10.04.2023 yildagi PQ-117-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashabbusli budjetlashtirish amaliyotini yanada takomillashtirish hamda faol mahallalarni qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi doirasida budjet mablagʻlarining bir qismini jamoatchilik fikri asosida yoʻnaltirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarni izchil davom ettirish, tashabbusli budjetlashtirish jarayonlarida fuqarolarning faolligini oshirish hamda oʻtgan davr mobaynida jamlangan tajribalarni inobatga olgan holda mazkur jarayonni yanada takomillashtirish hamda uni yangi bosqichga olib chiqish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 2023-yil birinchi mavsum doirasida oʻtkazilgan tashabbusli budjetlashtirish jarayonida qiymati 1,5 trillion soʻm boʻlgan 1 666 ta loyiha gʻolib boʻlganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023-yil birinchi mavsum doirasida oʻtkazilgan tashabbusli budjetlashtirish jarayonlarida har biri 2 mingdan ortiq ovoz toʻplagan, lekin gʻolib deb topilmagan 1 309 ta loyihani amalga oshirish uchun qoʻshimcha ravishda 1,3 trln soʻm mablagʻni 1-ilovaga muvofiq ajratish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, qoʻshimcha ajratilayotgan mablagʻ 2023-yilda “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida rejalashtirilgan mablagʻlar hisobidan yoʻnaltiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiyot va moliya vazirligi respublika budjetidan mablagʻlarni bir hafta muddatda mazkur qarorning 1-ilovasiga muvofiq loyihalarni amalga oshirish uchun mahalliy budjetlarga belgilangan tartibda yoʻnaltirish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar va shaharlar hokimlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur qarorning 1-bandiga muvofiq qoʻshimcha ajratilayotgan mablagʻlarning bir hafta muddatda Fuqarolar tashabbusi jamgʻarmalariga oʻtkazilishini hamda mazkur jamgʻarmalar mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obyektlarning bosh loyiha-qidiruv va bosh qurilish-pudrat tashkilotlari Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimida inson omilisiz oʻtkaziladigan elektron tender (tanlov) savdolari orqali aniqlanishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har bir loyihani amalga oshirishning barcha bosqichlari nazorat qilib borilishini hamda loyihalarning ijrosi natijalariga koʻra tashabbuskor fuqarolar ishtirokida ularni qabul qilib olish tadbirlari tashkil etilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Tuman (shahar) hokimliklari qoshida tashkil etilgan Jamoatchilik fikri asosida tadbirlarni shakllantirish, baholash, tanlab olish hamda ijrosini monitoring qilish boʻyicha ishchi komissiyalar 2023-yil birinchi mavsumda gʻolib deb topilgan 2 975 ta loyihaning oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishini qatʼiy nazoratga olsin. Shuningdek, buyurtmachilar tomonidan pudratchilar bilan shartnomalarni rasmiylashtirishda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jihozlash boʻyicha loyihalarni amalga oshirishning soʻnggi muddati etib joriy yilning iyul oyi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qurilish va taʼmirlash ishlari boʻyicha loyihalarni amalga oshirishning soʻnggi muddati etib joriy yilning avgust oyi belgilanishi nazarda tutilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Hisob palatasi (B. Turabov) va Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi (L. Umurzaqov)ga tashabbusli budjetlashtirish jarayonlari doirasida quyidagi qoʻshimcha vazifalar yuklatilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolar tashabbusi jamgʻarmalariga mablagʻlarning oʻz vaqtida va toʻliq oʻtkazilishini nazorat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har oyda kamida bir marotaba barcha loyihalar doirasida amalga oshirilayotgan ishlarni joyiga chiqqan holda oʻrganish va ularni doimiy nazorat qilib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qurilish va taʼmirlash ishlari boʻyicha loyihalarning yakunida qurilishda nazorat oʻlchovini oʻtkazish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda manfaatdor vazirlik va idoralar “Ochiq budjet” axborot portaliga kelib tushgan va har biri 1,5 mingdan ortiq ovoz toʻplagan, lekin gʻolib deb topilmagan loyihalar tahlillari asosida jihozlash bilan bogʻliq loyihalarda koʻzda tutilgan tovar (xizmat)larni xarid qilish xarajatlari 2024-yil uchun budjet soʻrovida koʻzda tutilishiga eʼtibor qaratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Belgilansinki, tashabbusli budjetlashtirish jarayonlari doirasida budjet tashkilotlarining rahbar xodimlari tomonidan majburiy ovoz yigʻish boʻyicha xodimlarga topshiriq berishlari taqiqlanadi. Bunda, majburiy ovoz yigʻishga majburlash tegishli tashkilot xodimlarini majburiy mehnatga jalb qilish sifatida tasniflansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlari Jamgʻarmaga mablagʻlarning oʻz vaqtida oʻtkazilishi hamda “Fuqarolar tashabbusi jamgʻarmalari” mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishi boʻyicha shaxsan masʼul ekanligi belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Tashabbusli budjetlashtirish jarayonlarini yanada takomillashtirish, joylarda kuzatilayotgan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish hamda ushbu jarayonlarning yanada shaffof va haqqoniy tashkil etilishini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlar rejasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiyot va moliya vazirligi mazkur qarorning 2-ilovasidagi chora-tadbirlar rejasida nazarda tutilgan topshiriqlar oʻz muddatida va sifatli amalga oshirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi va Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasiga mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda tashabbusli budjetlashtirish jarayoni doirasida amalga oshirilgan ishlar boʻyicha maʼlumotlarni keng jamoatchilikka muntazam ravishda yetkazish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 3-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib iqtisodiyot va moliya vaziri Sh.D. Kudbiyev hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil 10-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-117-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-apreldagi PQ-117-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yilning fevral — aprel oylari davomida oʻtkazilgan tashabbusli budjet jarayonlarida har biri 2 mingdan ortiq ovoz toʻplagan, lekin gʻolib deb topilmagan 1309 ta loyihani amalga oshirish uchun ajratilayotgan mablagʻlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MIQDORI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Hudud nomi

