Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-fevraldagi PQ-120-son qaroriga
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-fevraldagi PQ-120-son qaroriga
2-ILOVA
| T/r | Tadbirlar nomi | Amalga oshirish mexanizmi | Ijro muddati | Masʼullar |
| I. Respublika aholisini oziq-ovqat mahsulotlari bilan barqaror taʼminlash hamda chorvachilik va uning tarmoqlarida ishlab chiqarish imkoniyatlarini oshirish | ||||
| 1. | Chorvachilik sohasi va uning tarmoqlarida mahsulot ishlab chiqarishni jadallashtirish mexanizmlarini amaliyotga keng koʻlamda tatbiq etish, xoʻjalik yuritish va ishlab chiqarishning zamonaviy usullarini qoʻllash. | Chora-tadbirlar dasturi | 2022-yil 1-mart | Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi |
| 2. | Ilgʻor xorijiy tajriba asosida chorvachilik sohasining parrandachilik, baliqchilik, quyonchilik va asalarichilik tarmoqlarida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar ulushini oshirish. | Chora-tadbirlar dasturi | 2022-yil 1-aprel | Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi |
| 3. | Chorvachilik mahsulotlari, jumladan, baliq, quyon goʻshti va asal mahsulotlarining tavsiya etilgan minimal isteʼmol normalarini qayta koʻrib chiqish, shuningdek, aholining sogʻlom ovqatlanish madaniyatini oshirish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2022-yil 1-aprel | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi |
| 4. | Goʻsht, sut, tuxum, parranda goʻshti, baliq, quyon goʻshti va asalarichilik mahsulotlari sifatini, ichki va tashqi bozorlardagi raqobatbardoshligini oshirish hamda mahalliy mahsulotlar sifatini xalqaro norma talablariga moslashtirish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2022-yil 1-oktabr | Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi |
| 5. | Chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarishda chorvachilik sohasi bilan iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari oʻrtasidagi integratsiyani ilm-fan va bozor munosabatlari asosida tizimli ravishda takomillashtirish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2022-yil 1-may | Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi |
| 6. | Chorvachilik va uning tarmoqlarida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar hisobini yuritish va monitoring olib borish uchun zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini bosqichma-bosqich va keng koʻlamda joriy etish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2022-yil 1-mart | Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi |
| 7. | Chorvachilik sohasida agrobiznes muhitini takomillashtirish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va zamonaviy menejmentga asoslangan xoʻjalik yuritish usullarini qoʻllash maqsadida xalqaro ekspertlarni jalb etish hamda jahon tajribalariga asoslangan konsalting xizmatlarni koʻrsatish tizimini keng joriy etish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2022-yil 1-aprel | Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi |
| II. Chorvachilik va uning tarmoqlarida raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini koʻpaytirish va qoʻshilgan qiymat zanjirini yaratish | ||||
| 1. Chorvachilik va uning tarmoqlarida ozuqa bazasini mustahkamlash hamda ozuqa ishlab chiqarish salohiyatini oshirish | ||||
| 8. | Ozuqabop ekin navlarini yaratgan mualliflarni ragʻbatlantirish mexanizmlarini yoʻlga qoʻyish. | Qaror loyihasi | 2022-yil 1-iyul | Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
| 9. | Paxta-toʻqimachilik klasterlari va paxtachilik-gʻallachilik fermer xoʻjaliklarining boshoqli don ekinlaridan boʻshagan maydonlarini dehqon xoʻjaliklari va aholi xonadonlariga ikkilamchi ijaraga berish tizimini yoʻlga qoʻyish. | Qaror loyihasi | 2022-yil 1-iyul | Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi |
| 10. | Mahalliy hokimliklar zaxirasidagi yaylov yerlaridan foydalanish mexanizmlarini qayta koʻrib chiqish va kooperatsiya asosida aholiga foydalanishga berishni muvofiqlashtirish. | Qaror loyihasi | 2022-yil 1-noyabr | Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi |
| 11. | Paxta-toʻqimachilik klasterlari va paxtachilik-gʻallachilik fermer xoʻjaliklaridagi ekin yerlarida ilmiy asoslangan holda ozuqabop ekinlarni almashlab ekish tizimini tartibga solish mexanizmini ishlab chiqish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2022-yil 1-iyul | Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
| 12. | Ozuqabop ekinlar va yaylov oʻsimliklari urugʻlarini yetishtirishga ixtisoslashgan urugʻchilik xoʻjaliklarini koʻpaytirish hamda urugʻliklarning fermer xoʻjaliklari va aholi xonadonlariga yetkazib berilishini tizimli tashkil etish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2022-yil 1-iyun | Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi |
| 13. | Ozuqabop ekinlarni joylashtirish tartibini qayta koʻrib chiqish va ozuqabop ekin yerlarini ishlab chiqariladigan mahsulot bilan uzviy bogʻlash mexanizmlarini ishlab chiqish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2022-yil 1-iyun | Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi |
| 14. | Ozuqabop ekinlar urugʻchiligini rivojlantirish hamda hosildorligi yuqori boʻlgan navlarni koʻpaytirish bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlarini ragʻbatlantirish mexanizmlarini ishlab chiqish. | Qaror loyihasi | 2022-yil 1-iyul | Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi |
| 15. | Chorvachilik xoʻjaliklarida ozuqabop ekinlarni agrotexnik qoidalar asosida ekish, parvarishlash va oʻrib-yigʻib olishni ilmiy asoslangan holda tashkil etish orqali chorvachilik ozuqa bazasini yanada mustahkamlash choralarini koʻrish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | Doimiy ravishda | Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi |
| 16. | Mahalliy korxonalarda ishlab chiqarilayotgan kuchli ozuqalar tarkibini joyida tahlil qilish uchun mobil laboratoriyalar tashkil etish va mahsulot sifatini nazorat qilishni tartibga solish mexanizmlarini joriy etish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2022-yil 1-oktabr | Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi |
| 17. | Dukkakli oʻsimliklar uchun yer maydonlarini ajratish orqali xoʻjaliklarda almashlab ekish amaliyotini takomillashtirish hisobiga tarkibi oqsilga boy boʻlgan ozuqa jamgʻarish miqdorini oshirish hamda yer va tuproq unumdorligini yaxshilash. | Chora-tadbirlar dasturi | 2022-yil 1-mart | Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi |
| 18. | Ozuqaviy qiymati yuqori boʻlgan hosildor yashil ozuqalar, jumladan, makkajoʻxori ekiladigan maydonlarni kengaytirish va ularning hajmini oshirish hisobiga chorva mollarini oziqlantirish samaradorligini oshirish choralarini koʻrish. | Chora-tadbirlar dasturi | 2022-yil 1-mart | Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi |
| 19. | Chet davlatlardan keltirilgan mahsuldorligi yuqori va naslli qoramollarning bosh soniga nisbatan meʼyor darajasida va mutanosib ravishda ozuqabop ekinlar uchun sugʻoriladigan yer maydonlarini kengaytirishni tashkil etish. | Chora-tadbirlar dasturi | 2022-yil 1-mart | Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi |
| 2. Chorvachilik sohasida naslchilik ishlarini ilmiy asosda tashkil etish, sunʼiy urugʻlantirishni tizimli yoʻlga qoʻyish va qoʻllab-quvvatlash | ||||
| 20. | Naslli mol tayyorlab, yetkazib berishni koʻpaytirish hamda sigirlarni sunʼiy urugʻlantirish ishlarini yanada samarali tashkil etish hisobiga aholi xonadonlaridagi chorva mollari zotini yaxshilash va ularning mahsuldorligini oshirish boʻyicha dastur ishlab chiqish. | Chora-tadbirlar dasturi | 2022-yil 1-aprel | Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi |
| 21. | Aholi xonadonlarida goʻsht va sut uchun boqiladigan qoramol zotlarini koʻpaytirish va sunʼiy urugʻlantirishni keng koʻlamda tashkil etish orqali mahalliy mahsuldorligi past boʻlgan mollarning bosh sonini bosqichma-bosqich kamaytirishning afzalliklari va iqtisodiy samarasi toʻgʻrisida aholining amaliy koʻnikmalarini oshirish choralarini koʻrish. | Reja-grafik | 2022-yil 1-aprel | Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
| 22. | Respublikaning har bir hududida nasldor mol tayyorlab, yetkazib berishga ixtisoslashgan, chet davlatlardan keltiriladigan naslli qoramollarni boqish, parvarishlash, saqlash, oziqlantirish va iqlim sharoitga moslashtirish boʻyicha maslahat xizmatlarini amalga oshirishuvchi seleksiya markazlarini tashkil etish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2022-yil 1-iyul | Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi |
| 23. | Naslli buqalarning urugʻlik materiallarini ishlab chiqarishni koʻpaytirish, zotlar boʻyicha zaxirasini tashkil etish va “Made in Uzbekistan” brendidan keng foydalanish orqali eksportga chiqarishni yoʻlga qoʻyish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2022-yil 1-iyul | Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
| 24. | Chorvachilik fermer xoʻjaliklari, naslchilik xoʻjaliklari va ilmiy-tadqiqot institutlari oʻrtasida ishlab chiqarishni ilm-fan bilan integratsiyalashtirish hamda hamkorlik ishlarini talab darajasida tashkil etish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2022-yil 1-iyul | Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
| 25. | Mamlakatda chorvachilikni rivojlantirishga doir ilmiy-tadqiqot mavzulari va ilmiy ishlanmalarni Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi ilmiy-texnik kengashda koʻrib chiqish tizimini yoʻlga qoʻyish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | Doimiy ravishda | Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi |
| 26. | Chorva mollarining respublika iqlim sharoitiga moslashgan zotlarini chet davlatlardan keltirish, rayonlashtirish va ulardan yuqori mahsuldor nasl olishni koʻpaytirish boʻyicha kelgusi 5 yillikka moʻljallangan naslchilik rejasini ishlab chiqish va uning amalga oshirilishini taʼminlash. | Chora-tadbirlar dasturi | 2022-yil 1-iyul | Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
| 3. Chorva mollarini saqlash va parvarishlashning sifatini oshirish hisobiga mahsuldorlikni koʻpaytirish | ||||
| 27. | Avtomatlashtirilgan va kompyuterlashtirilgan chorvachilik xoʻjaliklarida “Smart animal farm” raqamli dasturida ishlovchi texnik xodimlarni tayyorlash, ularning malakasini va koʻnikmalarini oshirish maqsadida oʻqitishni tashkil etish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | Doimiy ravishda | Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi |
| 28. | Chorvachilik sohasiga oid texnologik, marketing, iqtisodiy, ilmiy va amaliy foydali maʼlumotlarning tezkor axborot almashinuviga doir “Chorva” mobil ilovasini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2022-yil 1-may | Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
| 29. | Ishlab chiqarish faoliyatining iqtisodiy samaradorligini oshirish maqsadida chorvachilik xoʻjaliklari bilan chorvachilik sohasiga aloqador ilmiy-tadqiqot muassasalari, oʻquv maskanlari va laboratoriyalar oʻrtasidagi integratsiyani onlayn tarzda yoʻlga qoʻyish maqsadida “Chorva masofaviy xizmat” dasturini ishlab chiqish. | Chora-tadbirlar dasturi | 2022-yil 1-iyul | Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
| 30. | Avtomatlashtirilgan va kompyuterlashtirilgan texnologik uskunalar va jihozlar bilan chorvachilik fermer xoʻjaliklarini taʼminlash va ularga qulay bozor sharoitlarini yaratib berish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | Doimiy ravishda | Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
| 31. | Xalqaro talablardan kelib chiqib, chorvachilik xoʻjaliklarida Global GAP, NACCP va boshqa milliy hamda xalqaro miqyosdagi standartlarni joriy etish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | Doimiy ravishda | Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi |
| 32. | Chorva mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar bilan isteʼmolchilar oʻrtasida integratsiyani kuchaytirish va sifat xavfsizligi barqarorligini taʼminlash maqsadida “Fermadan dasturxongacha” tamoyilini joriy etish. | Chora-tadbirlar dasturi | 2022-yil 1-aprel | Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
| 4. Parrandachilik tarmogʻini rivojlantirish istiqbollarini belgilash | ||||
| 33. | Parrandachilik mahsulotlarini ishlab chiqarishning raqobatbardoshligini oshirish, ilgʻor xorijiy davlatlar tajribasidan foydalangan holda parrandachilik klasterlarini tashkil qilish va innovatsion texnologiyalarni keng tatbiq etish. | Chora-tadbirlar dasturi | 2022-yil 1-may | Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, “Parrandasanoat” uyushmasi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
| 34. | Parrandachilik mahsulotlari turlarini koʻpaytirish va bozor munosabatlarini yanada kuchaytirish maqsadida parrandachilikning kurkachilik, bedanachilik, gʻoz va oʻrdakchilik hamda tuyaqushchilik yoʻnalishlarining ommaviyligini oshirish choralarini koʻrish. | Chora-tadbirlar dasturi | 2022-yil 1-may | Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, “Parrandasanoat” uyushmasi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
