30.05.2022 yildagi PQ-264-son
4. Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Davlat aktivlarini boshqarish agentligi 2024-yil yakuniga qadar mazkur qarorning 2-bandida nazarda tutilgan eksperimentni yanada takomillashtirish va uni Surxondaryo, Qashqadaryo, Buxoro, Navoiy, Sirdaryo va Jizzax viloyatlarining alohida tumanlarida tatbiq etish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Mas’ullar

I. Yer va suv resurslaridan oqilona foydalanish va ekologik muhitni yaxshilash

1.

Qoraqalpog‘iston Respublikasining shimoliy tumanlarida 92 495 gektar (62 ming gektar qayta foydalanishga kiritiladigan yerlar, 30 ming gektar ekin ekib kelinayotgan, biroq irrigatsiya melioratsiya tadbirlari talab etiladigan ekin yerlari) yer maydonlarini qayta foydalanishga kiritish:

2022-yilda 24 078 gektar;

2023-yilda 37 016 gektar;

2024-yilda 31 400 gektar.

1. 37 372 gektar yer maydonda kapital yer tekislash.

2. 1 893 km ariqlarni va 986 km zovurlarni tozalash.

3. 151 km yangi ariqlar va 140 km yangi zovurlar qazish hamda 624 km ariqlarni betonlash.

4. 1 090 dona gidrotexnik inshootlarni qurish va rekonstruksiya qilish hamda 3 185 dona gidrotexnik inshootlarni ta’mirlash va tiklash.

5. 114 dona yangi nasoslar o‘rnatish va 135 km elektr liniyalarini tortish.

6. 21 dona sug‘orish uchun yer osti tik quduqlarini qazish va 90 842 gektar ekin maydonida suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish.

2022 — 2024-yillarda alohida grafik asosida

Suv xo‘jaligi vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Qoraqalpog‘iston Respublikasining shimoliy tumanlariga biriktirilgan viloyatlar hokimliklari, Qishloq xo‘jaligi vazirligi

2.

Qishloq xo‘jaligida qayta foydalanishga kiritilgan 92 495 gektar yer maydonlarining tuproq-iqlim sharoiti, suv bilan ta’minlanganligi, tashqi va ichki bozor talablarini hisobga olgan holda ushbu maydonlarda qishloq xo‘jaligi ekinlarini yerdan foydalanuvchilar tomonidan mustaqil joylashtirilishini tashkil etish.

1. Qishloq xo‘jaligi yerlarini foydalanishga kiritgan yerdan foydalanuvchilarga qishloq xo‘jaligi ekinlarini mustaqil joylashtirish bo‘yicha takliflarni umumlashtirish.

Har yili may oyida

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Qoraqalpog‘iston Respublikasining shimoliy tumanlariga biriktirilgan viloyatlar hokimliklari, Suv xo‘jaligi vazirligi

2. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chi�arish va realizatsiya qilish bo‘yicha prognoz ko‘rsatkichlarni hisob-kitob qilish.

Har yili iyul oyida

3.

Shimoliy tumanlarda 4534 gektar maydonda yangi mevali bog‘lar va 3355 gektar maydonda yangi uzumzorlar barpo etish:

2022-yilda 848 gektar yangi mevali bog‘ va 1611 gektar yangi uzumzor;

2023-yilda 1617 gektar yangi mevali bog‘ va 1101 gektar yangi uzumzor;

2024-yilda 2069 gektar yangi mevali bog‘ va 643 gektar yangi uzumzor.

1. Yangi mevali bog‘lar va uzumzorlar barpo etish uchun talab etiladigan mablag‘lar manbalarini aniqlash va moliyalashtirish ishlarini amalga oshirish.

2. Mevali bog‘lar va uzumzorlar barpo etish uchun subsidiyalar ajratish.

3. Ko‘chatlarni o‘tqazish va suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish ishlarini amalga oshirish.

2022 — 2024-yillarda alohida grafik asosida

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Qoraqalpog‘iston Respublikasining shimoliy tumanlariga biriktirilgan viloyatlar hokimliklari

4.

Qishloq xo‘jaligi va Suv xo‘jaligi vazirliklari talabnomalariga muvofiq foydalanishdan chiqqan sug‘oriladigan yerlarni o‘zlashtirish va sug‘oriladigan yerlarni kompleks rekonstruksiya qilish, tuproq unumdorligini tiklash va oshirish, yer tuzish, buzilgan yerlarni rekultivatsiya qilish va ushbu yo‘nalishda avtomatlashtirilgan er-axborot tizimlarini yaratish ishlariga mahalliy budjetdan mablag‘lar ajratish mexanizmini yaratish.

