Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.02.2025 09.03.1994 yildagi 124-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.02.2025
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
YOQILG‘I-ENERGETIKA RESURSLARIDAN FOYDALANISH QOIDALARINI BUZGANLIK UCHUN IQTISODIY JAZOLARNI QO‘LLASH TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 26-fevraldagi 121-sonli “Yoqilg‘i-energetika resurslaridan foydalanishda sodir etilgan huquqbuzarliklar uchun xo‘jalik yurituvchi subyektlarga nisbatan huquqiy ta’sir choralarini qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoqilg‘i-energetika resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish, neft mahsulotlari, gaz, elektr va issiqlik energiyasini behuda sarflash va ulardan boshqa maqsadlarda foydalanishning, noqonuniy sotish (berish)ning, o‘zlashtirib olishning va ularning sifati buzilishining oldini olish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Yoqilg‘i-energetika resurslaridan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun iqtisodiy jazolarni qo‘llash to‘g‘risidagi Nizom (ilova qilinmoqda) tasdiqlansin va amalga kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Adliya vazirligi va Moliya vazirligi “O‘zbekneftgaz” milliy korporatsiyasi va Energetika va elektrlashtirish vazirligi bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi qonunlar majmuasiga hamda yoqilg‘i-energetika resurslaridan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik haqida O‘zbekiston Respublikasining jinoyat va jazo to‘g‘risidagi qonunlar majmuasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi takliflarni tayyorlasinlar va 1994-yilning birinchi yarim yilligida taqdim etsinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Moliya vazirligi Markaziy bankda Yoqilg‘i-energetika resurslaridan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun iqtisodiy jazo sifatida undirib olinadigan pul mablag‘larining bir qismini o‘tkazish uchun energiyani tejash bo‘yicha maxsus respublika tarmoqlararo schyoti ochilishini ta’minlasin. Belgilab qo‘yilsinki, qayd etib o‘tilgan schyotning pul mablag‘laridan Yoqilg‘i-energetika resurslarini tejash komissiyasining qaroriga muvofiq foydalaniladi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 17-iyundagi 168-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 25-son, 288-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir o‘rinbosari Q. Haqqulov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1994-yil 9-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
124-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining
1994-yil 9-martdagi 124-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoqilg‘i-energetika resurslaridan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun iqtisodiy jazolarni qo‘llash to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. UMUMIY QOIDALAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Nizom yoqilg‘i-energetika resurslaridan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun yuridik shaxslarga nisbatan, ular qaysi idoraga qarashliligi va mulkchilik shaklidan qat’i nazar, iqtisodiy jazolar qo‘llashni nazarda tutadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(I bo‘limning ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-sonli qarori chiqarib tashlangan — O‘R QHT, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. YOQILG‘I-ENERGETIKA RESURSLARIDAN FOYDALANISH QOIDALARINI BUZGANLIK UCHUN QO‘LLANADIGAN IQTISODIY JAZOLAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom bilan quyidagi iqtisodiy jazolarni qo‘llash nazarda tutiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1.1. Neft mahsulotlaridan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) korxonalar va tashkilotlarga qarashli neft mahsulotlarini noqonuniy o‘zlashtirib olish va xo‘jasizlik bilan sarflash, shuningdek, ularni neft omborlaridan va davlat transport vositalaridan noqonuniy sotish aybdor yuridik shaxslardan noqonuniy ravishda sarflangan neft mahsulotlarining 3 baravar qiymatini undirib olishga sabab bo‘ladi;
(“a” kichik band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 16-sentabrdagi 430-sonli qarori tahririda— O‘R QHT, 2004-y., 37-son , 411-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) neft va neft mahsulotlarini maqsadga nomuvofiq ishlatish, shuningdek, ularni qonun hujjatlariga muvofiq tasdiqlangan normalardan ortiqcha sarflash sarflangan neft mahsulotlarining 50 foiz qiymatini aybdor yuridik shaxslardan undirib olishga sabab bo‘ladi;
(1.1-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) neft mahsulotlarini asossiz ravishda ishlab chiqarish nobudgarchiliklari, tabiiy kamayish yoki qo‘shib yozilgan ish hajmi hisobiga hisobdan chiqarish aybdor yuridik shaxslardan noqonuniy ravishda hisobdan chiqarilgan neft mahsulotlarining 3 baravar qiymatini undirib olishga sabab bo‘ladi;
Oldingi tahrirga qarang.
