16.02.2023 yildagi PF-24-son
3. Qishloq xo‘jaligi vazirligi (A. Voitov) mazkur Farmonning 1- va 2-bandlarida nazarda tutilgan tadbirlar uchun jalb etilgan xalqaro moliya institutlarining, shu jumladan Fransiya taraqqiyot agentligining (chorvachilikni rivojlantirish uchun ajratilgan) grant mablag‘larini ajratish choralarini ko‘rsin.
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Mas’ul ijrochilar

1.

Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasining “Yaylovlar to‘g‘risida”gi qonuni loyihasini ishlab chiqish. Bunda:

yaylov yerlaridan samarali foydalanish, jumladan, ilg‘or xorijiy tajriba asosida yaylovlar tushunchasi va uning huquqiy maqomini qayta ko‘rib chiqish;

yaylovlar degradatsiyasining oldini olish, yaylovlarni barpo etish, yerlarni yaylov yerlari toifasiga o‘tkazish;

yaylov yerlarini jismoniy va yuridik shaxslarga foydalanishga berish va boshqa qoidalarni nazarda tutish.

1. Loyihani ishlab chiqish bo‘yicha ishchi guruh tuzish.

2. Yaylovlar bo‘yicha milliy va xorijiy tajriba hamda qonunchilikni o‘rganish.

3. Qonun loyihasini ishlab chiqish va dastlabki muhokamani o‘tkazish.

4. Qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2023-yil avgust

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi,

Yaylov xo‘jaligini rivojlantirish uyushmasi,

Adliya vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2.

Yaylov yer maydonlarini yuridik va jismoniy shaxslarga tanlov asosida ijaraga berish tartibini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

1. Loyihani ishlab chiqish bo‘yicha ishchi guruh tuzish.

2. Yaylovlardan foydalanish sohasiga oid milliy va xorijiy tajribalarni o‘rganish.

3. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2023-yil aprel

Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi,

Yaylov xo‘jaligini rivojlantirish uyushmasi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

3.

Respublikamiz cho‘l hududlarida 6,6 ming gektarda yaylov o‘simliklari urug‘chiligi maydonlarini tashkil etish.

8,4 ming gektar maydonga ekilgan va kelgusida ekiladigan 6,6 ming gektar urug‘chilik maydonlarini payhon bo‘lishdan himoya qilish, parvarishlash hamda qurg‘oqchilik va issiqqa chidamli cho‘l-yaylov ozuqabop o‘simliklar urug‘larini yetishtirish.

1. Hududlardan cho‘l-yaylov ozuqabop o‘simliklarning birlamchi urug‘chilik maydonlarini tashkil etish uchun yaylov yer maydonlarini ajratish.

2023-2024-yillarda

Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi,

Buxoro cho‘l-yaylov ozuqabop o‘simliklar urug‘chiligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi

2. Hududlarning iqlim sharoiti va tuproq tarkibidan kelib chiqib, qurg‘oqchilik va issiqqa chidamli bo‘lgan ko‘p yillik cho‘l-yaylov ozuqabop o‘simliklar turlarini joylashtirish, ekish va urug‘chilik agrotexnika tadbirlarini o‘tkazish.

2023-yildan boshlab mavsum davomida

4.

Yaylovlar degradatsiyasining oldini olish maqsadida serhosil cho‘l-yaylov o‘simliklari urug‘larini ekishni tashkil etish.

2024-yildan boshlab yaylovlardan foydalanuvchi subyektlar tomonidan o‘zlari tomonidan foydalanib turgan yaylov yer maydonlarining hosildorligini oshirib borish maqsadida cho‘l-yaylov o‘simliklari urug‘larini ekishni tashkil etishni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqi�.

2023-yil sentyabr

Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi,

Yaylov xo‘jaligini rivojlantirish uyushmasi

5.

Yaylovlar hosildorligi pasayib ketishining oldini olish maqsadida yaylovlardan chorva mollarini boqishda foydalanuvchi subyektlar hamda aholi o‘rtasida yaylovlardan mavsumiy almashlab foydalanishning samaradorligini keng targ‘ib qilish.

1. Yaylovlardan foydalanuvchilarga yaylovlar holati yomonlashib ketishining oldini olish maqsadida ulardan foydalanish tartibi, me’yorlari to‘g‘risida ko‘rgazmali seminarlar tashkil etish.

2. Ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar orqali doimiy tushunchalar va tavsiyalar berib borish.

Doimiy

Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mi�asi,

Yaylov xo‘jaligini rivojlantirish uyushmasi,

ilmiy-tadqiqot muassasalari

6.

Yovvoyi holda o‘suvchi kavrak o‘simligini g‘amlash (yig‘ish) va chetga olib chiqish uchun ruxsatnomalar ajratishda kvotaning kamida 50 foizi hajmida madaniy plantatsiyalarni barpo etish talabini belgilash.

1. Yovvoyi holda o‘suvchi kavrak o‘simligini g‘amlash (yig‘ish) va chetga olib chiqish uchun ruxsatnomalar ajratishda kvotaning kamida 50 foizi hajmida madaniy plantatsiyalarni barpo etish talabini belgilash bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2023-yil mart

Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi,

Yaylov xo‘jaligini rivojlantirish uyushmasi

2. Yovvoyi holda o‘suvchi kavrak o‘simligini yig‘ishda foydalanilgan har bitta o‘simlik uchun shu turdagi o‘simlik urug‘ining ikki baravar miqdorda qayta ekilishini monitoring qilish.

Doimiy

7.

