1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.01.00 Umumiy masalalar]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat ishtirokidagi korxonalarning boshqaruv organlarida davlat vakillarining samarali ishtirokini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.01.00 Umumiy masalalar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Davlat mulkini boshqarish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat aktivlarini boshqarish agentligi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2023-yil 24-martdagi PQ-101-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, davlat vakillarining faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Davlat ishtirokidagi korxonalardagi davlat vakillarining faoliyatini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat ishtirokidagi korxonalarning aksiyadorlar (ishtirokchilar) umumiy yig‘ilishida davlat nomidan ishtirok etadigan shaxslar va kun tartibidagi oldindan kelishiladigan masalalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat ishtirokidagi korxonalar sof foydasidan dividend (ajratma) miqdorini Davaktiv agentligi bilan kelishish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat ishtirokidagi korxonalarning aksiyadorlar (ishtirokchilar) umumiy yig‘ilishi kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan xabarnoma va hujjatlarni taqdim etish tartibi va muddatlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Davlat ishtirokidagi korxonalarda davlat nomidan aksiyador (ishtirokchi) funksiyalarini amalga oshiruvchi vazirlik va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari korxonalarning boshqaruv organlarining yig‘ilishlarida davlat vakillarining ishtirokini ta’minlashda hamda kun tartibiga kiritilgan masalalar bo‘yicha qaror qabul qilishda mazkur qaror talablariga qat’iy rioya qilinishini ta’minlasin.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.05.00 Normativ-huquqiy hujjatlarni e’lon qilish va kuchga kirishi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oydan keyin kuchga kiradi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonunning 40-moddasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori A.J. Ortiqov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil 14-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
373-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-avgustdagi 373-son qaroriga ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat ishtirokidagi korxonalardagi davlat vakillarining faoliyatini amalga oshirish tartibi to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qog‘ozlar. Qimmatli qog‘ozlar bozori / 07.24.01.00 Qimmatli qog‘ozlar turlari / 07.24.01.02 Aksiyalar va obligatsiyalar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Nizom davlat ishtirokidagi korxonalarning aksiyadorlar (ishtirokchilar) umumiy yig‘ilishida davlat vakilining davlat aksiyalar paketi (ulushi) bo‘yicha ishtirok etishi va ovoz berish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vakolatli organ — davlat ishtirokidagi korxonalarda davlat nomidan aksiyador (ishtirokchi) funksiyalarini amalga oshiruvchi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, maxsus vakolatli davlat organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat vakili — davlat ulushini ishonchli boshqarishni amalga oshiradigan investitsiya aktivlari bo‘yicha ishonchli boshqaruvchi yoki tegishli ishonchnomaga asosan davlat ulushi bo‘yicha ovoz berish vakolatiga ega bo‘lgan jismoniy shaxs yoxud davlat ulushi bo‘yicha davlat ishtirokidagi korxonaning kuzatuv kengashi tarkibiga saylangan shaxs, davlat ulushi bo‘yicha saylangan mustaqil a’zolar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Davlat vakilining davlat ishtirokidagi korxonalar aksiyadorlar (ishtirokchilar) umumiy yig‘ilishida ishtirok etish va kun tartibidagi masalalarni kelishish tartibi
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.05.00 Shartnoma. Shartnomalarni tuzish, o‘zgartirish va bekor qilish]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vakolatli organ davlat ulushi ishonchli boshqaruvga berilganligi yoki ishonchli boshqaruv shartnomasi bekor qilinganligi to‘g‘risida davlat ishtirokidagi korxonani ishonchli boshqaruv shartnomasi imzolangan yoki bekor qilingan kundan boshlab uch ish kuni ichida xabardor qiladi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.01.00 Mahalliy davlat vakillik organlari (Xalq deputatlari kengashlari) / 01.15.01.02 Mahalliy vakillik organlarining vakolatlari;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.02.00 Yuridik shaxslarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatiga olish;
3.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.06 Sho‘’ba va qaram xo‘jalik jamiyatlari;
4.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.05.00.00 Bitimlar;
5.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.02.00 Majburiyatlarning bajarilishini ta’minlash / 03.10.02.02 Garov]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Davlat vakili davlat ishtirokidagi korxonaning aksiyadorlar (ishtirokchilar) umumiy yig‘ilishining kun tartibiga quyidagi masalalar kiritilganda ular bo‘yicha ovoz berish tartibini oldindan kelishib oladi, jumladan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) tegishliligi bo‘yicha vakolatli organ bilan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korxonani qayta tashkil etish yoki tugatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shu’ba va tobe xo‘jalik jamiyatlarini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashkiliy tuzilmani tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korxona ijroiya organini saylash, tayinlash, yollash, uning vakolatlarini muddatidan oldin bekor qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e’lon qilingan aksiyalarning eng yuqori miqdorini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aksiyalarni bo‘lish va konsolidatsiyalash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korxonaning ustav fondi (ustav kapitali) miqdorini ko‘paytirish yoki kamaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mulkni garovga berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yirik bitim tuzish yoki korxonaning affillangan shaxslari bilan bitimlar tuzish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan sof foydani taqsimlash va uning bir qismini dividendlarga yo‘naltirish (keyingi o‘rinlarda — kelishiladigan masalalar).
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-martdagi PQ-101-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat aktivlarini boshqarish agentligi faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Kelishiladigan masalalardan tashqari qolgan masalalar bo‘yicha davlat vakili qonunchilikka va davlat mulkini ishonchli boshqarish shartnomasiga muvofiq mustaqil ravishda qarorlar qabul qiladi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.06.00.00 Vakillik. Ishonchnoma]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Davlat ulushi ishonchli boshqaruvga berilmagan davlat ishtirokidagi korxonalarda kuzatuv kengashi mavjud bo‘lmagan hollarda, kuzatuv kengashi tashkil etilgunga qadar aksiyadorlar (ishtirokchilar) umumiy yig‘ilishi kun tartibidagi kelishiladigan masalalar yuzasidan ovoz berish tartibi to‘g‘risidagi ko‘rsatma davlat vakiliga ishonchnoma bilan bir paytda berilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Kelishiladigan masalalar aksiyadorlar (ishtirokchilar) umumiy yig‘ilishi kun tartibiga kiritilganda aksiyadorlar (ishtirokchilar) umumiy yig‘ilishini chaqirish to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan boshlab o‘n ish kunidan kechiktirmay, ushbu masalalar bo‘yicha ovoz berish tartibini kelishish uchun davlat vakili mazkur Nizomga 1-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq yozma xabarnomani vakolatli organga kun tartibidagi masalalar bo‘yicha zarur axborotni (materiallarni) ilova qilgan va ko‘rsatilgan masalalar bo‘yicha ovoz berish tartibi bo‘yicha o‘z takliflarini ko‘rsatgan holda taqdim etadi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qog‘ozlar. Qimmatli qog‘ozlar bozori / 07.24.04.00 Qimmatli qog‘ozlar bozorida kasb faoliyati / 07.24.04.07 Depozitariy]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Xabarnoma davlat ulushini ishonchli boshqarishni amalga oshiradigan investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi yoki kuzatuv kengashining