Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.06.2019 01.03.2004 yildagi 96-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.06.2019
Hujjat 01.03.2004 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

ELEKTR ENERGETIKADA NAZORAT BOʻYIChA DAVLAT AGENTLIGINI ELEKTR ENERGETIKADA NAZORAT BOʻYIChA DAVLAT INSPEKSIYASIGA AYLANTIRISh TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-iyundagi 520-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi faoliyatini va Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energetikada nazorat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika davlat boshqaruvi organlari tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2003-yil 9-dekabrdagi PF-3358-son Farmoniga muvofiq va elektr energetikada nazorat tizimini yanada tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 9-dekabrdagi PF-3358-son Farmoniga muvofiq Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat agentligi Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi (“Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi)ga aylantirilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektr energiyasi, issiqlik energiyasi oqilona va samarali ishlab chiqarilishi, uzatilishi, isteʼmol qilinishi va koʻmirdan foydalanishni nazorat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektr energiyasi, issiqlik energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, isteʼmol qilishda va koʻmirdan foydalanishda xavfsizlik taʼminlanishiga yoʻnaltirilgan oldini olish chora-tadbirlari amalga oshirilishini nazorat qilish;

elektr energiyasi, issiqlik energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, isteʼmol qilish va koʻmirdan foydalanish sohasida zarur normativ hujjatlar va qoidalarni ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
energetika tekshiruvlari va ekspertizalari oʻtkazish boʻyicha faoliyatni litsenziyalash.
Keyingi tahrirga qarang.

3. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasining tashkiliy tuzilmasi, uning xodimlarning cheklangan soni 42 nafar, shu jumladan boshqaruv xodimlari 12 nafar boʻlgan markaziy apparati tuzilmasi 1 va 2-ilovalarga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi hududiy boʻlimi tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi (“Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi) toʻgʻrisidagi nizom 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi boshligʻiga, zarurat boʻlganda, boshqaruvning markaziy apparati va inspeksiyaning hududiy boʻlimlari tuzilmasiga xodimlarning belgilangan soni va taʼminot xarajatlari smetasi doirasida oʻzgartirishlar kiritishga ruxsat berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilansinki, Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi (“Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi) Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat agentligining huquqlari va majburiyatlari boʻyicha uning huquqiy vorisi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Quyidagicha tartib saqlab qolinsin, unga koʻra “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi faoliyatini moliyalashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda har yili tasdiqlanadigan xarajatlar smetasi boʻyicha:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining majburiy ajratmalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining “Yoqilgʻi-energetika resurslaridan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun iqtisodiy jazolarni qoʻllash toʻgʻrisida” 1994-yil 9-martdagi 124-son qarorida belgilangan tartibga muvofiq elektr va issiqlik energiyasidan foydalanish qoidalari buzilganligi uchun iqtisodiy jazolar qoʻllashdan tushadigan mablagʻlarning bir qismi hisobiga amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasini moliyalashtirish uchun mablagʻlarni nazarda tutsin, ushbu mablagʻlar Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-fevraldagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 1.1.4-bandiga muvofiq ishlab chiqarishning moddiy xarajatlariga kiritilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 5-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin va baʼzi qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi, “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda idoraviy normativ hujjatlarning mazkur qarorga muvofiqlashtirilishini taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2004-yil 1-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
96-son

Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 1-martdagi 96-son qaroriga
1-ILOVA

Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasining tashkiliy tuzilmasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 1-martdagi 96-son qaroriga
2-ILOVA

Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi markaziy apparatining tuzilmasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 1-martdagi 96-son qaroriga
3-ILOVA

Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasining hududiy boʻlimi tuzilmasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

