15.08.2023 yildagi PQ-278-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koʻp kvartirali uylarni boshqarishni yanada samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koʻp kvartirali uylarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish, boshqarish organlari bilan mulkdorlar oʻrtasidagi hamkorlikni kuchaytirish, aholiga sifatli xizmat koʻrsatilishini hamda koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlov intizomini taʼminlash hamda sohaga yetarli malaka, koʻnikma va moddiy-texnik bazaga ega boʻlgan boshqarish organlarini jalb qilish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari 1-ilovaga muvofiq chegaralari belgilangan koʻp kvartirali uylarga tutash yer uchastkalarini koʻp kvartirali uylardagi joylar mulkdorlariga bir oy muddatda doimiy foydalanish huquqi asosida berish toʻgʻrisida qaror qabul qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda respublikadagi qolgan koʻp kvartirali uylarning tutash yer uchastkalari chegaralarini belgilab, “YERELEKTRON” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari chegaralari belgilangan koʻp kvartirali uylarga tutash yer uchastkalarini tegishli koʻp kvartirali uylardagi joylar mulkdorlariga bir oy muddatda doimiy foydalanish huquqi asosida berish toʻgʻrisida qaror qabul qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Kadastr agentligi tomonidan koʻp kvartirali uylarga tutash yer uchastkalarining mavjud topografik tasvirlari Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligiga bepul taqdim etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 2024-yil 1-yanvardan boshlab:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻp kvartirali uylardagi koʻchmas mulk bilan bogʻliq bitimlarni tasdiqlash notariuslar tomonidan Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining axborot tizimi orqali tegishli mulkdorning majburiy badallar yoki toʻlovlar boʻyicha qarzdorligi mavjud emasligi tekshirilgandan keyin amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumiy mol-mulkni saqlash, undan foydalanish va uni taʼmirlash hamda koʻp kvartirali uyga tutash yer uchastkasini obodonlashtirish uchun majburiy badallarning yoki toʻlovlarning eng kam miqdori Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi tomonidan belgilanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻp kvartirali uylarni boshqarish organlariga agrotexnik ishlov berishdan hosil boʻladigan chiqindilarni (daraxt va buta shox-shabbalari, barglari) va koʻp kvartirali uylarga tutash hududlarni tozalashdan hosil boʻlgan chiqindilarni maishiy chiqindilarni toʻplash punktlarida yoki chiqindilarni olib chiqib ketish operatorlari bilan kelishilgan maxsus joylarda yigʻishga ruxsat etiladi. Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur chiqindilarni olib chiqib ketish boʻyicha xizmatlar uchun toʻlov qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha xizmatlar uchun belgilangan majburiy toʻlovlarga qoʻshilgan holda yagona toʻlov sifatida undiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
agrotexnik ishlov berishdan hosil boʻladigan chiqindilarni (daraxt va buta shox-shabbalari, barglari) va koʻp kvartirali uylarga tutash hududlarni tozalashdan hosil boʻlgan chiqindilarni yigʻish va maishiy chiqindilarni toʻplash punktlariga yoki kelishilgan maxsus joylarga yetkazish toʻliq koʻp kvartirali uylarni boshqarish organlari tomonidan amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maishiy chiqindilarni toʻplash punktlarida yoki kelishilgan maxsus joylarda toʻplangan agrotexnik ishlov berishdan hosil boʻladigan chiqindilar (daraxt va buta shox-shabbalari, barglari) va koʻp kvartirali uylarga tutash hududlarni tozalashdan hosil boʻlgan chiqindilarni olib chiqib ketish operatorlar tomonidan koʻp kvartirali uylarni boshqarish organlari bilan kelishilgan holda reja-grafik asosida amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) quruvchi tashkilot qurilishi tugallangan koʻp kvartirali uyni boshqarish uchun boshqaruvchi tashkilotni jalb qiladi. Boshqaruvchi tashkilot aniqlanmagan koʻp kvartirali uylar foydalanishga qabul qilinmaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) koʻp kvartirali uylardagi umumiy mol-mulkning talab darajasida saqlanishini taʼminlash uchun zarur boʻlgan xizmatlar va ishlarning minimal roʻyxati Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi bir oy muddatda koʻp kvartirali uylarni boshqarish sohasidagi qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha quyidagilarni nazarda tutuvchi qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻp kvartirali uylar va ularga tutash yer uchastkalari uchun qarz mablagʻlari, shu jumladan bank kreditlari koʻp kvartirali uylarning barcha joylar mulkdorlari tomonidan bir ovozdan qabul qilingan qaror asosida olinishi mumkinligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻp kvartirali uyni boshqarish tashkilotini yoki boshqaruvchini almashtirish muddatiga cheklov qoʻyish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻp kvartirali uyni boshqarish usulini va boshqarish organini tanlash masalasi yuzasidan barcha joylar mulkdorlarining yoki ular vakillarining ellik foizidan koʻprogʻi uni yoqlab ovoz bersa, umumiy yigʻilishning qarori qabul qilingan deb hisoblanishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Kadastr agentligi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda ikki oy muddatda koʻp kvartirali uylarning boshqarish organlari foydalanishida boʻlgan davlatga tegishli bino va inshootlarni, shuningdek, davlat roʻyxatidan oʻtkazilmagan bino va inshootlarni xatlovdan oʻtkazsin hamda ularni Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi huzuridagi “Kommunal taʼminot markazi” davlat muassasasiga operativ boshqaruv huquqi asosida oʻtkazish boʻyicha choralar koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Hisob palatasi Bosh prokuratura hamda Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda koʻp kvartirali uy-joylar mulkdorlari shirkatlarining va boshqaruvchi tashkilotlarning hududiy elektr tarmoqlari korxonalari oldidagi 80,5 mlrd soʻm miqdoridagi qarzdorligi va ular uchun hisoblangan jarimalar yuzasidan oʻrganish oʻtkazsin hamda ushbu qarzdorlikni undirish boʻyicha taklif kiritsin. Bunda, mazkur qarzdorlikning toʻlov muddati 2024-yil 1-oktabrga qadar kechiktirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasida renovatsiya dasturini amalga oshirishni tashkiliy va huquqiy jihatdan taʼminlash boʻyicha ishchi guruh 2-ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishchi guruhga quyidagi vazifalar yuklansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
renovatsiya dasturini amalga oshirish boʻyicha davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlarini ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
renovatsiya toʻgʻrisidagi normativ-huquqiy hujjatlarning ishlab chiqilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
renovatsiya dasturi amalga oshiriladigan hududlarni kelishish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
renovatsiya dasturini amalga oshirishdagi muammolarni aniqlash va ularni yechish boʻyicha tizimli takliflar ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlarining renovatsiya sohasidagi kelishilgan faoliyatini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
amalga oshirilayotgan renovatsiya dasturlarining samaradorligini monitoring qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy davlatlarning renovatsiya yoʻnalishidagi ilgʻor tajribasini oʻrganish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Koʻp kvartirali uylarni boshqarish organlari tomonidan faoliyatni amalga oshirish jarayonida tegishli mulkdorlarning huquqlari buzilishini oldini olish maqsadida Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasiga quyidagi qoʻshimcha vakolatlar berilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻp kvartirali uylarni boshqarish organlari va joylar mulkdorlari tomonidan issiqlik taʼminotidan foydalanishda normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻp kvartirali uylardagi umumiy mol-mulk va ularga tutash yer uchastkalarida amalga oshirilgan taʼmirlash-tiklash ishlarining qonunchilik hujjatlari va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiq bajarilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida koʻp kvartirali uylarni boshqarishni yanada samarali tashkil qilish yuzasidan “yoʻl xaritasi” 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-iyundagi “Koʻp kvartirali uy-joylarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PQ-5152-son qaroriga 4-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri B.I. Zakirov belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil 15-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-278-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 15-avgustdagi PQ-278-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koʻp kvartirali uylarga tutash yer uchastkalarining chegaralari belgilanishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
HOLATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Hududlar nomi