O‘simlik dunyosi obyektlariga noqonuniy zarar yetkazganlik uchun O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilmagan sassiq kavrak (Ferula assa-foetida) o‘simligining har bir kilogramm shirasi (smola), urug‘i va har bitta tupi uchun yetkazilgan zararni hisoblash miqdori bazaviy hisoblash miqdorining 1 koeffitsiyenti, O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan tojik kavragi (Ferula tadshikorum Pimenov) o‘simligining har bir kilogramm shirasi (smola), urug‘i va har bitta tupi uchun yetkazilgan zararni hisoblash miqdori esa bazaviy hisoblash miqdorining 1,5 koeffitsiyenti etib belgilash.

O‘simlik dunyosi obyektlariga noqonuniy zarar yetkazganlik uchun amaldagi javobgarlik choralarini kuchaytirish yuzasidan Vazirlar Mahkamasining qarorlariga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha taklif ishlab chiqish hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2023-yil mart

Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi,

Tabiat resurslari vazirligi

8.

O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan tojik kavragi o‘simligining tabiiy populatsiyasi, takror ko‘payishi va qayta tiklanishini ta’minlash maqsadida joriy yildan boshlab uch yil muddatga tojik kavragidan foydalanishga moratoriy joriy etish.

1. 2023-yildan boshlab 3 yil muddatga tojik kavragi o‘simligidan foydalanishni to‘xtatishni qat’iy nazoratga olish.

2. Moratoriy davrida yovvoyi holda o‘suvchi tojik kavragidan foydalanganlik holatlari aniqlanganda mazkur holatni sodir etgan shaxslarga nisbatan qonuniy choralar ko‘rilishini ta’minlash.

Moratoriyning amal qilish muddati

Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi,

Tabiat resurslari vazirligi,

Ichki ishlar vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

9.

Kavrak o‘simligi urug‘ini yig‘ib olish mavsumida tabiat resurslaridan foydalanish qoidalariga rioya qilinishi va urug‘larning nes-nobud qilmasdan yig‘ib olinishi yuzasidan qat’iy nazorat o‘rnatish.

Kavrak o‘simligi urug‘ini yig‘ib olish davrida urug‘ yig‘ib olish miqdori bo‘yicha kvotalarni har yili 1-aprelgacha ajratish hamda ajratilgan kvotaga asosan berilgan maxsus ruxsatnoma bilan urug‘ yig‘ib olish hamda noqonuniy urug‘ yig‘ib olinishining oldini olish choralarini ko‘rish.

Har yili mavsum davomida

Tabiat resurslari vazirligi,

Ichki ishlar vazirligi,

Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi

3. Uyushmaning ijro etuvchi apparati xodimlarini joylashtirish uchun ma’muriy bino hamda qorako‘lchilik va kavrakchilik mahsulotlari shourumini tashkil etish.

2023-2024-yillarda

10.

Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda — Qo‘mita) va Yaylov xo‘jaligini rivojlantirish uyushmasi (keyingi o‘rinlarda — Uyushma) xodimlarining uy-joy sharoitlarini yaxshilash, Uyushmaning ijro etuvchi apparati xodimlarini joylashtirish, shuningdek, qorako‘lchilik va kavrakchilik mahsulotlari shourumini tashkil etish.

1. Uyushmaning xo‘jalik yurituvida bo‘lgan Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Shohjahon ko‘chasi 1b-uy manzilidagi binoni Qo‘mitaga operativ boshqaruv huquqi asosida o‘tkazish.

Bir oy muddatda

Qo‘mita,

Uyushma, Toshkent shahar hokimligi

2. Qo‘mitaga, istisno tariqasida, to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazish asosida Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Shohjahon ko‘chasi 1b-uy manzilidagi bino o‘rnida yangi zamonaviy turar va noturar binolar (keyingi o‘rinlarda — obyekt) qurish bo‘yicha davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimni tuzishga ruxsat berish.

Bir oy muddatda

Qo‘mita,

xususiy sherik

3. Xususiy sherikni jalb qilgan holda Toshkent shahar hokimligi, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda qurilish ishlarini o‘rnatilgan tartibda boshlash.

Shartnoma asosida

Qo‘mita,

Uyushma

4. Qurilishi tugallangan obyekt foydalanish uchun davlat sherigiga topshirilgandan so‘ng, obyektning bir qismini xususiy sherikka mulk huquqi asosida o‘tkazish. Bunda, qurilishi tugallangan obyektdan keyinchalik foydalanish tartibini davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitim bilan belgilash.

Shartnoma asosida

Qo‘mita,

xususiy sherik,

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

5. Davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida qurilgan binoda Uyushmaning ijro etuvchi apparati xodimlarini joylashtirish hamda qorako‘lchilik va kavrakchilik mahsulotlari shourumini tashkil etish.

Qurilish tugallangandan keyin

Qo‘mita,

Uyushma

(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 1-iyundagi PF-85-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.06.2023-y., 06/23/85/0325-son)
a) 4-banddagi “2021 — 2025-yillarga” so‘zlari “Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasiga doimiy foydalanish huquqi asosida tegishli bo‘lgan yaylovlarda 2021 — 2025-yillarga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 7-bandning uchinchi xatboshisidagi “doimiy egaligiga” so‘zlari “doimiy foydalanishiga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
g) 2-ilovaning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“a” kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“b” kichik bandning to‘rtinchi xatboshisidagi “1-fevraligacha” so‘zlari “1-apreligacha” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 8-band “a” kichik bandining birinchi xatboshisidagi “doimiy egaligida” so‘zlari “doimiy foydalanishida” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 10-bandning “b” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
g) 1-ilova quyidagi mazmundagi izoh bilan to‘ldirilsin: