ILOVA
ILOVA
|
Bosqichlar |
Subyektlar |
Tadbirlar |
Muddatlar | |||
|
1-bosqich |
Tezkor-qidiruv tadbirlarini oʻtkazadigan tezkor xodim |
1. Giyohvandlik vositalari yoki valyuta namunasini tayyorlash, olish, saqlash, oʻtkazish hamda shu kabi boshqa harakatlarni sodir etgan shaxsni (keyingi oʻrinlarda — aniqlangan shaxs) aniqlaydi. 2. Giyohvandlik vositalari yoki valyuta namunasini belgilangan tartibda rasmiylashtiradi va aniqlangan shaxsni mazkur moddalar ekspress tekshirish texnik vositasi orqali tekshirilishi toʻgʻrisida xabardor qiladi. |
Tezkor-qidiruv tadbiri jarayonida | |||
|
2-bosqich |
Aniqlangan shaxs |
Aniqlangan giyohvandlik vositalari yoki valyuta namunasini tezkor-qidiruv tadbirlarini oʻtkazadigan tezkor xodimga taqdim etadi. |
Giyohvandlik vositalari yoki valyuta namunasi aniqlangandan soʻng | |||
|
3-bosqich |
Tezkor-qidiruv tadbirlarini oʻtkazadigan tezkor xodim |
Giyohvandlik vositalari yoki valyuta namunasi aniqlangan joyning oʻzida ekspress tekshirish texnik vositasi yordamida tekshiruv oʻtkazish yoki huquqni muhofaza qiluvchi tegishli organ binosida ekspress tekshirish texnik vositasi yordamida tekshiruvni oʻtkazish uchun aniqlangan shaxsni va giyohvandlik vositalari yoki valyuta namunasini olib borish choralarini koʻradi. |
Giyohvandlik vositalari yoki valyuta namunasi aniqlangandan soʻng | |||
|
4-bosqich |
Tezkor-qidiruv tadbirlarini oʻtkazadigan tezkor xodim |
1. Giyohvandlik vositalari yoki valyuta namunasini tekshiruvdan oʻtkazishda xolislar ishtirokini taʼminlaydi. 2. Aniqlangan shaxs va xolislarga ish holatini hamda ularning qonunchilik hujjatlarida belgilangan huquq va majburiyatlarini tushuntiradi. 3. Giyohvandlik vositalari yoki valyuta namunasini ekspress tekshirish texnik vositasi yordamida tekshiruvdan oʻtkazadi. |
Ekspress tekshirish texnik vositasini qoʻllashdan avval | |||
|
5-bosqich |
Tezkor-qidiruv tadbirlarini oʻtkazadigan tezkor xodim |
1. Tekshiruv natijasi yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli hujjatlarni rasmiylashtiradi va toʻplangan hujjatlarni qonuniy chora koʻrish uchun tegishli davlat organiga yuboradi. |
Ekspress tekshirish texnik vositasi qoʻllangandan soʻng |