30.01.2018 yildagi 66-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jismoniy shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi naqd valyutasi va naqd chet el valyutasini O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali olib kirish va olib chiqib ketish qoidalarini tasdiqlash haqida
(qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-avgustdagi 472-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.08.2020-y., 09/20/472/1155-son — 2020-yil 1-sentabrdan kuchga kiradi)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Ko‘chirma]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-avgustdagi 472-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.08.2020-y., 09/20/472/1155-son — 2020-yil 1-sentabrdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Jismoniy shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi naqd valyutasi va naqd chet el valyutasini O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali olib kirish va olib chiqib ketish qoidalari 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-avgustdagi 472-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.08.2020-y., 09/20/472/1155-son — 2020-yil 1-sentabrdan kuchga kiradi)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — “O‘zagrotexsanoatxolding” AJ boshqaruvi raisi N.S. Otajonov va O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi raisi M.V. Toxiriy zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 30-yanvar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
66-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 30-yanvardagi 66-son qaroriga
1-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jismoniy shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi naqd valyutasi va naqd chet el valyutasini O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali olib kirish va olib chiqib ketish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qoidalari
(ilova nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-avgustdagi 472-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.08.2020-y., 09/20/472/1155-son — 2020-yil 1-sentabrdan kuchga kiradi)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasining “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq jismoniy shaxslar (O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari va norezidentlari) tomonidan O‘zbekiston Respublikasining naqd valyutasini va naqd chet el valyutasini O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish va olib chiqib ketish tartibini belgilaydi.
(1-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-avgustdagi 472-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.08.2020-y., 09/20/472/1155-son — 2020-yil 1-sentabrdan kuchga kiradi)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qoidalar diplomatik daxlsizlikka ega bo‘lgan shaxslarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Jismoniy shaxslar tomonidan olib kirilayotgan va olib chiqib ketilayotgan 100 000 000 (yuz million) so‘m ekvivalentidan ortiq miqdordagi O‘zbekiston Respublikasining naqd valyutasi va (yoki) naqd chet el valyutasi (keyingi o‘rinlarda — naqd valyuta mablag‘lari) yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasini to‘ldirish va bojxona organi xodimiga taqdim etish yo‘li bilan bojxona nazoratidan o‘tkaziladi.
(2-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 4-sentabrdagi 443-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2023-y., 09/23/443/0677-son 2023 yil 6 dekabrdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasi to‘ldirilganda, olib kirilayotgan yoki olib chiqib ketilayotgan mablag‘larning jami summasi ko‘rsatiladi.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 4-sentabrdagi 443-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2023-y., 09/23/443/0677-son 2023 yil 6 dekabrdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Jismoniy shaxslar tomonidan olib kirilayotgan va olib chiqib ketilayotgan 100 000 000 (yuz million) so‘m ekvivalentiga teng yoki undan oshmaydigan miqdordagi naqd valyuta mablag‘lari ham deklaratsiya qilinishi mumkin.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 4-sentabrdagi 443-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2023-y., 09/23/443/0677-son 2023 yil 6 dekabrdan kuchga kiradi)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Naqd valyuta mablag‘larini olib kirish
(2-bobning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-avgustdagi 472-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.08.2020-y., 09/20/472/1155-son — 2020-yil 1-sentabrdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Jismoniy shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududiga bojxona nazorati qoidalariga rioya qilgan holda, naqd valyuta mablag‘larini olib kirish cheklanmagan miqdorda amalga oshiriladi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-avgustdagi 472-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.08.2020-y., 09/20/472/1155-son — 2020-yil 1-sentabrdan kuchga kiradi)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Naqd valyuta mablag‘larini olib chiqib ketish