Koʻp kvartirali uylar soni

shundan, tutash yer uchastkalari

chegaralari belgilangan

doimiy foydalanish huquqi asosida berilgan

Jami

40 789

17 804

173

1.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

1 576

1 497

2.

Andijon viloyati

1 922

1 274

3.

Buxoro viloyati

2 117

321

4.

Jizzax viloyati

2 344

488

3

5.

Qashqadaryo viloyati

2 230

2 187

6.

Navoiy viloyati

1 905

1 870

101

7.

Namangan viloyati

1 576

560

8.

Samarqand viloyati

2 214

2 088

9.

Sirdaryo viloyati

1 838

1 797

10.

Surxondaryo viloyati

1 592

942

11.

Toshkent viloyati

4 945

1 763

69

12.

Fargʻona viloyati

3 722

731

13.

Xorazm viloyati

1 731

1 011

14.

Toshkent shahri

11 077

1 275

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 15-avgustdagi PQ-278-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasida renovatsiya dasturini amalga oshirishni tashkiliy va huquqiy jihatdan taʼminlash boʻyicha ishchi guruh
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.

Xidoyatov Sherzod Saidjanovich

qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari (Ishchi guruh rahbari)

2.

Joʻrayeva Ozoda Abduraximovna

qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari

3.

Sharipov Zoirjon Zokirjonovich

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining masʼul xodimi

4.

Xudaybergenov Dauletiyar Baxtiyarovich

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining masʼul xodimi

5.

Hamroyev Eldor Otamurodovich

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining masʼul xodimi

6.

Jumaniyazov Mansurbek Bazorboyevich

Bosh vazir oʻrinbosarining kotibiyati mudiri

7.

Allaberganov Atabek Validjanovich

Kadastr agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari

8.

Allakuliyev Mirjalol Davronbekovich

Adliya vazirligi departament boshligʻi

9.

Xannarov Komiljon Karimovich

Iqtisodiyot va moliya vazirligi boshqarma boshligʻi

10.

Muminov Obidjon Odilovich

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi boshqarma boshligʻi

11.

Ubaydullayev Botir Baxtiyorovich

“ToshuyjoyLITI” AJ bosh direktori

12.

Elmurodov Bobir Hamidovich

“OʻzshaharsozlikLITI” DUK bosh direktori

13.

Sharipov Saidazim Saydiolimovich

“ToshkentboshplanLITI” DUK direktori oʻrinbosari

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izohlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ishchi guruh aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ishchi guruh oʻziga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishda, zaruriy hollarda, boshqa tegishli vazirlik va idoralarning mutasaddi rahbar va masʼul xodimlarini jalb etishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 15-avgustdagi PQ-278-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida koʻp kvartirali uylarni boshqarishni yanada samarali tashkil qilish yuzasidan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“YOʻL XARITASI”
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Chora-tadbirlar

Amalga oshirish muddati

Masʼul ijrochilar

1.

Koʻp kvartirali uylarni boshqarish bilan bogʻliq nizolarni hal qilishda sudlar tomonidan qonunlarni qoʻllash amaliyotini umumlashtirish.

2023-yil 1-oktabrga qadar

Oliy sud

(X. Toʻraxoʻjayev),

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

(O. Joʻrayeva)

2.

Navoiy shahrida eksperiment tariqasida koʻp kvartirali uyning umumiy mol-mulkini saqlash, undan foydalanish va uni taʼmirlash hamda koʻp kvartirali uyga tutash yer uchastkasini obodonlashtirish uchun majburiy badallar va toʻlovlardan qarzdorligi mavjud mulkdorlarni elektr tarmoqlaridan oʻchirish tartibini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2023-yil 1-oktabrga qadar

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

(O. Joʻrayeva)

3.

