08.06.2016 yildagi 191-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dori vositalari va tibbiy jihozlarni jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy foydalanish uchun olib kirish hamda olib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida
(qarorning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar toʻgʻrisida”, “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, undan olib chiqish va tranzit tarzida oʻtkazish tartibini, shuningdek ularning muomalada boʻlishi yuzasidan nazoratni takomillashtirish toʻgʻrisida” 2015-yil 12-noyabrdagi 330-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Dori vositalari va tibbiy jihozlarni jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy foydalanish uchun olib kirish hamda olib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi dori vositalari va tibbiy jihozlar shaxsiy foydalanish uchun olib kirilishi hamda olib chiqilishining belgilangan tartibiga jismoniy shaxslar tomonidan rioya etilishi ustidan nazorat oʻrnatsin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2016-yil 8-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
191-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 8-iyundagi 191-son qaroriga
ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dori vositalari va tibbiy jihozlarni jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy foydalanish uchun olib kirish hamda olib chiqish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
(ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar toʻgʻrisida”, “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, undan olib chiqish va tranzit tarzida oʻtkazish tartibini, shuningdek ularning muomalada boʻlishi yuzasidan nazoratni takomillashtirish toʻgʻrisida” 2015-yil 12-noyabrdagi 330-son qaroriga muvofiq dori vositalari, shu jumladan giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar va tibbiy jihozlar shaxsiy foydalanish uchun jismoniy shaxslar tomonidan olib kirilishi va olib chiqilishi tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dori vositalari — kasalliklar profilaktikasi, ularga tashxis qoʻyish va ularni davolash, shuningdek odam organizmining holati va funksiyalarini oʻzgartirish uchun tibbiyot amaliyotida qoʻllanilishiga ruxsat etilgan dori moddalari (substansiyalar) va yordamchi moddalar asosida olingan vositalar, dori moddalari (substansiyalar), dori preparatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsiy foydalanish uchun tovarlar — bojxona chegarasi orqali oʻtadigan jismoniy shaxslarning ehtiyojlari uchun shaxsiy, oilaviy, uy ehtiyojlari va tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlmagan boshqa ehtiyojlar uchun moʻljallangan tovarlar;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tibbiy jihozlar — kasalliklar profilaktikasi, tashxis qoʻyish, davolash, bemorlarni reabilitatsiya qilish va (yoki) sanab oʻtilgan jarayonlarni taʼminlash uchun, shuningdek, odam organizmining holati va funksiyalarini aniqlash, tiklash, almashtirish hamda oʻzgartirish, monitoring qilish, homiladorlikning oldini olish uchun tibbiyot amaliyotida qoʻllanishiga ruxsat etilgan, qoʻllanishi natijasida odam organizmiga farmakologik, immunologik yoki metabolik taʼsir koʻrsatmaydigan, ayrim holda majmua yoki tizimlar sifatida qoʻllanadigan jihozlar, apparatlar, uskunalar, priborlar, asboblar, qurilmalar, majmualar va dasturiy taʼminotlar;
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dori preparatlari — dozalangan, idishga joylangan-oʻralgan, qoʻllashga tayyor dori vositalari;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsiy foydalanish uchun dori vositalari va tibbiy jihozlarni olib kirish, olib chiqish — dori vositalari va tibbiy jihozlarni, shu jumladan giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni boshqa davlat hududidan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga yoki Oʻzbekiston Respublikasi hududidan boshqa davlat hududiga olib oʻtish;
(2-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gomeopatik dori vositalari — bir — yoki koʻp komponentli — har xil dori shakllari tarzidagi maxsus texnologiya boʻyicha ishlab chiqariladigan peroral, inyeksiyali yoki mahalliy qoʻllash uchun moʻljallangan, qoidaga koʻra, tarkibida aktiv birikmalar mikrodozasi mavjud boʻlgan preparatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eritma — ichki va tashqi qoʻllash uchun, shuningdek inyeksiyalar uchun foydalaniladigan suyuq, qattiq yoki gazsimon moddalarni tegishli eritgichda eritish yoʻli bilan olinadigan suyuq dori shakli;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
