Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining
qarori
“Toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sohasida nooziq-ovqat isteʼmol tovarlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalar tomonidan soliq va bojxona imtiyozlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil 7-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2885-2]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 21-dekabrdagi PQ-2687-son “2017 — 2019-yillarda toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi qaror qiladi:
1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Iqtisodiyot va moliya vaziri Sh. KUDBIYEV
Toshkent sh.,
2023-yil 28-iyul,
70-son
Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri L. KUDRATOV
Toshkent sh.,
2023-yil 25-iyul,
2023/30-7-son
Kelishildi:
“Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi raisi I. XAYDAROV
2023-yil 13-iyul
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023-yil 28-iyuldagi 70-son hamda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining 2023-yil 25-iyuldagi 2023/30-7-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasining 2017-yil 14-apreldagi 15, 125, 2017/10-3, 2017-09 va 01-02/8-8-son “Toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sohasida nooziq-ovqat isteʼmol tovarlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalar tomonidan soliq va bojxona imtiyozlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2885, 2017-yil 16-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 20-son, 374-modda).
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2019-yil 6-avgustdagi 89, 14, QQ-01, 2019-51 va 01-02/8-31-son “Toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sohasida nooziq-ovqat isteʼmol tovarlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalar tomonidan soliq va bojxona imtiyozlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 2885-1, 2019-yil 22-avgust) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2019-y., 10/19/2885-1/3611-son).
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.08.2023-y., 10/23/2885-5/0572-son)