24.11.2018 yildagi 954-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasida mehmonxona biznesini jadal rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika hududlarining turizm salohiyatidan foydalanish samaradorligini yanada oshirish, hududlarda zamonaviy turizm infratuzilmasining jadal rivojlanishini taʼminlash, mehmonxona xizmatlarini kengaytirish va sifatini yaxshilash, mehmonxona sohasiga investitsiyalarni keng jalb qilish, shuningdek, joylashtirish obyektlarining mavjud kamchiliklarini bartaraf etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining loyihalashning ijobiy xorijiy tajribasini, shu jumladan, birinchi navbatda Turkiya va Koreya respublikalari tajribasini hisobga olib namunaviy loyihalar boʻyicha ishlab chiqilgan sigʻimi 8 — 50 nomerli kichik mehmonxona va xostellar (keyingi oʻrinlarda namunaviy loyihalar boʻyicha mehmonxonalar deb ataladi) qurilishini amalga oshirish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Kichik mehmonxonalar va xostellarning namunaviy loyihalarini ishlab chiqish doirasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi — buyurtmachi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Qishloqqurilishloyiha” MCHJ — bosh loyihalash tashkiloti etib belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, kichik mehmonxona va xostellarning namunaviy loyihalari investorlarga — tadbirkorlarga bepul asosda beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-2019-yillarda namunaviy loyihalar boʻyicha mehmonxonalar qurilishi moʻljallangan tumanlar va shaharlar roʻyxati 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
namunaviy loyihalar boʻyicha mehmonxonalarni qurish boʻyicha investorlarga — tadbirkorlarga amaliy yordam koʻrsatish boʻyicha Respublika ishchi guruhining tarkibi (keyingi oʻrinlarda Respublika ishchi guruhi deb ataladi) va hududiy ishchi guruhlarning namunaviy tarkibi (keyingi oʻrinlarda hududiy ishchi guruh deb ataladi) 2 va 3-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Respublika ishchi guruhining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
namunaviy loyihalar boʻyicha mehmonxonalar qurilishiga xorijiy va mahalliy investorlar — tadbirkorlar jalb qilinishini taʼminlash;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer uchastkalarini berish, namunaviy loyihalar boʻyicha mehmonxona qurilishi boʻyicha investitsiya loyihalarini amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlgan tashkiliy-texnik masalalarni hal etishda amaliy yordam koʻrsatish boʻyicha vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish, shuningdek, byurokratizmga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha tezkor choralar koʻrish;
(4-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
namunaviy loyihalar boʻyicha mehmonxonalar qurilishi uchun elektron auksionga qoʻyilgan yer uchastkalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar investorlarga — tadbirkorlarga yetkazilishini tashkil etish;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari tomonidan mehmonxonalar qurilishi uchun ajratilgan kamida 5 ta yer uchastkasini har oyda “E-auksion” elektron savdo platformasiga qoʻyilishini taʼminlash;
(4-band “a” kichik bandining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-yanvardagi 18-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2022-y., 09/22/18/0019-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
namunaviy loyihalar boʻyicha mehmonxonalar qurilishining tizimli monitoringini olib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2018-2019-yillarda turizm sohasini rivojlantirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 16-avgustdagi PQ-3217-son qarori bilan tashkil etilgan Turizmni rivojlantirish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengashga namunaviy loyihalar boʻyicha mehmonxonalar qurilishi boʻyicha loyihalarning amalga oshirilishi jarayoni toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni har chorakda kiritish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) hududiy ishchi guruhning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
namunaviy loyihalar boʻyicha mehmonxonalar qurilishi uchun elektron auksionga qoʻyilgan yer uchastkalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Respublika ishchi guruhiga taqdim etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
namunaviy loyihalar boʻyicha mehmonxonalar qurilishiga xorijiy va mahalliy investorlar-tadbirkorlarni jalb qilishni taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
potensial investorlar bilan muzokaralar va uchrashuvlar oʻtkazish choralarini koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