(3-bobning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-avgustdagi 472-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.08.2020-y., 09/20/472/1155-son — 2020-yil 1-sentabrdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Jismoniy shaxslar tomonidan ekvivalenti 100 000 000 (yuz million) so‘mga teng yoki undan oshmaydigan miqdordagi naqd valyuta mablag‘larini O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga bojxona nazorati qoidalariga rioya etilgan holda cheklovlarsiz olib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilangan summadan ortiq miqdordagi naqd valyuta mablag‘larining O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga olib chiqilishiga yo‘l qo‘yilmaydi, ushbu qoidalarning 6-bandida belgilangan holatlar bundan mustasno.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-avgustdagi 472-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.08.2020-y., 09/20/472/1155-son — 2020-yil 1-sentabrdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Jismoniy shaxslar tomonidan ekvivalenti 100 000 000 (yuz million) so‘mdan ortiq miqdordagi naqd valyuta mablag‘larini O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqishga quyidagi holatlarda yo‘l qo‘yiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) rezidentlar tomonidan — xorijiy davlatlarga xizmat safariga ketayotgan Hukumat delegatsiyasi a’zolari uchun Vazirlar Mahkamasining farmoyishi asosida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) norezidentlar tomonidan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasiga kirish chog‘ida rasmiylashtirilgan yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasi asosida deklaratsiya qilingan mablag‘lar doirasida. Bunda norezident jismoniy shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasiga kirish chog‘ida to‘ldirilgan yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilgan naqd valyuta mablag‘larining respublika hududida qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiq foydalanilmagan qoldiq miqdori doirasidagi naqd valyuta mablag‘larini O‘zbekiston Respublikasi hududidan olib chiqishga yo‘l qo‘yiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublikada belgilangan tartibda tashkil qilingan xalqaro musobaqalar (tanlovlar, olimpiadalar) sovrindorlari yoki qatnashchilari tomonidan mablag‘larning qonuniyligini tasdiqlovchi hujjatlar asosida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasiga kirish chog‘ida rasmiylashtirilgan yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasi asosida olib kirilgan zargarlik buyumlarini “Termiz xalqaro savdo markazi” erkin savdo zonasi hududida sotishdan olingan naqd chet el valyutasi doirasida. Bunda respublika hududiga olib kirilgan zargarlik buyumlarining nomi, o‘lchov birligi va miqdori ko‘rsatilgan yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasi hamda ushbu buyumlarni sotib olgan yuridik shaxs (sotib olish punkti) tomonidan tasdiqlangan hujjat (yuk xati) naqd chet el valyutasini olib chiqish uchun asos bo‘ladi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-yanvardagi 40-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.02.2026-y., 09/26/40/0112-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Ekvivalenti 100 000 000 (yuz million) so‘mdan ortiq bo‘lgan naqd valyuta mablag‘larini olib chiqib ketish uchun asos bo‘lgan hujjatni boshqa shaxslarga berishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jismoniy shaxslar tomonidan naqd valyuta mablag‘larini O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqib ketish uchun asos bo‘ladigan hujjatlardan bir marotaba foydalanishga yo‘l qo‘yiladi va ushbu hujjatlar kelgusida naqd valyuta mablag‘larini takroran olib chiqib ketish uchun asos hisoblanmaydi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-avgustdagi 472-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.08.2020-y., 09/20/472/1155-son — 2020-yil 1-sentabrdan kuchga kiradi)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Jismoniy shaxslar O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasidan o‘tayotganlarida naqd valyuta mablag‘larining haqqoniy va to‘g‘ri deklaratsiyalanganligi uchun qonunchilikda belgilangan tartibda javob beradilar.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
81. Jismoniy shaxslar deklaratsiya to‘ldirish talab etiladigan belgilangan ekvivalentdan ortiq miqdordagi naqd valyuta mablag‘larini bojxona nazorati shakllari qo‘llanilmasdan oldin deklaratsiyalamagan holda bojxona organlari xodimlariga maslahat olish maqsadida taqdim etganda, bojxona organlari xodimlari tomonidan jismoniy shaxslarga deklaratsiya to‘ldirish qoidalari bilan bog‘liq umumiy tushuntirishlar beriladi.
(81-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 4-sentabrdagi 443-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2023-y., 09/23/443/0677-son 2023 yil 6 dekabrdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Jismoniy shaxs bojxona organlari xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda shikoyat qilishlari mumkin.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 30-yanvardagi 66-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanayotgan ayrim qarorlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
RO‘YXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Respublikada naqd xorijiy valyutaning muomalada bo‘lishini tartibga solish chora-tadbirlarini amalga oshirish to‘g‘risida” 1996-yil 31-oktabrdagi 376-son qarori.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlarini to‘liq yoki qisman o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash hamda ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 1998-yil 16-apreldagi 161-son qaroriga 2-ilovaning 9-bandi.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-avgustdagi PF-111-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegaralari orqali jismoniy shaxslar tomonidan naqd xorijiy valyutani olib kirish va olib chiqib ketish tartibiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida” 2009-yil 5-oktabrdagi 268-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2009-y., 41-son, 442-modda).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida” 2016-yil 20-yanvardagi O‘RQ-400-son hamda “O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida” 2016-yil 20-yanvardagi O‘RQ-401-son qonunlari)“ 2016-yil 20-iyundagi 211-son qaroriga 1-ilovaning 3-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 6-son, 59-modda).
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.02.2018-y., 09/18/66/0635-son; 11.08.2020-y., 09/20/472/1155-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 05.09.2023-y., 09/23/443/0677-son; 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son; 05.02.2026-y., 09/26/40/0112-son)