infuzion eritmalar — organizmga qon tomirlari orqali yuborish uchun moʻljallangan suyuq eritmalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
inyeksiyalar uchun eritmalar — tegishli eritgichdagi dori vositalarining sterillangan suvli va (yoki) suvli boʻlmagan eritmalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashqi dorilar — malham dori, emulsiya, linimentlar, losonlar, jelelar, gellar, koʻpiklar, pastalar, eritmalar, aralashmalar, kukunlar, damlamalar, aerozollar va tashqi qoʻllash uchun moʻljallangan dorilarning boshqa shakllari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Dori vositalari va tibbiy jihozlarni jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy foydalanish uchun olib kirish va olib chiqish tartibi
(II boʻlimning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Dori vositalarini va tibbiy jihozlarni quyidagi hollarda davlat roʻyxatidan oʻtkazmasdan hamda bojxona rasmiylashtiruvisiz olib kirish va olib chiqishga ruxsat beriladi, agar ular:
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mamlakatda boʻlish davrida jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy foydalanish uchun moʻljallangan boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi hududida va uning hududidan tashqarida yashab turgan bemorni davolash-profilaktika muassasasi tomonidan tasdiqlangan tibbiy koʻrsatma asosida, davolash kursi doirasida davolash uchun moʻljallangan boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
diplomatik vakolatxonalarning va ularga tenglashtirilgan vakolatxonalarning diplomatik hamda maʼmuriy-texnik xodimlari, shu jumladan ular bilan birga yashab turgan oila aʼzolarining shaxsiy foydalanishi uchun moʻljallangan boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirib kelayotgan yoki uning hududidan chiqib ketayotgan transport vositasining yoʻlovchilariga birinchi tibbiy yordam koʻrsatish uchun moʻljallangan va tibbiy dorilar qutichasi tarkibiga kiritilgan boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasida va uning tashqarisida oʻtkaziladigan xalqaro ilmiy, madaniy, sport tadbirlari ishtirokchilarini hamda xalqaro ekspeditsiyalar ishtirokchilarini davolash uchun moʻljallangan boʻlsa.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ushbu Nizomning 3-bandida nazarda tutilgan hollarda dori vositalari va tibbiy jihozlar jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy foydalanish uchun olib kirilishi va olib chiqilishida faqat koʻrsatib oʻtilgan shaxslarga tibbiy yordam koʻrsatish uchun foydalanilishi va sotish uchun boshqa shaxslarga berilmasligi kerak.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Yashash yoki boʻlish mamlakati tibbiyot muassasasi tomonidan berilgan hujjat taqdim etilmasdan quyidagilar jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy foydalanish uchun olib kiriladi va olib chiqiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turli nomdagi 10 tagacha dori preparatlaridan iborat dori vositalari va ularning har biri uchun 5 oʻramdan ortiq boʻlmagan dori vositalari;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5 birlikdan ortiq boʻlmagan tibbiy jihozlar.
(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda bir oʻramda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qattiq (tabletkalar, drajelar, granulalar, kukunlar, kapsulalar) dori shakllari uchun — 100 birlikdan ortiq emas;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eritma tayyorlash uchun qoʻllaniladigan kukunlar uchun — 500 grammdan ortiq emas;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
granula shakldagi gomeopatik dori vositalari uchun — 50 grammdan ortiq emas;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
infuzion eritmalar va oral (ogʻiz orqali) qoʻllaniladigan eritmalar uchun — 500 millilitrdan ortiq emas;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
inyeksiyalar uchun eritmalar — 10 ampuladan yoki 10 flakondan ortiq emas;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashqi dorilar uchun — 200 millilitrdan yoki 200 grammdan ortiq emas.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dori vositalari va tibbiy jihozlar ishlab chiqaruvchining oʻramida boʻlishi kerak.