namunaviy loyihalar boʻyicha mehmonxonalar qurilishi uchun ajratilgan yer uchastkalarini elektron auksionga qoʻyish bilan bogʻliq masalalar jadal hal qilinishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
namunaviy loyihalar boʻyicha mehmonxonalar qurilishi uchun ajratiladigan yer uchastkalarining infratuzilmasini tizimli asosda oʻrganish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, Respublika ishchi guruhi va hududiy ishchi guruhlar faoliyatni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 11-sentabrdagi PQ-3939-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan Hududlarda tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish komissiyasi va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish boʻyicha hududiy guruhlar bilan uzviy hamkorlikda amalga oshiradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va uning hududiy boʻlinmalari tegishli ravishda Respublika ishchi guruhi va hududiy ishchi guruhlarning ishchi organlari hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Belgilansinki, yer uchastkalarini investorlarga — tadbirkorlarga ajratish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 30-iyundagi 493-son qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini elektron auksion orqali doimiy foydalanishga berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Elektron auksion oʻtkazishning umumiy muddati “E-auksion” elektron savdo platformasida amalga oshiriladigan barcha tartibotlar bilan birga istisno tariqasida 10 kundan oshmasligi kerak.
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri boʻyicha davlat qoʻmitasi bilan birgalikda bir oy muddatda ushbu qarorga 1-ilovada nazarda tutilgan hududlarda namunaviy loyihalar boʻyicha mehmonxonalar qurish uchun yer uchastkalari roʻyxatini, ular toʻgʻrisida tegishli maʼlumotlar bergan holda tasdiqlasinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) qurilishni amalga oshirish davrida namunaviy loyihalar boʻyicha mehmonxonalar qurish uchun ajratilgan yer uchastkalari, shuningdek, investorlar — tadbirkorlarning hisobi yuritilishini taʼminlasinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) har oyda Respublika ishchi guruhiga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektron auksionga qoʻyilgan, tasdiqlangan yer uchastkalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
namunaviy loyihalar boʻyicha mehmonxonalar qurish tashabbusi bilan chiqqan investorlar — tadbirkorlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu qarorga 1-ilovada koʻrsatib oʻtilgan hududlarda mehmonxonalarga boʻlgan ehtiyoj va ularning soni, ularning nomer fondi toʻgʻrisida maʼlumot bersinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
namunaviy loyihalar boʻyicha mehmonxonalar hududiga muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini tortib kelish bilan bogʻliq xarajatlar tegishli tumanlarning (shaharlarning) mahalliy budjetlari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga moliyalashtiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
namunaviy loyihalar boʻyicha mehmonxonalarni tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulash bilan bogʻliq xarajatlar investorlar –tadbirkorlarning oʻz mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki oy muddatda mehmonxonalarning bandligini taʼminlash hamda bron qilishning samarali tizimini joriy qilgan, koʻrsatilayotgan xizmatlarni targʻib qilgan va mehmonxona xodimlarini oʻqitgan holda ular faoliyatini yanada rivojlantirish boʻyicha marketing ishlari rejasini ishlab chiqsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turizm sohasidagi tadbirkorlik subyektlari bilan birgalikda ommaviy axborot vositalari vakillari uchun axborot va media turlar tashkil etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Respublika ishchi guruhini va ushbu qaror doirasida namunaviy loyihalar boʻyicha mehmonxonalarni qurish boʻyicha investitsiya loyihalarini amalga oshiruvchi investorlar — tadbirkorlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash hamda yuzaga keladigan muammolarni hal qilish uchun vazirliklar va idoralar rahbarlariga shaxsiy masʼuliyat yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligi va “Dunyo” axborot agentligiga ushbu qarorning mohiyati va vazifalarini keng yoritish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.A. Abduhakimov va Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasining raisi zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 24-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
954-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 24-noyabrdagi 954-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-2019-yillarda namunaviy loyihalar boʻyicha mehmonxonalar qurilishi moʻljallangan tumanlar va shaharlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Tuman/shahar nomi

