22.08.2023 yildagi 409-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchilarning malakasini oshirish va ularni attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq kadastr sohasida davlat xizmatlari ko‘rsatish sifatini yanada yaxshilash, shuningdek, ro‘yxatdan o‘tkazuvchilarning malakasini oshirish va ularni attestatsiyadan o‘tkazish tartibini joriy qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchilarning malakasini oshirish va ularni attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ro‘yxatdan o‘tkazuvchilarning malakasini oshirish va ularni attestatsiyadan o‘tkazish tartibini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ro‘yxatdan o‘tkazuvchining malaka oshirganligi to‘g‘risidagi sertifikat hamda attestatsiyadan o‘tganligi haqidagi guvohnomalar shaklini tasdiqlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Iqtisodiyot va moliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda o‘zlari qabul qilgan tegishli normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil 22-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
409-son

Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 22-avgustdagi 409-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchilarning malakasini oshirish va ularni attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchilarning malakasini oshirish va ularni attestatsiyadan o‘tkazish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
attestatsiya guvohnomasi — ro‘yxatdan o‘tkazuvchilarning ushbu Nizomda belgilangan tartibda attestatsiyadan o‘tganligini tasdiqlovchi hujjat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
attestatsiya komissiyasi — Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligida (keyingi o‘rinlarda — Kadastr agentligi) tashkil etiladigan va doimiy asosda ishlaydigan ro‘yxatdan o‘tkazuvchilarni attestatsiyadan o‘tkazuvchi komissiya;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ro‘yxatdan o‘tkazuvchilarning malakasini oshirish — tegishli o‘quv dasturlari va rejalari asosida ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish sohasiga oid bilim talab etiladigan mutaxassislarning malaka va ko‘nikmalarini muntazam ravishda yangilab borish orqali ularning kasbiy mahorati oshirilishini ta’minlashga qaratilgan o‘qitish shakli;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
malaka talablari — ro‘yxatdan o‘tkazuvchilarning kasbiy bilim va amaliy ko‘nikmalari darajasiga qo‘yiladigan talablar majmui;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ — Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sertifikat — ro‘yxatdan o‘tkazuvchilarning ushbu Nizomda belgilangan tartibda malakasini oshirganligini tasdiqlovchi hujjat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘quv dasturi — ro‘yxatdan o‘tkazuvchilarning ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish sohasida bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lishning umumiy tartibini belgilovchi hujjat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘quv rejasi — o‘quv fanlari va kurslarining tarkibi, ularni o‘rganishning izchilligi va soatlardagi hajmini belgilovchi hujjat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchilarning malakasi ularning lavozim majburiyatlarini bajarishi uchun zarur bo‘lgan kasbiy bilimlari va amaliy ko‘nikmalarini saqlab turish maqsadida oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchilar attestatsiyadan ularning kasbiga munosibligi darajasini xolisona baholash, qonunchilikda belgilangan malaka talablariga muvofiqligini aniqlash hamda zimmasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish yuzasidan mas’uliyatini oshirish maqsadida o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchilarning malakasini oshirish va ularni attestatsiyadan o‘tkazish ushbu Nizomga 1-ilovadagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchilarning malakasini oshirish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchilarning malakasini oshirish Kadastr agentligining Toshkent geodeziya va kartografiya kolleji Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi (keyingi o‘rinlarda — markaz) tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchilarning malakasi har uch yilda kamida bir marta oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Malaka oshirish kurslari ko‘p bilan yetmish ikki soatni tashkil etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ O‘zbekiston Respublikasining “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq ro‘yxatdan o‘tkazuvchilarning reyestrini (keyingi o‘rinlarda — reyestr) yuritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Reyestrda ro‘yxatdan o‘tkazuvchining familiyasi, ismi va otasining ismi, lavozimi, ma’lumoti, mutaxassisligi, mehnat staji, malakasini oshirgan va attestatsiyadan o‘tgan vaqti hamda boshqa zarur ma’lumotlar aks ettiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ reyestrdagi ma’lumotlarga asosan ro‘yxatdan