20.02.2023 yildagi 2-son
1. Sudlarga tushuntirilsinki, O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 5-moddasi va “O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasi to‘g‘risida”gi Qonunining 3-moddasi mazmuniga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi (bundan buyon matnda bojxona chegarasi deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasi bilan ustma-ust tushadi. O‘zbekiston Respublikasining quruqlikdagi hududi, hududiy va ichki suvlari hamda ular ustidagi havo hududi O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududini tashkil etadi.
2. Tovarlar va transport vositalarini bojxona chegarasidan o‘tkazish tartibi O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi (bundan buyon matnda BK deb yuritiladi) va boshqa qonunchilik, shuningdek xalqaro shartnomalar bilan qat’iy belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi (bundan buyon matnda JK deb yuritiladi) 182-moddasining birinchi qismi bo‘yicha jinoiy javobgarlik tovar va transport vositalarini ko‘p miqdorda qonunga xilof ravishda bojxona chegarasidan o‘tkazganlik uchun ma’muriy javobgarlikka tortilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 22719, 22720, 22721-moddalari va 22722-moddasining birinchi qismi) shaxs ma’muriy jazo qo‘llanilganidan so‘ng bir yil davomida yana shunday huquqbuzarliklardan birini ko‘p miqdorda sodir etgan holdagina kelib chiqadi.
JK 182-moddasi ikkinchi qismining “b”, “v” va “g” bandlarida nazarda tutilgan kvalifikatsiya belgilari mavjud bo‘lganda, jinoiy javobgarlik shaxsning ilgari ushbu harakatlari uchun ma’muriy javobgarlikka tortilgan-tortilmaganligidan qat’i nazar, bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikning buzilishi faqat ko‘p miqdorda bo‘lgan holdagina kelib chiqadi.
4. Quyidagilar, jumladan, JK 182-moddasida nazarda tutilgan jinoyat predmeti hisoblanadi:
BK 13-moddasida nazarda tutilgan tovarlar va transport vositalari;
5. JK 182-moddasi mazmuniga ko‘ra, tovarlar yoki boshqa qimmatliklarni (bundan buyon matnda tovarlar deb yuritiladi) qonunga xilof ravishda bojxona chegarasidan o‘tkazish, tovarlarni O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga olib kirish yoki mazkur hududdan olib chiqish tarzidagi harakatlarni quyidagi usullardan biri orqali sodir etishda ifodalanadi:
haqiqiy bo‘lmagan hujjatlarni bojxona organlariga taqdim etish, shuningdek qalbakilashtirilgan bojxona identifikatsiyalash vositalaridan (plombalar, muhrlar, tamg‘alar bosish, identifikatsiyalash belgilari, shtamplar va BK 197-moddasida nazarda tutilgan boshqa identifikatsiyalash vositalari) yoki boshqa tovarlarga tegishli haqiqiy identifikatsiyalash vositalaridan foydalanish tushunilishi lozim.
10. Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, JK 182-moddasida nazarda tutilgan jinoyatning tugallanish payti har bir muayyan ish bo‘yicha tovarlarni qonunga xilof ravishda bojxona chegarasidan o‘tkazish usulidan (bojxona nazoratini chetlab yoki bojxona nazoratidan yashirib yoxud bojxona hujjatlari yoki vositalariga o‘xshatib yasalgan hujjatlardan aldash yo‘li bilan foydalangan holda yoki deklaratsiyasiz yoxud boshqa nomga yozilgan deklaratsiyadan foydalanib) kelib chiqqan holda aniqlanishi kerak.
Hujjatning qalbaki ekanligini bila turib, uni bojxona organlariga haqiqiy hujjat sifatida taqdim etgan shaxsning harakati JK 182-moddasi bilan kvalifikatsiya qilinadi va qo‘shimcha ravishda JK 228-moddasi bilan kvalifikatsiya qilish talab qilinmaydi.
Agar bojxona chegarasini buzib o‘tish paytida aybdor tomonidan biror-bir shaxsning badaniga qasddan og‘ir, o‘rtacha og‘ir shikast yetkazilgan yoki u qasddan o‘ldirilgan yoki biror-bir tarzda mulkiy ziyon yetkazilgan bo‘lsa, qilmish JK 182-moddasi ikkinchi qismining “b” bandi va tegishlicha JK 97, 104, 105, 173-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlar majmui bo‘yicha kvalifikatsiya qilinishi lozim. Bunday holatlarda qasddan badanga yengil tan jarohati yetkazish, shuningdek xizmat vazifasini bajarayotgan xodimning qonuniy faoliyatiga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga faol qarshilik ko‘rsatish, o‘zining xizmat vazifasini bajarish yoki fuqaroviy burchini bajarishdan voz kechishga majbur qilinganida JK 182-moddasining ikkinchi qismi dispozitsiyasi bilan qamrab olinadi va tegishlicha JK 109 va 219-moddalari bilan qo‘shimcha kvalifikatsiya qilinishini talab etmaydi.