| 35. | Aholi xonadonlarida parranda goʻshti va tuxumga boʻlgan ehtiyojlarni yanada barqaror taʼminlash maqsadida xonaki parranda turlarini qishloq joylarida koʻpaytirish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2022-yil 1-may | Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, “Parrandasanoat” uyushmasi |
| 36. | Parrandachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish tannarxini pasaytirish maqsadida ozuqa qoʻshimchalari, vitaminlar, veterinariya dori-darmonlari va dezinfeksiyalash vositalari, parrandachilik sohasida qoʻllaniladigan asbob-uskunalarni ishlab chiqarishni ragʻbatlantirish hamda mahalliy ishlab chiqaruvchilarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash choralarini koʻrish. | Takliflar ishlab chiqish | 2022-yil 1-avgust | Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, “Parrandasanoat” uyushmasi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
| 37. | Parrandachilik tarmogʻiga toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni faol jalb etish orqali parrandachilik mahsulotlarini, shu jumladan, ozuqa ishlab chiqarish, parranda chiqindilarini qayta ishlash, isteʼmolga tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish hamda eksport geografiyasini kengaytirish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | Doimiy ravishda | Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, “Parrandasanoat” uyushmasi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
| 5. Baliqchilik tarmogʻini rivojlantirishga doir chora-tadbirlar | ||||
| 38. | Baliq yetishtirishning zamonaviy texnologiyalari va intensiv usullarini keng joriy etish, shuningdek, tabiiy va sunʼiy suv havzalari hosildorligini koʻpaytirish hisobiga baliq yetishtirish hajmini oshirish. | Chora-tadbirlar dasturi | 2022-yil 1-may | Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, “Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
| 39. | Baliqchilik yaylov akvakulturasi va intensiv texnologiyalarni joriy etish hisobiga tabiiy koʻllarda baliq ovlash tizimini takomillashtirish hamda hovuz baliqchiligi xoʻjaliklari faoliyatini yoʻlga qoʻyish. | Chora-tadbirlar dasturi | 2022-yil 1-iyul | Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, “Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi |
| 40. | Xalqaro talablarga muvofiq sifat menejmenti tizimining zamonaviy usullarini joriy etish, ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini baholash, standartlashtirish va sertifikatlashni tizimli yoʻlga qoʻyish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2022-yil 1-oktabr | Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, “Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi |
| 41. | Intensiv va dekorativ akvakultura, tabiiy suv havzalariga sayohat, rekreatsion baliq ovlash tizimi boʻyicha “Fish-food-trip” ekoturizm tijorat dasturini ishlab chiqish. | Chora-tadbirlar dasturi | 2022-yil 1-oktabr | Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, “Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
| 42. | Mahalliy sharoitda oqsilga boy balanslashtirilgan ozuqa ishlab chiqarish texnologiyasini yaratish, intensiv akvakultura uchun zarur ozuqalar ishlab chiqaruvchi quvvatlarni kengaytirish va baliqlarni ilmiy asosda oziqlantirish choralarini koʻrish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | Doimiy ravishda | Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, “Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
| 6. Asalarichilik tarmogʻini rivojlantirishga doir chora-tadbirlar | ||||
| 43. | Asalarichilik tarmogʻida naslchilik ishini yanada takomillashtirishga yoʻnaltirilgan choralarni koʻrish, Oʻzbekiston sharoitiga moslashgan “Karpat” va “Karnika” asalari zotlarini xorijdan olib kirish va ularni koʻpaytirish boʻyicha “Nasldor ona asalarilarning himoyalangan hududlari” dasturini amalga oshirish. | Chora-tadbirlar dasturi | 2022-yil 1-aprel | Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, “Oʻzbekiston asalarichilari” uyushmasi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
| 44. | Asal sifatini xalqaro talablarga moslashtirish, zararkunandalarga qarshi qoʻllaniladigan kimyoviy vositalarning asalarichilik sohasiga salbiy taʼsirini kamaytirishni tartibga solish. | Chora-tadbirlar dasturi | 2022-yil 1-aprel | Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, “Oʻzbekiston asalarichilari” uyushmasi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
