01.06.2023 yildagi PQ-177-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ma’muriy islohotlar doirasida madaniy meros sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-yanvardagi “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-14-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Madaniy meros agentligi faoliyatining asosiy yo‘nalishlari 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Madaniy meros agentligining tashkiliy tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Madaniy meros agentligining xususiy sektorga beriladigan funksiyalari ro‘yxati 3-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Madaniy meros sohasida islohotlarni chuqurlashtirish va tizim faoliyatini transformatsiya qilish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Faoliyati tugatilgan Turizm va madaniy meros vazirligi huzurida bo‘lgan davlat muassasasi shaklidagi quyidagi tashkilotlar Madaniy meros agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) tizimiga o‘tkazilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Madaniy meros obyektlari restavratsiyasi direksiyasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Madaniy meros obyektlarini asrash va turizm hududlarining master-rejalari bo‘yicha loyihalashtirish instituti Madaniy meros ilmiy-tadqiqot instituti deb qayta nomlangan holda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilarning faoliyati tugatilib, ularning vakolat va funksiyalari Agentlikka o‘tkazilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017 — 2027-yillarda davlat muzeylari faoliyatini takomillashtirish va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi bajarilishini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika komissiyasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muzeylar faoliyatini takomillashtirish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha respublika ishchi guruhi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilansinki, moddiy madaniy meros obyektlari va muzeylar sohasida davlat nazoratini kuchaytirish hamda ulardan oqilona foydalanish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Agentlik va uning hududiy boshqarmalari tomonidan o‘tkaziladigan tekshiruvlar bo‘yicha:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tekshiruv o‘tkazishni kelishish uchun buyurtma vakolatli organ va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan buyurtma berilgan kunda ko‘rib chiqiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“xavfni tahlil etish” tizimi natijalariga asosan o‘tkaziladigan tekshiruvlarni uning boshlanishi haqida tadbirkorlik subyektiga xabarnoma bermagan holda o‘tkazishga ruxsat beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) tegishli shartnomalarga asosan unda belgilab qo‘yilgan aniq muddatlar yoki holatlarda, biroq har chorakda kamida bir marta moddiy madaniy meros obyektlarining muhofaza qilinishi, saqlanishi hamda ulardan oqilona foydalanilishida jismoniy va yuridik shaxslar, shu jumladan tadbirkorlik subyektlari tomonidan qonunchilik hujjatlariga rioya qilinishi Agentlik va uning hududiy boshqarmalari tomonidan majburiy tartibda tekshiriladi hamda bunday tekshiruvlarning o‘tkazilishini vakolatli organ bilan kelishish talab etilmaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) obodonlashtirish hamda zarur holatda saqlash bo‘yicha investitsiya majburiyatini olgan holda ijaraga beriladigan moddiy madaniy meros obyektlari va ularga tutash hududlar ro‘yxatining faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari tomonidan shakllantirilishi va taqdim etilishi tartibi bekor qilinib, ushbu takliflarni barcha tashabbuskor jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan taqdim etish tartibi joriy etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) kengashi faoliyati va uning ijrochi direktori lavozimi tugatilib, Jamg‘arma raisi lavozimi joriy qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 30-yanvardagi PF-15-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.02.2026-y., 06/26/15/0102-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilab qo‘yilsinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Jamg‘arma raisi YUNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy komissiyasi raisi hisoblanadi.
(5-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 30-yanvardagi PF-15-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.02.2026-y., 06/26/15/0102-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Jamg‘arma:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlikka madaniy meros sohasida davlat siyosatini amalga oshirishga ko‘maklashadi, shuningdek, Agentlik va uning tizimidagi tashkilotlar faoliyatini rivojlantirish, ishini samarali tashkil etish, ularga yuklatilgan vazifalar va funksiyalar to‘liq bajarilishi bo‘yicha tavsiyalar beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini, shuningdek, Jamg‘armaga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa hujjatlarni belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasi va Prezident Administratsiyasiga kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) Agentlik direktori jamoatchilik asosida Jamg‘arma raisining o‘rinbosari hisoblanadi hamda u Agentlik faoliyatiga oid masalalarni Jamg‘arma raisi bilan bamaslahat holda olib boradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Agentlikning jami 216 ta boshqaruv shtat birligidan 10 ta shtat birligi Jamg‘armaga o‘tkazilsin.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-dekabrdagi PQ-455-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 07/24/455/1092-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 1-yanvar)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