o‘tkazuvchining malaka oshirish muddati kelishidan o‘n besh kun oldin uning malakasini oshirish bo‘yicha markazga murojaat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Markaz ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning murojaatini kelib tushgan kundan boshlab besh kun ichida ko‘rib chiqadi va ro‘yxatdan o‘tkazuvchini malaka oshirish kursiga qabul qiladi yoki qabul qilishni rad etadi hamda bu haqda ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organni xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ taqdim qilgan ma’lumotlar to‘liq bo‘lmaganda yoki noto‘g‘ri ma’lumotlar taqdim etgan taqdirda, ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning murojaati rad etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning murojaatini boshqa asoslarga ko‘ra rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchilar markaz tomonidan belgilangan vaqt davomida malaka oshirish kurslarida ishtirok etishi va ular ushbu davr mobaynida markazning ichki tartib-qoidalariga rioya qilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz ro‘yxatdan o‘tkazuvchi malaka oshirish kurslarida uzrsiz sabablarga ko‘ra qatnashmasa yoki ichki tartib-qoidalarni buzsa, bu haqda ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organni xabardor qilgan holda uni malaka oshirish kursidan chetlatishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchilarning malakasini oshirish o‘quv dasturlari va rejalari markaz tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ bilan birgalikda ishlab chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Malaka oshirish o‘quv dasturlari va rejalari ro‘yxatdan o‘tkazuvchilarning asosiy faoliyat yo‘nalishlariga muvofiq bo‘lishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Malaka oshirish kurslari tamomlangandan so‘ng ro‘yxatdan o‘tkazuvchilar markaz tomonidan test shaklida sinovdan o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Malaka oshirish kurslarida o‘tilgan o‘quv dasturlari va rejalari asosida elliktadan iborat test tuziladi hamda ularni tuzishda boshqa manbalardan foydalanish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ro‘yxatdan o‘tkazuvchilarga test sinovlarini topshirish uchun bir soat vaqt beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Test sinovlari natijasiga ko‘ra ellik olti foizdan yuqori ball to‘plagan ro‘yxatdan o‘tkazuvchilar test sinovidan o‘tgan hisoblanadi hamda ularga ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchining malaka oshirish kurslarida o‘qiganligi to‘g‘risida ushbu Nizomga 2-ilovadagi namunaga muvofiq sertifikat beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Test sinovlaridan o‘ta olmagan yoki malaka oshirish kurslaridan chetlatilgan ro‘yxatdan o‘tkazuvchilar olti oy davomida malaka oshirish kurslarida qayta o‘qitiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda malaka oshirish bilan bog‘liq xarajatlar ro‘yxatdan o‘tkazuvchilarning o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Test sinovlaridan o‘ta olmagan yoki malaka oshirish kurslaridan chetlatilgan ro‘yxatdan o‘tkazuvchilar malaka oshirish kurslarida qayta o‘qib, test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tguniga qadar ularning ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish harakatlarini amalga oshirish vakolati ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tomonidan cheklanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchilar malaka oshirish kurslari yakunlari bo‘yicha o‘tkaziladigan test sinovlaridan takroran o‘ta olmagan taqdirda, ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ bir oy muddat ularni boshqa ishga o‘tkazish masalasini ko‘rib chiqadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Markaz ro‘yxatdan o‘tkazuvchilarning malaka oshirganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini shakllantiradi va yuritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Markaz malaka oshirish kurslarini bitirib, sertifikat olgan ro‘yxatdan o‘tkazuvchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni malaka oshirish tugaganidan keyin besh ish kunida ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Taqdim etilgan ma’lumotlar ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazuvchilarning reyestriga kiritib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchilarning malakasini oshirish bilan bog‘liq xarajatlar markaz rahbari va ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ o‘rtasida shartnoma tuzish orqali amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Malaka oshirish kurslarida qatnashayotgan ro‘yxatdan o‘tkazuvchilarni o‘qitish qiymati markazning asoslantirilgan hisob-kitoblariga muvofiq Kadastr agentligi tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Malaka oshirish davrida ro‘yxatdan o‘tkazuvchilarning ish joyi bo‘yicha o‘rtacha ish haqi va lavozimi saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchilarni attestatsiyadan