| 45. | Oʻrmon xoʻjaligi yerlari va qishloq xoʻjaligi ekin maydonlarida asalarilarni mavsumiy joylashtirish boʻyicha “Asalari xaritasi” dasturini ishlab chiqish va shu asosida oʻrmon xoʻjaligi yerlariga asalarilarni joylashtirishni tashkil etish. | Chora-tadbirlar dasturi | 2022-yil 1-may | Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi “Oʻzbekiston asalarichilari” uyushmasi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
| 46. | Qishloq xoʻjaligi ekinlarini asalarilar bilan changlatish agrotexnologiyasini tizimli yoʻlga qoʻyish hisobiga tarmoqni tijoratlashtirish maqsadida asalarilar bilan changlatish xizmatini bosqichma-bosqich joriy etish. | Chora-tadbirlar dasturi | 2022-yil 1-iyul | Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, “Oʻzbekiston asalarichilari” uyushmasi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
| 47. | Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot instituti bazasida Asalarichilik ilmiy-tajriba stansiyasi va xoʻjalik hisobidagi Asalarichilarni oʻqitish maktabini tashkil etish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2022-yil 1-sentabr | Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, “Oʻzbekiston asalarichilari” uyushmasi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
| 7. Quyonchilik tarmogʻini yanada rivojlantirish hamda kooperatsiya tizimi asosida mahsulot ishlab chiqarish hajmini koʻpaytirish | ||||
| 48. | Quyon boqishni ilmiy asosda yoʻlga qoʻyish maqsadida respublika hududlarida quyonchilik naslchilik xoʻjaliklarini tashkil etish va naslli quyonlar bosh sonini koʻpaytirish choralarini koʻrish. | Chora-tadbirlar dasturi | 2022-yil 1-aprel | Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, “Oʻzbekiston naslli quyon yetishtiruvchilar” uyushmasi |
| 49. | Goʻsht yoʻnalishidagi quyon zotlarini mahalliy sharoitga moslashtirish va ixtisoslashgan quyonchilik boʻrdoqichilik xoʻjaliklarini tashkil etish hisobiga kooperatsiya tizimini joriy etish va qoʻshilgan qiymat zanjirini yaratish choralarini koʻrish. | Chora-tadbirlar dasturi | 2022-yil 1-may | Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, “Oʻzbekiston naslli quyon yetishtiruvchilar” uyushmasi |
| 50. | Ilm-fan va ishlab chiqarishni tizimli asosda uzviy integratsiyalashtirish, innovatsion texnologiyalarni amaliyotga keng joriy etish, quyonchilik tarmogʻida yuqori malakali mutaxassislarga boʻlgan joriy va istiqboldagi ehtiyojni hisobga olgan holda kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | Doimiy ravishda | Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, “Oʻzbekiston naslli quyon yetishtiruvchilar” uyushmasi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
| 51. | Uy sharoitida quyon boqish va quyonlarni oziqlantirishning iqtisodiy samaradorligi yuqori boʻlgan uslublarini ishlab chiqish va ommaviylashtirish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | Doimiy ravishda | Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, “Oʻzbekiston naslli quyon yetishtiruvchilar” uyushmasi |
| 52. | “Quyonchilik maktabi” va ilmiy-maslahat markazlarini tashkil etish, sohaga ilgʻor xorijiy tajribalar, ilmiy va innovatsion ishlanmalarni joriy qilish. | Chora-tadbirlar dasturi | 2022-yil 1-iyul | Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, “Oʻzbekiston naslli quyon yetishtiruvchilar” uyushmasi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
| 53. | Quyonchilik sohasida seleksiya-naslchilik ishlarini takomillashtirish va sunʼiy urugʻlantirishni rivojlantirishga yoʻnaltirilgan ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish boʻyicha xorijiy davlatlarning ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlikni kengaytirish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | Doimiy ravishda | Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, “Oʻzbekiston naslli quyon yetishtiruvchilar” uyushmasi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
| III. Tabiiy resurslardan samarali foydalanish va atrof-muhitni muhofaza qilishni tizimli yoʻlga qoʻyish | ||||
| 54. | Tabiiy pichanzorlar, yaylovlar va sugʻoriladigan ekin yerlarini monitoring qilishning yagona elektron tizimini ishlab chiqish va axborotlar almashinuvini kengaytirish, oʻsimliklarni parvarish qilish jarayonini kuzatish va baholash uchun zamonaviy texnologiyalardan foydalanish. | Raqamli dastur loyihasini ishlab chiqish | 2022-yil 1-may | Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi |
| 55. | Pichanzorlar va yaylovlarni xatlovdan oʻtkazish hamda geobotanik tadqiqotlar oʻtkazishning Milliy dasturini ishlab chiqish va uning amalga oshirilishini taʼminlash. | Chora-tadbirlar dasturi | 2022-yil 1-aprel | Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi |
| 56. | Yaylovlardan foydalanganlik uchun toʻlov tizimini takomillashtirish, yaylovlardan foydalanuvchilar manfaatlarini himoya qilish tizimini yoʻlga qoʻyish, yaylovlarning davlat nazoratini kuchaytirish va “Yaylov fondi”ni tashkil etish. | Takliflar ishlab chiqish | 2022-yil 1-iyul | Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi |
| 57. | Chorvachilik va uning tarmoqlarida ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirish va organik chiqindilarning atrof-muhitga taʼsirini kamaytirishga doir “Bioenergiya va yoqilgʻi” dasturini ishlab chiqish. | Chora-tadbirlar dasturi | 2022-yil 1-iyul | Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Energetika vazirligi |
| 58. | Yer va suv resurslaridan oqilona foydalanish, mahsuldorligi past boʻlgan mahalliy zotlarni yuqori mahsuldorlikka ega boʻlgan naslli zotlarga almashtirish choralarini koʻrish hisobiga chorva mollari bosh sonining oʻsish surʼatlarini maqbullashtirish va bu orqali issiqxona gazlari chiqishini kamaytirish choralarini koʻrish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | Doimiy ravishda | Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Gidrometeorologiya xizmati markazi |
| 59. | Chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini oshirishning iqlim oʻzgarishiga bogʻliq milliy va xalqaro loyihalarini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | Doimiy ravishda | Gidrometeorologiya xizmati markazi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi |
| 60. | Tomorqa xoʻjaliklarini qulay sharoitlarda iqlim oʻzgarishiga moslashtirish, biogumus, bioenergiya va bioisitish mahsulotlari ishlab chiqarish koʻlamini kengaytirish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | Doimiy ravishda | Gidrometeorologiya xizmati markazi, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi |
| 61. | Chorvachilikni rivojlantirishda tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va atrof-muhitni muhofaza qilishga doir tadqiqotlar va amaliy tadbirlar ijrosi uchun xalqaro moliya institutlarining imtiyozli kreditlarini, grant mablagʻlari va begʻaraz yordamlarini jalb qilish choralarini koʻrish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | Doimiy ravishda | Gidrometeorologiya xizmati markazi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi |
| IV. Chorvachilik sohasida infratuzilmani kengaytirish va rivojlantirish | ||||
| 62. | Chorvachilik sohasidagi fermer va dehqon xoʻjaliklari oʻrtasida zarur asbob-uskunalarni sotib olish, ulardan foydalanish, mahsulot sotish, bozor va texnologik tadqiqotlarni amalga oshirish yoʻnalishidagi klaster va kooperatsiya tizimini yoʻlga qoʻyish. | Chora-tadbirlar dasturi | 2022-yil 1-iyul | Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
| 63. | Ozuqa ishlab chiqarish va yem-hashak tayyorlashning zamonaviy texnologiyalarini ishlab chiqish, organik materiallardan foydalanish, chorvachilik mahsulotlarini saqlash va yetkazib berish orqali mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan tegishli turdagi uskunalar ishlab chiqarishni rivojlantirish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | Doimiy ravishda | Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
| 64. | Chorvachilik fermalari va dehqon xoʻjaliklaridagi organik chiqindilar va ikkilamchi mahsulotlarni qayta ishlash koʻlamini oshirish maqsadida kichik biznes subyektlarini jalb etish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | Doimiy ravishda | Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
| 65. | Fermer xoʻjaliklari vakillari va aholining investitsiya loyihalarini tayyorlash, ularning afzalliklari, bank va boshqa moliyaviy manbalardan kredit mablagʻlarini olish tartibi toʻgʻrisida xabardorligini oshirish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | Doimiy ravishda | Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
| V. Chorvachilik sohasida ilm-fanni rivojlantirish va ilmiy-amaliy tadqiqot ishlarini takomillashtirish | ||||
