Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Toʻlovga qobiliyatsizlik sohasidagi qonunchilik hujjatlari takomillashtirilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining “Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomillarini qoʻllash orqali iqtisodiy nochor korxonalarni moliyaviy sogʻlomlashtirish amaliyoti takomillashtirildi.
Toʻlovga qobiliyatsizlik jarayonlarini yuritishda sud boshqaruvchilarining huquqlari kengaytirildi, jumladan davlat xizmatlari markazlari orqali koʻrsatiladigan xizmatlardan oldindan toʻlovlarni amalga oshirmasdan foydalanish, sud boshqaruvchilariga haq toʻlash va ularni qoʻshimcha ragʻbatlantirish tartiblari belgilandi.
Shu munosabat bilan, sohadagi qonunchilik hujjatlari normalarini yanada takomillashtirish hamda Oʻzbekiston Respublikasining “Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiqlashtirish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritilsin:
farmon va qarorlarda qoʻllanilgan toʻlovga qobiliyatsizlik bilan bogʻliq tushunchalarni Oʻzbekiston Respublikasining “Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiqlashtirish;
jismoniy shaxslarning toʻlovga qobiliyatsizligi amaliyoti joriy etilganligi munosabati bilan ularga nisbatan toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomilini qoʻllash.
2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2023-yil 12-iyul,
PF-109-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyuldagi PF-109-son Farmoniga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 14-yanvardagi “Davlat aktivlarini boshqarish, monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish tizimini va kapital bozorini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5630-son Farmoni 3-bandining oʻn ikkinchi xatboshisidagi “bankrotlik” soʻzi “toʻlovga qobiliyatsizlik” soʻzlari bilan almashtirilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-maydagi PF-5992-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2020 — 2025-yillarga moʻljallangan Oʻzbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasida:
III boʻlim 2-kichik boʻlimining oʻn uchinchi xatboshisidagi “bankrotlik” soʻzi “toʻlovga qobiliyatsizlik” soʻzlari bilan almashtirilsin;
IV boʻlim yettinchi xatboshisidagi “bankrotlik” soʻzi “toʻlovga qobiliyatsizlik” soʻzlari bilan almashtirilsin;
V boʻlim 3-kichik boʻlimining sakkizinchi xatboshisidagi “bankrotlik” soʻzi “toʻlovga qobiliyatsizlik” soʻzlari bilan almashtirilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2022 — 2025-yillarda normativ-huquqiy hujjatlarni qonunchilik tarmoqlari boʻyicha tizimlashtirish dasturining 18-pozitsiyasining “Qonunchilik tarmoqlari” ustunidagi “Bankrotlik” soʻzi “Toʻlovga qobiliyatsizlik” soʻzlari bilan almashtirilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-dekabrdagi “2018-yilda metall parchalarini tayyorlash, qora metallar prokatini ishlab chiqarish va foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3438-son qarori 2-bandining oltinchi xatboshisidagi “bankrotligi” soʻzi “toʻlovga qobiliyatsizligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-apreldagi PQ-3651-son qarori bilan tasdiqlangan Maktabgacha taʼlim sohasida davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi nizomning 17-bandi sakkizinchi xatboshisidagi “bankrot boʻlayotgan” soʻzlari “toʻlovga qobiliyatsizligi toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatilgan” soʻzlari bilan almashtirilsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 14-yanvardagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-4112-son qarori 4-bandining “a” kichik bandi ikkinchi xatboshisidagi “bankrotlik” soʻzi “toʻlovga qobiliyatsizlik” soʻzlari bilan almashtirilsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-fevraldagi “Bankrotlik taomillarini yanada soddalashtirish va sud boshqaruvchilari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4146-son qarorida:
a) 1-bandda:
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“soliq xizmati organlari soliqlar va yigʻimlar boʻyicha qarzdorlikni undirish imkoniyati boʻlmaganligi sababli ijro hujjatlari qaytarilgan kundan boshlab 30 kundan kechiktirmasdan qarzdorga nisbatan toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi ariza bilan sudga murojaat qiladi”;
uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi — oltinchi xatboshilar uchinchi — beshinchi xatboshilar deb hisoblansin;
“tugatishga doir ish yuritish tartib-taomili muddati oʻn ikki oydan oshmasligi lozim, alohida hollarda ushbu muddat toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ishda ishtirok etayotgan shaxslarning iltimosnomasiga asosan sud qarori bilan uch oydan oshmagan muddatga uzaytirilishi mumkin;
yuridik shaxs uchun majburiy koʻrsatmalarni berish huquqiga ega boʻlgan muassis (ishtirokchi) sifatidagi shaxsning yoki yuridik shaxs mol-mulki mulkdorining yoxud qonun hujjatlarida boshqaruv vazifalari yuklatilgan shaxslarning xatti-harakatlari oqibatida soxta toʻlovga qobiliyatsizlik, toʻlovga qobiliyatsizlikni yashirish yoki qasddan toʻlovga qobiliyatsizlikka olib kelish alomatlari aniqlanganligi toʻgʻrisida sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi mazkur shaxslarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda subsidiar javobgarlikka tortish uchun asos hisoblanadi;
toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomillari qoʻllanilgan qarzdorlarning mol-mulki sud boshqaruvchilari tomonidan “E-auksion” elektron savdo platformasida elektron onlayn-auksion orqali yoki qonun hujjatlarida belgilangan hollarda mazkur platformaning tanlov savdolari orqali sotiladi”;
b) 3-bandda:
“a” kichik banddagi “bankrotlikning” soʻzi “toʻlovga qobiliyatsizlikning” soʻzlari bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshidagi “bankrotlikning” soʻzi “toʻlovga qobiliyatsizlikning” soʻzlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“qarzdor jismoniy shaxsga nisbatan toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomili va (yoki) boshqa qarzdorga nisbatan toʻlovga qobiliyatsizlikning soddalashtirilgan tartibi qoʻllanilganda, agar qarzdor bilan boshqacha kelishuv belgilangan boʻlmasa, sud boshqaruvchisiga haq toʻlash xarajatlari qarzdorga nisbatan toʻlovga qobiliyatsizlik haqida ish qoʻzgʻatish toʻgʻrisida ariza bergan soliq organi tomonidan Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoplanadi. Bunda, sud boshqaruvchisiga haq toʻlash uchun sudning depozit hisobvaragʻiga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida oldindan toʻlov amalga oshiriladi”;
“g” kichik banddagi “bankrotlik” soʻzi “toʻlovga qobiliyatsizlik” soʻzlari bilan almashtirilsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 16-apreldagi PQ-4290-son qarori bilan tasdiqlangan Sogʻliqni saqlash sohasida davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi nizomning 25-bandidagi “bankrotlik bosqichida boʻlgan” soʻzlari “toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomili joriy etilgan” soʻzlari bilan almashtirilsin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-martdagi PQ-101-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat aktivlarini boshqarish sohasida islohotlarni chuqurlashtirish va tizim faoliyatini transformatsiya qilish boʻyicha “yoʻl xaritasi”ning IX boʻlim 2-pozitsiyasining “Chora-tadbirlar nomi” ustunidagi “Bankrot korxonalar” soʻzlari “Toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomili qoʻllanilgan shaxslar” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.07.2023-y., 06/23/109/0469-son; 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)