Loyihalar soni

(birlik)

Mablagʻ miqdori

(mln soʻm)

Respublika boʻyicha jami

1309

1 310 928

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

29

27 513

1.

Amudaryo tumani

9

9 800

2.

Kegayli tumani

1

900

3.

Qoraoʻzak tumani

2

2 400

4.

Qoʻngʻirot tumani

5

5 300

5.

Nukus tumani

1

1 000

6.

Nukus shahri

1

440

7.

Toʻrtkoʻl tumani

8

6 645

8.

Ellikqalʼa tumani

2

1 028

Andijon viloyati

111

113 706

9.

Andijon tumani

13

14 350

10.

Andijon shahri

5

4 730

11.

Asaka tumani

16

15 400

12.

Baliqchi tumani

10

11 100

13.

Boʻston tumani

2

1 000

14.

Buloqboshi tumani

1

1 200

15.

Jalaquduq tumani

2

2 200

16.

Izboskan tumani

3

3 600

17.

Qoʻrgʻontepa tumani

7

8 150

18.

Marhamat tumani

10

10 578

19.

Oltinkoʻl tumani

11

11 300

20.

Paxtaobod tumani

11

11 198

21.

Xoʻjaobod tumani

2

2 200

22.

Shahrixon tumani

18

16 700

Buxoro viloyati

50

45 820

23.

Buxoro shahri

13

8 420

24.

Vobkent tumani

1

850

25.

Gʻijduvon tumani

20

23 600

26.

Jondor tumani

1

600

27.

Olot tumani

1

1 000

28.

Romitan tumani

6

4 250

29.

Shofirkon tumani

8

7 100

Jizzax viloyati

82

87 760

30.

Arnasoy tumani

2

1 000

31.

Baxmal tumani

14

12 100

32.

Gʻallaorol tumani

7

7 640

33.

Jizzax shahri

17

20 250

34.

Zarbdor tumani

2

1 750

35.

Zafarobod tumani

3

2 100

36.

Zomin tumani

5

5 600

37.

Paxtakor tumani

5

6 000

38.

Forish tumani

4

3 720

39.

Sharof Rashidov tumani

23

27 600

Qashqadaryo viloyati

128

141 047

40.