(5-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda mazkur bandda keltirilgan dori vositalarini olib oʻtishda jismoniy shaxslar tomonidan bojxona chegarasi orqali olib oʻtilayotgan dori vositalarining qanday maqsadga moʻljallanganligini aniqlash, yaʼni ularning miqdori, olib oʻtishning takroriyligi, safarning maqsadi va uning davomiyligi hisobga olinadi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-noyabrdagi 700-sonli qaroriga asosan oʻn ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.11.2025-y., 09/25/700/1022-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 8-fevral)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Jismoniy shaxslar tomonidan dori vositalari ushbu Nizomning 5-bandida koʻrsatilgan meʼyordan ortiq miqdorda bojxona chegarasi orqali olib kirishda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasi bilan birga bojxona organlariga dori vositalari uchun boʻlish yoki yashash mamlakatining tibbiyot muassasasidan bemor uchun moʻljallangan dori vositasining nomini, uning dorivor shaklini va davolash kursiga tavsiya qilingan miqdori koʻrsatilgan holdagi hujjatini hamda qonunchilik hujjatlariga muvofiq ruxsatnoma olmasdan olib kirishga ruxsat berilgan meʼyordan ortgan biologik faol qoʻshimchalar uchun Sogʻliqni saqlash vazirligining tegishli ruxsatnomasini taqdim etishi shart.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-noyabrdagi 700-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.11.2025-y., 09/25/700/1022-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 8-fevral)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Xalqaro qatnaydigan dengiz (daryo) kemalarida, samolyotlarda tibbiy dorilar qutichasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarining cheklangan miqdorini olib kirish va olib chiqish tegishli transport vositalari roʻyxatdan oʻtkazilgan davlatning qonunchilikda belgilangan nazorat choralariga rioya etilgan holda litsenziyasiz amalga oshiriladi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Tarkibida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar boʻlgan dori vositalarini jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy foydalanish uchun olib kirish va olib chiqish Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 12-noyabrdagi 330-son qarori bilan tasdiqlangan roʻyxatlarga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Giyohvandlik vositalarini 7 sutkalik ehtiyojdan ortiq boʻlmagan miqdorda olib chiqishga tibbiyot muassasasining davolash-maslahat komissiyasining muhri bilan tasdiqlangan xulosasi mavjud boʻlganda ruxsat beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Giyohvandlik vositalarini 7 sutkalik ehtiyojdan ortiq boʻlmagan miqdorda olib kirishga yashash yoki boʻlish mamlakatining tibbiyot muassasasi tomonidan berilgan, davolash kursining tavsiya etiladigan soni koʻrsatilgan hujjatlar mavjud boʻlganda ruxsat beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy foydalanish uchun psixotrop moddalarni yashash yoki boʻlish mamlakatining tibbiyot muassasasi tomonidan berilgan hujjat taqdim etilmasdan turli nomdagi 5 tagacha davolash preparatlarini va ulardan har birining ikkitadan ortiq boʻlmagan oʻramini davolash kursi doirasida olib kirish va olib chiqishda ruxsat beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Oʻtkazish punktlarida bojxona chegarasini kesib oʻtishda jismoniy shaxslar ularda giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar borligini deklaratsiyada qayd etishlari shart, bunda giyohvandlik vositalari uchun — bojxona organiga jismoniy shaxsning yashash yoki boʻlish mamlakati tibbiyot muassasasi tomonidan berilgan, dori vositasining nomi, uning dori shakli va davolash kursining tavsiya etiladigan soni koʻrsatilgan hujjat taqdim etilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Oʻzbekiston Respublikasi bojxona organlari tibbiyot muassasasi tomonidan berilgan hujjatlar mavjudligini va ularda koʻrsatilgan maʼlumotlarning jismoniy shaxsdagi giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning nomlariga va soniga muvofiqligini belgilangan tartibda nazorat qiladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Jismoniy shaxslar tomonidan tibbiyot muassasasi tomonidan berilgan hujjatda va bojxona organiga bildirilgan giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar nomlari va sonidan ortiq boʻlgan taqdirda ortiqchasi olib qoʻyilishi va belgilangan tartibda yoʻq qilinishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Yakunlovchi qoida
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Jismoniy shaxs dori vositalari va tibbiy jihozlarni, shu jumladan giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy foydalanish uchun olib kirish va olib chiqishda taqdim etilgan maʼlumotlarning ishonchliligi uchun javob beradilar.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 24-son, 283-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 07.11.2025-y., 09/25/700/1022-son; 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)