09.09.1996 yildagi PF-1559-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“MAʼNAVIYAT VA MAʼRIFAT” JAMOATChILIK MARKAZI FAOLIYATINI YANADA TAKOMILLAShTIRISh VA SAMARADORLIGINI OShIRISh TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyatda yuksak maʼnaviy fazilatlarni kamol toptirish, milliy mafkurani shakllantirish, yoshlarni boy madaniy merosimiz, tarixiy anʼanalarimizga, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, Vatanga muhabbat, istiqlol gʻoyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha islohotlarning hal qiluvchi omilidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Odamlarning oʻzliklarini chuqur anglashini, mustaqillikning qadrini tobora teran tushunishini, milliy tafakkurning kengayishi va takomillashuvini, tarixiy hurlik, mustaqillik ruhining uygʻonishini taʼminlash maʼnaviyat sohasidagi siyosatimizning asosiy maqsadiga aylanishi lozim. Ammo hanuz joylarda maʼnaviyatning mohiyatini, uning olgʻa siljishimiz, farovon jamiyatga tezroq yetishimizdagi qimmatini chuqur idrok etmaslik hollari mavjud.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ayrim katta-kichik rahbarlar eski mustabidlik, zoʻravonlik mafkurasining sarqitlaridan haligacha qutula olmay, bu borada kechirib boʻlmaydigan oqsoqlik qilib maʼnaviyatning asl mohiyatini tushunib yetmaslik tufayli unga ikkinchi darajali ish sifatida qaramoqdalar. Maʼnaviy-maʼrifiy ishlarga boʻlgan bunday eʼtiborsizlik kelajagi buyuk demokratik, ozod davlat qurishdek ezgu maqsadimiz roʻyobi uchun mutlaqo ziddir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maʼnaviyat sohasida olib borayotgan ishlarimizni yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Maʼnaviy-maʼrifiy islohotlar davlat siyosatining asosiy, ustuvor yoʻnalishi deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Joylarda maʼnaviyat bilan bogʻliq ishlarning amalga oshirilishi uchun butun masʼuliyat shaxsan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyat, shahar va tuman hokimlari, respublikamizdagi barcha vazirliklar, idoralar, tashkilotlar birinchi rahbarlarining zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika “Maʼnaviyat va maʼrifat” jamoatchilik markazining joylardagi boʻlimlari ishini yanada yaxshilash maqsadida hokimliklar ularni ikki oy muddat ichida tegishli bino, zamonaviy jihozlar, transport va texnika vositalari bilan taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Yoshlarimiz ongiga ona — Vatanga, buyuk ajdodlarimiz merosi va xalqimizning bugungi misli koʻrilmagan bunyodkorlik ishlariga yuksak ehtirom tuygʻularini singdirish maqsadida ularni dunyoni hayratga solgan qadimiy yodgorliklar va mustaqillik davrida bunyod etilgan ulkan inshootlar, maʼrifat maskanlari, yurtimizning goʻzal tabiati bilan muntazam tanishtirib borish uchun maxsus tanishtiruv sayohatlar tashkil etish barcha hokimlar zimmasiga yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bu maqsadda hokimliklar va “Maʼnaviyat va maʼrifat” markazi, Madaniyat ishlari vazirligi, “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi, “Kamolot” yoshlar jamgʻarmasi tegishli tavsiyalarni 2 oy muddat ichida ishlab chiqsin va amalga oshirishga kirishsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Respublika “Maʼnaviyat va maʼrifat” markazi, uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boʻlimlarini istiqlol gʻoyalarini, milliy qadriyatlarni teran anglaydigan, fidoyi, tashkilotchi, tashabbuskor xodimlar bilan mustahkamlash uchun ularning rahbarlari shu yilning oxiriga qadar qayta sinovdan oʻtkazilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilab qoʻyilsinki, hududiy boʻlimlar rahbarlari tegishli hokimliklar tavsiyasiga binoan respublika “Maʼnaviyat va maʼrifat” markazi tomonidan tayinlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Yosh avlodni buyuk anʼanalarimizga, yuksak maʼnaviy qadriyatlarimizga sodiqlik va porloq kelajak egalari ekanliklariga qatʼiy ishonch ruhida tarbiyalash maqsadida 1997-yildan boshlab 1-oktabr “Oʻqituvchilar va murabbiylar” kuni deb eʼlon qilinsin hamda dam olish kuni hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bu bayramda oʻtkaziladigan barcha tadbirlar oʻqituvchilar, murabbiylar, tarbiyachilar, umuman bolalar bilan ishlashga, ularning sogʻligʻini himoyalashga, jismonan va ruhan sogʻlom kamol toptirishga oʻz hayotini baxshida etgan insonlarni ulugʻlashga bagʻishlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasi bu borada tegishli taklifni Oliy Majlisga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Respublika “Maʼnaviyat va maʼrifat” markazi nashri “Tafakkur” jurnalini joylarda keng yoyish uchun mahalliy hokimiyatlar uning obunasiga har tomonlama yordam koʻrsatsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat Matbuot qoʻmitasi Markazning “Maʼnaviyat” nashriyotini tashkil etish, bu nashriyotning va “Tafakkur” jurnalining mualliflik qalam haqi miqdorlarini amaldagidan oshirish masalasini koʻrib chiqsin va hal etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Respublika “Maʼnaviyat va maʼrifat” jamoatchilik markazi, uning joylardagi boʻlimlari, xoʻjalik hisobidagi korxonalari hamda “Tafakkur” jurnali Nizomida koʻrsatilgan maqsadlar va vazifalarga qatʼiy mos keladigan faoliyat yoʻnalishlari boʻyicha barcha turdagi soliqlardan besh yil muddatga ozod etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Toshkent shahar hokimi zimmasiga ikki oy muddatda Markazning asosiy binosini milliy uslubda taʼmirlash va zamonaviy jihozlash yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Moliya vazirligi Markazga maxsus audio, video, foto va boshqa zarur texnik uskunalar xarid qilish uchun kerakli miqdorda mablagʻ ajratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Respublika “Maʼnaviyat va maʼrifat” jamoatchilik markazi qoshida “Oltin meros” xalqaro xayriya jamgʻarmasi tuzilganligi eʼtiborga olinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Farmonda Markazga berilayotgan imtiyozlar uning “Oltin meros” jamgʻarmasiga ham taalluqli ekanligi belgilab qoʻyilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasi jamgʻarmani qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida tegishli qaror qabul qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga zarur oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisidagi takliflarni ishlab chiqsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Ommaviy axborot vositalariga “Maʼnaviyat va maʼrifat” jamoatchilik markazi, uning “Oltin meros” jamgʻarmasi faoliyatini keng yoritish, doimiy maxsus ruknlar ochish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston teleradiokompaniyasi Markaz bilan hamkorlikda maxsus “Maʼnaviyat va maʼrifat” ijodiy guruhini tashkil qilsin, muntazam koʻrsatuvlar va eshittirishlarni yoʻlga qoʻysin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Mazkur masalalarni amalga oshirish uchun tegishli idoralar vakillaridan iborat maxsus ishchi guruhi tashkil etilganligi eʼtiborga olinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1996-yil 9-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-1559-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi
Prezidentining 1996-yil 9-sentabrdagi
PF-1559-sonli Farmoniga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishchi guruhi roʻyxati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jadval keltirilmaydi.