30.12.2022 yildagi PQ-464-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Sirdaryo viloyati Boyovut tumanida quvvati 1573 MVt boʻlgan bugʻ-gaz elektr stansiyasini qurish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Elektr energetika tarmogʻiga toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb etgan holda elektr energiyasini ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish, aholini va iqtisodiyot tarmoqlarini energiya resurslari bilan barqaror taʼminlash maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Xalqaro moliya korporatsiyasining moliyaviy va texnik koʻmagida “Sirdaryo viloyati Boyovut tumanida umumiy quvvati 1573 MVt boʻlgan bugʻ-gaz elektr stansiyasini qurish” investitsiya loyihasini (keyingi oʻrinlarda — Investitsiya loyihasi) amalga oshirish uchun investor tanlab olish jarayoni yakunlanganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida oʻtkazilgan xalqaro tender savdolari natijalariga koʻra, “EDF International S.A.S.” (Fransiya), “Nebras Power Investment Management B.V.” (Qatar), “Sojitz Corporation” (Yaponiya) va “Kyuden International Corporation” (Yaponiya) kompaniyalari konsorsiumi (keyingi oʻrinlarda — Investor) gʻolib deb topilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) Investitsiya loyihasini amalga oshirish maqsadida Investor tomonidan Oʻzbekiston Respublikasida masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklida “Enersok” xorijiy korxonasi (keyingi oʻrinlarda — Loyiha kompaniyasi) tashkil etilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Investor va Loyiha kompaniyasi oʻrtasida 2022-yil 16-fevralda investitsiya shartnomasi (keyingi oʻrinlarda — Investitsiya bitimi) imzolanganligi hamda unga muvofiq Investor va Loyiha kompaniyasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Investitsiya loyihasini amalga oshirishning butun davri mobaynida Sirdaryo viloyati Boyovut tumanida quvvati 1573 MVt boʻlgan bugʻ-gaz elektr stansiyasini loyihalashtirish, moliyalashtirish, qurish va ekspluatatsiya qilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuzaga kelishi mumkin boʻlgan xavf-xatarlarni oʻz zimmasiga olgan holda, dastlabki baholash boʻyicha jami 875 mln AQSH dollari miqdorida toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb etishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ (keyingi oʻrinlarda — “Oʻz MET” AJ) va Loyiha kompaniyasi oʻrtasida 2022-yil 16-fevralda Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitim hamda 2022-yil 1-dekabrda Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitimga oʻzgartirishlar kiritishni nazarda tutuvchi bitim (keyingi oʻrinlarda — elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitimlar) imzolanganligi hamda unga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Loyiha kompaniyasi ishlab chiqarilgan elektr energiyasini “Oʻz MET” AJga kafolatlangan tarzda sotish majburiyatini olishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Loyiha kompaniyasi qurilish davridagi oʻz majburiyatlari lozim darajada bajarilishining taʼminoti sifatida 80 mln AQSH dollari miqdorida birinchi darajali xorijiy bank kafolatini taqdim etishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Loyiha kompaniyasi Investitsiya loyihasi doirasida bugʻ-gaz elektr stansiyasini yagona elektr energiyasi tarmogʻiga ulash uchun quriladigan havo elektr uzatish tarmoqlarini qurish va ular ishga tushirilgandan soʻng “Oʻz MET” AJga topshirish majburiyatini oʻz zimmasiga olishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻz MET” AJ 25 yil davomida elektr energiyasini kafolatlangan tarzda xarid qilish majburiyatini olishi va elektr energiyasi uchun toʻlovni milliy valyutada amalga oshirishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Investor hamda Loyiha kompaniyasi oʻrtasida imzolangan Investitsiya bitimi tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “Oʻz MET” AJ va Loyiha kompaniyasi oʻrtasida tuzilgan elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitimlar maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida ishlab chiqarilgan 1 kilovatt/soat elektr energiyasi uchun tarif miqdori elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitimlarda nazarda tutilgan miqdorda va xorijiy valyutada oʻrnatilganligi belgilab qoʻyilsin hamda toʻlov narxlarining AQSH dollariga bogʻlanishiga ruxsat berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Energetika vazirligi hamda “Oʻz MET” AJga Investor, Loyiha kompaniyasi va Investitsiya loyihasini moliyalashtirishda ishtirok etayotgan kreditorlar bilan Investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida imzolangan bitimlar boʻyicha majburiyatlar Loyiha kompaniyasi tomonidan bajarilmagan taqdirda, Loyiha kompaniyasi va Investor huquqlarini kreditorlarga berish yuzasidan toʻgʻridan-toʻgʻri bitimlar tuzish huquqi berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. “Oʻz MET” AJga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Loyiha kompaniyasi bilan birgalikda elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitimlarda belgilangan tartib-taomillarga muvofiq, Investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun xalqaro mustaqil injiniring kompaniyasini va boshqa maslahatchilarni tender va majburiy ekspertiza oʻtkazmagan holda tanlab olishga va shartnomalar tuzishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Loyiha kompaniyasi tomonidan ishlab chiqariladigan elektr energiyasini uch oy mobaynida sotib olishni qoplash uchun majburiyatlar bajarilishining taʼminoti sifatida Loyiha kompaniyasi foydasiga chet el bankining xorijiy valyutada tasdiqlangan va tiklanadigan akkreditivini ochishiga ruxsat berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Suv xoʻjaligi vazirligi va “UzGasTrade” AJ “Oʻz MET” AJ bilan elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitimlarda koʻzda tutilgan hajmlarga va