‎‏Hududiy boʻlimlar

‎‏Xodimlarning umumiy cheklangan soni

‎‎shu jumladan:‎

ishlab chiqarish xodimlari‎

yordamchi
‎xodimlar‎

Qoraqalpogʻiston Respublikasi‎

9‎

7‎

2‎

Andijon‎

11‎

9‎

2‎

Buxoro‎

11‎

8‎

3‎

Jizzax‎

8‎

6‎

2‎

Qashqadaryo‎

12‎

10‎

2‎

Navoiy‎

10‎

8‎

2‎

Namangan‎

12‎

10‎

2‎

Samarqand‎

13‎

11‎

2‎

Surxondaryo‎

12‎

10‎

2‎

Sirdaryo‎

8‎

6‎

2‎

Toshkent‎

18‎

14‎

4‎

Fargʻona‎

14‎

12‎

2‎

Xorazm‎

8‎

6‎

2‎

Toshkent shahri‎

22‎

19‎

3‎

Jami:‎

168‎

136‎

32‎

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 1-martdagi 96-son qaroriga
4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi (“Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi) toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda matnda “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi” deb yuritiladi) elektr energiyasi, issiqlik energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, isteʼmol qilish va koʻmirdan foydalanish sohasida normalar va qoidalarga rioya etilishini nazorat qiluvchi davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi tizimiga Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi, Oʻzbekiston Respublikasining Andijon, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan, Samarqand, Surxondaryo, Sirdaryo, Toshkent, Fargʻona, Xorazm viloyatlaridagi hududiy boʻlimlar va Toshkent shahar boʻlimi kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hududiy boʻlimlar mahalliy davlat hokimiyati organlaridan mustaqildir va bevosita “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasiga hisobot beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari va boshqa hujjatlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga hamda mazkur Nizomga amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi oʻz faoliyatini “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi va davlat boshqaruvining boshqa organlari, huquqni muhofaza qilish organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, jamoat birlashmalari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi va uning hududiy boʻlimlarining moddiy-texnika taʼminoti hamda “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi tizimi xodimlari mehnatiga haq toʻlash har oyda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har yili tasdiqlanadigan, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan xarajatlar smetasi boʻyicha “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining majburiy ajratmalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining “Yoqilgʻi-energetika resurslaridan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun iqtisodiy jazolarni qoʻllash toʻgʻrisida” 1994-yil 9-martdagi 124-son qarorida belgilangan tartibga muvofiq, elektr va issiqlik energiyasidan foydalanish qoidalari buzilganligi uchun iqtisodiy jazolar qoʻllanilishidan tushadigan mablagʻlarning bir qismi hisobiga amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi yuridik shaxs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi yozilgan muhrga ega boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasining vazifalari va funksiyalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Quyidagilar “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektr energiyasi, issiqlik energiyasi oqilona va samarali ishlab chiqarilishi, uzatilishi, isteʼmol qilinishi va koʻmirdan foydalanish ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektr energiyasi, issiqlik energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, isteʼmol qilishda va koʻmirdan foydalanishda xavfsizlik taʼminlanishiga yoʻnaltirilgan oldini olish chora-tadbirlari amalga oshirilishini nazorat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektr energiyasi, issiqlik energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, isteʼmol qilish va koʻmirdan foydalanish sohasida zarur normativ hujjatlar va qoidalar ishlab chiqilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
energetika tekshiruvlari va ekspertizalari oʻtkazish boʻyicha faoliyatni litsenziyalash.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) belgilangan tartibda quyidagilarni tekshiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga, energiya ishlab chiqarish, uzatish va isteʼmol qilish sohasidagi normativ hujjatlar va qoidalarga rioya etilishi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korxonalar, tashkilotlar va muassasalarda energiya isteʼmolchilari tomonidan elektr, issiqlik energiyasi va koʻmirdan oqilona va samarali foydalanilishi hamda ularni sarflash normalariga rioya etilishi, elektr, issiqlik energiyasi va koʻmirdan foydalanish boʻyicha koʻrsatmalar va yoʻriqnoma hujjatlarga ular tomonidan rioya etilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
isteʼmolchilarning elektr va issiqlikdan foydalanuvchi qurilmalarining texnik holati, elektr stansiyalari, yordamchi stansiyalar va tarmoqlarda texnikadan foydalanish va texnika xavfsizligi qoidalariga rioya etilishi;

elektr stansiyalari, tarmoqlar va yordamchi stansiyalar qurayotgan qurilish-montaj tashkilotlari tomonidan belgilangan texnologiya talablarining ular tomonidan taʼminlanishi yuzasidan normalar va qoidalar talablariga rioya etilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nazorat ostidagi energiya isteʼmol qiluvchi obyektlar qurilishi, rekonstruksiya qilinishi va ularni texnika bilan qayta jihozlash loyihalarining energiya va koʻmirdan oqilona va samarali foydalanish talablariga muvofiqligi;

