ILOVA
|
T/r |
Chora-tadbirlar nomi |
Amalga oshirish shakli |
Amalga oshirish muddatlari |
Masʼul ijrochilar |
|
I. Fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning huquqiy asoslarini izchil takomillashtirish |
||||
|
1. |
Nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan chet ellik shaxslardan pul mablagʻlari va mol-mulk olinishini roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ bilan kelishish hamda xalqaro grant loyihalarini amalga oshirilishini tartibga solish tizimini takomillashtirish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2023-yil may |
Adliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
2. |
Faoliyat yuritmayotgan nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini qayta yoʻlga qoʻyishga koʻmaklashish va qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, nodavlat notijorat tashkilotlarini tugatish jarayonlarini soddalashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining “Nodavlat notijorat tashkilotlarini tugatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2015-yil 15-yanvardagi 5-son qarorini takomillashtirish. Bunda: nodavlat notijorat tashkilotini tugatish jarayonida idoralararo maʼlumot (hujjat) almashinuvining elektron tizimini joriy qilish; Uzoq muddat faoliyat yuritmayotgan nodavlat notijorat tashkilotlari reyestrini joriy etish va yuritish; nodavlat notijorat tashkilotini tugatishning rejalashtirilgan muddatlarining buzilish holatlarining oldini olish, respublika nodavlat notijorat tashkilotlarini majburiy tartibda tugatish jarayonida ularning alohida boʻlinmalari faoliyatiga oid aniqlashtiruvchi qoidalar nazarda tutiladi. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2023-yil dekabr |
Adliya vazirligi, Oliy sud, Markaziy bank, Bosh prokuratura, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi |
|
3. |
Ijtimoiy sheriklik doirasini kengaytirish, ushbu munosabatlarning samaradorligi va natijadorligini oshirish, shuningdek, ijtimoiy sheriklik subyektlarining jamoatchilik oldidagi hisobdorlik mexanizmlarini joriy etish maqsadida “Ijtimoiy sheriklik toʻgʻrisida”gi Qonunni takomillashtirish boʻyicha asoslantirilgan takliflarni ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
Tahliliy maʼlumotnoma |
2024-yil fevral |
Adliya vazirligi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
II. Fuqarolik jamiyati institutlariga koʻmaklashish hamda ularni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash mexanizmini yanada takomillashtirish |
||||
|
4. |
Fuqarolik jamiyati institutlarini terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirgin qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslar roʻyxati bilan doimiy ravishda tanishtirib borish tizimini joriy etish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2023-yil may |
Adliya vazirligi, Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti |
|
5. |
Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning amaldagi tartibini takomillashtirish. Bunda: keng jamoatchilikning toʻgʻridan-toʻgʻri taklif va mulohazalarini inobatga olgan holda, davlat grantlari va ijtimoiy buyurtmalar uchun tanlovlarning ustuvor yoʻnalishlarini shakllantirish va eʼlon qilish; davlat grantlari va ijtimoiy buyurtmalar uchun eʼlon qilingan tanlovlarga taqdim etilgan loyihalarni baholash jarayonlarining jamoatchilikka oshkoraligini taʼminlash; shaffof va sogʻlom raqobat muhitini yaratish, jamoatchilik oldidagi hisobdorlikni oshirish, natijadorlikni baholash. |
Nodav�at notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi mablagʻlarini boshqarish boʻyicha Parlament komissiyasining qarori loyihasi |
2023-yil avgust |
Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi mablagʻlarini boshqarish boʻyicha Parlament komissiyasi (kelishuvga muvofiq), Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi |
|
6. |
Nodavlat notijorat tashkilotlarining ijtimoiy ahamiyatga molik loyiha va dasturlarini moliyalashtirish koʻlamini yanada kengaytirish maqsadida Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash. Bunda: fondning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash; fondning grant tanlovlarini tashkil etish imkoniyatini beruvchi ochiq elektron platformani yaratish; fondning turdosh xorijiy fondlar bilan hamkorligini yoʻlga qoʻyish va oʻzaro ta�riba almashish uchun zarur sharoitlar yaratish. |
Kompleks chora-tadbirlar |
2023-yil avgust |
Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi, Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi, Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi |
|
7. |