moddiy madaniy meros obyektlarida asrashga doir ishlarni amalga oshirish, shuningdek, arxeologiya ishlari uchun Davlat budjeti hisobidan ajratilgan mablag‘lar doirasida muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini restavratsiya va tiklash hamda raqamlashtirish ishlarini amalga oshirishga ruxsat beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan asrashga doir ishlar amalga oshiriladigan moddiy madaniy meros ko‘chmas mulk obyektlarining har yillik manzilli ro‘yxati Agentlik direktori tomonidan tasdiqlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlikning hisob-kitoblariga asosan moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish, asrash va ulardan foydalanish ishlarini amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlar uchun har yili Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar viloyat budjetlari va Toshkent shahri shahar budjeti manbalari hisobidan mablag‘ ajratiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yildan boshlab Davlat budjetidan madaniy meros obyektlarida asrashga doir ishlarni amalga oshirish va ularning muhofazasini ta’minlash, ularni restavratsiya qilish va tiklash, shuningdek, arxeologiya ishlar uchun ajratiladigan mablag‘larning yil davomida foydalanilmagan qismi Agentlik huzuridagi Madaniy meros jamg‘armasiga budjet trancferi sifatida ajratiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik tizimidagi muzey direktorlariga Agentlik bilan kelishilgan holda, ularga ajratilgan Davlat budjeti mablag‘lari doirasida, iqtisod qilingan mablag‘larni qayta taqsimlash hisobidan muzey xodimlariga qo‘shimcha oylik rag‘batlantirish ustamalari belgilash vakolati beriladi. Bunda, rag‘batlantirish miqdori Agentlik tomonidan tasdiqlangan davlat muzeylari xodimlarini qo‘shimcha rag‘batlantirish tartibiga muvofiq belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Agentlikka, istisno tariqasida, Madaniy meros obyektlari restavratsiyasi direksiyasi, Madaniy meros ilmiy-tadqiqot instituti va Yahyo G‘ulomov nomidagi Samarqand arxeologiya instituti bilan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
madaniy meros obyektlarida asrashga doir ishlar va arxeologik tadqiqotlar uchun cheklanmagan qiymatda to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar tuzishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuzilgan shartnomalar bo‘yicha bajariladigan pudrat ishlari uchun 50 foiz avans to‘lashga ruxsat berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Toshkent shahri, Taras Shevchenko ko‘chasi, 1-uy manzilida joylashgan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) bino va inshootlar tegishli hududi bilan birgalikda operativ boshqarish huquqi asosida Jamg‘armaga berilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) binoga quyidagilar tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Madaniy meros obyektlari restavratsiyasi direksiyasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
YUNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy komissiyasi kotibiyati.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Madaniyat va turizm vazirligi Jamg‘arma bilan birgalikda bir hafta muddatda ushbu bandda ko‘rsatilgan manzildagi obyektni topshirish-qabul qilish ishlarini belgilangan tartibda amalga oshirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘arma Agentlik bilan birgalikda binoni saqlash va undan samarali foydalanish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Agentlik Jamg‘arma va Adliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi raisi va Madaniy meros agentligi direktori belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, mas’ul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil 1-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-177-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 1-iyundagi PQ-177-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Madaniy meros agentligi faoliyatining asosiy yo‘nalishlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Quyidagilar Madaniy meros agentligi faoliyatining asosiy yo‘nalishlari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) moddiy madaniy meros va muzeylar sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish, unda ishtirok etuvchi davlat organlarining ushbu yo‘nalishdagi faoliyatini muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) moddiy madaniy meros obyektlari, madaniy boyliklar, muzey ashyolari va kolleksiyalarini aniqlash, ularning davlat hisobini yuritish hamda sohada ta’sirchan davlat nazoratini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) moddiy madaniy meros va muzeylar sohasiga zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etish, ularga oid ma’lumotlarning barcha uchun ochiq bo‘lishini ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) madaniy merosimizning jahon madaniy makoniga integratsiyalashuviga ko‘maklashish va ularni keng ommalashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) moddiy madaniy meros obyektlaridan oqilona foydalanish, ularni muzeylashtirish, monetizatsiya qilish, mablag‘lar hisobini yuritish va ularning maqsadli sarflanishini yo‘lga qo‘yish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) ilmiy-tarixiy yondashuv asosida moddiy madaniy meros obyektlari, madaniy boyliklar, muzey ashyolari va kolleksiyalarini restavratsiya-tiklash, asrashga doir ishlarni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) ilg‘or xorijiy tajribalar asosida muzeylarni kompleks rivojlantirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 1-iyundagi PQ-177-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Madaniy meros agentligining tashkiliy tuzilmasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Madaniy meros agentligi