nazorat ostidagi obyektlarning energiya isteʼmol qiluvchi qurilmalarida rejim-sozlash ishlari bajarilishining sifati;

korxonalar, tashkilotlar, muassasalar tomonidan elektr va issiqlik energiyasi isteʼmoli hisobi yuritilishining holati, shuningdek elektr qurilmalarini energiya bilan taʼminlovchi tashkilotlar tarmoqlariga ulashning texnik shartlari isteʼmolchilar tomonidan bajarilishi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korxonalar, tashkilotlar, muassasalar tomonidan ishlab turgan va foydalanishga topshirilayotgan, shuningdek rekonstruksiya qilinayotgan hamda zamonaviylashtirilayotgan koʻp energiya talab qiladigan qurilmalar va asbob-uskunalarning balans energetika sinovlari oʻtkazilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektr energiyasi va koʻmir ishlab chiqarish, ularni taqsimlash va isteʼmol qilish balanslariga rioya etilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sanoat korxonalarining va ularga tenglashtirilgan elektr energiyasi isteʼmolchilarining elektr qurilmalarida reaktiv quvvat kompensatsiyasining maqbul darajasi taʼminlanishi;

b) quyidagilarda qatnashadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektr energetika tarmogʻini va koʻmir sanoatini rivojlantirishning konsepsiyalari va milliy dasturlarini ishlab chiqish, shuningdek energiyani tejaydigan tadbirlar, dasturlar va loyihalarni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihalar ekspertizasi va yangidan qurilgan va rekonstruksiya qilingan obyektlarni elektr energiyasi ishlab chiqarish, uzatish va isteʼmol qilish xavfsizligini taʼminlash yuzasidan foydalanishga qabul qilib olish ishlari, shuningdek isteʼmol obyektlarining energiya taʼminoti loyihalarini ularning ishonchliligi, xavfsizligi va texnik shartlarga muvofiqligini hisobga olgan holda kelishadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektr energiyasini isteʼmolchilarga berishda elektr energiyasi sarfi normativlarini ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nazorat ostidagi korxonalar va obyektlarni foydalanishga qabul qilib olish boʻyicha davlat komissiyalari tarkibida qatnashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy tadqiqotlar, shu jumladan tiklanadigan energiya manbalari dasturlarini tuzish va kelishish hamda tegishli oʻquv yurtlarida energetika obyektlari (qurilmalar, asbob-uskunalar, tizimlar va apparatlar)ni loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni taʼmirlashda xavfsizlik masalalari boʻyicha mutaxassislar tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nazorat ostidagi obyektlardagi baxtsiz hodisalar va halokatlarni tekshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) belgilangan tartibda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
energiya ishlab chiqarish, uzatish va isteʼmol qilish hamda koʻmirdan foydalanish sohasida normativ hujjatlar va qoidalarni davlat boshqaruvi organlarining koʻrib chiqishi uchun kiritadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
energiya ishlab chiqarish, uzatish va isteʼmol qilishga doir talablar mavjud boʻlgan respublika standartlari loyihalarini elektr xavfsizligi va energiya samaradorligi yuzasidan koʻrib chiqadi va kelishadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nazorat ostidagi obyektlar xodimlarini tayyorlash va ushbu obyektlarda ishlarning bexatar olib borilishi va mehnat muhofazasi taʼminlanishi masalalari boʻyicha ularning bilimlarini tekshirish tartibini belgilaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
energiya ishlab chiqarish, uzatish va isteʼmol qilish hamda koʻmirdan foydalanish yuzasidan texnik talablarni belgilaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi organlari nazorati ostida boʻlgan obyektlarda ishlab chiqarishning xavfsizligi boʻyicha xorijiy texnologiyalarni qoʻllash mumkinligi toʻgʻrisida ekspert xulosasi beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yagona energetika tizimiga ulanadigan turgʻun elektr stansiyalarida elektr energiyasi ishlab chiqarishni litsenziyalash boʻyicha ishchi organ funksiyasini bajaradi hamda litsenziyalash shartlari bajarilishini nazorat qiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
energetika tekshiruvlari va ekspertizalari oʻtkazish boʻyicha faoliyatni litsenziyalaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bevosita, shuningdek unga qarashli hududiy boʻlinmalar orqali belgilangan tartibda hal etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasining huquqlari va javobgarligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) quyidagilar ustidan nazoratni amalga oshirish:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga, energetika sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korxonalar, tashkilotlar va muassasalarda energiya isteʼmolchilari tomonidan elektr, issiqlik energiyasi va koʻmirdan oqilona va samarali foydalanilishi hamda ular sarfi normalariga rioya etilishi, ular tomonidan elektr, issiqlik energiyasi va koʻmirdan foydalanish boʻyicha koʻrsatmalar va yoʻriqnoma hujjatlarga rioya etilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