Gʻuzor tumani

10

11 572

41.

Dehqonobod tumani

5

5 700

42.

Kasbi tumani

13

13 095

43.

Kitob tumani

11

12 600

44.

Koson tumani

14

14 750

45.

Koʻkdala tumani

8

9 600

46.

Qamashi tumani

10

10 100

47.

Qarshi tumani

12

14 200

48.

Qarshi shahri

1

700

49.

Muborak tumani

1

1 000

50.

Chiroqchi tumani

12

13 680

51.

Shahrisabz tumani

9

8 050

52.

Shahrisabz shahri

3

3 400

53.

Yakkabogʻ tumani

19

22 600

Navoiy viloyati

57

47 733

54.

Karmana tumani

7

6 700

55.

Qiziltepa tumani

3

1 800

56.

Navbahor tumani

10

7 460

57.

Navoiy shahri

20

19 725

58.

Nurota tumani

5

3 148

59.

Xatirchi tumani

12

8 900

Namangan viloyati

182

154 421

60.

Davlatobod tumani

7

6 625

61.

Kosonsoy tumani

15

10 500

62.

Mingbuloq tumani

5

3 400

63.

Namangan tumani

13

8 291

64.

Namangan shahri

36

30 220

65.

Norin tumani

10

9 756

66.

Pop tumani

20

23 100

67.

Toʻraqoʻrgʻon tumani

21

3 950

68.

Uychi tumani

8

8 394

69.

Uchqoʻrgʻon tumani

8

8 050

70.

Chortoq tumani

6

4 700

71.

Chust tumani

7

6 735

72.

Yangiqoʻrgʻon tumani

26

30 700

Samarqand viloyati

135

137 669

73.

Bulungʻur tumani

9

9 100

74.

Jomboy tumani

7

7 871

75.

Ishtixon tumani

13

12 695

76.

Kattaqoʻrgʻon tumani

18

19 400

77.

Qoʻshrabot tumani

7

7 500

78.

Narpay tumani

5

5 099

79.

Nurobod tumani

8

9 400

80.

Oqdaryo tumani

3

3 600

81.

Pastdargʻom tumani

2

2 000

82.

Payariq tumani

5

6 000

83.

Samarqand tumani

16

15 050

84.

Samarqand shahri

23

18 404

85.

Toyloq tumani

2

1 300

86.

Urgut tumani

17

20 250

Sirdaryo viloyati

13

8 445

87.

Boyovut tumani

9

6 095

88.

Guliston tumani

2

1 650

89.

Sayxunobod tumani

1

450

90.

Sardoba tumani

1

250

Surxondaryo viloyati

110

111 754

91.

Angor tumani

3

2 700

92.

Bandixon tumani

1

900

93.

Boysun tumani

2

650

94.

Denov tumani

19

21 950

95.

Jarqoʻrgʻon tumani

5

4 285

96.

Qiziriq tumani

3

3 500

97.

Qumqoʻrgʻon tumani

8

6 570

98.

Muzrabot tumani

5

5 250

99.

Oltinsoy tumani

16

16 880

100.

Sariosiyo tumani

15

13 184

101.

Termiz tumani

1

935

102.

Termiz shahri

8

8 050

103.

Uzun tumani

8

9 250

104.

Sherobod tumani

11

11 850

105.

Shoʻrchi tumani

5

5 800

Toshkent viloyati

84

87 603

106.

Bekobod tumani

2

1 550

107.

Bekobod shahri

2

1 500

108.

Boʻka tumani

5

5 628

109.

Zangiota tumani

1

1 200

110.

Qibray tumani

4

4 455

111.

Quyi Chirchiq tumani

3

3 560

112.

Oqqoʻrgʻon tumani

9

7 450

113.

Ohangaron tumani

5

6 000

114.

Ohangaron shahri

2

730

115.

Parkent tumani

10

11 020

116.

Piskent tumani

1

1 200

117.

Toshkent tumani

8

9 400

118.

Oʻrta Chirchiq tumani

2

2 200

119.

Chinoz tumani

8

8 070

120.

Chirchiq shahri

6

5 570

121.

Yuqori Chirchiq tumani

10

11 650

122.

Yangiyoʻl tumani

6

6 420

Toshkent shahri

44

43 610

123.

Mirzo Ulugʻbek tumani

4

4 080

124.

Olmazor tumani

6

7 046

125.

Chilonzor tumani

16

17 600

126.

Shayxontohur tumani

2

1 800

127.

Yunusobod tumani

14

10 684

128.

Yangihayot tumani

2

2 400

Fargʻona viloyati

201

226 238

129.

Beshariq tumani

5

5 450

130.

Bagʻdod tumani

25

29 675

131.

Buvayda tumani

8

9 475

132.

Dangʻara tumani

9

10 787

133.

Yozyovon tumani

4

3 660

134.

Qoʻshtepa tumani

18

20 992

135.

Quva tumani

15

16 660

136.

Quvasoy shahri

12

12 648

137.

Qoʻqon shahri

3

2 450

138.

Margʻilon shahri

2

1 550

139.

Oltiariq tumani

11

12 600

140.

Rishton tumani

14

15 900

141.

Toshloq tumani

8

7 985

142.

Oʻzbekiston tumani

37

43 240

143.

Uchkoʻprik tumani

12

13 273

144.

Fargʻona tumani

7

7 800

145.

Furqat tumani

11

12 094

Xorazm viloyati

83

77 609

146.

Bogʻot tumani

1

800

147.

Gurlan tumani

8

9 195

148.

Qoʻshkoʻpir tumani

20

21 749

149.

Urganch tumani

7

3 140

150.

Urganch shahri

13

11 700

151.

Hazorasp tumani

5

4 550

152.

Xiva tumani

3

1 725

153.

Shovot tumani

13

15 270

154.

Yangiariq tumani

7

4 130

155.

Yangibozor tumani

6

5 350

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-apreldagi PQ-117-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashabbusli budjetlashtirish jarayonini yanada takomillashtirish boʻyicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
CHORA-TADBIRLAR REJASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish shakli

Ijro muddatlari

Masʼul ijrochilar

1.

Ommaviy axborot vositalari orqali tashabbusli budjet jarayonlarini takomillashtirish boʻyicha kampaniyalar oʻtkazilishi yuzasidan eʼlonlar berish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2023-yil 15-mayga qadar

OʻzMTRK

(A. Xadjayev),

AOKA

(A. Xodjayev)

2.

Hududlarda fuqarolar va jamoat tashkilotlaridan tashabbusli budjet jarayonlarini takomillashtirish boʻyicha takliflar yigʻish.

Bunda:

har bir tumanda grafik asosida fuqarolar ishtirokida ochiq muhokamalar tashkil etish;

“Telegram” ijtimoiy tarmogʻida taklif va mulohazalarni qabul qilish uchun maxsus bot ishga tushirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2023-yil 15-iyunga qadar

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Sh. Kudbiyev)

3.

Xorijiy mutaxassislarni jalb etgan holda xalqaro amaliyotda respublikamizda kuzatilgan holatlarga oʻxshash muammolar va ularning yechimlari yuzasidan amalga oshirilgan ishlarni oʻrganish hamda munosib deb topilgan tajribalarni mamlakatimizda tatbiq etish maqsadida takliflar ishlab chiqish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2023-yil 15-iyul

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Sh. Kudbiyev)

4.

Kelib tushgan takliflarni OAV vakillari, bloger va mustaqil izlanuvchilar oʻrtasida muhokama qilish va tashabbusli budjet jarayoniga kiritiladigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar boʻyicha dastlabki roʻyxatni shakllantirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2023-yil 31-iyul

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Sh. Kudbiyev),

AOKA

(A. Xodjayev)

5.

Tashabbusli budjet jarayonlarini takomillashtirish boʻyicha ishlab chiqilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarni Oliy Majlis palatalarida muhokama qilish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2023-yil avgust

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Sh. Kudbiyev),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

Oliy Majlis palatalaridagi muhokama natijalariga koʻra umumlashtirilgan takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga taqdim etish.

Axborot xati

2023-yil avgust

6.

Tashabbusli budjet jarayonlarini tartibga solish boʻyicha amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga qoʻshimcha va oʻzgartirish kiritish yuzasidan normativ-huquqiy hujjat qabul qilish.

Bunda, quyidagilar nazarda tutiladi:

amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarni qayta koʻrib chiqish orqali “Ochiq budjet” tizimini takomillashtirish;

tashabbusli budjet doirasida ovoz berish tartibini yanada takomillashtirish boʻyicha keng muhokamalar oʻtkazish;

Jamoatchilik fikri asosida tadbirlarni shakllantirish, baholash, tanlab olish hamda ijrosini monitoring qilish boʻyicha ishchi komissiya tarkibini tanqidiy qayta koʻrib chiqish hamda hududlarda loyihalarni shakllantirish va saralash bosqichlarida turli xil maʼmuriy aralashuvlarning oldini olish maqsadida komissiya tarkibiga oʻzgartirishlar kiritish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil noyabr

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Sh. Kudbiyev)

7.

Tashabbusli budjet jarayonining 2023-yil birinchi mavsumida faol ishtirok etgan 10 nafar hokim yordamchisi hamda 20 nafar faol fuqarolarni Iqtisodiyot va moliya vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan ragʻbatlantirish, jumladan, esdalik sovgʻalari bilan taqdirlash choralarini koʻrish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2023-yil 1-may

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Sh. Kudbiyev)

8.

“Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarini jamoatchilik fikri asosida tashabbusli budjetlashtirish jarayonlari orqali amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil 15-aprel

Vazirlar Mahkamasi

(A. Djuraboyev)

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-apreldagi PQ-117-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalaridan va xalqaro tashkilotlarga aʼzolikdan kelib chiqadigan majburiyatlarini bajarish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4756-son qaroriga 1-ilovaning 13-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

13.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Sugʻurta nazoratchilari xalqaro uyushmasi

Qimmatli qogʻozlar komissiyalari xalqaro tashkiloti

Shaffoflik va soliq maqsadlarida axborot almashinuvi boʻyicha global forum

Pensiya va ijtimoiy jamgʻarmalar xalqaro assotsiatsiyasi

Xalqaro ijtimoiy taʼminot uyushmasi

”.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-apreldagi “Budjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5072-son qarorining 3-bandida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“tuman va shahar budjetlari qoʻshimcha mablagʻlarining kamida 30 foiz qismi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlarning viloyat budjetlari va Toshkent shahrining shahar budjetida shakllangan qoʻshimcha mablagʻlarning 30 foizi jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yoʻnaltiriladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) uchinchi xatboshi toʻrtinchi xatboshi deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-oktabrdagi “Jamoatchilik fikri asosida shakllantiriladigan loyihalarni moliyalashtirish koʻlamini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-409-son qarori 5-bandining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Bunda, 2023-yilga moʻljallangan dasturlarni tashabbusli budjetlashtirish jarayonlari orqali shakllantirish, loyihalar paketi uchun ajratiladigan mablagʻlarning cheklangan miqdorini 8 milliard soʻm etib belgilash, dasturlarni moliyalashtirish uchun har yili Davlat budjetidan kamida 4 trillion soʻm, 2023-yil uchun istisno tariqasida 2,7 trillion soʻm mablagʻ yoʻnaltirish nazarda tutilsin”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining “2023-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-471-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 18-bandning ikkinchi xatboshisidagi “1-aprelga qadar” soʻzlari “1-iyunga qadar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-pozitsiyasining “Ijro muddatlari” ustunidagi “2023-yil 1-mart” soʻzlari “2023-yil 1-iyul” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19-pozitsiyasining “Ijro muddatlari” ustunidagi “2023-yil 1-aprel” soʻzlari “2023-yil 1-iyun” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-pozitsiyaning “Ijro muddatlari” ustunidagi “2023-yil 1-aprel” soʻzlari “2023-yil 1-iyun” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-pozitsiyaning “Ijro muddatlari” ustunidagi “2023-yil 1-mart” soʻzlari “2023-yil 1-iyun” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.04.2023-y., 07/23/117/0207-son)