parametrlarga muvofiq, Loyiha kompaniyasiga tabiiy gaz va texnik suv yetkazib berish boʻyicha shartnomalar imzolanishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, Suv xoʻjaligi vazirligi va “UzGasTrade” AJning aybi bilan tabiiy gaz va texnik suv yetkazib berilmasligi natijasida “Oʻz MET” AJ tomonidan Loyiha kompaniyasiga yetkazilgan zararlar, shu jumladan barcha turdagi jarima va boy berilgan foyda summalarini toʻlab berish majburiyati yuzasidan, agar shartnomada boshqa qoidalar nazarda tutilmagan boʻlsa, tabiiy gaz va texnik suv yetkazib beruvchilar “Oʻz MET” AJ oldida qonunchilikka muvofiq regress tartibida javobgar boʻlishi belgilab qoʻyilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Iqtisodiyot va moliya vaziriga Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan “Oʻz MET” AJning akkreditiv ochadigan xorijiy bank oldidagi toʻlov majburiyatlari Jahon banki kafolati orqali bajarilgan taqdirda, Jahon banki bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatiga maqbul shakldagi Jahon banki xarajatlarini qoplash toʻgʻrisidagi bitimni imzolash vakolati berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. “Oʻz MET” AJ Investitsiya loyihasi doirasida bugʻ-gaz elektr stansiyasini yagona elektr energetika tarmogʻiga ulash uchun havo elektr uzatish tarmoqlarini qurish ishlari boshlanishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida Loyiha kompaniyasiga, toʻlanishi lozim boʻlgan barcha soliqlar va yigʻimlar amalga oshirilgan holda, xorijiy kreditorlarning loyihalarni moliyalashtirishda anʼanaviy qoʻllaydigan tavakkalchilikni boshqarish talablariga muvofiq, quyidagi huquqlar berilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kredit olish, xorijiy valyutadagi mablagʻlarni olish va ulardan foydalanish (shu jumladan, xorijiy valyutada kredit mablagʻlari tushumlari) uchun chet ellardagi xorijiy banklarda bank hisobvaraqlari ochish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida boʻlgan xorijiy pudratchilar, yetkazib beruvchilar yoki xorijiy kreditorlarga toʻlovlarni Oʻzbekiston Respublikasidagi bank hisobvaraqlari orqali oʻtkazmasdan toʻgʻridan-toʻgʻri amalga oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Investitsiya loyihasini joylashtirish uchun Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanidagi ilovaga muvofiq 60,25 gektar yer maydoni qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar toifasidan sanoat maqsadlariga moʻljallangan yerlar toifasiga oʻtkazilsin.
(11-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 4-iyuldagi PQ-209-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.07.2023-y., 07/23/209/0452-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sirdaryo viloyati hokimligi 2023-yil oxiriga qadar ushbu qaror bilan toifasi oʻzgartirilayotgan yer maydonlari maydonining besh baravari miqdorida qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yangi yerlar oʻzlashtirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, mazkur bandga asosan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer maydonining yer fondi toifasi oʻzgartirilishi bilan bogʻliq qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining oʻrnini qoplash boʻyicha kompensatsiya toʻlovlari toʻlanmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Sirdaryo viloyati hokimligi bir oy muddatda Investitsiya bitimi va elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitimlarda koʻrsatilgan shartlarga mos keladigan bugʻ-gaz elektr stansiyasi va uning infratuzilmasini qurish uchun zarur boʻlgan yer uchastkasining jamoat ehtiyojlari uchun Energetika vazirligiga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Energetika vazirligi mazkur bandga asosan ajratilgan yer uchastkasining Investitsiya loyihasini amalga oshirish muddatiga teng davrga Loyiha kompaniyasiga ijaraga berilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yerni ijaraga olish huquqi uchun bozor qiymatida haq toʻlash yerga nisbatan amal qiluvchi va Loyiha kompaniyasi tomonidan toʻlanadigan ijara toʻlovlari koʻrinishida ifodalanishi belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Investitsiya loyihasi doirasida Energetika vazirligi bilan tuzilgan yer uchastkasining ijara shartnomalari asosida berilgan yer uchastkalari uchun toʻlanadigan ijara toʻlovi miqdori yer soligʻi miqdoriga tenglashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi Investitsiya loyihasining amalga oshirilishi, shuningdek, tomonlarning Investitsiya bitimi va elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitimlar doirasidagi majburiyatlarini bajarishi ustidan doimiy nazorat oʻrnatsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Tabiat resurslari vazirligi Investitsiya loyihasi hujjatlarining davlat ekologiya ekspertizasidan oʻtkazilishini va Investitsiya loyihasini amalga oshirishda tabiatni muhofaza qilishga oid qonunchilikka rioya qilinishi ustidan lozim darajada nazorat oʻrnatilishini belgilangan tartibda taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Adliya vazirligi Investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida Investitsiya bitimi hamda uning qoidalariga muvofiq imzolangan bitimlar yuzasidan yuridik xulosalar bersin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan har chorak yakunida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot berib borilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 30-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-464-son
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi PQ-464-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sirdaryo viloyati Boyovut tumanida quvvati 1 573 MVt boʻlgan bugʻ-gaz elektr stansiyasini qurish” investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar toifasidan sanoat maqsadlariga moʻljallangan yerlar toifasiga oʻtkazilayotgan yer uchastkalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Hudud nomi