isteʼmolchilarning elektr va issiqlikdan foydalanuvchi qurilmalarining texnik holati, elektr stansiyalari, yordamchi stansiyalar va tarmoqlarda texnikadan foydalanish va texnika xavfsizligi qoidalariga rioya etilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korxonalar, tashkilotlar, muassasalar tomonidan elektr va issiqlik energiyasi isteʼmoli hisobi yuritilishining holati, shuningdek elektr qurilmalarini energiya bilan taʼminlovchi tashkilotlar tarmoqlariga ulashning texnik shartlari isteʼmolchilar tomonidan bajarilishi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sanoat korxonalarining va ularga tenglashtirilgan elektr energiyasi isteʼmolchilarining elektr qurilmalarida reaktiv quvvat kompensatsiyasining maqbul darajasi taʼminlanishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziatlar tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektr energiyasining elektr bilan isitish maqsadlarida qoʻllanilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) belgilangan tartibda quyidagilarni tekshiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektr stansiyalari, tarmoqlar va yordamchi stansiyalar qurayotgan qurilish-montaj tashkilotlari tomonidan belgilangan texnologiya talablari ular tomonidan taʼminlanishi yuzasidan normalar va qoidalar talablariga rioya etilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nazorat ostidagi energiya isteʼmol qiluvchi obyektlar qurilishi, rekonstruksiya qilinishi va ularni texnika bilan qayta jihozlash loyihalarining energiya va koʻmirdan oqilona va samarali foydalanish talablariga muvofiqligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nazorat ostidagi obyektlarning energiya isteʼmol qiluvchi qurilmalarida rejim-sozlash ishlari bajarilishining sifati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korxonalar, tashkilotlar, muassasalar tomonidan ishlab turgan va foydalanishga topshirilayotgan, shuningdek rekonstruksiya qilinayotgan va zamonaviylashtirilayotgan koʻp energiya talab qiladigan qurilmalar va asbob-uskunalarda balans energetika sinovlari oʻtkazilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obyektlarda mutaxassislar va ishchilarning xavfsizlik qoidalari va normalarini, texnologiya ish tartiblarini va mehnatni muhofaza qilish boʻyicha yoʻriqnomalarni bilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korxonalar rahbarlari va muhandis-texnik xodimlarining xavfsizlik va mehnatni muhofaza qilish normalari va qoidalarini bilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) zarurat boʻlganda, vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlar tomonidan asbob-uskunalar va materiallarning nazorat sinovlari, loyiha va loyiha-konstruktorlik yechimlarining mustaqil ekspertizasi oʻtkazilishini tayinlash hamda elektr energiyasi elektr bilan isitish maqsadlarida qoʻllanilganda elektr taʼminoti loyihalarini kelishish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) vazirliklar, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, tashkilotlar va korxonalardan “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi vakolatiga tegishli boʻlgan masalalar boʻyicha zarur maʼlumotlar va materiallarni, shuningdek energiya ishlab chiqarish va isteʼmol qilishda joriy nazorat jarayonida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha tadbirlar bajarilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) nazorat ostidagi korxonalar va tashkilotlar rahbarlariga qonun hujjatlari, qoidalar va normalarning aniqlangan buzilishlarini bartaraf etish toʻgʻrisida bajarilishi majburiy boʻlgan yozma koʻrsatmalar berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha belgilangan tartibda normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) xavfsizlik qoidalari va normalari buzilgan holda olib borilayotgan ishlarni toʻxtatib qoʻyish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
z) energiya qurilmalaridan foydalanish boʻyicha qoidalar, normalar va yoʻriqnomalar buzilganligi uchun mansabdor shaxslar va fuqarolarni maʼmuriy javobgarlikka tortish hamda elektr, issiqlik energiyasi va koʻmirdan foydalanish qoidalari buzilganligi uchun jazolar qoʻllash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
i) texnika xavfsizligi, elektr, issiqlik energiyasi va koʻmirdan foydalanish qoidalari buzilganligi uchun aybdor shaxslarni jinoiy javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqish uchun materiallarni huquqni muhofaza qilish organlariga berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
k) falokatlarning holatlari, sabablari va baxtsiz hodisalarni texnik tekshirishda qatnashishda tekshirish natijalari boʻyicha “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi vakolatiga tegishli boʻlgan masalalar boʻyicha bajarilishi majburiy boʻlgan qarorlar qabul qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
l) Vazirlar Mahkamasiga litsenziya talablari va shartlari buzilganligi uchun yagona energetika tizimiga ulanadigan turgʻun elektr stansiyalarida elektr energiyasi ishlab chiqarish uchun berilgan litsenziyalarning amal qilishini toʻxtatish va toʻxtatib turish, litsenziyalarni bekor qilish haqida takliflar kiritish, “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi vakolatiga tegishli boʻlgan masalalar boʻyicha korxonalar va obyektlarni tekshirish.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasining elektr, issiqlik energiyasi ishlab chiqarish, uzatish, sotish va isteʼmol qilish hamda koʻmirdan foydalanish masalalari boʻyicha oʻz vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlari, shuningdek normativ-huquqiy hujjatlari davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi, zarur hollarda, boshqa vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar bilan birgalikda qoʻshma qarorlar va boshqa hujjatlar chiqarishga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi oʻziga yuklangan vazifalarning samarali bajarilishi uchun javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi boshligʻi mazkur Nizomga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi tomonidan ishlab chiqilayotgan elektr energetika va koʻmir sanoati korxonalari faoliyati boʻyicha normativ hujjatlar sifati;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektr energiyasi ishlab chiqarish, uzatish va isteʼmol qilish, shuningdek koʻmirdan foydalanish sohasida korxonalar faoliyatini tartibga soluvchi normativ hujjatlarning toʻliqligi talablari bajarilishi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektr energetika va koʻmir sanoati sohasida xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyati masalalari boʻyicha “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi tomonidan beriladigan