Ilmiy-ekspert kengash

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri madaniy meros boshqarmalari

O‘zbekiston davlat san’at muzeyi,

O‘zbekiston amaliy san’at va hunarmandchilik tarixi davlat muzeyi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

tarixi va madaniyati davlat muzeyi,

I.V. Savitskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston davlat san’at muzeyi,

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq adabiyoti

tarixi davlat muzeyi,

O‘zbekiston zamonaviy san’ati muzeyi,

Andijon, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan, Sirdaryo, Farg‘ona viloyatlari tarixi va madaniyati davlat muzeylari,

Termiz arxeologiya muzeyi,

Angren shahar tarixi muzeyi,

Chirchiq shahar tarixi muzeyi,

Olmaliq shahar o‘lkashunoslik muzeyi,

Oqqo‘rg‘on tumani o‘lkashunoslik muzey-memoriali, “Ipak yo‘li” davlat muzeyi

“Buxoro”, “Shahrisabz”, “Samarqand”, “Termiz”, “Qo‘qon”, “Ichan-qal’a” davlat muzey-qo‘riqxonalari

Madaniy meros ilmiy-tadqiqot instituti

Abdulla Qahhor uy-muzeyi,

Abdulla Qodiriy uy-muzeyi,

Abdulla Qodiriy memorial muzeyi,

Muxtor Ashrafiy uy-muzeyi,

Oybek uy-muzeyi,

Sergey Borodin uy-muzeyi,

Sergey Yesenin memorial muzeyi,

Tamaraxonim uy-muzeyi,

To‘ra Sulaymon uy-muzeyi,

Usmon Yusupov memorial uy-muzeyi,

Yunus Rajabiy uy-muzeyi,

O‘rol Tansiqboyev uy-muzeyi,

G‘afur G‘ulom uy-muzeyi

Madaniy meros obyektlari restavratsiyasi direksiyasi va uning mintaqaviy markazlari

Registon ansamblini ta’mirlash va undan foydalanish direksiyasi,

“O‘zbek — Turkman do‘stlik uyi”

va “Ulli hovli” majmuasi” direksiyasi,

Abu Muin Nasafiy majmuasini boshqarish va obodonlashtirish direksiyasi

“Moziydan sado” jurnali tahririyati

Ya. G‘ulomov nomidagi Samarqand arxeologiya instituti

(“Arxeologik topilmalar fondi” noyob ilmiy obyekti bilan)

(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 21-apreldagi PQ-153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.04.2026-y., 07/26/153/0401-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 1-iyundagi PQ-177-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Madaniy meros agentligining xususiy sektorga beriladigan funksiyalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
RO‘YXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Funksiyalar

Amalga oshirish muddati

1.

Restavratorlar malakasini oshirish uchun o‘quv kurslarini tashkil etish.

2023-yil oktabr

2.

Muzey xodimlarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash.

3.

Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari qo‘riqlanadigan tegralarining loyihalarini ishlab chiqish.

2023-yil noyabr

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 1-iyundagi PQ-177-son qarorga
4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Madaniy meros sohasida islohotlarni chuqurlashtirish va tizim faoliyatini transformatsiya qilish bo‘yicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
YO‘L XARITASI
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish shakli

Ijro muddati

Moliyalashtirish manbalari

Mas’ul ijrochilar

1.

Madaniy meros agentligining markaziy apparati tuzilmasi va hududiy boshqarmalarining tuzilmalari, shtat jadvali hamda nizomlarini tasdiqlash.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil 1-iyul

Madaniy meros agentligi

2.

Madaniy meros sohasida jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, madaniy meros obyektlari, muzeylar va muzey-qo‘riqxonalarda aholi uchun tezkor qayta aloqa tizimi (telegram bot, qisqa raqam, elektron portal)ni yo‘lga qo‘yish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil 1-iyul

Madaniy meros jamg‘armasi

Madaniy meros agentligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

3.

Madaniy meros agentligi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish.

Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi

2023-yil 1-avgust

Madaniy meros agentligi

4.

Madaniy meros sohasida raqamlashtirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarni qayta ko‘rib chiqish, raqamli resurslarni optimallashtirish va maqsadga muvofiqligi bo‘yicha xulosa berish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil 1-sentabr

Madaniy meros sohasiga Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar,

Madaniy meros jamg‘armasi

Madaniy meros agentligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Madaniyat va turizm vazirligi,

Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi

5.

Viloyat, tuman va shaharlar bosh rejalarining madaniy meros obyektlarini muhofaza qilishga oid talablarga muvofiqligi yuzasidan audit o‘tkazish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil 1-sentabrdan boshlab reja asosida

Madaniy meros agentligi,

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

6.

Restavratsiya mavsumining qisqaligini inobatga olib, Madaniy meros agentligining Madaniy meros obyektlari restavratsiyasi direksiyasi, Madaniy meros ilmiy-tadqiqot instituti hamda Ya. G‘ulomov nomidagi Samarqand arxeologiya instituti bilan tuzilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalari Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi tomonidan unga so‘rovnoma kelib tushgan kundan boshlab besh kun muddatda ko‘rib chiqilishini ta’minlash.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil iyun oyidan boshlab, doimiy

Ushbu bandda belgilangan maqsadlar uchun ajratilgan mablag‘lar

Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi,

Madaniy meros agentligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

7.

Respublika bolalar kutubxonasini uning amaldagi moliyalashtirish manbalari, shtat birliklari va moddiy-texnika bazasini saqlab qolgan holda Maktabgacha ta’lim va maktab ta’limi vazirligi tizimidan Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tizimiga o‘tkazish.

Amaliy chora-tadbirlar, zaruratga ko‘ra normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil avgust

Maktabgacha ta’lim va maktab ta’limi vazirligi,

Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi

8.

Madaniy meros obyektlarini kino va seriallar tasvirga olish uchun lokatsiyalar sifatida hamda ularning tasvirlaridan pochta markalari va pochta varaqalarida foydalanish orqali keng targ‘ib qilish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil oktabr oyidan boshlab, muntazam

Ijrochilar mablag‘lari

Madaniy meros agentligi,

Madaniyat va turizm vazirligi,

“O‘zbekiston pochtasi” AJ,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

9.

O‘zbekiston bilan YUNESKOning hamkorligini rivojlantirish va Milliy komissiya faoliyatini qo‘llab-quvvatlash.

Amaliy chora-tadbirlar, zaruratga ko‘ra normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil 1-noyabr

Madaniy meros agentligi,

YUNESKO ishlari bo‘yicha Milliy komissiya,

Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi,

Tashqi ishlar vazirligi

10.

O‘zbekiston muzeylari uyushmasini tuzish va Xalqaro muzeylar kengashi (ICOM)da milliy komissiya maqomini olishga ko‘maklashish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil 1-noyabr

Madaniy meros agentligi,

Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi,

Tashqi ishlar vazirligi,

Adliya vazirligi

11.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-fevraldagi PF-27-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 237-bandiga muvofiq, 2024-yilda Ijodiy iqtisodiyot bo‘yicha IV Butunjahon konferensiyasini (WCCE) o‘tkazish ishlarini jadallashtirish.

Bunda:

Toshkent shahrida Fransuz madaniyat markazi, Zamonaviy san’at markazi va 2 ta art-rezidensiyani ochish;

xalqaro jamoatchilik uchun O‘zbekiston ijodiy iqtisodiyotini birlashtiruvchi platforma sifatida O‘zbekiston davlat san’at muzeyi yangi binosi loyihasining taqdimotini o‘tkazish;

madaniyat va tadbirkorlik faoliyatining namunasi sifatida Abulqosim madrasasida ijodiy iqtisodiyot klasterini yaratish;

ushbu bandda qayd etilgan obyektlarda tegishli qurilish-montaj ishlarini yakunlash choralarini ko‘rishni nazarda tutish.

Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi

2024-yil noyabr

Davlat budjeti va qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar

Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Toshkent shahri hokimligi,

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi,

Tashqi ishlar vazirligi,

Madaniy meros agentligi

12.