Ommaviy axborot vositalari xodimlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari himoyasini yanada mustahkamlash. Bunda “Yuridik yordam” (E-advokat) axborot tizimida ommaviy axborot vositalari sohasida shaxslarning huquqlarini himoya qilishga ixtisoslashgan advokatlar hamda ularning ushbu yoʻnalishdagi amaliy tajribasi haqida batafsil maʼlumotlarni aks ettiruvchi alohida band yaratish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2024-yil 1-yanvardan boshlab |
Adliya vazirligi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Advokatlar palatasi |
|
8. |
Nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari vakillarining malakasini oshirish kurslarini tashkil etish. |
Kompleks chora-tadbirlar |
2023-2024-yillar davomida |
Davlat boshqaruvi akademiyasi, Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi, Adliya vazirligi, Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi |
|
9. |
Nodavlat notijorat va tijorat tashkilotlari oʻrtasida “ijtimoiy shartnoma” asosidagi hamkorlik loyihalarini yanada rivojlantirish. |
Amaliy chora-tadbirl�r |
2023-2024-yillar davomida |
“Yuksalish” umummilliy harakati, Savdo-sanoat palatasi, Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi, Adliya vazirligi |
|
10. |
“Nodavlat notijorat tashkilotlari uylari”da axborot-resurs markazlarini tashkil etish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2023-2024-yillar davomida |
Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi, Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi |
|
III. Davlat va jamiyat boshqaruvida fuqarolik jamiyati institutlarining faol ishtirok etishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish |
||||
|
11. |
Nodavlat notijorat tashkilotlarining xotin-qizlarni, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj hamda kam taʼminlangan qatlamini kasbga oʻqitish, ayniqsa, qishloq joylarda ularni tadbirkorlikka jalb qilish, hunarmandchilikka oʻrgatish orqali ularning bandligini taʼminlashga qaratilgan loyiha va dasturlarini Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan ijtimoiy buyurtmalar shaklida qoʻllab-quvvatlash. |
Kompleks chora-tadbirlar |
2023-2024-yillar davomida |
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
12. |
“Inson huquqlari va manfaatlari sohasida davlat va nodavlat tashkilotlari hamkorligi” mavzusida ikkinchi Milliy forumni oʻtkazish. |
Kompleks chora-tadbirlar |
2023-yil oktyabr |
Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi, “Yuksalish” umummilliy harakati, Inson huquqlari boʻyicha Milliy markaz, Adliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
13. |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari huzuridagi Ijtimoiy sheriklik boʻyicha jamoat komissiyalari hamda Nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari masalalari boʻyicha doimiy faoliyat yurituvchi komissiyalar faoliyatining samaradorligini oshirishga koʻmaklashish. |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari qarorlari |
2023-yil iyul |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari, Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi mablagʻlarini boshqarish boʻyicha Parlament komissiyasi (kelishuvga muvofiq) |
|
14. |
Terrorizmni moliyalashtirish uchun nodavlat notijorat tashkilotlaridan foydalanish xavf-xatarlarini baholash natijalariga asosan jamoat fondlari va diniy tashkilotlarda ichki nazoratni tashkil etish boʻyicha bilim va koʻnikmalarni oshirish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2023-2024-yillar davomida |
Adliya vazirligi, Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti |
|
15. |
Jamoat xavfsizligini taʼminlash jarayonlariga fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini keng jalb qilish. |
Ijtimoiy buyurtma tanlovlari |
2023-2024-yillar davomida |
Ichki ishlar vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi |
|
16. |
Fuqarolik jamiyati institutlarining korrupsiyaga qarshi bilim va koʻnikmalarini oshirish maqsadida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Korrupsiyaga qarshi konvensiyani amalga oshirish assotsiatsiyasi (UNCAC) nohukumat tashkiloti bilan samarali hamkorlikni yoʻlga qoʻyish. |
Kompleks chora-tadbirlar |
2024-yil may |
Oʻzbekistonda ochiqlik va shaffoflik tahlil markazi, “Yuksalish” umummilliy harakati, Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi |
|
17. |
Taʼlim, sogʻliqni saqlash, qurilish, korrupsiyaga qarshi kurashish, inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish, energiya resurslaridan oqilona foydalanish, kambagʻallikni qisqartirish, ekologiya sohalarida jamoatchilik nazoratini kuchaytirish. |
Jamoatchilik eshituvlari, taklif va tavsiyalar |