“Kommunal taʼminot markazi” davlat muassasasining bino va inshootlarini koʻp kvartirali uylarni boshqarish organlariga ijaraga berish tartibini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2023-yil 1-noyabrga qadar

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

(O. Joʻrayeva)

4.

Qonunchilikda belgilangan tartibda umumiy yigʻilish qaroriga asosan tanlangan boshqaruvchi tashkilot yoki boshqaruvchi bilan shartnomani umumiy yigʻilish qarorida belgilangan shartlarda tuzilgan deb hisoblashni nazarda tutuvchi qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2023-yil 1-noyabrga qadar

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

(O. Joʻrayeva)

5.

Koʻp kvartirali uylarni boshqarish organlarini elektron reyestrga kiritish hamda koʻp kvartirali uylarni boshqaruvchi organlarga biriktirish (qayta roʻyxatdan oʻtkazish) masalalarini Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali amalga oshirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

2023-yil 1-noyabrga qadar

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

(O. Joʻrayeva),

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov)

6.

Koʻp kvartirali uylardagi umumiy mol-mulkni mol-mulk soligʻidan hamda koʻp kvartirali uylarga tutash yer uchastkalarni yer soligʻidan ozod qilish boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2023-yil 1-noyabrga qadar

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

(O. Joʻrayeva),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(A. Haydarov)

7.

“Koʻp kvartirali uy-joy fondini ekspluatatsiya qilish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasini ishlab chiqish va Hukumatga kiritish.

2023-yil 1-dekabrga qadar

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

(O. Joʻrayeva),

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov)

8.

Koʻp kvartirali uylarni boshqarish organlarining elektron reyestrini shakllantirish va yuritish tartibini takomillashtirish.

2023-yil 1-dekabrga qadar

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

(O. Joʻrayeva)

9.

Koʻp kvartirali uylarni boshqarish faoliyatini amalga oshirish qoidalarini takomillashtirish.

2023-yil 1-dekabrga qadar

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

(O. Joʻrayeva)

10.

Koʻp kvartirali uylarni boshqarish organlariga agrotexnik ishlov berishdan hosil boʻladigan chiqindilarni (daraxt va buta shox-shabbalari, barglari) hamda smyot maishiy chiqindilarni toʻplash punktlariga yigʻishga ruxsat etilishi munosabati bilan qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha xizmatlar uchun majburiy toʻlovlar tarifini qayta koʻrib chiqish.

2023-yil 1-dekabrga qadar

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari,

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi

(A. Abduxakimov),

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

(O. Joʻrayeva)

11.

Koʻp kvartirali uylarda energiyani tejash, uning samaradorligini oshirish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini qoʻllash. Bunda:

1) koʻp kvartirali uylarning energiya isteʼmoli auditini oʻtkazish tizimini joriy etish;

2) koʻp kvartirali uylarning tom qismida tadbirkorlar tomonidan ijara asosida quyosh panellarini joylashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish;

3) koʻp kvartirali uylardagi kirish yoʻlaklariga va zinapoyalarda harakat datchikli energiya tejovchi chiroqlarni oʻrnatish orqali elektr energiyasi isteʼmolini kamida 30 foizga kamaytirish.

2024-yil 1-yanvarga qadar

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

(O. Joʻrayeva)

12.

Faoliyat yuritmayotgan uy-joy mulkdorlari shirkatini tugatishning soddalashtirilgan tartibini (qarzdorligi mavjud boʻlgan hollarda bankrot deb eʼlon qilish orqali) ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2024-yil 1-yanvarga qadar

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

(O. Joʻrayeva),

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov)

13.

“Mening uyim” axborot tizimida boshqarish organlarining elektron reyting tizimini yanada takomillashtirish, shuningdek, reytingni faqatgina aholi va isteʼmolchilarning fikr-mulohazalari asosida shakllantirish.

2024-yil 1-yanvarga qadar

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

(O. Joʻrayeva)

14.