o‘tkazish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchilar har uch yilda bir marta attestatsiyadan o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Oliy ta’lim muassasalarini tugatgan va egallagan mutaxassislik bo‘yicha birinchi marta ishga kirgan shaxslar, agar ular mazkur mutaxassislik bo‘yicha ikki yildan kam ishlagan bo‘lsa, attestatsiyadan o‘tkazilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchilarni attestatsiyadan o‘tkazish uchun Kadastr agentligida kamida besh nafardan iborat tarkibda attestatsiya komissiyasi tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Attestatsiya komissiyasi tarkibi Kadastr agentligi direktori tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kadastr agentligi direktorining tegishli o‘rinbosari attestatsiya komissiyasining raisi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Attestatsiya komissiyasi tarkibiga kelishuvga ko‘ra ilmiy va oliy ta’lim muassasalari vakillari kiritilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Attestatsiya komissiyasi raisi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
attestatsiya komissiyasi majlislarida raislik qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
attestatsiyani o‘tkazish joyi va muddatlarini belgilaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
attestatsiyadan o‘tkaziladiganlarning ro‘yxat bo‘yicha tarkibini belgilaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
attestatsiyani o‘tkazish bo‘yicha boshqa tashkiliy masalalarni hal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Attestatsiya komissiyasi raisi bo‘lmagan taqdirda, uning vazifalarini rais o‘rinbosari amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Kadastr agentligining tegishli tarkibiy bo‘linmasi attestatsiya komissiyasining ishchi organi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishchi organ:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
attestatsiyani o‘tkazish jadvalini tuzadi va tasdiqlash uchun attestatsiya komissiyasi raisiga taqdim etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ro‘yxatdan o‘tkazuvchining hujjatlarini shakllantiradi va tayyorlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
attestatsiyani o‘tkazish sanasi va joyi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni attestatsiya komissiyasi a’zolariga hamda tegishli ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlarga yetkazadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
attestatsiya komissiyasi faoliyatini tashkil etishga doir boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchilarning belgilangan muddatlarda attestatsiyadan o‘tishini ta’minlashga tegishli ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlar rahbarlari shaxsan javobgar hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ ro‘yxatdan o‘tkazuvchining attestatsiyadan o‘tish muddati kelishidan ikki oy oldin uni attestatsiyadan o‘tkazish to‘g‘risida attestatsiya komissiyasiga murojaat qiladi va quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ro‘yxatdan o‘tkazuvchining diplomidan nusxa, agar chet elda ta’lim olgan bo‘lsa, chet mamlakatlarda ta’lim olganligini tasdiqlovchi hujjatning va vakolatli davlat organi tomonidan berilgan, ta’lim olganligi to‘g‘risidagi hujjatning tan olinganligi yoki ekvivalentligi qayd etilgan guvohnoma nusxasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ rahbari nomidan tavsifnoma;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
malaka oshirish kurslarida o‘qiganlik to‘g‘risidagi sertifikat nusxasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taqdim etilgan hujjatlar qaytarib berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Quyidagi hujjatlar attestatsiya komissiyasi tomonidan tegishli ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organdan mustaqil ravishda, shu jumladan, “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali olinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ma’lumoti to‘g‘risidagi diplom nusxasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Hujjatlar kelib tushgan kundan boshlab ikki ish kuni muddatda ko‘rib chiqiladi. Taqdim etilgan hujjatlarda kamchiliklar aniqlangan taqdirda, attestatsiyaga qo‘yish rad etiladi va tegishli ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga bildirishnoma yuboriladi va unda aniqlangan kamchiliklar, kamchiliklarni bartaraf etish hamda takroriy ko‘rib chiqish uchun hujjatlarni taqdim etish muddati ko‘rsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatlarda kamchiliklar aniqlanmagan taqdirda, Attestatsiya komissiyasi tomonidan bir oy muddatda ro‘yxatdan o‘tkazuvchi attestatsiyadan o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Attestatsiyadan o‘tishning rad etilishiga asos bo‘lgan kamchiliklar bir oy muddatda bartaraf etilgan taqdirda, hujjatlar takroran ko‘rib chiqish uchun taqdim etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ taqdim qilgan ma’lumotlar to‘liq