1-ILOVA
|
T/r |
Chora-tadbirlar nomi |
Ijro muddati |
Masʼul ijrochilar |
|
1. |
Respublikadagi muammoli bank kreditlari mavjud har bir uy-joy mulkdorlari shirkatining faoliyati yuzasidan tegishli xizmat koʻrsatuvchi tijorat banklarining xulosasi olingan taqdirda, joylar mulkdorlarining umumiy yigʻilish qarori asosida ularning boshqarish usulini oʻzgartirish. Bunda, uy-joy mulkdorlari shirkatlarining boshqaruvida boʻlgan koʻp kvartirali uylarni boshqarish uchun, qoida tariqasida, reytingi yuqori boʻlgan boshqaruvchi tashkilotlarni jalb qilish. |
2022-yil 1-sentabr |
Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Markaziy bank, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
2. |
Koʻp kvartirali uylarni taʼmirlash uchun umumiy smeta qiymatining 30 foizini koʻp kvartirali uy-joy mulkdorlari hisobidan jamgʻarish tartibini amaliyotda qoʻllash va uning samarasini tahlil qilish hamda natijasi boʻyicha uy-joy mulkdorlari hisobidan jamgʻariladigan mablagʻning miqdorini qayta koʻrib chiqish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish. |
2022-yil 1-noyabr |
Moliya vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
3. |
Bir yilda bir marta oʻtkaziladigan tayanch va toʻsiq konstruksiyalar (umumiy mol-mulk) butligi boʻyicha xatlov natijalari toʻgʻrisida hisobotni hamda buzilgan tayanch konstruksiyalarni tiklash yuzasidan takliflarni Hukumatga kiritish. |
2022-yil 1-oktabr |
Uy-joy fondi inspeksiyasi, Qurilish vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
4. |
Koʻp kvartirali uylardagi joylar mulkdorlarining majburiy badallari va toʻlovlari miqdorini belgilashda xarajatlarning tarkibini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash va ularni koʻp kvartirali uylarni boshqarish organlariga yetkazish. |
2022-yil 1-noyabr |
Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi |
|
5. |
Mazkur qarorning 5- va 6-bandlaridan kelib chiqib, koʻp kvartirali uylarning qurilishiga oid shaharsozlik normalari va qoidalarini takomillashtirish. |
2022-yil 1-oktabr |
Qurilish vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi |
|
6. |
Uy-joy mulkdorlari shirkatlarini tugatish va davlat reyestridan chiqarish boʻyicha tartibni takomillashtirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish. |
2023-yil 1-yanvar |
Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Markaziy bank |
|
7. |
Koʻp kvartirali uylarni boshqaruvchi tashkilotlarning yagona statistik maʼlumotlari toʻliq yuritilishi hamda ularning reytingini yaratish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy faoliyat turlari umumdavlat tasniflagichida alohida koʻrsatilishini taʼminlash. |
2023-yil 1-yanvar |
Davlat statistika qoʻmitasi, Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi |
|
8. |
Koʻp kvartirali uylardagi joylar mulkdorlarining umumiy yigʻilishiga joylar mulkdorlariga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratilgan koʻp kvartirali uyga tutash yer uchastkalarini ushbu uyga xizmat koʻrsatuvchi boshqarish organiga keyinchalik uzaytirish huquqi bilan uch yilgacha boʻlgan muddatga haq evaziga yoki tekinga ijaraga berish huquqini berishni nazarda tutuvchi tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
2022-yil 1-oktabr |
Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi |
|
9. |
Foydalanishga qabul qilingan koʻp kvartirali uydagi umumiy mol-mulk quruvchi tomonidan boshqaruvchi tashkilotga saqlash va boshqarishga topshirilganda, ushbu mol-mulk soliq solish obyekti hisoblanmasligi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 238-moddasiga oʻzgartirish kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
2022-yil 1-noyabr |
Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi |
|
10. |
Buxoro shahrida tajriba tariqasida issiqlik, ichimlik suv taʼminoti va oqova suv chiqarish, chiqindilarni olib chiqish va koʻp kvartirali uylardagi umumiy mol-mulkni saqlash uchun majburiy badal toʻlovlarini yagona shaxsiy hisobvaraq orqali amalga oshirishni joriy etish va natijasi boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish. |
2023-yil 1-may |
Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi |
|
11. |
Bino va inshootlarni koʻp kvartirali uylar toifasiga oʻtkazish borasidagi amaliyotni tahlil qilib, mavjud normativ-huquqiy hujjatlar va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
2022-yil 1-noyabr |