14. Tovarlarni qonunga xilof ravishda bojxona chegarasi orqali o‘tkazish uyushgan guruh tomonidan sodir etilgan deb topilgan hollarda JK 182-moddasi ikkinchi qismining “v” bandi bo‘yicha nafaqat tovarlarni bevosita bojxona chegarasidan o‘tkazgan, balki barcha uyushgan guruh a’zolarining (masalan, O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga qonunga xilof ravishda olib kirish maqsadida chet elda tovar xarid qilgan, bojxona nazorati punktida uni o‘tkazishda ko‘maklashgan yoki bojxona rasmiylashtiruvi vaqtida taqdim etilgan hujjatlarni qalbakilashtirgan, yukning qonunga xilofligini bila turib, transport ekspeditori sifatida qatnashgan uyushgan guruh a’zolari) harakatlari ham kvalifikatsiya qilinadi.
15. Jinoyatni o‘z xizmat lavozimidan foydalangan holda sodir etgan shaxs (JK 182-moddasi ikkinchi qismining “g” bandi) deb, xizmat burchiga ko‘ra bojxona chegarasi orqali o‘tkazilayotgan tovarlar ustidan bojxona nazoratini (hujjatlar va ma’lumotlarni tekshirish, og‘zaki so‘rov, bojxona ko‘rigi, bojxona identifikatsiyalashi, tovarlar hisobini yuritishni) amalga oshirishga majbur shaxs topilishi lozim. Bunday shaxslar qatoriga, shuningdek bojxona nazoratining muayyan shakllaridan BK 189-moddasiga asosan ozod etilgan va o‘z xizmat lavozimidan tovarlarni qonunga xilof ravishda bojxona chegarasi orqali o‘tkazish uchun foydalangan shaxslar ham kiradi.
Tovarlarni o‘z xizmat lavozimidan foydalangan holda qonunga xilof ravishda bojxona chegarasi orqali o‘tkazgan shaxslarning harakatlari JK 182-moddasi ikkinchi qismining “g” bandi bo‘yicha kvalifikatsiya qilinadi va Jinoyat kodeksining hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish (JK 19211, 205-moddalari), hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish (JK 206-moddasi) jinoyatlari uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi JK moddalari bilan qo‘shimcha kvalifikatsiya qilishni talab etmaydi.
Tushuntirilsinki, naqd valyutani bojxona chegarasi orqali o‘tkazish bilan bog‘liq jinoyatlar JK 182-moddasi bilan qamrab olinib, JK 177-moddasi bilan qo‘shimcha kvalifikatsiya qilish talab etilmaydi.
17. Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, JK 246-moddasiga muvofiq, bojxona nazoratini chetlab yoki bojxona nazoratidan yashirib yoxud bojxona hujjatlari yoki vositalariga o‘xshatib yasalgan hujjatlardan aldash yo‘li bilan foydalanib, deklaratsiyasiz yoki boshqa nomga yozilgan deklaratsiyadan foydalanib, kuchli ta’sir qiluvchi, zaharli, zaharlovchi, portlovchi moddalarni, radioaktiv materiallarni, portlatish qurilmalarini, qurol-yarog‘ni, o‘qotar qurolni, o‘q-dorilarni yoki o‘qotar qurolning asosiy qismlarini, shuningdek giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni, diniy ekstremizm, separatizm va aqidaparastlikni targ‘ib qiluvchi materiallarni, yadroviy, kimyoviy, biologik va ommaviy qirg‘in qurolining boshqa turlarini, shunday qurollarni yaratishda foydalanilishi mumkinligi ayon bo‘lgan material va moslamalarni, radioaktiv materiallarni (bundan buyon matnda kontrabanda ashyolari deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasidan o‘tkazish boshqa jinoyatni, ya’ni kontrabanda jinoyatining tarkibini tashkil etadi.
Bojxona chegarasi orqali JK 246-moddasining birinchi qismida qayd etilgan kontrabanda ashyolarini o‘tkazishda ifodalangan harakatlarni kvalifikatsiya qilishda kontrabanda predmetlari miqdori huquqiy ahamiyat kasb etmaydi.
Agar shaxs JK 182-moddasi ta’siriga tushuvchi tovarlarni bojxona chegarasi orqali o‘tkazish bilan bir qatorda kontrabanda jinoyatini sodir etsa, uning harakatlari JK 182 va 246-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlar majmui bilan kvalifikatsiya qilinadi.
20. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 8-iyundagi 191-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Dori vositalari va tibbiy buyumlarni jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy foydalanish uchun olib kirish hamda olib chiqish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomda belgilangan me’yorda psixotrop moddalar yoki giyohvandlik vositalarini bojxona chegarasi orqali olib o‘tishda jismoniy shaxsda tibbiyot muassasasi tomonidan davolash kursining tavsiya etiladigan miqdori ko‘rsatilgan hujjatlar mavjudligi jinoiy yoki ma’muriy javobgarlikni keltirib chiqarmaydi.
21. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 211-moddasiga muvofiq, hukm, jinoyat ishini tugatish to‘g‘risida ajrim (qaror) chiqarish paytida sud ish bo‘yicha ashyoviy dalil deb topilgan predmetlar, shu jumladan transport vositalari (konteynerlar)ning taqdirini hal etishi shart.
22. Shuni nazarda tutish lozimki, bojxona chegarasi orqali tovarlarni noqonuniy o‘tkazishda (JK 182-moddasi) foydalanilgan transport vositalari (konteynerlar) faqat tovarlar bojxona nazoratini chetlab yoki bojxona nazoratidan yashirib o‘tkazilgan holdagina jinoyat quroli deb topiladi.