03.06.2023 yildagi 227-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil hosilidan bug‘doy xarid qilish va ichki bozorda narxlar barqarorligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “G‘alla yetishtirish va sotishda erkin raqobatni ta’minlaydigan bozor tamoyillarini joriy etish to‘g‘risida” 2021-yil 15-noyabrdagi PQ-10-son qaroriga muvofiq, shuningdek, g‘alla bozorini erkinlashtirish bo‘yicha islohotlarni davom ettirish, ichki bozorni bug‘doy va un mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash hamda ularning narxlari barqarorligini saqlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda viloyatlar hokimliklarining 2023-yilda sug‘oriladigan maydonlarning har gektaridan o‘rtacha 2,5 tonnadan, jami 2 mln 565 ming tonna bug‘doyni, jumladan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1 mln 283 ming tonna tovar bug‘doyni davlat resursi sifatida hamda 240 ming 450 tonna urug‘lik bug‘doyni O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) mablag‘lari hisobidan xarid qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1 mln 41 ming 550 tonna tovar bug‘doyni fermer xo‘jaliklari hamda boshqa bug‘doy yetishtiruvchilar (keyingi o‘rinlarda — bug‘doy yetishtiruvchilar) tomonidan keyinchalik birja savdolari orqali sotish uchun Jamg‘armaning tijorat vakilida vaqtincha saqlashga qabul qilish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, “O‘zdonmahsulot” AK tizimidagi korxonalar va bug‘doyni saqlash quvvatiga ega bo‘lgan tadbirkorlik subyektlari Jamg‘arma nomidan bug‘doy yetishtiruvchilardan tovar bug‘doyni sotib olish, qabul qilish va saqlash, shuningdek, xaridorlarga yuklab jo‘natish ishlarini amalga oshirish bo‘yicha tijorat vakili hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda tijorat vakillari tovar bug‘doyni sotib olish va sotish bo‘yicha bug‘doy yetishtiruvchilar va jamg‘arma bilan belgilangan shaklda elektron hisobvaraq-faktura rasmiylashtirib, alohida hisob yuritadilar hamda tovar bug‘doy sotib olish chogida qo‘shilgan qiymat solig‘i hisobga olinmaydi va sotishda soliq solish bazasiga kiritilmaydi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 24-iyundagi 255-sonli qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 2023-yil hosilidan sug‘oriladigan maydonlarning har gektaridan o‘rtacha 2,5 tonnadan, jami 2 mln 565 ming tonna bug‘doyni qabul qilish dislokatsiyasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat va tumanlar hokimliklari O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda bir hafta muddatda davlat resursi sifatida xarid qilinadigan va vaqtincha saqlash uchun qabul qilinadigan hamda urug‘lik bug‘doy hajmlarini bug‘doy yetishtiruvchilar kesimida ro‘yxatini tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan davlat resursi sifatida xarid qilinadigan tovar bug‘doyni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “G‘allani yetishtirish va sotishda bozor tamoyilini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 28-maydagi PQ-262-son qarorida belgilangan tartibda birja savdolari orqali sotish belgilab qo‘yilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda bug‘doy yetishtiruvchilar tomonidan vaqtincha saqlashga qabul qilinadigan 5 va undan yuqori sinflardagi tovar bug‘doy barcha tadbirkorlik subyektlariga birja savdolari orqali cheklovlarsiz sotiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq 2023-yil hosili uchun:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Jamg‘armaning tijorat vakili tovar bug‘doyni Jamg‘arma nomidan bug‘doy yetishtiruvchilardan sotib olish, qabul qilish va saqlash, shuningdek, xaridorlarga yuklab jo‘natish tadbirlarini amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) davlat resursi sifatida xarid qilinadigan bug‘doy uchun to‘lovlar 2023-yilning mart — may oylarida O‘zbekiston Respublikasi tovar-xom ashyo birjasida 3-sinf bug‘doy uchun shakllangan o‘rtacha narxdan (o‘rtacha kotirovkadan) kelib chiqqan holda, bug‘doy topshirilgan kundan e’tiboran ikki hafta muddatda bug‘doy yetishtiruvchilarning maxsus hisobvaraqlariga to‘liq o‘tkazib beriladi. Bunda davlat resursi sifatida xarid qilinadigan bug‘doyning boshqa sinflari uchun to‘lov miqdori 2-ilovada ko‘rsatilgan bug‘doyning xarid narxlarini aniqlash koeffitsiyentlaridan kelib chiqib aniqlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) davlat resursi sifatida xarid qilinadigan tovar bug‘doyni xarid qilish uchun Jamg‘armadan ajratiladigan mablag‘larni Jamg‘armaning tijorat vakillari hisobvaraqlaridagi debit aylanmasidan bank xizmatlari uchun haq undirilmaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) vaqtincha saqlash uchun qabul qilinadigan tovar bug‘doyni qabul qilish, saqlash va xaridorlarga yuklab jo‘natish xarajatlari tijorat vakili va bug‘doy yetishtiruvchilar o‘rtasida tuzilgan shartnoma shartlariga muvofiq Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan hamda ushbu bug‘doyni tashib keltirish uchun transport xarajatlari bug‘doy yetishtiruvchilar hisobidan amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) bug‘doyni qabul qilish, saqlash va xaridorlarga yuklab jo‘natish jarayonida yuzaga keladigan tabiiy kamayish miqdori Vazirlar Mahkamasining “Don va donni qayta ishlash mahsulotlari hisobini yuritish tizimini takomillashtirishga, ularning saqlanishi ustidan nazoratni kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2006-yil 25-maydagi 95-son qarorida belgilangan tartibda hisobdan chiqariladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) davlat resursi sifatida hamda vaqtincha saqlashga qabul qilinadigan bug‘doyning sifati, saqlanishi hamda xaridorlarga yuklab jo‘natilishida tovar bug‘doyning sifati bo‘yicha nazorat O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston Respublikasi tovar-xom ashyo birjasi uch kun muddatda 2023-yilning mart — may oylarida birja savdolarida 3-sinf bug‘doy uchun shakllangan o‘rtacha narx to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘zining rasmiy veb-saytiga joylashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. 