Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 23-dekabrdagi “2023-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini koʻchirish toʻgʻrisida”gi PF-270-son Farmoniga oʻzgartirishlar kiritish haqida
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 22-dekabrdagi PF-213-sonli “2024-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini koʻchirish toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan 2024-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Ramazon hayitining birinchi kuni 2023-yilda 21-aprelga toʻgʻri kelishini inobatga olgan holda aholining ushbu bayramni munosib kutib olishi va yuksak saviyada oʻtkazishi uchun qulay shart-sharoit yaratish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 23-dekabrdagi “2023-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini koʻchirish toʻgʻrisida”gi PF-270-son Farmoniga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2023-yil 20-aprel,
PF-58-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-apreldagi PF-58-son Farmoniga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 23-dekabrdagi “2023-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini koʻchirish toʻgʻrisida”gi PF-270-son Farmoniga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. 2023-yilda quyidagi qoʻshimcha dam olish kunlari belgilansin:
barcha xodimlar uchun (ish haftasining turidan qatʼi nazar): 2-yanvar — dushanba, 24-aprel — dushanba, 30-iyun — juma;
olti kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun: 3-yanvar — seshanba, 20-mart — dushanba, 22-mart — chorshanba, 22-aprel — shanba, 1-iyul — shanba, 2-sentabr — shanba, 30-dekabr — shanba”.
2. 3-bandning beshinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.
3. 4-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Turizm va madaniy meros vazirligi” soʻzlari “Madaniyat va turizm vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.04.2023-y., 06/23/58/0221-son)