Mehmonxona soni

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

1.

Nukus shahri

15

2.

Moʻynoq tumani

5

3.

Ellikqala tumani

5

Andijon viloyati

4.

Andijon shahri

15

5.

Xonobod shahri

10

Buxoro viloyati

6.

Buxoro shahri

20

7.

Kogon shahri

15

8.

Gʻijduvon tumani

5

9.

Romiton tumani

5

10.

Shofirkon tumani

5

Jizzax viloyati

11.

Zomin tumani

10

12.

Baxmal tumani

5

13.

Forish tumani

5

14.

Arnasoy tumani

5

15.

Gʻallaorol tumani

5

Qashqadaryo viloyati

16.

Qarshi shahri

5

17.

Kitob tumani

5

18.

Shahrisabz tumani

20

Navoiy viloyati

19.

Karmana tumani

5

20.

Qiziltepa tumani

5

21.

Nurota tumani

5

Namangan viloyati

22.

Pop tumani

10

23.

Chortoq tumani

5

24.

Yangiqoʻrgʻon tumani

5

Samarqand viloyati

25.

Samarqand shahri

20

26.

Urgut tumani

5

27.

Samarqand tumani

5

Surxondaryo viloyati

28.

Boysun tumani

15

29.

Termiz shahri

5

30.

Sariosiyo tumani

5

31.

Sherobod tumani

5

Sirdaryo viloyati

32.

Guliston shahri

5

Toshkent viloyati

33.

Boʻstonliq tumani

30

34.

Oxangaron tumani

5

35.

Parkent tumani

5

36.

Angren shahri

5

Fargʻona viloyati

37.

Fargʻona shahri

10

38.

Qoʻqon shahri

5

39.

Margʻilon shahri

5

Xorazm viloyati

40.

Xiva shahri

25

41.

Urganch shahri

15

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 24-noyabrdagi 954-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Namunaviy loyihalar boʻyicha mehmonxonalar qurish boʻyicha tadbirkor — investorlarga amaliy yordam koʻrsatish boʻyicha Respublika ishchi guruhi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.

A.A. Abduhakimov

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, Respublika ishchi guruhi rahbari

2.

A.U. Akkulov

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi vazifasini vaqtincha bajaruvchi, Respublika ishchi guruhi rahbari oʻrinbosari

3.

B.I. Zakirov

Qurilish vazirining birinchi oʻrinbosari

4.

D.S. Azimov

Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirining birinchi oʻrinbosari

5.

O.M. Umarov

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi oʻrinbosari

6.

T.M. Abdullayev

Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri boʻyicha davlat qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari

7.

X.S. Bekenov

Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari

8.

U.M. Mustafayev

“Oʻzbekenergo” AJ boshqaruvi raisi

9.

Lavozimi boʻyicha

“Oʻztransgaz” AJ boshqaruvi raisi

10.

Lavozimi boʻyicha

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining investitsiyalar, innovatsiyalar, sanoatni rivojlantirish, xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va turizm masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari — tegishli hududlarning masalalari qismida

11.

Lavozimi boʻyicha

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xoʻjalik masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari — tegishli hududlar masalalariga oid qismi boʻyicha

12.

Lavozimi boʻyicha

Samarqand, Xorazm, Buxoro va Toshkent viloyatlarining turizmni rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari — tegishli hududlar masalalariga oid qismi boʻyicha

13.

A.A. Nazarmuxamedov

Vazirlar Mahkamasi apparati Turizmni rivojlantirish masalalari shuʼbasining mudiri vazifasini bajaruvchi, Respublika ishchi guruhining masʼul kotibi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. Ishchi guruh aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalar yuklangan shaxslar kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 24-noyabrdagi 954-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Namunaviy loyihalar boʻyicha mehmonxonalar qurish boʻyicha investorlar — tadbirkorga amaliy yordam koʻrsatish boʻyicha hududiy ishchi guruhlarning
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NAMUNAVIY TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, hududiy ishchi guruh rahbari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining investitsiyalar, innovatsiyalar, sanoatni rivojlantirish, xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va turizm masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari, hududiy ishchi guruh rahbarining oʻrinbosari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Samarqand, Xorazm, Buxoro va Toshkent viloyatlarining turizmni rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari, hududiy ishchi guruh rahbarining oʻrinbosari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xoʻjalik masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi hududiy boshqarmalarining boshliqlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Qurilish vazirligining hududiy boshqarmasi boshligʻi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining hududiy boshqarmasi boshligʻi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri boʻyicha davlat qoʻmitasining hududiy boshqarmasi boshligʻi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasining hududiy boshqarmasi boshligʻi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. “Oʻzbekenergo” AJ hududiy boshqarmasi rahbari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. “Oʻztransgaz” AJ hududiy boshqarmasi rahbari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Tuman (shahar) hokimlarining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xoʻjalik masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari, hududiy ishchi guruh kotibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. Ishchi guruh aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalar yuklangan shaxslar kiritiladi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.11.2018-y., 09/18/954/2225-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2022-y., 09/22/18/0019-son; 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son; 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)