davlat ulushi bo‘yicha saylangan a’zolari tomonidan imzolanishi lozim, davlat ulushi bo‘yicha saylangan mustaqil a’zolar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uzrli sabablarga ko‘ra kuzatuv kengashining davlat ulushi bo‘yicha saylangan a’zosi (a’zolari) xabarnomani imzolamagan bo‘lsa, xabarnomada ularni imzolamaganligining sabablari ko‘rsatilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Vakolatli organ kelishiladigan masalalar bo‘yicha ovoz berish tartibi to‘g‘risida yozma ko‘rsatmani ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq davlat vakiliga xabarnoma kelib tushgan sanadan boshlab o‘n ish kunidan kechiktirmay, biroq yig‘ilish o‘tkaziladigan sanadan kamida bir kun oldin beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Kelishiladigan masalalar yuzasidan ko‘rsatma berish uchun davlat vakili tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar (materiallar) yetarli bo‘lmagan taqdirda, vakolatli organ davlat vakilidan qo‘shimcha ma’lumotlarni so‘rab olishi yoki, zaruratga ko‘ra, mutasaddi vazirlik va idoralarga tegishli so‘rov bilan murojaat qilish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda xabarnomani ko‘rib chiqish muddati uzaytirilishi mumkin, biroq ushbu muddat aksiyadorlar (ishtirokchilar) umumiy yig‘ilishini o‘tkazish sanasidan kech bo‘lmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Davlat vakiliga beriladigan ko‘rsatma vakolatli organning rahbari yoki ushbu vakolat taqdim etilgan rahbar o‘rinbosari tomonidan imzolanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Davlat ulushi bo‘yicha aksiyador (ishtirokchi) funksiyalari vakolatli organning hududiy boshqarmasi tomonidan amalga oshirilganda, ovoz berish bo‘yicha ko‘rsatma vakolatli organning tegishli hududiy boshqarmasining rahbari tomonidan imzolanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Davlat vakilining mazkur Nizomda belgilangan muddatlarda taqdim etilgan yozma xabarnomasiga vakolatli organning ko‘rsatmasi belgilangan muddatlarda berilmagan taqdirda yoki aksiyadorlar (ishtirokchilar) umumiy yig‘ilishini qoldirish to‘g‘risida ko‘rsatma berilmagan bo‘lsa, kelishiladigan masalalar bo‘yicha davlat vakili qonunchilikka va davlat mulkini ishonchli boshqarish shartnomasiga muvofiq mustaqil ravishda qarorlar qabul qiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Davlat mulkini boshqarish to‘g‘risida”gi Qonunining 42-moddasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Agar davlat vakili tomonidan xabarnoma belgilangan muddatlar buzilgan holda taqdim etilishi natijasida vakolatli organ tomonidan tegishli ko‘rsatma berilmagan bo‘lsa, davlat vakili kelishiladigan masalalarni muhokama qilishda va ular bo‘yicha ovoz berishda ishtirok etmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Vakolatli organ aksiyadorlar (ishtirokchilar) umumiy yig‘ilishida ishtirok etish va kun tartibidagi kelishiladigan masalalar bo‘yicha ovoz berish uchun davlat vakilidan boshqa shaxslarga yig‘ilishda ishtirok etish uchun ishonchnoma va yig‘ilish kun tartibidagi masalalar bo‘yicha ovoz berish yuzasidan ko‘rsatma berish huquqiga ega.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Agar aksiyadorlar (ishtirokchilar) umumiy yig‘ilishi muayyan sabablarga ko‘ra qoldirilsa, vakolatli organ tomonidan berilgan ko‘rsatmalar, basharti davlat vakili berilgan ko‘rsatmalarni qayta ko‘rib chiqish zarurligiga olib keladigan holatlar va dalillarning o‘zgargani to‘g‘risida axborot taqdim etmagan bo‘lsa, qoldirilgan aksiyadorlar (ishtirokchilar) umumiy yig‘ilishining o‘tkazish kuniga qadar o‘z kuchini saqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Aksiyadorlar (ishtirokchilar) umumiy yig‘ilishida kelishiladigan masalalar yuzasidan vakolatli organning ko‘rsatmasini olmasdan ovoz berilgan yoki ko‘rsatmadan o‘zgacha ovoz berilgan taqdirda, davlat vakili uch ish kunidan kechiktirmay bu haqida vakolatli organni yoki uning hududiy organini yozma shaklda xabardor qilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu holatda vakolatli organ yoki ularning hududiy organlari xabarnoma kelib tushgan kundan e’tiboran o‘n ish kuni ichida davlat vakiliga uning keyingi harakatlari yuzasidan ko‘rsatma yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Vakolatli organ davlat vakilidan kelib tushadigan xabarnomalar hamda ovoz berish tartibi bo‘yicha ularga berilgan ko‘rsatmalarning hisobini olib boradi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qog‘ozlar. Qimmatli qog‘ozlar bozori / 07.24.04.00 Qimmatli qog‘ozlar bozorida kasb faoliyati / 07.24.04.07 Depozitariy]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Davlat ulushini ishonchli boshqarishni amalga oshirayotgan investitsiya aktivlari bo‘yicha ishonchli boshqaruvchi tomonidan kelishiladigan masalalar bo‘yicha vakolatli organ bilan kelishilmasdan yoki vakolatli organning ko‘rsatmasidan o‘zgacha tarzda ovoz berilishi, u bilan tuzilgan ishonchli boshqaruv shartnomasini bekor qilish uchun asos bo‘ladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.02.00 Vazirlar Mahkamasi vakolatlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Davlat vakili tomonidan ushbu Nizom 3-bandining “b” kichik bandida ko‘rsatilgan davlat ishtirokidagi korxonalar sof foydasidan dividend (ajratma) hisoblash masalasini Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan kelishish Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Davlat vakillari taqdim etgan ma’lumotlarining to‘liqligi va to‘g‘riligi uchun mas’ul hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Mazkur Nizom talablari bajarilishi ustidan nazorat vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat ishtirokidagi korxonalardagi davlat vakillarining faoliyatini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
_______________________
(vakolatli organning nomi)
__________________________________________________ manzilida joylashgan aksiyadorlik jamiyati (mas’uliyati cheklangan jamiyat) ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) davlat aksiyalar paketi (ulushlari) bo‘yicha davlat manfaatlarini ifodalaydigan _________________________________________________________________________
(davlat vakili)
______________________________________________________ aksiyadorlik jamiyati (mas’uliyati cheklangan jamiyati)ning aksiyadorlar (ishtirokchilar) umumiy yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risida
(ko‘rsatilgan masalalar bo‘yicha ovoz berish tartibiga doir davlat vakilining takliflari)
Davlat vakilining aloqa bog‘lash telefoni __________________________________________________________
Xabarnoma tuzilgan sana: ___________________________________________________
Davlat vakil (lar)i:
_____________
________________________________
(imzo)
F.I.O.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat ishtirokidagi korxonalardagi davlat vakillarining faoliyatini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20 ___ yil “___” ____________ dagi ______-son
____________________________________________________ aksiyadorlik jamiyati (mas’uliyati cheklangan jamiyat) ustav fondlaridagi (ustav kapitallaridagi) davlat aksiyalar paketi (ulushlari) bo‘yicha davlat manfaatlarini ifodalaydigan ______________________________________________________________________________ ga
(davlat vakili)
__________________________ da o‘tkaziladigan _____________________________ aksiyadorlik
(yig‘ilish sanasi)
jamiyati (mas’uliyati cheklangan jamiyat) aksiyadorlari (ishtirokchilari) umumiy yig‘ilishida (yagona aksiyador, ishtirokchi qarori bo‘yicha) ovoz berish tartibi to‘g‘risida
KO‘RSATMA
1. Birinchi masala bo‘yicha _____________________________ (suz bilan ko‘rsatilgan) ovoz berish
(yoqlab/qarshi/betaraf)
2. Ikkinchi masala bo‘yicha _____________________________ (so‘z bilan ko‘rsatilgan) ovoz berish
(yoqlab/qarshi/betaraf)
3. Uchinchi masala bo‘yicha ______________________________ (suz bilan ko‘rsatilgan) ovoz berish
(yoqlab/qarshi/betaraf)
4. To‘rtinchi masala bo‘yicha _____________________________ (suz bilan ko‘rsatilgan) ovoz berish
(yoqlab/qarshi/betaraf)
5. Beshinchi masala bo‘yicha _____________________________ (suz bilan ko‘rsatilgan) ovoz berish
(yoqlab/qarshi/betaraf)
Rahbar (uning o‘rinbosari)
_______________
_____________________________
(imzo)
F.I.O.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.08.2023-y., 09/23/373/0604-son; 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)