26.07.2023 yildagi 313-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

Alkogol va tamaki mahsulotlariga yangi namunadagi aksiz markalarini joriy etish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholini sifatli isteʼmol tovarlari bilan taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2023-yil 4-apreldagi PQ-110-son qaroriga muvofiq hamda alkogol va tamaki mahsulotlari noqonuniy ishlab chiqarilishi va sotilishiga yoʻl qoʻymaslik yuzasidan nazoratni yanada kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 2023-yil 1-avgustdan boshlab alkogol va tamaki mahsulotlariga yangi namunadagi aksiz markalari joriy etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan va uning hududiga olib kiriladigan alkogol mahsulotlariga yangi namunadagi aksiz markalarining namunalari va tavsiflari 1-ilovaga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan va uning hududiga olib kiriladigan tamaki mahsulotlariga yangi namunadagi aksiz markalarining namunalari va tavsiflari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan 2023-yil 1-iyuldan boshlab alkogol va tamaki mahsulotlariga yangi namunadagi aksiz markalari ayrim tadbirkorlik subyektlarida sinov tariqasida joriy etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki, yangi namunadagi aksiz markalari joriy etilgan kundan boshlab:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) ishlab chiqaruvchi va import qiluvchi tashkilotlarga yangi namunadagi aksiz markalarini yopishtirish bilan bir vaqtda alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarishda (import qilishda) eski namunadagi aksiz markalaridan foydalanishga hamda ular bilan markalangan mahsulot qoldiqlarini besh oy mobaynida sotishga ruxsat beriladi, shuningdek, yangi namunadagi aksiz markalarini xarid qilish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining “Davlat belgisi” DUKga faqat import qiluvchilar va ishlab chiqaruvchilar mustaqil ravishda murojaat qilishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda ruxsat etilgan muddat tugagunga qadar tayyor mahsulot qoldiqlari yangi namunadagi aksiz markalari bilan yangidan markalanib, tovarlardan eski namunadagi aksiz markalari olib tashlanadi va tovarlardan olib tashlangan aksiz markalari xatlovdan oʻtkazish komissiyasi (soliq va bojxona organlarining vakillari, ishlab chiqaruvchi va (yoki) import qiluvchi tashkilotlarning xodimlaridan iborat) tomonidan kuydirish yoʻli bilan yoʻq qilinadi hamda bu haqda tegishli dalolatnoma tuziladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) ulgurji va chakana savdo tarmogʻida eski namunadagi aksiz markalari bilan markalangan mahsulotlar ishlab chiqaruvchi va import qiluvchi tashkilotlar uchun belgilangan muddatdan keyin oʻn ikki oy oʻtgach markalanmagan deb hisoblanadi va belgilangan tartibda olib qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qoʻmitasi va Bojxona qoʻmitasi 2024-yil 1-noyabrdan boshlab eski namunadagi aksiz markalari bilan markalangan alkogol va tamaki mahsulotlarini aniqlash, ularning olib kirilishi, ishlab chiqarilishi hamda ulgurji va chakana savdo tarmogʻida sotilishining oldini olish, shuningdek, ushbu mahsulotlarni belgilangan tartibda olib qoʻyish choralarini koʻrsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 45-sonli qaroriga asosan 5-bandning oʻz kuchini yoʻqotish sanasi — 2025-yil 1-may — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 09/25/45/0084-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 45-sonli qaroriga asosan 6-bandning oʻz kuchini yoʻqotish sanasi — 2025-yil 1-may — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 09/25/45/0084-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Qoraqalpogiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qoʻmitasi va Bojxona qoʻmitasi 2023-yil 1-avgustga qadar yangi namunadagi aksiz markalari joriy etilishi toʻgʻrisidagi axborotni alkogol va tamaki mahsulotlarining ishlab chiqaruvchilari, import qiluvchilar va savdo tashkilotlari eʼtiboriga yetkazilishini hamda ommaviy axborot vositalarida yoritib borilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi hududida tamaki mahsulotlariga va spirtli ichimliklarga aksiz markalarini joriy etish tartibi toʻgʻrisida” 1996-yil 14-avgustdagi 285-son qaroriga 1-ilovaning 4-bandidagi “toʻqqiz oy” soʻzlar “oʻn yetti oy” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov hamda Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vaziri Sh.D. Kudbiyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil 26-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
313-son

Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 26-iyuldagi 313-son qaroriga
1-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan va uning xududiga olib kiriladigan alkogol mahsulotlariga yangi namunadagi aksiz markalarining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NAMUNALARI VA TAVSIFLARI

Alkogol mahsulotlariga yangi namunadagi aksiz markalaridagi himoya elementlarining joylashish sxemasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mikromatn “UZBEKISTAN”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Koʻrish burchagi oʻzgarganda oʻz rangini oʻzgartiradigan, “ANTISTOKS” xususiyatiga ega iridissent buyogʻida bajarilgan tasvir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. QR-CODE “TOSHKENTVINO, AROQ, O'Z23026, 0,75 L”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mahsulot nomi “AROQ”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Suv belgisi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ishlab chiqaruvchining kod raqami O'Z23026.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Nusxa koʻchirishga qarshi fon (asos).

8. Qizil va yashil rangdagi koʻrinuvchan tolalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Raqamli nomer aksiz markasining yuz tarafida “QORA” va orqa tarafda “QIZIL” rangda koʻrinadigan koʻchuvchi buyoq bilan chop etilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Mahsulot hajmi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Tasvir boʻrtmaliligiga ega buyoqsiz metallograf usulida kumush rangli asos ustida bajarilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Metall jism bilan ishqalansa “UZB” namoyon boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Metallograf usulida bajarilgan multiton effektli, boʻrtmaliligiga ega naqshinkor bezak, infraqizil nurlari ostida koʻrinmaydigan boʻyoq bilan chop etilgan va markazida “UZB” mikromatni mavjud.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Ultrabinafsha nurlari ostida koʻrinadigan sariq rangli nuqtalar va koʻk rangli tolalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 26-iyuldagi 313-son qaroriga
2-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan va uning hududiga olib kiriladigan tamaki mahsulotlariga yangi namunadagi aksiz markalarining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NAMUNALARI VA TAVSIFLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tamaki mahsulotlariga yangi namunadagi aksiz markalaridagi himoya elementlarining joylashish sxemasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mikromatn “TAMAKI MAHSULOTLARI”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Maxsus himoya boʻyogʻi “ANTISTOKS” bilan bosilgan, infraqizil nurlari ostida tovlanadigan va ultrabinafsha nurlari ostida koʻrinadigan element.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Koʻrish burchagi oʻzgarganda oʻz rangini oʻzgartiradigan, iridissent boʻyogʻida bajarilgan tasvir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ishlab chiqaruvchining kod rakami “OʼZ2301”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ultrabinafsha nurlari ostida koʻrinadigan sariq va koʻk rangli tolalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Qizil va yashil rangdagi koʻrinuvchan tolalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Nusxa koʻchirishga qarshi fon (asos).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Suv belgisi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 26-iyuldagi 313-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan qarorlari roʻyxati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining “Alkogolli mahsulotlarga va tamaki mahsulotlariga yangi namunadagi aksiz markalari joriy etish toʻgʻrisida” 2009-yil 20-fevraldagi 49-son qarori.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining “Alkogolli mahsulotlar va tamaki mahsulotlariga yangi namunadagi aksiz markalari joriy etish toʻgrisida” 2013-yil 5-fevraldagi 27-son qarori.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirlar Mahkamasining “Alkogolli mahsulotlarga va tamaki mahsulotlariga yangi namunadagi aksiz markalarini joriy etish toʻgrisida” 2015-yil 11-fevraldagi 20-son qarori.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Vazirlar Mahkamasining “Alkogolli mahsulotlarga va tamaki mahsulotlariga yangi namunadagi aksiz markalarini joriy etish toʻgrisida” 2017-yil 27-fevraldagi 100-son qarori.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Vazirlar Mahkamasining “Alkogol va tamaki mahsulotlariga yangi namunadagi aksiz markalarini joriy etish toʻgrisida” 2020-yil 15-apreldagi 227-son qarori.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.07.2023-y., 09/23/313/0525-son; 30.01.2025-y., 09/25/45/0084-son)