyning barcha asarlarini toʻplash asosida bosqichma-bosqich allomaning toʻliq asarlari turkumini Maʼnaviyat va ijodni qoʻllab-quvvatlash maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan oʻzbek, qoraqalpoq, rus, ingliz, arab va fors tillarida nashr etish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Madaniyat vazirligi 2023-yilda Abu Rayhon Beruniy hayoti va ilmiy-maʼrifiy faoliyati asosida yangi spektakllar yaratsin hamda ularning respublika boʻylab teatrlarda namoyish etilishini tashkil etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Kinematografiya agentligi 2022-2023-yillarda Abu Rayhon Beruniy hayoti va ilmiy-maʼrifiy faoliyatiga bagʻishlangan badiiy, multiplikatsion va toʻliq metrajli hujjatli filmlar, koʻp qismli teleserial yaratish hamda ularni xorijiy mamlakatlarda ham keng namoyish qilish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Badiiy akademiya va “Hunarmand” uyushmasi 2022-2023-yillarda respublikamiz boʻylab Abu Rayhon Beruniy hayoti va ilmiy-maʼrifiy faoliyatiga bagʻishlangan tasviriy sanʼat asarlari, miniaturalar, xalq amaliy sanʼati namunalari hamda fotosuratlar koʻrgazmalarini tashkil etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Fanlar akademiyasi, Madaniyat vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Maktabgacha taʼlim vazirligi, Prezident taʼlim muassasalari agentligi, Yoshlar ishlari agentligi hamda boshqa vazirlik, idora va tashkilotlar Abu Rayhon Beruniy hayoti va ilmiy-maʼrifiy faoliyati hamda uning jahon tamadduni rivojiga qoʻshgan ulkan hissasini aholi, ayniqsa, yoshlar oʻrtasida, shuningdek, taʼlim tashkilotlari va mehnat jamoalarida keng targʻib qilishga qaratilgan tadbirlarni tashkil etish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston milliy media assotsiatsiyasi va boshqa ommaviy axborot vositalariga Abu Rayhon Beruniy tavalludining 1050-yilligini nishonlash bilan bogʻliq tadbirlarni keng yoritish, allomaning ilmiy-maʼrifiy merosi asosida maxsus koʻrsatuv va eshittirishlar, oʻquv-maʼrifiy filmlar yaratish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Mazkur qarorda nazarda tutilgan chora-tadbirlarni moliyalashtirish manbalari etib Davlat budjeti hisobidan ajratilgan mablagʻlar, tashkilotchilarning oʻz mablagʻlari hamda qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaxitov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 25-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-361-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-avgustdagi PQ-361-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Abu Rayhon Beruniy tavalludining 1050-yilligini nishonlash boʻyicha tashkiliy qoʻmita
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.

A.N. Aripov

Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Tashkiliy qoʻmita raisi

2.

A.A. Abduvaxitov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi, Tashkiliy qoʻmita raisi oʻrinbosari

3.

X.M. Sultonov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi

4.

G.O. Umerova

Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi ijrochi direktori, Tashkiliy qoʻmita raisi oʻrinbosari

5.

Q.R. Sariyev

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi

6.

J.A. Artikxodjayev

Toshkent shahar hokimi

7.

F.U. Ermanov

Xorazm viloyati hokimi

8.

O.A. Nazarbekov

madaniyat vaziri

9.

T.A. Ishmetov

moliya vaziri

10.

V.I. Norov

tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi

11.

A.X. Toshqulov

oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri

12.

B.S. Abduhalimov

Fanlar akademiyasining vitse-prezidenti

13.

Sh. Minovarov

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori

14.

Sh. Ziyodov

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori

15.

M.M. Hojimatov

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari

16.

S.S. Saidov

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi

17.

A.J. Xadjayev

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi

18.

U.R. Shodiyev

Oʻzbekiston Respublikasining YUNESKO huzuridagi doimiy vakili

19.

S. Noshadi

YUNESKOning Oʻzbekistondagi vakili (kelishuvga muvofiq)

20.

Z.M. Mashrabov

Bobur nomidagi xalqaro jamoat fondi raisi

21.

I.I. Abdullayev

Xorazm Maʼmun akademiyasi raisi

22.

S.S. Shukurov

Vazirlar Mahkamasi departamenti mudiri, Tashkiliy qoʻmita kotibi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: Tashkiliy qoʻmita aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2022-y., 07/22/361/0771-son, )