maʼlumotlarning ishonchliligi uchun javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi va uning hududiy boʻlimlari mansabdor shaxslarining maʼmuriy jazolash choralari qoʻllanilishi boʻyicha xatti-harakatlari ustidan qonun hujjatlariga muvofiq shikoyat qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi va uning hududiy boʻlimlari mansabdor shaxslari oʻz xizmat majburiyatlari zarur darajada bajarilmaganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasiga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan boshliq boshchilik qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boshliq maqomiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi vazirining birinchi oʻrinbosariga, boshliqning oʻrinbosarlari — vazirning oʻrinbosariga tenglashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi boshligʻi lavozimiga koʻra bir vaqtning oʻzida Elektr va issiqlik energiyasidan foydalanilishi ustidan nazorat qilish boʻyicha bosh davlat inspektori, uning oʻrinbosarlari esa — Elektr va issiqlik energiyasidan foydalanilishi ustidan nazorat qilish boʻyicha bosh davlat inspektorining oʻrinbosarlari hisoblanadi. “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi hududiy boʻlimlarining bosh inspektorlari elektr va issiqlik energiyasidan foydalanish ustidan nazorat qilish boʻyicha katta davlat inspektorlari hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi boshligʻi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi, uning hududiy boʻlimlari faoliyatiga yakka boshchilik asosida umumiy rahbarlik qiladi hamda inspeksiyaga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zarurat boʻlganda tuzilmaga oʻzgartirishlar kiritadi, xodimlarning belgilangan umumiy soni doirasida “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi markaziy apparatining shtat jadvalini, shuningdek “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasining markaziy apparati va hududiy boʻlimlari xarajatlari smetasini tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasining tarkibiy boʻlimlari toʻgʻrisidagi nizomni belgilangan tartibda tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi markaziy apparati xodimlarini, hududiy boʻlimlarning bosh inspektorlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boshliq qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasining davlat nazorati funksiyasini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslariga belgilangan namunadagi guvohnomalar beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi xodimlari mehnatga haq toʻlash shartlari boʻyicha “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi xodimlarining tegishli toifalariga tenglashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Hududiy boʻlimlar oʻz faoliyatini “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi boshligʻi tomonidan tasdiqlanadigan nizomga muvofiq amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi hududiy boʻlimlarining bosh inspektorlari belgilangan tartibda “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi boshligʻi tomonidan tayinlanadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasini qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining
2004-yil fevraldagi 96-son qaroriga
5-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari roʻyxati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining “Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat agentligi (“Oʻzdavenergonazorat” agentligi) faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2001-yil 24-fevraldagi 94-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 2-son, 12-modda).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining baʼzi qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2002-yil 25-apreldagi 141-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 4-son, 21-modda) ilovaning 3-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining “Chastota spektridan foydalanish, teleradiodasturlarni shakllantirish va tarqatish hamda maʼlumotlar uzatish samaradorligini oshirish yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1998-yil 10-iyuldagi 293-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1998-y., 7-son, 26-modda) 6-ilovaning 5-bandidagi “Oʻzdavenergonazorat” agentligi” soʻzlari chiqarib tashlansin, “boshliq oʻrinbosari” soʻzlari “Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi boshligʻi oʻrinbosarlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining “Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 16-noyabrdagi 499-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 11-son, 66-modda) 2-bandidagi hamda ushbu qarorga 2-ilovaning 12-bandidagi “agentligi” soʻzi “davlat inspeksiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirlar Mahkamasining “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2002-yil 28-iyundagi 236-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 6-son, 36-modda) bilan tasdiqlangan Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalovchi organlar roʻyxatidagi “Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat agentligi” soʻzlari “Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Vazirlar Mahkamasining “Elektr tarmoqlari va inshootlarini muhofaza qilish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2002-yil 5-iyuldagi 243-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 7-son, 38-modda) 2-bandidagi “agentligi bilan” soʻzlari “davlat inspeksiyasi bilan” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Vazirlar Mahkamasining “Elektr va issiqlik energiyasidan foydalanish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2003-yil 16-iyundagi 271-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 6-son, 46-modda):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bandning birinchi xatboshidagi “davlat agentligi” soʻzlari “davlat inspeksiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;