Kontur raqami

Jami yer uchastkasi maydoni

(gektar)

shundan:

Tuproq bonitet bali

sugʻoriladigan ekin yerlari

(gektar)

yaylov yerlar

(gektar)

boshqa yerlar

(yoʻllar, ariq-zovur)

(gektar)

Sirdaryo viloyati,

Boyovut tumani,

“T. Latipov” MFY

254q

1,71

1,61

0,10

51

258q

7,72

7,62

0,10

45

259q

16,08

15,94

0,14

51

260q

11,29

11,09

0,20

46

236q

5,80

5,80

261q

0,05

0,05

262q

0,52

0,52

Jami

43,17

36,26

6,91

Sirdaryo viloyati,

Boyovut tumani,

“Shirin” MFY

143q

3,90

3,90

44

145q

0,90

0,90

44

138

1,20

1,0

0,10

0,10

44

139

0,80

0,80

44

140

2,20

2,0

0,15

0,05

44

133q

2,0

1,98

0,02

54

136q

0,95

0,95

137q

2,0

2,0

44

142q

0,78

0,78

144q

0,55

0,55

Jami

15,28

11,78

1,05

2,45

Sirdaryo viloyati,

Shirin shahri,

“M. Ulugʻbek” MFY

1,03

0,47

0,56

41

0,77

0,54

0,23

41

Jami

1,80

1,01

0,79

Umumiy ajratiladigan yer maydoni

60,25

49,05

1,05

10,15

(ilova matni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 4-iyuldagi PQ-209-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.07.2023-y., 07/23/209/0452-son)
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.01.2023-y., 07/23/464/0005-son; 06.07.2023-y., 07/23/209/0452-son)