Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.01.2024 23.12.2022 yildagi PF-270-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.01.2024
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni

2023-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yilda fuqarolarning rasmiy sanalarni nishonlash davrida to‘liq dam olishi uchun shart-sharoitlar yaratish, “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” ichki turizmni rivojlantirish dasturi doirasida ichki va ziyorat turizmini yanada rivojlantirish uchun dam olish va bayram kunlaridan samarali foydalanishni ta’minlash maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 2023-yilda quyidagi qo‘shimcha dam olish kunlari belgilansin:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
barcha xodimlar uchun (ish haftasining turidan qat’i nazar): 2-yanvar — dushanba, 24-aprel — dushanba, 29-iyun — payshanba, 30-iyun — juma;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 19-iyundagi PF-100-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.06.2023-y., 06/23/100/0404-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
olti kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun: 3-yanvar — seshanba, 20-mart — dushanba, 22-mart — chorshanba, 22-aprel — shanba, 1-iyul — shanba, 2-sentabr — shanba, 30-dekabr — shanba.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-apreldagi PF-58-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.04.2023-y., 06/23/58/0221-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 28-oktabrdagi O‘RQ-798-son Qonuni bilan tasdiqlangan Mehnat kodeksining 208-moddasiga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlanmaydigan bayram kuni hisoblanuvchi “1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni” 2023-yilda yakshanba — dam olish kuniga to‘g‘ri kelganligi munosabati bilan ushbu dam olish kuni 2023-yil 2-oktabr — dushanba kuniga ko‘chirilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bunda ishlab chiqarish-texnik va tashkiliy sharoitlar (mavjud uzluksiz ishlab chiqarish, aholiga har kuni xizmat ko‘rsatish, navbatchilik asosida ishlash va boshqalar) tufayli ishlanmaydigan bayram kunlari to‘xtatib qo‘yish mumkin bo‘lmagan ishlarni bajarishda dam olish kunlari ko‘chirilmasligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. 2023-yilda besh kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun dam olish kunlari quyidagi tartibda ko‘chirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-yanvar — shanba kunidan 3-yanvar — seshanba kuniga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-mart — shanba kunidan 20-mart — dushanba kuniga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25-mart — shanba kunidan 22-mart — chorshanba kuniga.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-apreldagi PF-58-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.04.2023-y., 06/23/58/0221-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Bayram (ishlanmaydigan) kunlarining uzaytirilishini hisobga olgan holda, respublika aholisining maroqli dam olishi uchun:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Madaniyat va turizm vazirligi turizm namoyishi obyektlari (madaniy meros obyektlari, muzeylar) va mehmonxona xizmatlari uchun chegirmalar berilishi hamda aksiyalar o‘tkazilishini tashkillashtirsin;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-apreldagi PF-58-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.04.2023-y., 06/23/58/0221-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasiga Sog‘liqni saqlash vazirligi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda sanatoriylar va sog‘lomlashtirish muassasalari uchun chegirmalar berish hamda aksiyalar o‘tkazish tavsiya etilsin;
(4-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Uzbekistan Airways” AJ, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJga ichki transport qatnovlari uchun chegirmalar berish va aksiyalar o‘tkazish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashiga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnat jamoalari o‘rtasida ushbu Farmonning maqsadi, mazmun-mohiyati to‘g‘risida tushuntirish ishlarini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uzaytirilgan bayram kunlarida xodimlar va ularning oila a’zolari maroqli dam olishini ta’minlash yuzasidan kasaba uyushmalari tashkilotlarining ishini faollashtirish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi O‘zbekiston Milliy axborot agentligi bilan birgalikda bayram kunlari o‘tkaziladigan tadbirlar to‘g‘risida ommaviy axborot vositalari, shu jumladan Internet jahon axborot tarmog‘i orqali aholining keng xabardor qilinishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur Farmon 2024-yil 1-yanvardan e’tiboran o‘z kuchini yo‘qotadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari S.U. Umurzakov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 23-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-270-son
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.12.2022-y., 06/22/270/1116-son; 20.04.2023-y., 06/23/58/0221-son; 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son; 20.06.2023-y., 06/23/100/0404-son)