(“g” kichik band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-son qarori bilan chiqarib tashlangan— O‘R QHT, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) yetkazib beruvchi hamda sotuvchi tashkilotlar tomonidan neft mahsulotlari va suyultirilgan uglevodorod gazini sifati buzilganda — yuridik shaxslarga sifati buzilgan mahsulot qiymatining 50 foizi miqdorida jarima qo‘llanilishiga asos bo‘ladi;
(1.1-bandning “d” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) neft mahsulotlarini mahsulot yetkazib beruvchilardan tamg‘asiz vagon-sisternalarda yoki qoidani buzgan holda qabul qilib olish va tashish neft mahsulotlarini qabul qilish va tashishni amalga oshiruvchi tashkilotlardan tashilgan neft mahsulotlari hajmining 50 foiz qiymatini undirib olishga sabab bo‘ladi;
(“e” kichik band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) yetkazib beruvchi va sotuvchi korxonalar va tashkilotlar tomonidan konditsiyasiz neft mahsulotlarining avtotsisternalar tamg‘alanmasdan va neft mahsulotlari sifati pasportlarisiz berilishi sotilgan konditsiyasiz neft mahsulotlarining 50 foiz qiymatini hamda ularning sifatini tiklashga sarflangan barcha xarajatlar pulini aybdorlardan undirib olishga sabab bo‘ladi;
(“j” kichik band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(“z” kichik band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 16-sentabr 430-sonli qarori asosida chiqarib tashlangan— O‘R QHT, 2004-y., 37 -son, 411-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(“i” kichik band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-son qarori bilan chiqarib tashlangan — O‘R QHT, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1.2. Gazdan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasining (keyingi o‘rinlarda — O‘zenergoinspeksiya) qo‘llaniladigan texnologiyalar va asbob-uskunalarning energiya jihatidan samaradorlik ko‘rsatkichlariga muvofiqligi hamda yoqilg‘ining muqobil turlaridan foydalanish to‘g‘risida xulosasisiz shartnomalar tuzgan holda gaz yetkazib berish gaz ta’minoti tashkilotlaridan, obyekt (qurilma)ni gaz tarmog‘idan uzib qo‘ygan holda, gaz ulangan paytdan boshlab sarflangan gazning 10 foiz qiymatini undirib olishga sabab bo‘ladi;
(1.2-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) gazdan foydalanish qurilmalarida gaz sarfini hisobga olmay turib (gaz hisoblagichsiz) o‘zboshimchalik bilan yoki gaz sarfini hisobga olish uskunalarining ulanish sxemasining buzilishi yoki ularning ko‘rsatgichlarini o‘zgartirish maqsadida tashqaridan har qanday aralashuv orqali tabiiy gazdan foydalanish — yuridik shaxslardan sarflangan tabiiy gaz qiymatining 3 baravari miqdorida jarima undirilishiga sabab bo‘ladi;
(1.2-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(“v” kichik band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 16-sentabr 430-sonli qarori asosida chiqarib tashlangan— O‘R QHT, 2004-y., 37 -son, 411-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(“g” kichik band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 2-oktabrdagi 421-sonli qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2003-y., 19-son, 179-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) yoqilg‘i ishlatiladigan jihozlar (qurilmalar)da gazning qonun hujjatlariga muvofiq tasdiqlangan normalardan ortiqcha behuda isrof qilinishi tekshirish paytidan oldingi 12 oyda nooqilona sarflangan gazning 50 foiz qiymatini ishlatuvchilardan undirib olishga sabab bo‘ladi;
(“d” kichik band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(“e” kichik band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 16-sentabr 430-sonli qarori asosida chiqarib tashlangan— O‘R QHT, 2004-y., 37 -son, 411-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(“j” kichik band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-son qarori bilan chiqarib tashlangan — O‘R QHT, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(1.2-bandning “z” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1.3. Elektr va issiqlik energiyasidan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun:
Oldingi tahrirga qarang.