2023-yil hosili uchun bug‘doy yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirishga ajratilgan kreditlarni o‘z vaqtida so‘ndirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fyuchers shartnomasi asosida faoliyat yuritayotgan bug‘doy yetishtiruvchilar tomonidan g‘alla o‘rim-yig‘imi davrida 2023-yil hosili uchun olingan avans qiymatidan kam bo‘lmagan miqdordagi bug‘doy g‘allachilik klasterlariga topshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vaqtincha saqlashga qabul qilinadigan bug‘doyni birja savdolarida sotishdan tushadigan mablag‘lar, birinchi navbatda, 2023-yil hosili uchun bug‘doy yetishtirish maqsadida olingan avans (kredit)dan yuzaga kelgan qarzni qoplash uchun yo‘naltiriladi va qarzdorlik to‘liq qoplangandan so‘ng qolgan mablag‘lar erkin tasarruf etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Belgilansinki, urug‘lik bug‘doy tayyorlash korxonalari tomonidan urug‘lik bug‘doyning har bir tonnasi 2023-yilning mart — may oylarida O‘zbekiston Respublikasi tovar-xom ashyo birjasida 3-sinf bug‘doy uchun shakllangan o‘rtacha narx (o‘rtacha kotirovka)ga Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘chiligiga oid ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida” 2022-yil 12-oktabrdagi 641-son qarorida boshoqli don urug‘i avlodlari uchun belgilangan ustamalar hisobga olingan holda xarid qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda urug‘lik bug‘doy tayyorlash korxonalariga urug‘lik bug‘doyni xarid qilish, tayyorlash va sug‘urta to‘lovlari uchun Jamg‘arma tomonidan olti oy muddatga (mablag‘ ajratilgan oydan boshlab) yillik 1,5 foiz stavkada qarz mablag‘lari ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi o‘n kun muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Transport vazirligi, “O‘zdonmahsulot” AK va Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda 2023-yil uchun bug‘doy hosilini tashishning tavsiyaviy tarifini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zdonmahsulot” AK hamda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi bilan birgalikda bug‘doyni qabul qilish, saqlash va xaridorlarga yuklab jo‘natish bo‘yicha xizmatlar tarifining eng yuqori cheklangan darajasini tasdiqlasin va joylarga yetkazilishini ta’minlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Jamg‘arma va O‘zbekiston Respublikasi tovar-xom ashyo birjasi bilan birgalikda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari tomonidan bug‘doy yetishtiruvchilar kesimida tasdiqlangan vaqtincha saqlash uchun qabul qilinadigan bug‘doyni birja savdolariga qo‘yish bo‘yicha oylik grafiklarni umumlashtirgan holda tasdiqlasin hamda kelgusi oylarning 28-sanasiga qadar O‘zbekiston Respublikasi tovar-xom ashyo birjasining rasmiy veb-saytiga joylashtirib borsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) Jamg‘arma bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat resursi sifatida xarid qilinadigan bug‘doyni birja savdolariga qo‘yish bo‘yicha oylik grafikni 2023-yil 30-sentabrga qadar ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kelgusi oylarda birja savdolariga qo‘yiladigan bug‘doy to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kalendar oy boshlanishidan uch kun oldin O‘zbekiston Respublikasi tovar-xom ashyo birjasining rasmiy veb-saytiga joylashtirish uchun taqdim etib borsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zarur hollarda, ichki bozorda narx barqarorligini saqlash maqsadida bug‘doy tanqisligi kuzatilgan hududlar uchun birja savdolariga qo‘shimcha bug‘doy qo‘yish to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Bug‘doy yetishtiruvchilarning vaqtincha saqlashga qabul qilinadigan bug‘doy birja savdolari orqali oyma-oy grafik asosida sotilishini inobatga olib, 2023-yil hosili uchun bug‘doy yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirishga ajratilgan kreditlarni qaytarish muddati, istisno tariqasida, 2023-yil 1-noyabrga qadar uzaytirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda Jamg‘arma tomonidan 2023-yil hosili uchun bug‘doy yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirish maqsadida tijorat banklariga joylashtirilgan kredit resurslarining muddati mutanosib ravishda uzaytiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasiga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birja savdolaridan bug‘doy xarid qilgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan ishlab chiqarilgan un mahsulotlarining grafik asosida birja savdolariga chiqarilishi ustidan doimiy nazorat o‘rnatish vazifasi yuklansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zarur hollarda, bir savdo sessiyasida bir xaridor tomonidan xarid qilinadigan bug‘doy va un mahsulotlarining maksimal miqdorini (limitini) belgilash hamda unga o‘zgartirishlar kiritish vakolati berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Belgilansinki, davlat zaxirasidagi bug‘doy O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qo‘mitasi va Jamg‘armaning yozma ko‘rsatmasiga asosan tijorat vakili tomonidan xarid qilinadigan yangi hosilni jamlash va avval zaxirada saqlangan bug‘doyni birja savdolariga chiqarish orqali yangilanadi (almashtiriladi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda bug‘doyni yangilash jarayonida ajratib olinadigan donli aralashma (oraliq mahsulot) birja savdolari orqali sotiladi hamda yuzaga kelgan salbiy farq va qo‘shimcha xarajatlar Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan qoplanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorat inspeksiyasi hamda “O‘zdonmahsulot” AK bilan birgalikda 2023-yil 10-iyun holatiga davlat resursi sifatida “O‘zdonmahsulot” AK tizimidagi korxonalarda saqlanayotgan bug‘doy hajmlarini to‘liq xatlovdan o‘tkazsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda xatlovdan o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar “O‘zdonmahsulot” AK tomonidan taqdim etiladigan asoslantirilgan hisob-kitoblar bo‘yicha Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan qoplanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Ichki bozorda bug‘doy narxi barqarorligini saqlash uchun bug‘doyni xarid qilish va birja savdolari orqali sotish tartibi to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda tadbirkorlik subyektlarining, birinchi navbatda, qolipli non ishlab chiqaruvchi va un mahsulotlarining chakana savdosi bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlarning mahalliy un mahsuloti bo‘yicha o‘tkaziladigan birja savdolarida ishtirok etishiga ko‘maklashsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Jamg‘arma tomonidan tijorat vakiliga o‘tkazib beriladigan mablag‘lar va vaqtincha saqlash uchun bug‘doy topshirgan bug‘doy yetishtiruvchilarning mahsulot sotishdan tushgan mablag‘lari harakati qonunchilik hujjatlariga muvofiq undiruvga qaratilmaydigan maxsus maqsadli hisobvaraqlarda amalga oshirilishi belgilab qo‘yilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Vazirlar Mahkamasining “2022-yil hosilidan bug‘doyni xarid qilish va sotishda bozor tamoyillarini keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 30-maydagi 284-son qarorining 12-bandi va unga 3-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri A.B. Voitov, O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vaziri Sh.D. Kudbiyev hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil 3-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
227-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-iyundagi 227-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil hosilidan sug‘oriladigan maydonlardan bug‘doyni qabul qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
DISLOKATSIYASI
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