v) ushbu qarorga 1 va 2-ilovalardagi “Oʻzdavenergonazorat” agentligiga koʻrsatmalar “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasiga koʻrsatmalar bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Vazirlar Mahkamasining “Elektr va issiqlik energiyasi uchun hisob-kitob qilish intizomini kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 5-avgustdagi 341-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 8-son, 69-modda) 2-bandining birinchi xatboshi hamda 6-bandining birinchi xatboshidagi “agentligi” soʻzi “davlat inspeksiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Vazirlar Mahkamasining “Qurilish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2003-yil 24-sentabrdagi 410-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 9-son, 87-modda):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12-banddagi “agentligiga”, “agentligi”, “agentligining” soʻzlari tegishli ravishda “inspeksiyasiga”, “inspeksiyasi”, “inspeksiyasining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nizomga ilovadagi “agentligiga”, “agentliklarining”, “agentliklari” soʻzlari tegishli ravishda “inspeksiyasiga”, “inspeksiyalarining”, “inspeksiyalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 7-ilovadagi “Oʻzdavenergonazorat” agentligining bosh direktori” soʻzlari “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasining boshligʻi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-oktabrdagi 469-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 10-son, 102-modda) bilan tasdiqlangan Yagona energetika tizimiga ulanadigan statsionar elektr stansiyalarida elektr energiyasi ishlab chiqarish faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bandning ikkinchi xatboshidagi “agentligi” soʻzi “davlat inspeksiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarorga 2-ilovadagi “agentligining bosh direktori” soʻzlari “inspeksiyasi boshligʻi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 12-noyabrdagi 504-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 11-son, 116-modda) bilan tasdiqlangan Energetika tekshiruvlari va ekspertizalari oʻtkazish faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-banddagi “davlat agentligi” soʻzlari “davlat inspeksiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nizomga 1-ilovadagi “Oʻzdavenergonazorat” agentligiga koʻrsatmalar “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasiga koʻrsatmalar bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 9-son, 105-modda; 2005-y., 3-4-son, 26-modda; 2010-y., 6-7-son, 53-modda, 20-son, 153-modda, 23-son, 183-modda; 2012-y., 44-son, 507-modda)