Koʻp kvartirali uylarni boshqarish organlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan, shuningdek, xarajatlar toʻgʻrisidagi hisobotlarni “Mening uyim” axborot tizimi orqali taqdim etish.

Bunda, quyidagilarni nazarda tutish:

xarajatlar toʻgʻrisidagi hisobotlarni mulkdorlarning shaxsiy kabinetiga xabarnoma yuborish orqali taqdim etish;

mulkdorlarning shaxsiy kabineti orqali umumiy yigʻilishlarni onlayn tarzda oʻtkazish, ularda ovoz berish, bayonnomalarni tasdiqlash, ishlab chiqilgan xarajatlar smetasini onlayn tarzda muhokama qilish va tasdiqlash, mulkdorlar tomonidan nosozliklar toʻgʻrisida xabar qilish va xizmatlarga buyurtma berish imkoniyatini yaratish.

2024-yil 1-yanvarga qadar

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

(O. Joʻrayeva)

15.

Koʻp kvartirali uylarni boshqarish bilan bogʻliq normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish. Xususan:

a) koʻp kvartirali uylarning texnik hujjatlari tarkibini (uyning loyihasi, konstruksiyasi, kommunikatsiya tarmoqlari, barcha turdagi avtomatik va mexanik qurilmalari, yer uchastkasiga oid barcha hujjatlar) ishlab chiqish va tasdiqlash;

b) mavjud qonun hujjatlariga koʻp kvartirali uylarni boshqarish organlari faoliyatiga noqonuniy aralashganlik yoki faoliyatiga toʻsqinlik qilganlik uchun jazo choralari qoʻllashni nazarda tutuvchi normalarni kiritish.

2024-yil 1-aprelga qadar

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

(O. Joʻrayeva)

16.

Koʻp kvartirali uylarning texnik holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar jamlangan elektron platformani ishlab chiqish va joriy etish.

Elektron platformaga uylarning texnik pasportlari, shuningdek, uylarning qurilgan yili, oxirgi taʼmirlangan vaqti (yili) va moliyalashtirish manbasi, taʼmirlangan qismlari, geolokatsiya koordinatalari, muhandislik tarmoqlari, kommunikatsiyalarining holati va boshqa koʻrsatkichlarni kiritish hamda Kadastr agentligi elektron tizimi bilan integratsiya qilish.

2024-yil 1-aprelga qadar

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

(O. Joʻrayeva),

Kadastr agentligi

(A. Allaberganov)

17.

Koʻp kvartirali uylarning yuqori qavatlariga ichimlik suvni yetkazib berish (nasoslarni ekspluatatsiya qilish) xarajatlarini suv taʼminoti tashkilotlari tomonidan qoplab berish tartibini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Bunda, boshqaruv organi xarajatlarini qoplab berish mexanizmini va koʻp kvartirali uyning boshqaruv organi bilan ichimlik suvni yetkazib beruvchi tashkilot oʻrtasida xarajatlarni qoplab berish tizimini joriy etish.

2024-yil 1-aprelga qadar

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

(O. Joʻrayeva),

“Oʻzsuvtaʼminot” AJ

(D. Azimov)

18.

Oʻzbekiston Respublikasida renovatsiya amalga oshirilishini tashkiliy va huquqiy taʼminlash boʻyicha ishchi guruhning ish rejasini tasdiqlash.

2023-yil 1-oktabrga qadar

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

(Sh. Xidoyatov)

Xorijiy davlatlarning renovatsiya sohasidagi ilgʻor tajribasini oʻrganish uchun Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan Ishchi guruh aʼzolarini xizmat safariga yuborish.

2023-2024-yillar davomida

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 15-avgustdagi PQ-278-son qaroriga
4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-iyundagi “Koʻp kvartirali uy-joylarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PQ-5152-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“e” va “j” kichik bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“k” kichik bandning toʻrtinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 5-ilovaning 15-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.08.2023-y., 07/23/278/0647-son)