| 66. | Chorvachilik sohasidagi ilmiy loyihalar uchun grant mablagʻlarini taqsimlash tizimini yoʻlga qoʻyishda Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan hamkorlik oʻrnatish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2022-yil 1-aprel | Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
| 67. | Bozor iqtisodiyoti sharoitidan kelib chiqib, tarmoqlarga oid xoʻjalik yuritishning zamonaviy boshqaruvini tashkil etish, uning iqtisodiy samarasini oshirish, marketing tadqiqotlarini kuchaytirish va logistikani takomillashtirish boʻyicha ilmiy-tadqiqotlar oʻtkazish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | Doimiy ravishda | Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
| 68. | Chorvachilik sohasida ilm-fanni rivojlantirish, amaliy va innovatsion tadqiqotlarni chuqurlashtirish uchun mahalliy grant mablagʻlaridan samarali foydalanish boʻyicha tizimli choralar koʻrish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | Doimiy ravishda | Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
| 69. | Xalqaro fondlar va moliya institutlari ishtirokida (FAO, UNDP, MASNAV, WORLD BANK, ICBA, GIZ) chorvachilik sohasini qoʻllab-quvvatlashga koʻmaklashishga yoʻnaltirilgan dasturlarni ishlab chiqish hamda bunda ilm-fan va taʼlim muassasalari ishtirokini kengaytirish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2022-yil 1-oktabr | Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
| 70. | Chorvachilik sohasi doirasida xizmatlar va axborot-maslahat (extension) markazlari faoliyatini yoʻlga qoʻyishga koʻmaklashish va muvofiqlashtirishni tashkil etish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | Doimiy ravishda | Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi |
| VI. Chorvachilik sohasida xoʻjalik yuritish faoliyatini tashkillashtirishning zamonaviy usullarini joriy etish | ||||
| 71. | Chorvachilik xoʻjaliklarining kooperatsiya tuzishning afzalliklari toʻgʻrisida xabardorligini oshirish, kooperatsiya maqsadini bozor munosabatlariga qaratish, resurslarni birlashtirish orqali yangi ishlab chiqarish imkoniyatlarini tashkil etish. | Chora-tadbirlar dasturi | 2022-yil 1-may | Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
| 72. | Chorvachilik sohasida kooperatsiyalarni rivojlantirish uchun tashkiliy asoslarni ishlab chiqish va ularni amalga oshirish mexanizmini takomillashtirish, ushbu boshqaruv shakli va tadbirkorlik yoʻnalishini bozor sharoitiga moslashtirish. | Chora-tadbirlar dasturi | 2022-yil 1-may | Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
| 73. | Kooperatsiya doirasida chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning oʻzaro hamkorligini taʼminlashga qaratilgan yoʻnalishlarni ishlab chiqish hamda ushbu sohada bilim va koʻnikmalarni ilmiy-tadqiqot institutlari bilan hamkorlikda mustahkamlash choralarini koʻrish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2022-yil 1-sentabr | Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
| 74. | Kooperatsiya tizimini yoʻlga qoʻyish orqali chorvachilik bilan band boʻlgan dehqon xoʻjaliklarini isteʼmolchilar ehtiyojiga qaratilgan tovar ishlab chiqarish faoliyatiga jalb qilish, bunda chorvachilik mahsulotlarini yigʻish, sotish, muvofiqlashtirish va mahsulotlar sifatini taʼminlash boʻyicha choralar koʻrish. | Chora-tadbirlar dasturi | 2022-yil 1-noyabr | Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
| VII. Bozor munosabatlari sharoitida chorvachilik sohasi va uning tarmoqlarida band boʻlgan aholining ijtimoiy holatini yanada barqarorlashtirish | ||||
| 75. | Aholi xonadonlarini chorva hayvonlarini parvarishlash, saqlash va mahsulotlarni qayta ishlash hamda bozorlarda sotish boʻyicha ixcham asbob-uskunalar bilan taʼminlash hamda xarajatlarni qisqartish uchun texnikaviy salohiyat va imkoniyatlarni oshirish. | Chora-tadbirlar dasturi | 2022-yil 1-may | Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Oʻzbekiston fermer, dehqon va tomorqa yer egalari kengashi |
| 76. | Qishloq joylarida xotin-qizlar mehnati asosida chorvachilik sohasidagi mahsulotlarni qayta ishlashni rivojlantirish va tomorqa biznes maktablarini yuritish tizimini yoʻlga qoʻyish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | Doimiy ravishda | Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Oʻzbekiston fermer, dehqon va tomorqa yer egalari kengashi |