03.11.2021 yildagi PQ-5277-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalqaro shartnomani tasdiqlash toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 22-moddasiga muvofiq hamda Oʻzbekiston Respublikasi va Qirgʻiziston Respublikasi oʻrtasida hamkorlikda investitsiya loyihalarini amalga oshirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 2021-yil 11-martda Toshkent shahrida imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Qirgʻiziston Respublikasi Hukumati oʻrtasida Oʻzbek-Qirgʻiz taraqqiyot jamgʻarmasini (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) tashkil etish toʻgʻrisidagi bitim (keyingi oʻrinlarda — Bitim) tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi Bitimni amalga oshirish uchun masʼul vakolatli organ etib belgilansin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-iyuldagi PF-111-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 06/23/111/0509-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Xodjayev, investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri L.Sh. Kudratov va Strategik islohotlar agentligi direktori — Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi ijrochi direktori Sh.A. Vafayev Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan Oʻzbek-Qirgʻiz taraqqiyot jamgʻarmasining kengashi aʼzolari hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbek-Qirgʻiz taraqqiyot jamgʻarmasining ustav kapitalida Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ulushi, istisno tariqasida, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligiga bosqichma-bosqich ajratiladigan Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan shakllantiriladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-iyuldagi PF-111-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 06/23/111/0509-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Tashqi ishlar vazirligi qirgʻiz tomoniga Bitimning kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan ichki davlat tartib-taomillari Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan bajarilganligi toʻgʻrisida tegishli bildirishnomani yuborsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi Moliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda mazkur qarorga muvofiq joriy yilda Oʻzbek-Qirgʻiz taraqqiyot jamgʻarmasiga oʻzbek tomonidan ajratiladigan mablagʻ yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasining “2021-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Qonuniga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin uning qoidalari amalga oshirilishi ustidan oʻrnatilgan tartibda nazoratni taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-iyuldagi PF-111-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 06/23/111/0509-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 3-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-5277-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.11.2021-y., 07/21/5277/1016-son; 22.07.2023-y., 06/23/111/0509-son)