29.12.2022 yildagi 729-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpog‘iston Respublikasi sovutkichli sig‘imlar uyushmasini tashkil etgan holda intervensiya tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qoraqalpog‘iston Respublikasining shimoliy tumanlarida tadbirkorlikni rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 30-maydagi PQ-264-son qarori ijrosi yuzasidan hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida oziq-ovqat xavfsizligi va bozorlarda narx-navo barqarorligiga erishish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qoraqalpog‘iston Respublikasining shimoliy tumanlarida tadbirkorlikni rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 30-maydagi PQ-264-son qarorida Qoraqalpog‘iston Respublikasi shimoliy tumanlarining iqlim sharoitidan kelib chiqib, qish-bahor oylarida aholining asosiy oziq-ovqat, xususan, kartoshka, piyoz mahsulotlariga bo‘lgan talabini, oziq-ovqat xavfsizligini va bozorlarda narx-navo barqarorligini ta’minlash maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi sovutkichli sig‘imlar uyushmasini tashkil etgan holda intervensiya tizimini joriy etish belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga bir oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpog‘iston Respublikasi sovutkichli sig‘imlar uyushmasini (keyingi o‘rinlarda — Uyushma) tashkil etish va asosiy faoliyat vazifalari etib Qoraqalpog‘iston Respublikasining shimoliy tumanlari aholisi iste’moli uchun qish-bahor oylarida asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlarini zaxiraga g‘amlash, saqlash, ichki bozorga yetkazib berish, bozorlarda narxlar barqarorligi va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash hamda intervensiya tizimini joriy etishni nazarda tutgan holda Uyushmaning ustavi va ta’sis hujjatlarini ishlab chiqish va o‘rnatilgan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda huquqiy ko‘maklashsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uyushmani yuridik manzilga joylashtirish va boshqaruv apparatini malakali xodimlar bilan to‘ldirish masalalarida amaliy yordam ko‘rsatsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Uyushmaga Qoraqalpog‘iston Respublikasining shimoliy tumanlari aholisini asosiy turdagi oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojlarini doimiy ravishda tahlil qilib borish, shuningdek, zaruratga ko‘ra, bu borada tezkor kompleks choralar ko‘rish bo‘yicha aniq hisob-kitoblarga asoslangan takliflarni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga kiritib borish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi bilan birgalikda Uyushma faoliyatini yo‘lga qo‘yish, uni samarali tashkil etish va faoliyat vazifalarini amalga oshirishda yaqindan ko‘maklashsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpog‘iston Respublikasining shimoliy tumanlarida asosiy turdagi oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlashga ixtisoslashgan sovutkichli sig‘imlar, shuningdek, dehqon bozorlarining sovutkichli sig‘imlarini manzilli ro‘yxatini shakllantirsin hamda doimiy ravishda yangilab borsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Uyushma bilan birgalikda bir oy muddatda Qoraqalpog‘iston Respublikasining shimoliy tumanlarida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash borasida birinchi navbatda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqib, tasdiqlasin va ijroga qaratsin. Bunda asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining zaxiralari yaratilishi nazarda tutilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Belgilansinki, Qoraqalpog‘iston Respublikasining shimoliy tumanlari aholisini asosiy turdagi oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojlarini aniqlash Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi tomonidan Uyushma bilan birgalikda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, qish-bahor oylarida aholi ehtiyojlaridan kelib chiqib, asosiy turdagi oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini tayyorlash, zaxiraga g‘amlash, saqlash va ichki bozorlarda savdosini tashkil etish bo‘yicha talabgorlarni aniqlash Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda tanlov yoki tender o‘tkazish orqali amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Moliya vazirligi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi bilan birgalikda bir oy muddatda Uyushmaga a’zo subyektlarga kooperatsiya tashkil etgan holda sovutkichli sig‘imlar qurish va jihozlash hamda qish va bahor oylarida elektr energiya xarajatlarining bir qismini O‘zbekiston Respublikasining davlat budjetidan qoplab berish tartibini ishlab chiqib, o‘rnatilgan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda AQSh Xalqaro savdo ma’muriyatining Amerika maxsus biznes amaliyoti o‘qitish dasturi (SABIT) haqida tadbirkorlik subyektlariga seminar-treninglar o‘tkazilishini hamda batafsil ma’lumot yetkazilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda 2023-yil 30-martga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasida sovutkichli sig‘imlar sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlarini Amerika maxsus biznes amaliyoti o‘qitish dasturi (SABIT) doirasida malakasini oshirish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasida, sovutkichli sig‘imlarni tashkil etish hamda mahsulotlarni saralash va qadoqlash bo‘yicha amalga oshiriladigan loyihalarni moliyalashtirishga xorijiy moliya institutlari mablag‘larini jalb etish choralarini ko‘rsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi tadbirkorlik subyektlariga qulayliklar yaratish maqsadida Uyushma tomonidan zaxira qilingan oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan ichki bozorni ixtiyoriy ravishda intervensiya qilish uchun ularga dehqon bozorlarida rastalar ajratilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Belgilansinki, tumanlarda oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga taqchillik sezilganda ichki bozorni to‘ldirish va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Uyushma bilan birgalikda ichki bozorni intervensiya qilish bo‘yicha quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tumanlarda taqchillik ehtimoli aniqlangan asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarining zaxirasini yaratadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taqchillik ehtimoli kutilayotgan asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilishni moliyalashtirish maqsadida tuman (shahar) hokimliklarining Oziq-ovqat xavfsizligi jamg‘armalari faoliyatini muvofiqlashtirish uchun mablag‘lar jalb qilinishini ta’minlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taqchillik sezilgan hududlarda faoliyat yuritayotgan chakana savdo shoxobchalari, yirik savdo markazlari va dehqon bozorlari bilan hamkorlikda ularga asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini tizimli yetkazib berish choralarini ko‘radi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi F.U. Ermanov belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Sh.M. G‘aniyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 29-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
729-son
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2022-y., 09/22/729/1134-son)