bo‘lmaganda yoki noto‘g‘ri ma’lumotlar taqdim etilgan taqdirda, attestatsiyadan o‘tishning rad etilishi uchun asos hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Attestatsiyadan o‘tishga boshqa asoslar bo‘yicha rad etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Attestatsiya komissiyasi attestatsiyaning o‘tkazilish joyi va vaqti to‘g‘risida ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga attestatsiya o‘tkaziladigan sanadan kamida o‘n kun oldin bildirishnoma yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Attestatsiya komissiyasi, agar uning majlisida komissiya a’zolarining yarmidan ko‘pi qatnashsa, vakolatli hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Attestatsiya suhbat shaklida o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi bilan uning kasb faoliyatiga bog‘liq bo‘lgan asoslar bo‘yicha suhbat o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Suhbat jarayoni uzluksiz videotasvirga (ovozli) tushiriladi va videotasvir kamida bir yil saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Savollarning aniq ro‘yxati va attestatsiya komissiyasining ish reglamenti Kadastr agentligi direktori tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Attestatsiya komissiyasi ro‘yxatdan o‘tkazuvchining bilim va ish tajribasini hisobga olib:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ro‘yxatdan o‘tkazuvchini attestatsiyadan o‘tgan deb e’tirof etish va unga attestatsiyadan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnomani berish haqida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ro‘yxatdan o‘tkazuvchini attestatsiyadan o‘tmagan deb e’tirof etish va unga attestatsiyadan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnomani berishni rad etish haqida qaror qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Attestatsiya komissiyasining qarorlari attestatsiya komissiyasining majlisida hozir bo‘lgan a’zolarining oddiy ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ovoz berish ro‘yxatdan o‘tkazuvchining ishtirokisiz o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Attestatsiya komissiyasining qarori attestatsiya komissiyasining raisi va kotibi tomonidan imzolanadigan bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ovozlar teng bo‘lib qolgan taqdirda, raisning ovozi hal qiluvchi ovoz hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Attestatsiya natijalari ovoz berish jarayoni tamom bo‘lgandan keyin darhol e’lon qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchiga ikki ish kuni ichida ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchining attestatsiyadan o‘tganligi to‘g‘risida ushbu Nizomga 3-ilovadagi namunaga muvofiq guvohnoma beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Guvohnomaning amal qilish muddati — uch yil.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi attestatsiyadan o‘tmagan deb topilgan taqdirda ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ uni takroriy attestatsiyadan o‘tkazish uchun attestatsiya o‘tkazilgan kundan kamida uch oy o‘tgach, biroq olti oydan kechikmay attestatsiya komissiyasiga murojaat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar ro‘yxatdan o‘tkazuvchi takroriy attestatsiyadan o‘ta olmasa, attestatsiya komissiyasi uning ish joyiga bu haqda bildirishnoma yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ bildirishnoma kelib tushgan kundan boshlab o‘n kun ichida ro‘yxatdan o‘tkazuvchini mehnat qonunchiligiga muvofiq egallab turgan lavozimidan ozod qilish yoxud boshqa ishga o‘tkazish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqishi va ko‘rilgan choralar to‘g‘risida uch kun muddatda Kadastr agentligini yozma ravishda xabardor qilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44. Attestatsiyadan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnomaning haqiqiyligini Kadastr agentligining rasmiy veb-sayti orqali uning identifikatsiya raqamini kiritish yoki undagi QR-kodni skaner qilish yo‘li bilan tekshirish mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
45. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchilarning malakasini oshirish va ularni attestatsiyadan o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar tegishli ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ mablag‘lari hisobidan qoplanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
46. Homilador ayollar, shuningdek, uch yoshgacha bolalari bor ayollardan muddati kelishidan qat’i nazar, malakasini oshirish hamda attestatsiyadan o‘tish talab etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
47. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchilarning malaka oshirish va attestatsiyadan o‘tish jarayonida huquq va manfaatlari buzilgan taqdirda, belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
48. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchilarning malakasini oshirish va ularni attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA

Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchilarning malakasini oshirish va ularni attestatsiyadan o‘tkazish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Davlat kadastrlari palatasi va uning hududiy boshqarmalari

Ro‘yxatdan o‘tkazuvchilarning malakasini oshirish uchun Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markaziga xat yuboradi.

Malaka oshirish muddati kelishidan 15 kun oldin

2-bosqich

Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi

1. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchini malaka oshirish kursiga qabul qiladi yoki qabul qilishni rad etadi hamda bu haqda ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organni xabardor qiladi.

Xat kelib tushgan kundan boshlab 5 kun ichida

2. Malaka oshirish o‘quv kurslarini tashkil qiladi.

Eng ko‘p hajmi 72 soat

3. Test sinovlaridan o‘ta olmagan yoki malaka oshirish kurslaridan chetlatilgan ro‘yxatdan o‘tkazuvchilarni malaka oshirish kurslarida qayta o‘qitadi.

Olti oy davomida

4. Malaka oshirish kurslarida o‘qiganlik to‘g‘risida sertifikat beradi.

O‘quv kurslari yakunlangandan so‘ng

5. Markaz malaka oshirish kurslarini bitirib, sertifikat olgan ro‘yxatdan o‘tkazuvchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga taqdim etadi.

Malaka oshirish tugaganidan keyin besh ish kunida

3-bosqich

Davlat kadastrlari palatasi va uning hududiy boshqarmalari

Attestatsiya komissiyasiga ro‘yxatdan o‘tkazuvchini attestatsiyadan o‘tkazish to‘g‘risida xat yuboradi.

Attestatsiyadan o‘tish muddati kelishidan 2 oy oldin

4-bosqich

Attestatsiya komissiyasi

1. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchining hujjatlarini ko‘rib chiqadi.

2 ish kuni ichida

2. Attestatsiyaning o‘tkazilish joyi va vaqti to‘g‘risida ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organni xabardor qiladi.

Attestatsiya o‘tkaziladigan sanadan kamida 10 kun oldin

3. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchilarni attestatsiyadan o‘tkazadi.

Bir oy muddatda

4. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchiga attestatsiyadan o‘tganlik to‘g‘risida guvohnoma beradi.

2 ish kuni ichida

5-bosqich

Davlat kadastrlari palatasi va uning hududiy boshqarmalari

1. Attestatsiyadan o‘tmagan deb topilgan ro‘yxatdan o‘tkazuvchini takroriy attestatsiyadan o‘tkazish uchun attestatsiya komissiyasiga xat yuboradi.

Attestatsiya o‘tkazilgan kundan kamida 3 oy o‘tgach, biroq 6 oydan kechikmay

2. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi takroriy attestatsiyadan o‘ta olmasa, ro‘yxatdan o‘tkazuvchini mehnat qonunchiligiga muvofiq egallab turgan lavozimidan ozod qilish yoxud boshqa ishga o‘tkazish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqadi.

Attestatsiya komissiyasining xati kelib tushgan kundan boshlab 10 kun ichida

3. Ko‘rilgan choralar to‘g‘risida Kadastr agentligini yozma ravishda xabardor qiladi.

3 kun ichida

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchilarning malakasini oshirish va ularni attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA

Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchining malaka oshirish kurslarida o‘qiganligi to‘g‘risida

SERTIFIKAT

MO № 000000000

(ro‘yxatdan o‘tkazuvchining F.I.O.)

20____-yil “____” -_____________dan 20____ -yil “____” -_____________gacha Toshkent geodeziya va kartografiya kolleji Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazida ______ soatga mo‘ljallangan

(kurs hajmi)

malaka oshirish kursini tamomladi.

(malaka oshirish kursining nomi)

Sertifikat _________________________gacha amal qiladi.

(yil, kun va oy)

Markaz direktori_______________________________________________

Markaz direktori____________(imzo va muhr)_______ ________(F.I.O.)

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchilarning malakasini oshirish va ularni attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan

o‘tkazuvchining attestatsiyadan o‘tganligi to‘g‘risida

GUVOHNOMA

______________ ____________

(seriyasi)_____ _______________

Ushbu bilan __________________________________________________________________________ning

(ro‘yxatdan o‘tkazuvchining F.I. O.)

Kadastr agentligida attestatsiyadan o‘tganligi tasdiqlanadi va u ro‘yxatdan o‘tkazuvchi lavozimida ishlashi mumkin.

Guvohnoma ___________________________gacha amal qiladi.

(yil, kun va oy)

Attestatsiya komissiyasi raisi__________________________________

Markaz direktori____________ (imzo)_______ ________ (F.I.O.)

QR-code

(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.08.2023-y., 09/23/409/0645-son)