Qurilish vazirligi, Oliy sud, Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi |
|
12. |
Koʻp kvartirali uy joylashgan va unga tutash yer uchastkasi hamda koʻp kvartirali uylardagi umumiy mol-mulkka boʻlgan huquqlarni joylar mulkdorlarining nomiga davlat roʻyxatidan oʻtkazishda amalga oshirilishi kerak boʻlgan toʻlovlarni (shu jumladan, kadastr pasportini rasmiylashtirish uchun toʻlovlarni) joylar mulkdorlari yoki tegishli koʻp kvartirali uyning boshqarish organi tomonidan ikki yil davomida teng ulushlarda boʻlib-boʻlib toʻlash tizimini yoʻlga qoʻyish. |
2022-yil 1-noyabr |
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Adliya vazirligi, Kadastr agentligi |
|
13. |
Koʻp kvartirali uylarning tutash yer uchastkalari va ularning holatidan kelib chiqqan holda jami 2 million, Toshkent shahrida esa 1 million tup mevali va manzarali daraxt-butalar koʻchatlarini ekish. |
2022-yil kuz va 2023-yil bahor mavsumlari |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi |
|
14. |
Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligini Toshkent shahridagi koʻp kvartirali uylarda turli avariyalarni oʻz vaqtida bartaraf etish hamda tegishli xizmatlarning favqulodda vaziyatlarga zudlik bilan javob berishga tayyorligini taʼminlash maqsadida “Raqamli poytaxt” axborot-tahlil markaziga foydalanuvchi sifatida ulash. Ulanish va texnik jihatdan qoʻllab-quvvatlash bilan bogʻliq xarajatlarni mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan, yetishmayotgan mablagʻlarni — respublika budjeti mablagʻlari hisobidan qoplash. |
2022-yil 1-sentabr |
T?shkent shahar hokimligi, Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Moliya vazirligi |
|
15. |
Samarali hamkorlik qilish uchun tashkil qilingan “Xalq nazorati” interaktiv servis xizmatiga kelib tushayotgan murojaatlarni onlayn monitoring qilish hamda kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etish maqsadida murojaatlarni tegishli boshqarish organiga yuborish choralarini koʻrish va ularning ijrosi yuzasidan nazorat oʻrnatish. |
Doimiy ravishda |
Toshkent shahar hokimligi, Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi |
|
16. |
Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vaziri tomonidan tasdiqlanadigan reja-grafikka qatʼiy amal qilgan holda, koʻp kvartirali uylarni boshqarish organlarining “Xalq nazorati” interaktiv servis xizmatiga bosqichma-bosqich ulanishini taʼminlash. |
2023-yil yakuniga qadar |
Toshkent shahar hokimliklari, Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi |
|
17. |
“Tashkent Index” majmuasi hududiga tashqi muhandislik-kommunikatsiya (ichimlik va oqova suv) tarmoqlarini tortish ishlarini yakunlash choralarini koʻrish. |
2022-yil yakuniga qadar |
Toshkent shahar hokimligi, Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, “Oʻzsuvtaʼminot” AJ |
|
18. |
Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi huzuridagi “Yagona hisob-kitob markazi” hamda uning shahar (tuman), tumanlararo filiallari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, viloyatlar uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish boshqarmalari, Toshkent shahar Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish bosh boshqarmasi huzurida tashkil etilgan “Taʼmirlash-tiklash xizmati” davlat unitar korxonalari hamda ularning shahar va tuman filiallarini tugatish bilan bogʻliq chora-tadbirlarni amalga oshirish. |
2022-yil 1-sentabr |
Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
19. |
Germaniya, Fransiya, Gruziya va Yaponiya kabi ilgʻor davlatlarning eskirgan va avariya holatidagi tushgan uy-joylarni yangilash boʻyicha joylarga chiqqan holda tajribasini oʻrganish hamda Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 20-yanvardagi “Oʻzbekiston Respublikasining uy-joy fondini davlat yoʻli bilan hisobga olish toʻgʻrisida”gi 18-son qarorini takomillashtirish yuzasidan takliflarni Hukumatga kiritish. Bunda, eskirgan va avariya holatidagi uy-joylarning mulkdorlarini yangi uy-joy bilan taʼminlash boʻyicha tartibini ham belgilash. |
2023-yil 1-yanvar |
Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
2-ILOVA
|
“ |
|
|
8. |
Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi huzuridagi Ichimlik suvidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi |
|
9. |
Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi huzuridagi Koʻp xonadonli uy-joy fondidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi |
|
”. |