tonna

T/r

Korxonalar nomi

Jami qabul qilinadigan bug‘doy

Shu jumladan:

Tovar bug‘doy

shundan:

Urug‘lik bug‘doy

Davlat resursi sifatida xarid qilinadigan bug‘doy

Vaqtincha saqlashga qabul qilinadigan bug‘doy

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

1.

“Qoraqalpoqdonmahsulotlari” AJ

26 158

26 158

14 309

11 849

2.

“Chimboydonmahsulotlari” MCHJ

29 792

27 292

14 929

12 363

2 500

3.

“Taxiatoshdonmahsulotlari” AJ

41 328

37 528

20 528

17 000

3 800

4.

“Qo‘ng‘irot un zavodi” AJ

7 955

7 555

4 132

3 422

400

5.

“To‘rtko‘ldonmahsulotlari” MCHJ

20 068

18 468

10 102

8 366

1 600

6.

“NO‘KUS BEST-SEEDS” MCHJ (“Urug‘chilikni rivojlantirish markazi” davlat muassasasi)

4 700

4 700

Jami:

130 000

117 000

64 000

53 000

13 000

Andijon viloyati

7.

“Andijondonmahsulotlari” AJ

73 352

63 852

35 203

28 649

9 500

8.

“Asakadonmahsulotlari” AJ

64 052

60 052

33 108

26 944

4 000

9.

“Qo‘rg‘ontepadonmahsulotlari” AJ

52 596

46 596

25 689

20 907

6 000

Jami:

190 000

170 500

94 000

76 500

19 500

Buxoro viloyati

10.

“Buxorodonmahsulotlari” AJ

63 517

60 117

32 911

27 206

3 400

11.

“Qorako‘ldonmahsulotlari” AJ

54 060

54 060

29 595

24 465

12.

“Kogondonmahsulotlari” AJ

22 823

22 823

12 494

10 329

13.

“BUXARA BESTSEEDS” MCHJ (“Urug‘chilikni rivojlantirish markazi” davlat muassasasi)

4 600

4 600

14.

“Yakkatut paxtachilik, g‘allachilik, sholichilik va urug‘chilik” klasteri

7 000

7 000

Jami:

152 000

137 000

75 000

62 000

15 000

Jizzax viloyati

15.

“Jizzaxdonmahsulotlari” AJ

69 660

69 660

46 606

23 054

16.

“Zarbdor elevatori” AJ

47 945

47 145

20 611

26 534

800

17.

“Do‘stlikdonmahsulotlari” AJ

82 895

82 895

45 783

37 112

18.

“DO‘STLIK BESTSEEDS” MCHJ (“Urug‘chilikni rivojlantirish markazi” davlat muassasasi)

15 968

15 968

19.

“Semurug‘ klaster” MCHJ

432

432

20.

“Dafna ifori” MCHJ

3 000

3 000

201.

“Silverleafe” MCHJ QK g‘allachilik klasteri

5 000

5 000

5 000

Jami:

225 000

204 700

113 000

91 700

20 300

Qashqadaryo viloyati

21.

“Qashqadaryodonmahsulotlari” AJ

38 300

33 500

21 000

12 500

4 800

22.

“Koson DMQQ” MCHJ

88 000

81 500

44 800

36 700

6 500

23.

“Don-xalq rizqi” AJ

39 750

37 950

20 240

17 710

1 800

24.

“Dunyo-M” AJ

96 800

93 100

54 400

38 700

3 700

25.

“Qamashi DQQ” MCHJ

45 350

45 350

24 400

20 950

26.

“Indorama agro” MCHJ

30 250

26 400

10 160

16 240

3 850

27.

“YAKKABOG‘ BESTSEEDS” MCHJ (“Urug‘chilikni rivojlantirish markazi” davlat muassasasi)

7 000

7 000

28.

“NISNON NEW DON BESTSEEDS” MCHJ (“Urug‘chilikni rivojlantirish markazi” davlat muassasasi)

1 600

1 600

29.

“KASBI DON BESTSEEDS” MCHJ (“Urug‘chilikni rivojlantirish markazi” davlat muassasasi)

2 950

2 950

Jami:

350 000

317 800

175 000

142 800

32 200

Navoiy viloyati

30.

“Navoiydonmahsulotlari” AJ

66 226

62 726

34 201

28 525

3 500

31.

“Qiziltepa un zavodi” AJ

23 474

23 474

12 799

10 675

32.

“NAVOIY-G‘ALLA BEST SEEDS” MCHJ (“Urug‘chilikni rivojlantirish markazi” davlat muassasasi)

5 300

5 300

Jami:

95 000

86 200

47 000

39 200

8 800

Namangan viloyati

33.

“Namangandonmahsulotlari” AJ

63 128

63 128

34 776

28 352

34.

“Uchqo‘rg‘ondonmahsulotlari” AJ

49 476

49 476

27 255

22 221

35.

“Popdonmahsulotlari” AJ

41 696

41 696

22 969

18 727

36.

“UCNQO‘RG‘ON BEST SEEDS” MCHJ (“Urug‘chilikni rivojlantirish markazi” davlat muassasasi)

5 800

5 800

37.

“CNORTOQ DON BESTSEEDS” MCHJ (“Urug‘chilikni rivojlantirish markazi” davlat muassasasi)

6 000

6 000

38.

“Art soft seeds” MCHJ

3 900

3 900

Jami:

170 000

154 300

85 000

69 300

15 700

Samarqand viloyati

39.

“Samarqanddonmahsulotlari” AJ

59213

54954

29 905

25 049

4 259

40.

“Oqtosh don” AJ

33 842

30 099

16 379

13 719

3 743

41.

“Juma elevatori” AJ

40787

40787

22 196

18 591

42.

“Jomboydonmahsulotlari” AJ

57567

55704

30313

25391

1863

43.

“Kattaming urug‘chilik klasteri” MCHJ

2606

2606

44.

“MOTRID BESTSEEDS” MCHJ (“Urug‘chilikni rivojlantirish markazi” davlat muassasasi)

3256

3256

45.

“ZIRABULOQ BESTSEEDS” MCHJ (“Urug‘chilikni rivojlantirish markazi” davlat muassasasi)

1730

1730

451.

“Mirzayev Shuxrat Kenjayevich” fermer xo‘jaligi

15921

13378

7280

6098

2543

452.

“Kattakurgan g'alla cluster” MCHJ

20 078

20 078

10 927

9 152

Jami:

235 000

215 000

117 000

98 000

20 000

Surxondaryo viloyati

46.

“Surxondaryodonmahsulotlari” AJ

88 105

80 105

44 503

35 602

8 000

47.

“Sho‘rchidonmahsulotlari” AJ

134 895

126 895

70 497

56 398

8 000

48.

“JARQO‘RG‘ON BEST SEEDS” MCHJ (“Urug‘chilikni rivojlantirish markazi” davlat muassasasi)

4 000

4 000

Jami:

227 000

207 000

115 000

92 000

20 000

Sirdaryo viloyati

49.

“Oqoltindonmahsulotlari” AJ

89 300

83 050

72 000

11 050

6 250

50.

“Xovosdonmahsulotlari” AJ

39 400

39 400

26 000

13 400

51.

“Indorama agro” MCHJ

37 000

37 000

37 000

52.

“Poli Tex Sirdaryo” MCHJ

8 200

4 200

4 200

4 000

53.

“White gold cluster” MCHJ

8 100

8 100

8 100

54.

“OQOLTIN BEST SEEDS” MCHJ (“Urug‘chilikni rivojlantirish markazi” davlat muassasasi)

8 000

8 000

Jami:

190 000

171 750

98 000

73 750

18 250

Toshkent viloyati

55.

“Toshkentdonmahsulotlari” AJ

117 715

116 715

63 847

52 868

1 000

56.

“Ohangaron don” AJ

88 820

84 820

46 400

38 420

4 000

57.

“G‘alla-Alteg” AJ

40 765

39 765

21 753

18 012

1 000

58.

“TST agroklaster” MCHJ

3 000

3 000

59.

“Nurli diyor agro” MCHJ

3 200

3 200

60.

“TASNKENT BEST SEEDS” MCHJ (“Urug‘chilikni rivojlantirish markazi” davlat muassasasi)

7 100

7 100

61.

“YUQORICNIRCNIQ BEST SEEDS” MCHJ (“Urug‘chilikni rivojlantirish markazi” davlat muassasasi)

6 400

6 400

Jami:

267 000

241 300

132 000

109 300

25 700

Farg‘ona viloyati

62.

“Farg‘onadonmahsulotlari” AJ

65 808

60 108

33 393

26 715

5 700

63.

“Bog‘doddonmahsulotlari” AJ

48 540

48 540

26 966

21 573

64.

“Qo‘qondonmahsulotlari” AJ

110 112

103 312

57 396

45 916

6 800

65.

“Quvadonmahsulotlari” AJ

14 541

13 041

7 245

5 796

1 500

66.

“BAG‘DOD BEST SEEDS” MCHJ (“Urug‘chilikni rivojlantirish markazi” davlat muassasasi)

10 000

10 000

Jami:

249 000

225 000

125 000

100 000

24 000

Xorazm viloyati

67.

“Xorazmdonmahsulotlari” AJ

24 654

23 466

13 104

10 362

1 188

68.

“Bog‘ot don” AJ

17 760

17 602

9 829

7 773

158

69.

“Shovotdonmahsulotlari” AJ

19 370

19 370

10 818

8 552

70.

“Xonqadonmahsulotlari” AJ

18 045

16 562

9 249

7 313

1 483

71.

“URGANCN BESTSEEDS” MCHJ (“Urug‘chilikni rivojlantirish markazi” davlat muassasasi)

1 280

1 280

711.

“Xorazm faxri urug‘chilik klasteri” MCHJ

3 891

3 891

Jami:

85 000

77 000

43 000

34 000

8 000

Respublika bo‘yicha jami:

2 565 000

2 324 550

1 283 000

1 041 550

240 450

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklariga O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda 2023-yil hosili bo‘yicha aprobatsiya natijalariga ko‘ra ushbu dislokatsiyaga don korxonalari kesimida o‘zgartirishlar kiritish vakolati beriladi. Bug‘doy yetishtiruvchilar o‘z xohishlariga ko‘ra yetishtirilgan tovar bug‘doyni belgilangan dislokatsiyadan ortiqcha topshirishi mumkin.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 24-iyundagi 255-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-iyundagi 227-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat resursi sifatida xarid qilinadigan bug‘doy narxlarini aniqlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
KOEFFITSIYENTLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Bug‘doy sinflari

Kleykovina miqdori

(foizdan kam bo‘lmaganda)

Qo‘llaniladigan koeffitsiyent

Qattiq bug‘doy

1 sinf

28

1,641

2 sinf

25

1,447

3 sinf

22

1,316

4 sinf

18

1,000

Yumshoq bug‘doy

1 sinf

32

1,366

2 sinf

28

1,162

3 sinf

23

1,000

4 sinf

18

0,895

5 sinf qattiq va yumshoq bug‘doy

chegaralanmagan

0,827

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-iyundagi 227-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ichki bozorda bug‘doy narxi barqarorligini ta’minlash uchun bug‘doyni xarid qilish va birja savdolari orqali sotish tartibi to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizom ichki bozorda bug‘doy narxi barqarorligini ta’minlash uchun bug‘doyni xarid qilish va birja savdolari orqali sotish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birja — qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda litsenziyaga ega tovar-xom ashyo birjalari;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bug‘doy — davlat resursi sifatida xarid qilinadigan hamda vaqtincha saqlashga qabul qilinadigan tovar bug‘doy;
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 31-maydagi 345-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2025-y., 09/25/345/0491-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘arma — O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PK-10 qabul qilish kvitansiyasi — seriyasi va tartib raqami ma’muriy-hududiy birliklar bo‘yicha belgilanadigan tovar bug‘doyni qabul qilish kvitansiyasi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tijorat vakili — tovar bug‘doyni xarid qilish, qabul qilish va saqlash, shuningdek, xaridorlarga yuklab jo‘natish ishlarini amalga oshiradigan bug‘doyni saqlash quvvatiga ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlari;
(2-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 31-maydagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2025-y., 09/25/345/0491-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23210 — O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasidan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari uchun ajratilgan maqsadli mablag‘larning maxsus hisobvarag‘i.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Ichki bozorda don narxlari barqarorligini ta’minlash uchun xarid qilinadigan bug‘doy hajmini shakllantirish va Jamg‘armaning tijorat vakilini tanlab olish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi har yili 1-mayga qadar erkin birja savdolariga qo‘yiladigan bug‘doyning fermer xo‘jaliklari va boshqa g‘alla yetishtiruvchilar (keyingi o‘rinlarda — bug‘doy yetishtiruvchilar) hamda tumanlar kesimidagi taqsimotini va tijorat vakillari ro‘yxatini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-oktabrdagi 627-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Tanlovda qatnashadigan don korxonalari quyidagi talablarga javob berishi shart:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus sig‘imga ega bo‘lishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat qiyoslovidan o‘tkazilgan temir yo‘l va/yoki yuk avtomobillarini o‘lchash elektron tarozisi, metrologik ko‘rikdan o‘tgan laboratoriya, qurituvchi va buntlovchi ko‘chma uzatuvchi transportyorlar, don tozalovchi separatorlarga ega bo‘lishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tunu-kun yuqori tezlikda ishlovchi onlayn videokuzatuv va qo‘riqlash tizimiga ega bo‘lishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bug‘doyni xavfsiz saqlash bo‘yicha talablarga javob beradigan maxsus sig‘imlarga egaligi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi (keyingi o‘rinlarda — O‘zagroinspeksiya), Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Tog‘-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi hamda Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining ijobiy xulosasiga ega bo‘lishi;
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-iyuldagi 466-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2025-y., 09/25/466/0655-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
don tayyorlash va saqlash bilan kamida oxirgi 24 oy davomida shug‘ullangan bo‘lishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Jamg‘arma bilan tijorat vakili o‘rtasidagi munosabatlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Jamg‘arma va uning tijorat vakili o‘rtasida Jamg‘arma nomidan bug‘doy yetishtiruvchilardan bug‘doyni xarid qilish, tashish, qabul qilish, ichki tashish, saqlash va xaridorlarga yuklab jo‘natish to‘g‘risida topshiriq shartnomasi tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Topshiriq shartnomasi muddati davomida tijorat vakilining Jamg‘arma nomidan xarid qilgan bug‘doyga doir faoliyati Jamg‘arma tomonidan muvofiqlashtirib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Jamg‘arma tomonidan bug‘doy yetishtiruvchilardan bug‘doyni xarid qilish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan taqsimot va belgilangan hajmdagi bug‘doy miqdoriga asosan bug‘doy yetishtiruvchilar tomonidan yetishtirilgan bug‘doy g‘alla o‘rim-yig‘imi mavsumida tijorat vakilining don saqlash sig‘imiga joylashtiriladi. Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bug‘doyning sifati va xavfsizlik ko‘rsatkichlari texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda belgilangan talablar asosida sinovdan o‘tkazilib qabul qilinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bug‘doy yetishtiruvchilar tomonidan topshirilgan tovar bug‘doy uchun tijorat vakiliga to‘rt nusxada PK-10 qabul qilish kvitansiyasi hamda elektron hisobvaraq-faktura rasmiylashtiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zarur hollarda, bug‘doyni quritish va tozalash xarajatlari shartnomada belgilangan tariflarda bug‘doy yetishtiruvchilar tomonidan tijorat vakiliga to‘lab beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tijorat vakilining bug‘doyni tashish, qabul qilish, ichki tashish, saqlash va xaridorlarga yuklab jo‘natish xarajatlari topshiriq shartnomasida belgilangan tariflar asosida Jamg‘arma tomonidan to‘lab beriladi hamda Jamg‘armaning xarajatlarida aks ettiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Urug‘lik bug‘doy tayyorlash korxonalariga 2023-yil hosilidan urug‘lik bug‘doyni xarid qilish, tayyorlash va sug‘urta to‘lovlari uchun Jamg‘armadan ajratilgan qarz mablag‘larini qaytarish muddati, istisno tariqasida, 2025-yil 1-oktabrga qadar uzaytiriladi.
(7-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-iyuldagi 466-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2025-y., 09/25/466/0655-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Tijorat vakilining arizasiga asosan xizmat ko‘rsatuvchi tijorat banki tomonidan unga Jamg‘arma nomidan bug‘doyni xarid qilish uchun 23210 maxsus hisobvaraq ochiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Jamg‘arma o‘zining tijorat vakili tomonidan taqdim etilgan elektron buyurtmanomaga asosan Jamg‘arma nomidan bug‘doyni xarid qilish uchun tijorat vakilining 23210 maxsus hisobvarag‘iga foizsiz mablag‘larni o‘tkazadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda tijorat vakili tomonidan taqdim etilgan elektron buyurtmanomaga asosan bug‘doyni tashish, qabul qilish, ichki tashish, saqlash va xaridorga yuklab jo‘natish xarajatlarini moliyalashtirish uchun zarur bo‘lgan bo‘nak (avans) Jamg‘arma tomonidan tijorat vakiliga oldindan o‘tkazib berilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Tijorat vakili bug‘doy yetishtiruvchilardan bug‘doyni davlat standarti (O‘z DSt 880:2015) talablariga muvofiq sifat ko‘rsatkichlari (namlik, ifloslik, donli aralashmasi, natura og‘irligi, kleykovina miqdori, sifati va turi) hamda bug‘doy sinflari aniq ko‘rsatilgan hujjatlarga (muvofiqlik va sifat sertifikatlari) asosan xarid qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xarid qilingan bug‘doyning sifati bo‘yicha yuzaga keladigan nizolar O‘zagroinspeksiya tomonidan ko‘rib chiqiladi hamda ko‘rib chiqish natijalariga ko‘ra Jamg‘armaga yakuniy xulosa taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Jamg‘arma tomonidan tijorat vakilining 23210 maxsus hisobvarag‘iga o‘tkazilgan mablag‘lar quyidagi maqsadlar uchun sarflanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat resursi sifatida tovar va urug‘lik bug‘doyni xarid qilish uchun hisob-kitoblarga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bug‘doyni don qabul qilish korxonalari va shoxobchalariga tashish, qabul qilish, ichki tashish, saqlash va xaridorlarga yuklab jo‘natish bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar uchun hisob-kitoblarga.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda Jamg‘armaning tijorat vakili tomonidan avtotransport vositalarida (xususan, maxsus texnikalar) ko‘rsatilgan xizmatlar bo‘yicha qarzdorliklari bo‘lmaganda, 23210 maxsus hisobvaraqdagi qoldiq mablag‘lar ularning talab qilib olguniga qadar hisobvaraqlariga o‘tkazilib, belgilangan tartibda ishlatilishi mumkin. Maxsus hisobvaraqdagi mablag‘lardan boshqa maqsadlardagi to‘lovlarni amalga oshirish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Davlat resursi sifatida xarid qilingan bug‘doyni tijorat vakili tomonidan saqlash tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Bug‘doy yetishtiruvchilardan xarid qilingan bug‘doy hisobini yuritish, ichki tashish va saqlash Vazirlar Mahkamasining “Don va donni qayta ishlash mahsulotlari hisobini yuritish tizimini takomillashtirishga, ularning saqlanishi ustidan nazoratni kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2006-yil 25-maydagi 95-son hamda “G‘alla yetishtiruvchi xo‘jaliklar va korxonalardan sotib olinadigan donni saqlash sohasidagi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida” 2020-yil 22-maydagi 312-son qarorlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Tijorat vakili bug‘doyni saqlash standartlariga hamda Vazirlar Mahkamasining “Don xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida” 2016-yil 31-martdagi 99-son qarori talablariga rioya etishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Davlat resursi sifatida xarid qilingan bug‘doyni birja savdolarida sotish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Davlat resursi sifatida xarid qilingan bug‘doy tasdiqlangan oylik grafikka muvofiq Jamg‘arma tomonidan birja savdolariga qo‘yib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘arma tomonidan bug‘doy birja savdolariga oxirgi savdo haftasida shakllangan o‘rtacha narxlar (kotirovkalar)da, shu jumladan bug‘doy yetishtiruvchilardan xarid qilingan bug‘doy qiymatiga, tashish, qabul qilish, ichki tashish, saqlash, yuklash va sotish xarajatlarini qo‘shganda hosil bo‘ladigan qiymatdan kam bo‘lmagan narxlarda qo‘yiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda bug‘doyni tashish, qabul qilish, ichki tashish, saqlash, yuklash va sotish xarajatlari yillik o‘rtacha xarajatlardan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ichki bozorda narxlar barqarorligini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi tomonidan bug‘doyning narxi mazkur bandda nazarda tutilganidan boshqacha tartibda aniqlangan narxlarda ham belgilanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Davlat resursi sifatida xarid qilingan bug‘doy birja savdolarida Jamg‘arma tomonidan birja savdolari to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq sotiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-bob. Tijorat vakili tomonidan don saqlash sig‘imlarida saqlanayotgan bug‘doyni birja savdolari orqali sotib olgan xaridorlarga yuklab jo‘natish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Birja bug‘doyni sotib olgan xaridor bug‘doy qiymatini to‘liq to‘langanligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomani Jamg‘armaga taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu ma’lumotnomaga asosan Jamg‘arma o‘zining tijorat vakiliga don saqlash sig‘imida saqlanayotgan bug‘doyni xaridorga yuklab jo‘natish yo‘riqnomasini taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Tijorat vakili yuklab jo‘natish yo‘riqnomasiga asosan don saqlash sig‘imida saqlanayotgan bug‘doyni xaridorning transport (temir yo‘l yoki avtomobil) vositasiga yuklaydi, shuningdek, yuk xatini yoki topshirish va qabul qilish dalolatnomasini rasmiylashtiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Tijorat vakili bug‘doy xaridorga yuklab jo‘natilganligi to‘g‘risidagi yuk xatini yoki topshirish va qabul qilish dalolatnomasini hamda bug‘doy sotib olinganda hisoblangan qo‘shimcha qiymat solig‘i (xizmat ko‘rsatish ustamasini hisobga olmagan holda) ko‘rsatilgan hisobvaraq-fakturani bug‘doy yuklangandan keyingi ish kunidan kechiktirmasdan Jamg‘armaga taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tijorat vakili taqdim etgan hujjatlarga asosan Jamg‘arma bug‘doyni sotib olgan xaridorga tegishli hisobvaraq-fakturani rasmiylashtiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Jamg‘arma o‘zining tijorat vakili tomonidan taqdim etilgan yuk xatini yoki topshirish va qabul qilish dalolatnomasini birjaga yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birja yuk xati yoki topshirish va qabul qilish dalolatnomasiga asosan har bir shartnoma bo‘yicha bug‘doy sotishdan tushgan mablag‘larni xaridor nomini ko‘rsatgan holda bir ish kunida Jamg‘armaning hisobvarag‘iga o‘tkazadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Jamg‘arma va uning tijorat vakili o‘rtasida har chorakda hamda shartnoma shartlari bajarilishi to‘liq yakunlangandan so‘ng o‘zaro hisob-kitoblar to‘g‘risida solishtirma dalolatnoma tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-bob. Bug‘doy yetishtiruvchilardan xarid qilingan bug‘doyni qabul qilish, tashish, saqlash, yuklash va uning tabiiy kamayishi hamda kamomad bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Tijorat vakili topshiriq shartnomasiga muvofiq xizmat haqini, jumladan, kelishilgan tariflarga asosan bug‘doyni tashish, qabul qilish, saqlash va yuklash bilan bog‘liq xarajatlarni hamda tabiiy kamayish xarajatlarini qoplash uchun har oy yakunida Jamg‘armaga hisobvaraq-faktura taqdim etadi.
(21-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 31-maydagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2025-y., 09/25/345/0491-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda bug‘doyning yuzaga kelgan tabiiy kamayishi Vazirlar Mahkamasining “Don va donni qayta ishlash mahsulotlari hisobini yuritish tizimini takomillashtirishga, ularning saqlanishi ustidan nazoratni kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2006-yil 25-maydagi 95-son qarorida belgilangan standartlarga (normalarga) mosligi bo‘yicha O‘zagroinspeksiyaning ijobiy xulosasi taqdim etilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tijorat vakili tegishli hujjatlarni to‘liq taqdim etganda, qilingan xarajatlar Jamg‘arma tomonidan uch ish kuni ichida to‘lab beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Davlat resursi sifatida xarid qilinib tijorat vakilining don saqlash sig‘imida saqlanayotgan bug‘doy hajmida kamomad yoki normativdan ortiqcha yo‘qotishlar (kamayish) aniqlanganda, yuzaga kelgan bug‘doy kamomadi qiymati kamomad aniqlangan kundagi bug‘doyning birja savdolaridagi narxiga 20 foiz ustama qo‘llagan holda tijorat vakilidan Jamg‘armaning foydasiga undiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-bob. Bug‘doyni birja savdolarida sotishdan yuzaga keladigan ijobiy tafovut summasini ishlatish va salbiy tafovut summasini qoplash tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Bug‘doyni birja savdolarida sotishda yuzaga keladigan ijobiy yoki salbiy tavofut bug‘doyning birja savdolaridagi sotish narxidan bug‘doyni sotib olish bilan bog‘liq barcha xarajatlar (tijorat vakiliga to‘langan xizmat haqi, sotish xarajatlari, jalb qilingan xorijiy kreditlar bo‘yicha xorijiy valyutaning so‘mdagi kursi farqi, jalb etilgan budjet ssudasi bo‘yicha foiz xarajatlari) chegirilgan holda aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Bug‘doyni birja savdolarida sotishdan yuzaga keladigan ijobiy tafovut mablag‘lari qonunchilik hujjatlariga asosan Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirishning asosiy manbalari hisoblanadi va ushbu mablag‘lar Jamg‘arma tomonidan belgilangan tartibda tasarruf etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bug‘doyni birja savdolarida sotishda yuzaga keladigan salbiy tafovut summasi, shu jumladan, vaqtincha saqlashga qabul qilingan tovar bug‘doy uchun tijorat vakiliga to‘langan xizmat haqi bilan bog‘liq to‘lovlar Jamg‘armaning xarajatlarida aks ettiriladi.
(24-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 31-maydagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2025-y., 09/25/345/0491-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu xarajatlar O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti hisobidan qoplanadi.
(24-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 31-maydagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2025-y., 09/25/345/0491-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Tijorat vakili:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bug‘doy yetishtiruvchilardan bug‘doyni xarid qilish uchun Jamg‘arma tomonidan ajratilgan mablag‘lardan maqsadli foydalanilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘armaga taqdim etiladigan ma’lumotlarning haqqoniyligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bug‘doy yetishtiruvchilardan xarid qilingan bug‘doyning yaxlit hajmda, sifatli va kafolatli saqlanishi bo‘yicha qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Bug‘doy yetishtiruvchilardan xarid qilingan bug‘doyning sifatli saqlanishi O‘zagroinspeksiya tomonidan, bug‘doyni xarid qilish uchun ajratilgan Jamg‘arma mablag‘larining maqsadli va to‘g‘ri foydalanilishi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi tomonidan nazorat qilinadi.
(26-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘arma tomonidan bug‘doyni xarid qilish uchun ajratilgan mablag‘larning maqsadsiz ishlatilgan qismiga qo‘llaniladigan jarima miqdori Jamg‘arma va uning tijorat vakili o‘rtasida tuziladigan topshiriq shartnomasida belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2023-y., 09/23/227/0340-son; 16.09.2024-y., 09/24/577/0722-son; 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son; 04.06.2025-y., 09/25/345/0491-son; 28.07.2025-y., 09/25/466/0655-son; 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son)