2023-2024-yillar davomida har chorakda |
“Yuksalish” umummilliy harakati, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi |
|
18. |
Fuqarolik jamiyati institutlari salohiyatini oshirish masalalarida oliy taʼlim muassasalarining nodavlat notijorat tashkilotlari bilan oʻzaro hamkorlik mexanizmlarini rivojlantirish. |
Kompleks chora-tadbirlar |
2023-2024-yillar davomida doimiy |
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi, oliy taʼlim muassasalari |
|
19. |
Respublikada amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi islohotlarga bagʻishlangan press-turlarga fuqarolik jamiyati institutlarini keng jalb etish. |
Press-turlar |
2023-2024-yillar davomida har chorakda |
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, fuqarolik jamiyati institutlari |
|
IV. Davlat ijtimoiy loyihalarini amalga oshirishda fuqarolik jamiyati institutlarining ishtirokini yanada kengaytirish |
||||
|
20. |
Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish, ularning bandligini taʼminlash, madaniyat, sanʼat, kitobxonlik, ijtimoiy himoya sohalarida nod�vlat notijorat tashkilotlari bilan hamkorlikda loyihalarni amalga oshirish. |
Ijtimoiy buyurtma tanlovlari |
2023-2024-yillar davomida doimiy |
Eshlar ishlari agentligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Madaniyat vazirligi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi |
|
21. |
Ommaviy axborot vositalarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida jurnalistik tekshiruvlar oʻtkazish salohiyatini oshirish hamda mazkur faoliyatni ijtimoiy buyurtmalar berish orqali qoʻllab-quvvatlash. |
Ijtimoiy buyurtma tanlovlari |
2023-2024-yillar davomida doimiy |
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbekiston jurnalistlari uyushmasi, Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi |
|
22. |
Sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish uchun davlat boshqaruvi organlari tomonidan fuqarolik jamiyati institutlariga bevosita davlat ijtimoiy buyurtmasi berishni kengaytirish. Bunda: respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan har yili fuqarolik jamiyati institutlariga bevosita davlat ijtimoiy buyurtmasi berish uchun mablagʻ ajratishni joriy qilish; davlat ijtimoiy buyurtmasini rejalashtirishda aholining muammolarini va islohotlarga munosabatini oʻrganishga eʼtibor qaratish. |
Kompleks chora-tadbirlar |
2023-2024-yillar davomida |
Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Adliya vazirligi, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari |
|
23. |
Fuqarolik jamiyati institutlarining kambagʻallikni qisqartirishga y�naltirilgan loyiha va dasturlarini qoʻllab-quvvatlash hamda ularning samaradorligini oshirishga koʻmaklashish. |
Kompleks chora-tadbirlar |
2023-2024-yillar davomida doimiy |
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, fuqarolik jamiyati institutlari |
|
V. Fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatining ochiqligini taʼminlash |
||||
|
24. |
“Shaffof xayriya” yagona interaktiv portalining imkoniyatlarini yanada kengaytirish va portalning uzluksiz faoliyatini taʼminlash. Portalda: homiylar va xayriya etuvchilarni yordamga muhtoj fuqarolar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bilan tanishish, shaxsiy tanlovi asosida xayriya mablagʻlarini manzilli yoʻnaltirish; koʻngillilar, nodavlat notijorat tashkilotlari, boshqa jismoniy va yuridik shaxslarga ularning alohida xayriya kampaniyalari, aksiyalari hamda tashabbuslarini mazkur platformadan roʻyxatdan oʻtkazish va amalga oshirish funksiyalari yaratiladi. |
Kompleks chora-tadbirlar |
2023-yil avgust |
“Oʻzbekiston mehr-shafqat va salomatlik” jamoat fondi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Adliya vazirligi |
|
25. |
“Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining shaffoflik standarti” mezonlari boʻyicha yuqori reytinglarda boʻlgan nodavlat notijorat tashkilotlarini ragʻbatlantirish mexanizmlarini takomillashtirish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2023-yil oktyabr |
Adliya vazirligi, Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi, Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi, Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi |
|
26. |
Jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi moliyaviy choralarni ishlab chiqish guruhining (FATF) nodavlat notijorat tashkilotlarining faoliyati shaffofligi va jamoatchilik oldidagi hisobdorligini taʼminlashga doir tavsiyalarini milliy qonunchilikka tatbiq qilish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2024-yil iyul |
Adliya vazirligi, Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi |