Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.03.2004 24.02.2001 yildagi 94-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.03.2004
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ELEKTR ENERGETIKADA NAZORAT BO‘YIChA DAVLAT AGENTLIGI (“O‘ZDAVENERGONAZORAT” AGENTLIGI) FAOLIYATINI TAShKIL ETISh TO‘G‘RISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 1-martdagi 96-sonli “Elektr energetikada nazorat bo‘yicha davlat agentligini elektr energetikada nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasiga aylantirish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi energetikasida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish to‘g‘risida” 2001-yil 22-fevraldagi PF-2812-son Farmoni bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Elektr energetikada nazorat bo‘yicha davlat agentligi (“O‘zdavenergonazorat” agentligi)ning tashkiliy tuzilmasi va Agentlik to‘g‘risidagi Nizom 1 va 2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zdavenergonazorat” agentligi xodimlarining cheklangan soni 165 nafar (xizmat ko‘rsatuvchi xodimlardan tashqari), shu jumladan markaziy apparat xodimlari soni 31 nafar etib belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zdavenergonazorat” agentligi bosh direktoriga zarurat bo‘lganda Agentlik markaziy boshqaruv apparati va viloyat bo‘limlari tuzilmasiga xodimlarning belgilangan soni doirasida tuzatishlar kiritishga ruxsat berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilansinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zdavenergonazorat” agentligida bosh direktorning uch nafar o‘rinbosari, shu jumladan bir nafar birinchi o‘rinbosari hamda shaxsiy tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan besh kishidan iborat hay’at bo‘ladi;
(2-band ikkinchi xatboshi bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 25-apreldagi 141-sonli qaroriga muvofiq to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2002-y., 8-son, 54-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zdavenergonazorat” agentligining bosh direktori va uning o‘rinbosarlari lavozimga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayinlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zdavenergonazorat” agentligi hududiy bo‘linmalarining boshliqlari lavozimga Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda bosh direktor tomonidan tayinlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zdavenergonazorat” agentligining bosh direktori maqomi va moddiy, ijtimoiy-maishiy va transport xizmati ko‘rsatish sharoitlariga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi vazirining birinchi o‘rinbosariga, bosh direktor o‘rinbosarlari esa — O‘zbekiston Respublikasi vazirining o‘rinbosariga tenglashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilab qo‘yilsinki, “O‘zdavenergonazorat” agentligi faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan har yili tasdiqlanadigan xarajatlar smetasi bo‘yicha “O‘zbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasiga yo‘naltiriladigan mablag‘lar hisobiga har oyda mablag‘ bilan ta’minlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi “O‘zdavenergonazorat” agentligini moliyalashga mablag‘larni nazarda tutsin, ushbu mablag‘larni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-fevraldagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi Nizomning 1.1.4-bandiga muvofiq ishlab chiqarish bilan bog‘liq moddiy xarajatlarga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bir oy muddatda “O‘zdavenergonazorat” agentligining markaziy apparatini va uning hududiy bo‘linmalarini joylashtirish uchun binolar ajratsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi bir oy muddatda “O‘zdavenergonazorat” agentligi markaziy apparatini zarur aloqa vositalari, shu jumladan Hukumat aloqasi vositalari bilan ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yoqilg‘i-energetika resurslaridan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun iqtisodiy jazolarni qo‘llash to‘g‘risida” 1994-yil 9-martdagi 124-son qarori bilan tasdiqlangan Yoqilg‘i-energetika resurslaridan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun iqtisodiy jazolarni qo‘llash to‘g‘risidagi Nizomga 3-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar bir oy muddatda amaldagi idoraviy normativ hujjatlarni mazkur qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari V.Y.Atayev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2001-yil 24-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
94-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining
2001-yil 24-fevraldagi 94-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Elektr energetikada nazorat bo‘yicha davlat agentligining tashkiliy tuzilmasi va boshqaruv apparati tuzilmasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining
2001-yil 24-fevraldagi 94-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Elektr energetika nazorat bo‘yicha davlat agentligi (“O‘zdavenergonazorat” agentligi) to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nizom
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I.Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Elektr energetikada nazorat bo‘yicha davlat agentligi (“O‘zdavenergonazorat” agentligi) elektr energiyasi ishlab chiqarish, uzatish, sotish va iste’mol qilish, ko‘mir qazib olish sohasida davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “O‘zdavenergonazorat” agentligi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyasiga, O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari va boshqa hujjatlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, mazkur Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zdavenergonazorat” agentligining elektr energiyasi ishlab chiqarish, uzatish, sotish va iste’mol qilish, ko‘mir qazib olish masalalari bo‘yicha o‘z vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlari davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, joylardagi davlat hokimiyati organlari, mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “O‘zdavenergonazorat” agentligi o‘ziga yuklangan vazifalarni “O‘zbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan o‘zaro hamkorlikda hal etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. “O‘zdavenergonazorat” agentligi yuridik shaxs hisoblanadi, tugallangan balansga, banklarda hisob raqamlariga egadir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. “O‘zdavenergonazorat” agentligi O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan, o‘z nomi O‘zbekiston Respublikasining davlat tilida yozilgan muhrga egadir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. “O‘zdavenergonazorat” agentligining asosiy vazifalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Quyidagilar “O‘zdavenergonazorat” agentligining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
energiya ishlab chiqarish va ko‘mir qazib olish, ularni uzatish hamda transportda tashish va iste’mol qilish sohasida zarur normativ hujjatlar va qoidalarni ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektr va issiqlik energiyasi ishlab chiqaruvchilari va iste’molchilarning energetika tadqiqotlari va ekspertizalarini o‘tkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
energiya ishlab chiqarish, uzatish va iste’mol qilish sohasida O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga, normativ hujjatlar va qoidalarga rioya etilishini nazorat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yagona energetika tizimiga ulangan turg‘un elektr stansiyalarida elektr energiyasi ishlab chiqarishni belgilangan tartibda litsenziyalash ishlarini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektr energiyasi ishlab chiqarish, uzatish, ko‘mir qazib olish sohasida chet el investitsiyalarini jalb qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
raqobatning rivojlanishiga ko‘maklashish, barcha raqobatchilarning elektr uzatish liniyalariga bog‘lanishlari uchun teng imkoniyatlar va shart-sharoitlarni ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektr energiyasining qayta tiklanadigan manbalarini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratilishiga ko‘maklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektr energiyasi ishlab chiqarish va ko‘mir qazib olishda, ularni uzatish hamda transportda tashish va iste’mol qilishda ekologiya normalari va talablariga rioya etilishini ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektr energiyasi ishlab chiqarish va ko‘mir qazib olish, ularni taqsimlash va iste’mol qilish balanslariga rioya etilishini nazorat qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. “O‘zdavenergonazorat” agentligining funksiyalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. “O‘zdavenergonazorat” agentligi o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektr energetikasi va ko‘mir sanoatini rivojlantirish konsepsiyalari va milliy dasturlari ishlab chiqilishida qatnashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat boshqaruvi organlarining ko‘rib chiqishi uchun energiya ishlab chiqarish va ko‘mir qazib olish, ularni uzatish va transportda tashish hamda iste’mol qilish sohasida normativ bazani takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektr energiyasini iste’molchilarga uzatishda uning sarfi normativlarini ishlab chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazirliklar va idoralarning normativ-huquqiy hujjatlari loyihalarini, dasturlarni, shuningdek tarmoqlarni rivojlantirishga doir boshqa hujjatlarni ekspert baholaydi va kelishadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mulkchilik shakllaridan va idoraviy bo‘ysunishidan qat’i nazar, korxonalarga yagona energetika tizimiga ulanadigan turg‘un elektr stansiyalaridan elektr energiyasi ishlab chiqarish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish huquqini beruvchi maxsus ruxsatnomalar (litsenziyalar) berish ishini tashkil etadi va ularning shartlari bajarilishini nazorat qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
energiya ishlab chiqarish, uzatish va iste’mol qilish, shuningdek ko‘mir qazib olish bo‘yicha talablarni o‘z ichiga olgan respublika standartlari loyihalarini va boshqa normativ hujjatlarni belgilangan tartibda ko‘rib chiqadi va kelishadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
energiya ishlab chiqarish, uzatish va iste’mol qilish, shuningdek ko‘mir qazib olish yuzasidan texnik talablarni belgilaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nazorat ostidagi korxonalar va obyektlarni foydalanishga qabul qilib olish bo‘yicha davlat komissiyalari tarkibida qatnashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yangidan quriladigan obyektlarning elektr energiyasi ishlab chiqarish, uzatish va iste’mol qilish xavfsizligini ta’minlash yuzasidan loyihalarini ekspertizadan o‘tkazishda va ularni foydalanishga qabul qilib olishda qatnashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektr energetikasi obyektlari (qurilmalar, asbob-uskunalar, tizimlar va apparatlar)ni loyihalashtirishda, qurishda, ulardan foydalanishda va ularni tuzatishda xavfsizlik masalalari bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar va tegishli o‘quv yurtlarida mutaxassislar tayyorlash dasturlarini shakllantirish va kelishishda qatnashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zdavenergonazorat” agentligi organlari nazorati ostidagi obyektlarda ishlab chiqarish xavfsizligi yuzasidan xorijiy texnologiyalarni qo‘llash imkoniyatlari to‘g‘risida ekspert xulosasi beradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nazorat ostidagi obyektlar xodimlarini tayyorlash va ushbu obyektlarda ishlar xavfsiz olib borilishini ta’minlash va mehnatni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha ularning bilimlarini tekshirish tartibini belgilaydi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 25-apreldagi 141-sonli qaroriga muvofiq xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2002-y., 8-son, 54-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. “O‘zdavenergonazorat” agentligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
energiya ishlab chiqarish, uzatish va iste’mol qilish sohasida O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga, normativ hujjatlar va qoidalarga rioya etilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
idoraviy bo‘ysunishi va mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, korxonalar, tashkilotlar va muassasalarda energiya iste’molchilari tomonidan elektr va issiqlik energiyasidan oqilona va samarali foydalanilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
iste’molchilarning elektr va issiqlikdan foydalanuvchi qurilmalarning texnik holatini, elektr stansiyalari, kichik stansiyalar va tarmoqlarda texnik foydalanish va xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya etilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektr qurilmalarining energiya bilan ta’minlash tashkilotlari tarmoqlariga ulanishiga doir texnik shartlarining iste’molchilar tomonidan bajarilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korxonalar, tashkilotlar, muassalar tomonidan ishlab turgan va ishga tushirilayotgan, shuningdek rekonstruksiya qilinayotgan va zamonaviylashtirilayotgan energiya sarflanadigan qurilmalar va asbob-uskunalarning balans elektr sinovlari o‘tkazilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korxonalar, tashkilotlar, muassasalar tomonidan elektr va issiqlik energiyasi sarfi normalariga, elektr va issiqlik energiyasidan foydalanishga doir direktiv va yo‘riqnoma hujjatlarga rioya etilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sanoat korxonalari va ularga tenglashtirilgan elektr energiyasi iste’molchilarning elektr qurilmalarida reaktiv quvvat kompensatsiyasining maqbul darajasini ta’minlashni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korxonalar, tashkilotlar, muassalar tomonidan elektr va issiqlik energiyasi sarfining hisobga olinishini tekshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. “O‘zdavenergonazorat” agentligining huquqlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. “O‘zdavenergonazorat” agentligi quyidagi huquqlarga egadir:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zdavenergonazorat” agentligi vakolatlariga tegishli bo‘lgan masalalar bo‘yicha korxonalar va obyektlarni tekshirish, shuningdek tegishli vazirliklar, idoralar, korxonalar bilan kelishgan holda ko‘rsatib o‘tilgan tadqiqotlarni jalb qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korxonalar tomonidan tegishli faoliyatni amalga oshirish uchun ularga berilgan maxsus ruxsatnomalar (litsenziyalar) shartlariga rioya etilishini nazorat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziya talablari va shartlari buzilganligi uchun mulkchilik shakllari va idoraviy qarashliligidan qat’i nazar, korxonalarning litsenziyalari amal qilinishini to‘xtatish va to‘xtatib turish, bekor qilish to‘g‘risidagi takliflarni belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aniqlangan qoidalar va normalar buzilishlarini bartaraf etish to‘g‘risida korxonalar va tashkilotlar rahbarlariga bajarilishi majburiy bo‘lgan yozma ko‘rsatmalar berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazirliklar, idoralar, aksiyadorlik jamiyatlari, uyushmalar, boshqa birlashmalardan, mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, tashkilotlar, muassasalar va korxonalardan joriy nazorat jarayonida elektr va issiqlik energiyasidan foydalanishda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini talab qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘z vakolatlari doirasida, zarurat bo‘lganda esa boshqa manfaatdor vazirliklar, idoralar va tashkilotlar bilan kelishgan holda O‘zbekiston Respublikasi hududida yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan buyruqlar, qarorlar chiqarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xavfsizlik qoidalari va normalari buzilgan holda olib borilayotgan ishlarni to‘xtatib qo‘yish, shuningdek odamlar hayoti uchun xavf tug‘ilganda ularni ish o‘rinlaridan chiqarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektr va issiqlik energiyasidan foydalanish qoidalari buzilganligi uchun iqtisodiy jazolar qo‘llash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
energiya qurilmalaridan foydalanish qoidalari, normalari va yo‘riqnomalari buzilganligi uchun mansabdor shaxslar va fuqarolarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ma’muriy javobgarlikka tortish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obyektlarda mutaxassislar va ishchilarning xavfsizlik qoidalari va normalarini, texnologiya reglamentlari va mehnat muhofazasiga oid yo‘riqnomalarni bilinishini tekshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korxonalarning rahbarlari va muhandis-texnik xodimlari xavfsizlik va mehnat muhofazasi qoidalari va normalarini bilishlarini tekshirishda qatnashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xavfsizlik texnikasi, elektr va issiqlik energiyasidan foydalanish qoidalari buzilganligi uchun aybdor shaxslarni jinoiy javobgarlikka tortish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqish uchun materiallarni huquqni muhofaza qilish organlariga berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
avariyalar holatlari va sabablarini texnik tekshirishda qatnashish, tekshirish natijalari bo‘yicha “O‘zdavenergonazorat” agentligi vakolatlariga tegishli masalalar bo‘yicha bajarilishi majburiy bo‘lgan qarorlar qabul qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zarurat bo‘lganda vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlar tomonidan asbob-uskunalar va materiallarning nazorat sinovlari, loyiha va loyiha-konstruktorlik yechimlarining mustaqil ekspertizasi o‘tkazilishini tayinlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazirliklar, idoralar, davlat boshqaruvi boshqa organlaridan, mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalardan va fuqarolardan “O‘zdavenergonazorat” agentligi vakolatlariga tegishli bo‘lgan masalalar bo‘yicha zarur axborotlar olish.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektr energiyasini iste’mol qilish limitlariga rioya qilinishini nazorat qilish va elektr bilan isitish maqsadlarida elektr energiyasini qo‘llashni kelishish.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 25-apreldagi 141-sonli qaroriga muvofiq xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2002-y., 8-son, 54-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. “O‘zdavenergonazorat” agentligi faoliyatini tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. “O‘zdavenergonazorat” agentligi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Bosh direktor va uning o‘rinbosarlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayinlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zdavenergonazorat” agentligi hududiy bo‘linmalari boshliqlari lavozimiga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda bosh direktor tomonidan tayinlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zdavenergonazorat” agentligining bosh direktori lavozimiga ko‘ra ayni paytda Elektr va issiqlik energiyasidan foydalanilishini nazorat qilish bo‘yicha bosh davlat inspektori, uning o‘rinbosarlari esa — Elektr va issiqlik energiyasidan foydalanilishini nazorat qilish bo‘yicha bosh davlat inspektorining o‘rinbosarlari hisoblanadi. “O‘zdavenergonazorat” agentligi hududiy bo‘linmalari boshliqlari elektr va issiqlik energiyasidan foydalanilishini nazorat qilish bo‘yicha katta davlat inspektorlari hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zdavenergonazorat” agentligida bosh direktor (hay’at raisi), lavozimi bo‘yicha uning o‘rinbosarlari, shuningdek “O‘zdavenergonazorat” agentligining boshqa rahbar xodimlaridan iborat tarkibda 5 kishidan iborat hay’at tashkil etiladi. Hay’atning shaxsiy tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. “O‘zdavenergonazorat” agentligi hay’ati o‘zining muntazam o‘tkaziladigan majlislarida elektr energetikasida davlat nazoratini takomillashtirish, o‘ziga qarashli tashkilotlarga amaliy rahbarlik qilish, qarorlarning bajarilishini tekshirish, kadrlarni tanlash va ulardan foydalanish masalalarini ko‘rib chiqadi, o‘ziga qarashli tashkilotlar rahbarlarining ular vakolatlariga kiruvchi masalalar bo‘yicha hisobotlarini eshitadi. Hay’atning qarorlari, qoidaga ko‘ra, “O‘zdavenergonazorat” agentligining buyruqlari bilan hayotga joriy etiladi. Bosh direktor bilan hay’at o‘rtasida kelishmovchiliklar kelib chiqqan taqdirda, bosh direktor paydo bo‘lgan kelishmovchiliklar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga axborot bergan holda o‘z qarorini hayotga joriy etadi, hay’at a’zolari esa, o‘z navbatida, o‘z fikrlarini Vazirlar Mahkamasiga ma’lum qilishlari mumkin.
(11-band uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 25-apreldagi 141-sonli qaroriga muvofiq to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2002-y., 8-son, 54-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. “O‘zdavenergonazorat” agentligining bosh direktori mazkur Nizomga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektr energetika va ko‘mir sanoati korxonalari faoliyatiga oid “O‘zdavenergonazorat” agentligi tomonidan ishlab chiqiladigan normativ hujjatlar sifatida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektr energiyasi ishlab chiqarish, uzatish va iste’mol qilish, shuningdek ko‘mir qazib olish sohasida korxonalar faoliyatini tartibga soluvchi normativ hujjatlar talablari bajarilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektr energetika va ko‘mir sanoati sohasida xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyati masalalari bo‘yicha “O‘zdavenergonazorat” agentligi tomonidan berilgan ma’lumotlarning ishonchliligi uchun javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. “O‘zdavenergonazorat” agentligi energetika resurslaridan foydalanish qoidalari buzilganligi uchun amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq iqtisodiy jazolar qo‘llanilishidan olingan mablag‘larning bir qismidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda o‘z moddiy-texnika bazasini rivojlantirishda foydalanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. “O‘zdavenergonazorat” agentligi mansabdor shaxslarning xatti-harakatlari ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sudga, yuqori turuvchi mansabdor shaxsga yoki mansabdor shaxsning o‘ziga shikoyat qilinishi mumkin. Shikoyat berish barcha hollarda shikoyat qilinayotgan qaror bajarilishini to‘xtatmaydi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. “O‘zdavenergonazorat” agentligining mansabdor shaxslari o‘tkaziladigan tekshirishlarning ishonchliligi uchun shaxsan javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. “O‘zdavenergonazorat” agentligi mansabdor shaxslari belgilangan namunadagi guvohnomaga ega bo‘ladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. “O‘zdavenergonazorat” agentligi faoliyati amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq to‘xtatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining
2001-yil 24-fevraldagi 94-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 9-martdagi 124-son qarori bilan tasdiqlangan Yoqilg‘i-energetika resurslaridan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun iqtisodiy jazolarni qo‘llash to‘g‘risidagi Nizomga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Matndagi “Energetika va elektrlashtirish vazirligiga qarashli “O‘zenergiyanazorat”ga ko‘rsatmalar “O‘zdavenergonazorat” agentligi”ga ko‘rsatmalar bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. III bobning 3-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Yuridik shaxslar “O‘zdavneftgaznazorat” va “O‘zdavenergonazorat” agentligi mansabdor shaxslarining xatti-harakatlari ustidan belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yoki sudga murojaat qilishga haqlidirlar”.
(O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2001-y., 3-4-son, 17-modda; 2002-y., 8-son, 54-modda)