Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“Al-Xorazmiy” majmuasini barpo etish va saqlash direksiyasi” davlat unitar korxonasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Urganch shahridagi “Al-Xorazmiy” majmuasini barpo etish boʻyicha ishlarni jadallashtirish, obyektning zamonaviy shaharsozlik talablari asosida qurilishi va yer uchastkalaridan samarali foydalanilishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Urganch shahrida “Al-Xorazmiy” majmuasini barpo etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 27-iyuldagi 410-son qaroriga muvofiq:
“Al-Xorazmiy” majmuasini (keyingi oʻrinlarda — Majmua) barpo etish, Majmua hududida buyuk mutafakkir Abu Abdulla Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy xiyobonini tashkil etish va uning yangi haykalini oʻrnatish, “Al-Xorazmiy” nomidagi universitet kampusi, ixtisoslashgan maktab va maktabgacha taʼlim tashkiloti, ilmiy-tadqiqot markazi, “IT-Park”, dam olish zonalari, yashil bogʻlar, zamonaviy koʻp kvartirali uylar, texnopark hamda yirik savdo va xizmat koʻrsatish obyektlarini qurish boʻyicha ishlarni amalga oshirish boshlanganligi;
Xorazm viloyati hokimligi huzurida “Al-Xorazmiy” majmuasini barpo etish va saqlash direksiyasi” DUK (keyingi oʻrinlarda — Direksiya) tashkil etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Direksiyaning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
Majmuani barpo etish bilan bogʻliq zarur geodeziya, geologiya, gidrometeorologiya va ekologik muhandislik-qidiruv va tadqiqot ishlarini tashkil etish;
shaharsozlik, tarixiy-madaniy, ijtimoiy va yoʻl-transport tadqiqotlari olib borilishini tashkil etish;
Majmuani barpo etish hamda uning hududida koʻp kvartirali uylar, yoʻl-transport, muhandislik-kommunikatsiya, ijtimoiy va bozor infratuzilmalari obyektlarini qurish boʻyicha loyiha hujjatlarini ishlab chiqish uchun topshiriqlarni tayyorlash;
birlamchi ruxsat beruvchi, loyiha oldi va loyiha hujjatlarining belgilangan muddatda sifatli tayyorlanishini va ekspertizadan oʻtkazilishini taʼminlash;
ochiqlik va shaffoflik tamoyillari asosida, belgilangan tartibda loyiha-tadqiqot va qurilish-pudrat tashkilotlarini tanlash hamda ular bilan shartnomalarni imzolash;
obyektlarda qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;
loyihalarni boshqarish va qurilish ishlari boʻyicha texnik va mualliflik nazorati olib borilishini taʼminlash hamda shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya qilgan holda obyektlarni foydalanishga qabul qilish ishlarini tashkil etish;
Majmuani barpo etish va uning hududida obyektlarni qurish uchun ajratilayotgan mablagʻlardan maqsadli va samarali foydalanilishini taʼminlash;
Majmuani qurish ishlariga salohiyatli tadbirkorlik subyektlarini, shu jumladan, xorijiy investorlarni jalb qilish maqsadida ommaviy axborot vositalarida, internet axborot tarmogʻi orqali va ijtimoiy tarmoqlarda taqdimot tadbirlarini va keng reklama kompaniyasini olib borish ishlarini tashkil etish;
Majmua hududida obyektlar qurilishini loyihalashtirishda loyiha tashkilotlari tomonidan energiyatejamkor zamonaviy texnologiyalar joriy etilishi hamda yuqori texnologik materiallar va buyumlardan samarali foydalanilishini taʼminlash.
3. Xorazm viloyati hokimligi huzuridagi “Al-Xorazmiy” majmuasini barpo etish va saqlash direksiyasi” davlat unitar korxonasining tuzilmasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Direksiyaning faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib quyidagilar belgilansin:
Xorazm viloyati mahalliy budjeti mablagʻlari va uning qoʻshimcha manbalari;
xoʻjalik faoliyatidan olingan mablagʻlar, homiylik xayriyalari va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Bunda, Direksiyaning shtatlar jadvali va xarajatlar smetalari belgilangan tartibda moliya organlarida roʻyxatdan oʻtkaziladi.
5. Belgilab qoʻyilsinki, Majmuani barpo etish doirasida:
Direksiya tomonidan oʻz mablagʻlari hisobidan Xorazm viloyati hokimligi bilan kelishilgan holda, obyektlarni loyihalashtirish va qurilish ishlarida ishtirok etish, mualliflik va texnik nazoratni amalga oshirish uchun yuqori malakali xorijiy mutaxassis va maslahatchilar belgilangan tartibda jalb qilinishi mumkin;
Direksiya ijtimoiy soha obyektlari va issiqlik taʼminoti tarmoqlarini qurish hamda Majmua hududni obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish boʻyicha buyurtmachi funksiyasini amalga oshiradi.
6. Direksiya Majmua hududidagi aeroportga tutash joylashgan yer uchastkalarida loyiha obyektlarini barpo etishda aviatsiya sohasida belgilangan xalqaro standartlar va normalar talablarining inobatga olinishini taʼminlasin.
7. Xorazm viloyati hokimligi:
a) Direksiya faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida belgilangan tartibda:
ikki hafta muddatda Direksiya toʻgʻrisidagi ustavni tasdiqlasin;
bir oy muddatda Direksiyaga operativ boshqarish huquqi asosida bino, 2 ta xizmat avtotransport vositasi hamda zarur tashkiliy texnika va jihozlar ajratilishini taʼminlasin;
har yili belgilangan muddatda Direksiyaning yillik xarajatlar smetasini tasdiqlab borsin;
b) “Al-Xorazmiy” majmuasini barpo etish ishlarini jadallashtirish boʻyicha:
Direksiya bilan birgalikda Majmua hududida amalga oshiriladigan loyiha-qidiruv va qurilish-pudrat ishlarining manzilli dasturlarini ishlab chiqib, tasdiqlasin hamda shu asosda qurilish ishlarining olib borilishini tashkil etsin;
Majmuani barpo etish va uning hududida obyektlarni qurish jarayonida yuzaga keladigan muammolarni oʻz vaqtida aniqlasin hamda ularning yechimi boʻyicha zarur choralar koʻrilishini taʼminlasin.
8. Kadastr agentligi Xorazm viloyati hokimligi bilan birgalikda bir hafta muddatda Majmua hududida jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalari olib qoʻyiladigan mulkdorlar roʻyxatini shakllantirsin.
9. Xorazm viloyati hokimligi yer uchastkalari olib qoʻyilayotgan mulkdorlarga yetkaziladigan zararlarni hamda qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi nobudgarchiliklarining oʻrnini qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda qoplab berilishini taʼminlasin.
10. Xorazm viloyati hokimi J.R. Raximov Direksiya faoliyatini samarali tashkil etish, muvofiqlashtirish va nazorat qilish boʻyicha shaxsan masʼul va javobgar etib belgilansin.
11. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Jaloliddin Manguberdi xiyobonini koʻkalamzorlashtirish, obodonlashtirish va saqlash departamenti hududlarini oʻz vaqtida obodonlashtirish va saqlash tadbirlarini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-iyuldagi 378-son qarorida nazarda tutilgan 1 ta avtominora (Isuzu) 22 m va 1 ta yuk tashishga moʻljallangan (Isuzu NQR 71PL) avtotransport vositasini xarid qilish uchun respublika budjetining III chorak daromadlarning rejadan orttirib bajarilgan qismi hisobidan Xorazm viloyati mahalliy budjetiga zarur mablagʻlarni oʻtkazib berilishini taʼminlasin.
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.J. Ramatov va Xorazm viloyati hokimi J.R. Raximov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2023-yil 17-iyun,
250-son
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 17-iyundagi 250-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Xorazm viloyati hokimligi huzuridagi “Al-Xorazmiy” majmuasini barpo etish va saqlash direksiyasi” davlat unitar korxonasining
TUZILMASI
|
|
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Direktor |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Bosh muhandis-direktor oʻrinbosari |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Bosh rejani amalga oshirish boʻlimi 2 |
Bosh yuriskonsult |
|||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Birlamchi ruxsat beruvchi, loyiha hujjatlari va tanlov hujjatlarini tayyorlash boʻlimi 2 |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Marketing, xalqaro aloqalar va investitsiyalarni jalb qilish, moliyalashtirish va xoʻjalik-shartnoma munosabatlari boʻlimi 4 |
Bosh buxgalter |
|||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Kotib-ish yurituvchi |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Loyihalarni boshqarish, qurilishni texnik kuzatish va nazorat qilish boʻlimi 4 |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Boshqaruv xodimlarning cheklangan umumiy soni — 17 nafar.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.06.2023-y., 09/23/250/0398-son)