Madaniy meros sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, shu jumladan, xalqaro tashkilotlar grantlarini jalb qilish, restavratsiya va saqlash bo‘yicha malaka oshirish tadbirlarini amalga oshirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil noyabr oyidan boshlab, muntazam

Madaniy meros jamg‘armasi, qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar

Madaniy meros agentligi

13.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-fevraldagi PF-27-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 238-bandiga muvofiq, O‘zbekiston tarixining tarixiy jang san’atini ilmiy o‘rganish va namoyish qilish orqali mamlakatning turistik salohiyatini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni tarixiy-ilmiy, amaliy va aniq moliyalashtirish manbalari nuqtai nazaridan takomillashtirish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil 1-dekabr

Davlat budjeti va qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar

Mudofaa vazirligi,

Madaniyat va turizm vazirligi,

Fanlar akademiyasi,

Madaniy meros agentligi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

14.

Davlat budjetidan madaniy meros obyektlarida asrashga doir ishlarni amalga oshirish va ularning muhofazasini ta’minlash, ularni restavratsiya qilish va tiklash, shuningdek, arxeologiya ishlar uchun Madaniy meros agentligiga ajratiladigan mablag‘larning yil davomida foydalanilmagan qismi har yili 20-dekabrga qadar Agentlik huzuridagi Madaniy meros jamg‘armasiga o‘tkazilishini ta’minlash.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yildan boshlab, har yili 20-dekabrga qadar

Madaniy meros agentligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

15.

O‘zbekiston Respublikasi davlat muzeylarida saqlanayotgan, ko‘rgazma uchun chet ellarga olib chiqilmaydigan noyob osori-atiqalarning yangilangan ro‘yxatini tasdiqlash.

Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi

2024-yil 1-mart

Madaniy meros agentligi,

Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi

16.

Moddiy madaniy meros ko‘chmas mulk obyektlari atrofini obodonlashtirish, tozaligini saqlash, sanitar-gigiyenik shoxobchalarni tashkil qilish bo‘yicha yagona minimal talablarni belgilash.

Idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2024-yil 1-aprel

Madaniy meros agentligi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

17.

Moddiy madaniy meros ko‘chmas mulk obyektlarida inklyuziv sharoitlarni yaratish bo‘yicha yagona minimal talablarni belgilash.

Idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2024-yil 1-aprel

Madaniy meros agentligi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

18.

Moddiy madaniy meros ko‘chmas mulk obyektlari davlat reyestrini tasdiqlash.

Bunda, obyektning to‘liq nomi, davri, toifasi, manzili, ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqini nazarda tutish.

Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi

2024-yil 1-aprel

Madaniy meros agentligi,

Kadastr agentligi,

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi,

Fanlar akademiyasi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

19.

Moddiy madaniy meros ko‘chmas mulk obyektlariga virtual tur (360 darajadagi media materiallar) qilish imkonini yaratish va targ‘ib qilish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil 1-sentabr

Ijrochilar mablag‘lari

Madaniy meros agentligi,

Madaniyat va turizm vazirligi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

20.

Xalqaro va mahalliy ekspertlarni jalb qilgan holda muzeylar sohasini rivojlantirish strategiyasini belgilash.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi

2024-yil 1-noyabr

Madaniy meros agentligi,

Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi

21.

Xalqaro va mahalliy ekspertlarni jalb qilgan holda, madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish strategiyasini tasdiqlash.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi

2024-yil 1-noyabr

Madaniy meros agentligi,

Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi

22.

Moddiy madaniy meros ko‘chmas mulk obyektlarining elektron pasporti va davlat kadastrini to‘liq shakllantirish hamda ularni Madaniy meros portaliga joylashtirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil 1-dekabr

Madaniy meros sohasiga Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar,

Madaniy meros jamg‘armasi

Madaniy meros agentligi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: normativ-huquqiy va idoraviy hujjatlar huquqiy munosabatlarni tartibga solish predmeti va sohasiga qarab qayta ko‘rib chiqilishi yoki yagona hujjatga birlashtirilishi mumkin. Ikki va undan ortiq bandlar birlashtirilganda, ularni ijro etish uchun belgilangan eng kech muddat ijro muddati etib belgilanadi.
(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi PF-214-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 06/23/214/0984-son)
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.06.2023-y., 07/23/177/0326-son; 29.12.2023-y., 06/23/214/0984-son; 30.12.2024-y., 07/24/455/1092-son; 03.02.2026-y., 06/26/15/0102-son; 22.04.2026-y., 07/26/153/0401-son)