(“a” kichik band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 16-sentabr 430-sonli qarori asosida chiqarib tashlangan— O‘R QHT, 2004-y., 37 -son, 411-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) kondensatning shartnomada ko‘rsatilgan miqdorlar doirasida qaytarilib berilmasligi qaytarilmagan miqdor qiymatini 30 foiz, shartnomada ko‘rsatilgan me’yorlardan kam qaytarib berilgan taqdirda esa qaytarilmagan kondensat miqdorining qiymatini, tarif qiymatini ham qo‘shib hisoblagan holda 50 foiz miqdorda undirib olishga sabab bo‘ladi;
(“b” kichik band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-son qarori bilan chiqarib tashlangan — O‘R QHT, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) iste’molchilar tomonidan elektr qurilmalarining yagona elektr energetikasi tizimi tarmoqlariga yoki issiqlikdan foydalanuvchi qurilmalarning issiqlik ta’minoti korxonalari tarmoqlariga tegishli shartnoma tuzmasdan o‘zboshimchalik bilan ulab qo‘yilishi korxonalar va tashkilotlardan ishlatilgan elektr va issiqlik energiyasi qiymatining 3 baravari miqdorida jarima undirib olishga sabab bo‘ladi;
(1.3-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1.3-bandning “g” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) sanoat korxonalari va tashkilotlarining isitish tarmoqlaridan suvning to‘kib yuborilishi, izolyatsiyaning buzilishi va issiqlik-bug‘ quvurlari, issiqlik tarmoqlaridan, issiqlik ishlatiladigan asbob-uskunalardan izolyatsiyasiz foydalanish issiqlik energiyasi hajmining asbob-uskunalar yoki normativ usullar bilan aniqlangan isrof bo‘lgan hajmi qiymatini ulardan 3 baravar miqdorda undirib olishga sabab bo‘ladi;
(“d” kichik band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) korxonalar, tashkilotlar va muassasalar tomonidan ishlab chiqarish zaruriyati bo‘lmagan holda jihozlarning unumsiz yoki behuda ishlashi oqibatida energiyaning to‘g‘ridan-to‘g‘ri isrof qilinishi, reaktiv quvvatlarni tiklash vositalarining ish tartibi buzilishi yoki ularga rioya qilmaslik asbob-uskunalar yoki normativ usullar bilan aniqlangan isrof bo‘lgan elektr va issiqlik energiyasi hajmi qiymatini ulardan 50 foiz miqdorda jarima undirib olishga sabab bo‘ladi;
(1.3-bandning “e” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) sanoat korxonalari va tashkilotlari tomonidan qisilgan havo, suv, bug‘ning to‘g‘ridan-to‘g‘ri isrof qilinishi, shuningdek, kondensatning oqizib yuborilishi, issiqlik tarmoqlarining suvga bostirib yuborilishi, mavjud ikkilamchi energiya manbalaridan foydalanmaslik yoki zarur darajada foydalanishni ta’minlamaslik asbob-uskunalar yoki normativ usullar bilan aniqlangan isrof bo‘lgan elektr va issiqlik energiyasi qiymatini ulardan 50 foiz miqdorda undirib olishga sabab bo‘ladi;
(“j” kichik band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
z) elektr energiyasini hisobga olish uskunalari ulanishi sxemasining buzilishi yoki ularning ko‘rsatgichlarini o‘zgartirish maqsadida tashqaridan har qanday aralashuv — hisobga olish uskunalari so‘nggi marta tekshirilgan paytdan boshlab hisobga olinmasdan foydalanilgan elektr energiyasi hajmi qiymatining 3 baravari miqdorida jarima undirilishiga sabab bo‘ladi;
(1.3-bandning “z” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
i) elektr yoritgichlardan korxonalar, tashkilotlar va muassasalar, shuningdek hududlar tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq tasdiqlangan normalardan ortiqcha, asossiz, ishlab chiqarish zaruriyatisiz foydalanish yorug‘lik texnikasi uskunasining o‘rnatilgan quvvatidan va uskunalardan foydalaniladigan soatlarning yillik sonidan kelib chiqib belgilangan ushbu maqsadlarda foydalaniladigan elektr energiyasi qiymatini 50 foiz miqdorda ulardan undirib olishga olib keladi;
(“i” kichik band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
k) energetika asbob-uskunalari va tarmoqlarining belgilangan qoidalar talablariga javob bermaydigan qoniqarsiz texnik holati, energiya qurilmalari va tarmoqlarining texnik holatidagi hamda ulardan foydalanishdagi kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha “O‘zenergoinspeksiya” yozma ko‘rsatmalarining muntazam bajarilmasligi ushbu qurilmalar balansida bo‘lgan korxonalar, tashkilotlar va muassasalarga nisbatan ishlatiladigan, uzatiladigan yoki mazkur qurilmalar bilan vujudga keltiriladigan energiya o‘rtacha oylik hajmi qiymatining 25 foizi miqdorida iqtisodiy choralar qo‘llashga sabab bo‘ladi.
(1.3-bandning “k” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2 band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-son qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. IQTISODIY JAZOLARNI QO‘LLASH TARTIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizomda nazarda tutilgan iqtisodiy jazolar “O‘zenergoinspeksiya”ning vakolatli mansabdor shaxslari tomonidan tuzilgan dalolatnomalar (bayonnomalar)ga asosan qo‘llanadi. Iqtisodiy jazolar bo‘yicha undirib olinadigan summalar miqdori neft mahsulotlari, gaz va boshqa yoqilg‘i-energetika resurslarining amaldagi qiymatidan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tadbirkorlik subyektlariga nisbatan iqtisodiy sanksiyalar sud tartibida qo‘llanadi, ular tomonidan sodir etilgan qonun buzilishi aybi tan olingan va iqtisodiy sanksiyalar summasi ixtiyoriy ravishda to‘langan hollar bundan mustasno
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Yuridik va jismoniy shaxslarning ushbu qarorda nazarda tutilgan qoidabuzarlikni sodir etganlik uchun iqtisodiy jazo qo‘llanilishi, qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa javobgarlikdan ozod etmaydi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Yuridik shaxslar “O‘zenergoinspeksiya” mansabdor shaxslarining xatti-harakatlari ustidan belgilangan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yoki sudga murojaat qilishga haqlidir.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ushbu Nizomga muvofiq Yoqilg‘i-energetika resurslaridan, neft mahsulotlari, gaz, elektr va issiqlik energiyasidan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun qo‘llanilgan ma’muriy jarimalar va iqtisodiy sanksiyalarning 50 foizi budjetga o‘tkaziladi, qolgan 50 foizi O‘zenergoinspeksiyaning ixtiyorida qoladi va keyinchalik unga soliq solinmaydi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Qo‘llanilgan ma’muriy jarimalar va iqtisodiy sanksiyalar o‘z vaqtida o‘tkazib berilmagan holda, aybdor shaxslardan qonunchilikda belgilangan tartibda, ya’ni Majburiy ijro byurosiga talabnoma bilan chiqqan holda majburiy undiriladi. Undiruvga qaratilgan jarayonda noaniqliklar yoki asosli e’tirozlar bo‘lgan holatlarda sud tartibida undirilishi ta’minlanadi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Tadbirkorlik subyektining oxirgi hisobot sanasidagi joriy aktivlari summasining 20 foizidan ortiq bo‘lgan iqtisodiy sanksiyalarni undirish unga undiriladigan summani undirish to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan boshlab 6 oy mobaynida to‘lovlarni har oyda bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkonini bergan holda amalga oshiriladi.
(III bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-son qarori asosida 6-band bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Agar neft mahsulotlari, gaz, elektr va issiqlik energiyasidan boshqa maqsadlarda foydalanish yoki ularni ortiqcha sarflash, isrof qilish qishloq xo‘jaligi ishlarini noqulay ob-havo sharoitlarida amalga oshirish, tabiiy ofatlar, halokatlar oqibatlarini bartaraf etish va boshqa favqulodda vaziyatlar tufayli kelib chiqqan bo‘lsa, iqtisodiy jazolar qo‘llanilmaydi.
(O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-son qarori bilan 6 va 7-bandlar tegishli ravishda 7 va 8-bandlar deb hisoblangan — O‘R QHT, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)