1. Foydalanishdan chiqqan sug‘oriladigan yerlarni o‘zlashtirish va sug‘oriladigan yerlarni kompleks rekonstruksiya qilish, tuproq unumdorligini tiklash va oshirish, yer tuzish, buzilgan yerlarni rekultivatsiya qilish va ushbu yo‘nalishda avtomatlashtirilgan er-axborot tizimlarini yaratish ishlariga mahalliy budjetdan mablag‘lar ajratish tartibini belgilash bo‘yicha Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish.

2022-yil iyun

Moliya vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi

2. Loyihani belgilangan tartibda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish, huquqiy ekspertizadan o‘tkazish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2022-yil avgust

5.

“Yashil hududlar”ni ko‘paytirish orqali hududlarda ekologik va ijtimoiy vaziyatni yaxshilash.

1. Orol dengizining qurigan hududida yana qo‘shimcha 500 ming gektar o‘rmonzor va butazorlarni barpo etish.

2022 — 2024-yillar

O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

2. Shahar va tumanlar markazida jami 280 gektar, jumladan Nukus shahrida 50 gektar maydonda jamoat parklari va yashil maydonlar tashkil qilish.

2022 — 2024-yillar

3. Nukus shahri atrofidagi “yashil belbog‘” maydonini yana 200 gektarga kengaytirish.

2022 — 2024-yillar

4. Yo‘l bo‘yi hududlari, mahallalar, korxonalar, ijtimoiy obyektlar, dalalar atrofida 15 mln tup daraxt va manzarali butalar ekish.

2022-2023-yillar

6.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi tumanlarida qishloq xo‘jaligi yerlarining dala chetlarida har yili 250 gektar maydonda ihota daraxtzorlarini barpo etish.

1. Barpo etiladigan ihota daraxtzorlar maydonlarini aniqlash.

2022-yil

O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

2. O‘rmon ho‘jaliklari tomonidan zarur bo‘lgan iqlim sharoitiga mos daraxt va butalar ko‘chatlarini yetishtirish uchun ko‘chatxona tashkil etish.

3. Bahor va kuz mavsumlarida daraxt va butalar ko‘chatlaridan ihota maydonlarini barpo etish.

2022 — 2024-yillar

7.

Orolbo‘yi hududida har yili noan’anaviy turdagi dorivor o‘simliklarning plantatsiyasini tashkil etish.

1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi o‘rmon ho‘jaliklarida jami 250 gektar maydonda dorivor godji, lavanda, na’matak va boshqa turdagi dorivor o‘simliklarning ko‘chatlarini yetishtirish va plantatsiyasini barpo etish.

2. Etishtirilgan dorivor o‘simliklarni qayta ishlovchi korxonalarga yetkazib berish.

2022 — 2024-yillar

O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

II. Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sanoati sohalarini rivojlantirish

8.

�oraqalpog‘iston Respublikasi shimoliy tumanlarining iqlim sharoitidan kelib chiqib, qish-bahor oylarida aholining asosiy oziq-ovqat, xususan, kartoshka, piyoz mahsulotlariga bo‘lgan talabini, oziq-ovqat xavfsizligini va bozorlarda narx-navo barqarorligini ta’minlash maqsadida “Qoraqalpog‘iston Respublikasi sovutkichli sig‘imlar uyushmasi”ni tashkil etgan holda intervensiya tizimini joriy etish.

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qoraqalpog‘iston Respublikasi sovutkichli sig‘imlar uyushmasi”ni tashkil etgan holda intervensiya tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi qarori loyihasini ishlab chiqish.

Bunda:

Uyushma mahalliy hokimliklar bilan hamkorlikda qish-bahor oylarida aholi ehtiyojlaridan kelib chiqib, asosiy qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga bo‘lgan talabni aniqlash va mahsulotlarni saqlash bo‘yicha tenderlar o‘tkazish;

Uyushmaga a’zo subyektlarga qish-bahor oylarida elektr energiya xarajatlarining 50 foiz miqdorini davlat tomonidan subsidiyalash;

Uyushmaga a’zo subyektlarga kooperatsiya tashkil etgan holda sovutkichli omborxonalar qurish xarajatlarining bir qismini qoplab berish;

omborxonalarda mahsulotlarni saqlashning zamonaviy usullarini o‘rgatish bo‘yicha tadbirkorlar malakasini oshirish;

xorijiy moliya institutlari mablag‘larini jalb etish nazarda tutiladi.

2022-yil iyul

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

2. Loyihani belgilangan tartibda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish, huquqiy ekspertizadan o‘tkazish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2022-yil avgust

9.

Chorvachilik va qoramolchilik sohasida 11 113 tonna sut va 45 809 tonna go‘sht ishlab chiqarishga erishish:

2022-yilda 2 324 tonna sut va 6 972 tonna go‘sht;

2023-yilda 3 538 tonna sut va 17 971 tonna go‘sht;

2024-yilda 5 251 tonna sut va 20 866 tonna go‘sht.

1. Chet ellardan qora-ola, qizil sut yo‘nalishidagi va qozoqi oqbosh, aberdin-angus go‘sht yo‘nalishidagi zotdor qoramollar va ularning urug‘larini olib kelish.

2. Sun’iy urug‘lantirish punktlarini jihozlash va ko‘paytirish, sun’iy texnik-osemenatorlar soni va malakalarini oshirish.

3. Qoramollar sonini 1 392 ming bosh, shu jumladan sigirlar sonini 401 ming boshga va naslli buzoqlar sonini 264 ming boshga yetkazish.

2022 — 2024-yillar

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

10.

Mahalliy baliq turini yetishtirish uchun qafas o‘rnatish:

2022-yilda 500 dona;

2023-yilda 1000 dona;

2024-yilda 1500 dona.

1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mo‘ynoq, Taxtako‘pir, Ellikqal’a tumanlarining har birida kamida 3000 tadan qafas xarid qilish.

2. Baliq yetishtirish uchun talabgor oilalarni aniqlash va qafaslarni aholi xonadonlariga biriktirish.

3. Baliq mahsulotlari ishlab chiqarishni 9 ming tonnaga yetkazish.

2022 — 2024-yillar

“O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, “Mikrokreditbank” ATB, “Agrobank” ATB, AT “Xalq banki”

11.

Intensiv usulda baliq yetishtirishni yo‘lga qo‘yish:

2022-yilda 16 ming tonna;

2023-yilda 22 ming tonn�;

2024-yilda 30 ming tonna.

1. Intensiv usulda tashkil etiladigan baliqxonalarning manzilli ro‘yxatini shakllantirish.

2. Intensiv usulga o‘tkazish uchun mablag‘lar manbalarini aniqlash.

3. Qoraqalpog‘iston Respublikasining har bir tumanida kamida 10 tadan Xitoy texnologiyasini o‘rnatish, har bir gektaridan 100 tonna baliq yetishtirish.

2022 — 2024-yillar

“O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, “Ipoteka-bank” ATIB

12.

Har bir tumanda bugungi kunda faoliyat yuritib kelayotgan baliqchilik ho‘jaliklarini yarim intensiv xo‘jaliklarga aylantirish:

2022-yilda 800 gektar;

2023-yilda 1600 gektar;

2024-yilda 2400 gektar.

1. Yarim intensiv usulga aylantiriladigan baliqxonalar ro‘yxatini tuzish.

2. Yarim intensiv usulga o‘tkazish uchun talab etiladigan mablag‘lar manbalarini aniqlash.

3. Qoraqalpog‘iston Respublikasining har bir tumanida kamida 100 gektar maydon uchun aeratorlar sotib olish va baliqchilik ho‘jaliklariga o‘rnatish.

2022 — 2024-yillar

“O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, “Ipoteka-bank” ATIB

III. Qishloq xo‘jaligi va chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash

13.

Asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash darajasini 3 — 5 barobarga oshirish.

Jumladan go‘shtni 30 foizga, sutni 50 foizga va meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash darajasini 35 foizga yetkazish.

1. Faoliyat yuritayotgan 54 ta qayta ishlash korxonalari quvvatlarini oshirish choralarini ko‘rish.

2. Yangi tashabbuskorlarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash (kredit, subsidiya ajratish), qayta ishlash sohasiga jalb etish orqali qo‘shimcha quvvatlar yaratish.

3. Korxonalarda muammolarni aniqlash va hal qilish choralarini ko‘rish.

2022 — 2024-yillar

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

14.

Chorvachilik yo‘nalishida sut va go‘shtni qayta ishlash bo‘yicha yangi korxonalarni tashkil etish:

2022-yilda 10 ta sutni va 8 ta go‘shtni qayta ishlash bo‘yicha yangi korxona;

2023-yilda 7 ta sutni va 6 ta go‘shtni qayta ishlash bo‘yicha yangi korxona;

2024-yilda 8 ta sutni va 6 ta go‘shtni qayta ishlash bo‘yicha yangi korxona.

1. Chorvachilik yo‘nalishida sut va go‘shtni qayta ishlash bo‘yicha yangi korxonalarni tashkil etish bo‘yicha tashabbuskorlarni aniqlash.

2. Sut va go‘shtni qayta ishlash bo‘yicha yangi korxonalarni tashkil etish bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarni ishlab chiqish va moliyalashtirish manbalarini aniqlash.

3. Sut va go‘shtni qayta ishlash bo‘yicha yangi korxonalarni qurish va ishga tushirish.

2022 — 2024-yillar

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

15.

Tumanlarda 10 ming gektar maydonda qizilmiya plantatsiyalarini tashkil etish va yiliga 2 ming tonna artemiya sistasini qayta ishlash choralarini ko‘rish.

Qizilmiya plantatsiyalarini tashkil etish bo‘yicha 500 milliard so‘mlik 20 ta hamda artemiya qobig‘ini yig‘ish va qayta ishlash bo‘yicha qiymati 495 mlrd so‘mlik 12 ta loyihani amalga oshirish.

2022 — 2024-yillar

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi

16.

Sistanxe o‘simligini klaster usulida qayta ishlashni yo‘lga qo‘yish va natijada yiliga ishlab chiqarish quvvati 100 tonnalik korxona tashkil etish.

1. Loyihaning biznes rejasini ishlab chiqish.

2. Xorijiy va mahalliy ekspertlarni jalb etish orqali ilmiy asoslangan xulosalarni tayyorlash.

3. Tegishli tashkilotlardan ruxsatnoma olish.

4. Moliyalashtirishni ochish va loyihani ishga tushirish.

2023-yil noyabr

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi

IV. Aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish

17.

Paxta va g‘alla maydonlarini qisqartirish evaziga qishloq xo‘jaligida 30 mingta yangi ish o‘rinlari yaratish.

1. Hosildorligi past bo‘lgan paxta va g‘alla maydonlarini aniqlash va yildan-yilga qisqartirib borish.

2. Dehqon xo‘jaligini yuritish uchun jami 10 ming gektar maydonni aholiga ochiq tanlov asosida 1 gektargacha uzoq muddatli ijaraga berish.

2022 — 2024-yillar

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

18.

Sharoiti og‘ir 38 ta mahallada 54 ta kooperatsiya birlashmalarini tashkil qilish orqali aholi daromadlarini oshirish va ishsizlikni kamaytirish.

1. Kooperatsiya asosida Bo‘zatov tumanida 150 mingdan ortiq kurka yetishtirishni yo‘lga qo‘yish va 2,5 ming aholini ish bilan ta’minlash.

2. Nukus tumanida qo‘ychilik, jun, go‘sht, kigiz, gilam va o‘tov ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish orqali 1,5 mingta ish o‘rinlarini tashkil etish.

3. Kambag‘al oilalarni kooperatsiya asosida tadbirkorlik loyihalari bilan to‘liq qamrab olish.

2022-2023-yillar

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

V. Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, qulay agrobiznes va investitsiya muhitini yaratish

19.

Qishloq xo‘jaligi sohasiga xalqaro moliya institutlarining mablag‘larini jalb etish hisobiga loyihalarni amalga oshirish.

1. Nukus shahar, Nukus, Qo‘ng‘irot, Chimboy, Bo‘zatov, Ellikqal’a tumanlarida 8,6 ming tonna quvvatga ega bo‘lgan muzlatkich omborxonasi, 5 ming tonna meva-sabzavotni qadoqlash va qayta ishlashni tashki� etish, 8 ta avtorefrijerator xarid qilish.

2. Nukus shahar, Nukus, Beruniy, Ellikqal’a tumanlarida 508 ga yer maydonlarida zamonaviy bog‘ barpo etish, 2500 mln dona tara ishlab chiqarish, bog‘dorchilik sohasida 7 ta maxsus texnika xarid qilish.

3. Qoraqalpog‘iston Respublikasida Agroxizmatlar markazini tashkil etish.

2022 — 2024-yillar

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

20.

Tijorat banklari balansidagi foydalanilmay turgan chorvachilik va parrandachilik obyektlari (binolar va inshootlar), shu jumladan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash obyektlari (binolar va inshootlar), muzlatkichlar va omborxonalarda boshqa hududlardan jalb etilayotgan tadbirkorlar mablag‘lari hisobidan ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish va foydalanish orqali iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida mazkur obyektlarni tadbirkorlarga belgilangan tartibda taqdim etish.

1. Ti�orat banklari balansidagi foydalanilmay turgan chorvachilik va parrandachilik obyektlari (binolar va inshootlar), shu jumladan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash obyektlari (binolar va inshootlar), muzlatkichlar va omborxonalar ro‘yxatini shakllantirish.

2022-yil avgust

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Markaziy bank, “Asakabank” ATB, “Qishloq qurilish bank” ATB, “Ipoteka-bank” ATIB, “Mikrokreditbank” ATB, “Agrobank” ATB, “O‘zsanoatqurilishbank” ATB, AT “Xalq banki”, AT “Aloqabank”, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

2. Aniqlangan obyektlarni belgilangan tartibda boshqa hududlardan jalb etilayotgan tadbirkorlarga taqdim etish.

2022-yil dekabr