09.12.2022 yildagi 699-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davolash-profilaktika muassasalarining ilmiy darajaga ega boʻlgan xodimlariga har oylik qoʻshimcha haq toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tibbiyot muassasalari xodimlarini moddiy qoʻllab-quvvatlash hamda ragʻbatlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 17-maydagi PF-136-son Farmoni ijrosini taʼminlash, shuningdek, davlat tibbiyot muassasalarida ilmiy darajaga ega boʻlgan tibbiyot xodimlarining faoliyatini munosib ragʻbatlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tibbiyot muassasalari xodimlarini moddiy qoʻllab-quvvatlash hamda ragʻbatlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 17-maydagi PF-136-son Farmonining 4-bandiga muvofiq 2022-yil 1-sentabrdan boshlab davolash-profilaktika muassasalarining xodimlariga Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasi uchun lavozim maoshining 60 foizigacha va fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi uchun lavozim maoshining 30 foizigacha miqdorda har oylik qoʻshimcha haq toʻlanishi belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Davolash-profilaktika muassasalarining ilmiy darajaga ega boʻlgan xodimlariga qoʻshimcha haq toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qoʻshimcha haq toʻlash uchun taqdim etiladigan hujjatlar roʻyxati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davolash-profilaktika muassasalarida qoʻshimcha haq toʻlash mezonlari va miqdorlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qoʻshimcha haq toʻlash mezonlari boʻyicha xodimning koʻrsatkichlarini hisoblash tartibi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan davolash-profilaktika muassasalari xodimlariga ushbu qarorga muvofiq qoʻshimcha haq belgilanishi bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirish Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri B.A. Musayev va Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri T.A. Ishmetov zimmasiga hamda Taʼlim, sogʻliqni saqlash va sport masalalari kotibiyatiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 9-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
699-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-dekabrdagi 699-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davolash-profilaktika muassasalarining ilmiy darajaga ega boʻlgan xodimlariga qoʻshimcha haq toʻlash tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom davlat davolash-profilaktika muassasalarida (keyingi oʻrinlarda — muassasalar) tibbiyot sohasida ilmni rivojlantirishga oʻz hissasini qoʻshayotgan ilmiy darajaga ega boʻlgan tibbiyot xodimlariga har oylik qoʻshimcha haq toʻlash tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur Nizom talablari respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy markazlarining Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-dekabrdagi 1030-son qarori bilan tasdiqlangan Ilm-fan va taʼlim sohasidagi davlat tashkilotlarida ilmiy, ilmiy-pedagogik va mehnat faoliyati bilan shugʻullanuvchi ilmiy darajaga ega xodimlarga qoʻshimcha haq toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq qoʻshimcha haq oladigan tibbiyot xodimlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Muassasalarning fan doktori (Doctor of Science), fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega boʻlgan xodimlariga asosiy ish joyi boʻyicha ushbu Nizomga muvofiq har oylik qoʻshimcha haq belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
lavozim maoshi — yilning kalendar oyi uchun muayyan murakkablikdagi mehnat (lavozim) vazifalarini bajarish uchun xodimning mehnatiga haq toʻlashning qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilangan miqdori (kompensatsiya, ragʻbatlantirish va ijtimoiy toʻlovlar, nafaqalar va boshqa qoʻshimcha toʻlovlarni hisobga olmagan holda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qoʻshimcha haq — amalga oshirilgan muayyan ish boʻyicha natijaga erishilganligi uchun har oyda toʻlanadigan qoʻshimcha toʻlov;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xodim — muassasalarda tibbiyot sohasida ilmni rivojlantirishga oʻz hissasini qoʻshayotgan ilmiy darajaga ega boʻlgan tibbiyot xodimlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Xodimga qoʻshimcha haq uning joriy yil (kalendar yil) mobaynidagi faoliyati natijalari tahliliga asosan kelgusi yil uchun belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Qoʻshimcha haq miqdori xodimning egallab turgan lavozimiga mutanosib ravishda, biroq bir stavkadan ortiq boʻlmagan miqdorda har oyda hisoblanadigan lavozim maoshiga nisbatan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Xodim bir nechta muassasada qonunchilikda belgilangan tartibda mehnat shartnomasi asosida faoliyat yuritayotgan boʻlsa, u asosiy ish joyi boʻyicha qoʻshimcha haq olish huquqiga ega boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Xodimlarga qoʻshimcha haq toʻlash tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Xodimlarning lavozim maoshiga har oylik qoʻshimcha haq ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq toʻlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Qoʻshimcha haq ushbu Nizomga 2-ilovada koʻrsatilgan mezonlarga muvofiq erishilgan faoliyat natijalariga asosan toʻlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Xodim muassasa rahbariga har yili 15-dekabrga qadar kelgusi yilda qoʻshimcha haq olish uchun ushbu Nizomga 2-ilovada koʻrsatilgan hujjatlarni ilova qilgan holda ariza taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Muassasa rahbari taqdim etilgan hujjatlarni oʻn kun ichida koʻrib chiqib, xodimga kelgusi yil uchun oylik lavozim maoshiga qoʻshimcha haq miqdorini (foizda) koʻrsatgan holda buyruq chiqaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Zarur hollarda muassasa rahbari arizani oʻrganib chiqish jarayoniga tegishli mutaxassislarni jalb etishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Ilmiy darajaga ega boʻlgan muassasa rahbari uchun qoʻshimcha haq toʻlash tegishli yuqori turuvchi tashkilot rahbarining buyrugʻiga asosan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Muassasa rahbarining buyrugʻi xodimning lavozim maoshiga har oylik qoʻshimcha haq toʻlash uchun asos hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Qoʻshimcha haq toʻlashda xodim tomonidan joriy yil 1-yanvardan boshlab ariza berilgan kunga qadar erishilgan natijalar bir kalendar yil uchun bir marta hisobga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Quyidagi mezonlar boʻyicha erishilgan natijalar har oylik qoʻshimcha haq toʻlashda har yili inobatga olinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy darajaga ega boʻlganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy daraja olgandan keyingi davrda yangi davolash usullari standartlarini joriy etganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har bir ixtiro va (yoki) foydali modelga xorijiy va mahalliy patent olganligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Qoʻshimcha haq miqdori bir oyda — fan nomzodi yoki falsafa doktori ilmiy darajasiga ega xodimlar uchun lavozim maoshining 30 foizidan hamda fan doktori ilmiy darajasiga ega xodimlar uchun lavozim maoshining 60 foizidan oshmasligi kerak. Bunda belgilangan mezonlar boʻyicha xodimning erishgan koʻrsatkichlari uning ilmiy darajasiga muvofiq 30 yoki 60 foizdan oshgan taqdirda, qoʻshimcha haq tegishlicha 30 yoki 60 foiz miqdorida hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Xodimning ariza berilgandan soʻng ariza berilgan yil yakuniga qadar erishgan va inobatga olinmagan natijalari keyingi yilda qoʻshimcha haq olish uchun murojaat qilinganda hisobga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Har oylik qoʻshimcha haq boʻyicha toʻlovlar tibbiyot xodimi tegishli ilmiy darajaga ega boʻlgan yil yakuni bilan kelgusi yildan boshlab hisobga olinadi. Bunda xodim ilmiy daraja olgan yilda amalga oshirgan barcha ishlari va erishgan natijalari keyingi yil uchun qoʻshimcha haq toʻlashda inobatga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Qoʻshimcha haq mablagʻlarini rejalashtirish va moliyalashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Tashkilot tomonidan qoʻshimcha haq belgilash uchun budjet mablagʻlari hajmini rejalashtirish muassasa rahbarining buyrugʻi bilan belgilangan ilmiy darajali xodimlar sonini hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Xodimlarga qoʻshimcha haqni belgilash bilan bogʻliq xarajatlar shtat jadvalida alohida aks ettiriladi va tashkilotning xarajatlar smetasida nazarda tutiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Muassasalarda ushbu xarajatlarni rejalashtirish va toʻlash boʻyicha buyruqning belgilangan muddatdan kech qabul qilinishi xodim olishi lozim boʻlgan qoʻshimcha haqni yil boshidan boshlab yil yakuniga qadar toʻlamaslik uchun asos boʻlmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Ushbu Nizom boʻyicha ajratiladigan budjet mablagʻlarining maqsadli ishlatilishi, qoʻshimcha haq miqdorining asoslanganligi, toʻgʻri hisoblanganligi hamda oʻz vaqtida toʻlanishi boʻyicha javobgarlik muassasa rahbari zimmasiga yuklatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Xodimlar muassasa rahbarining harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda yuqori turuvchi tashkilotga yoki sudga shikoyat qilishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Mazkur Nizomni qoʻllashda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davolash-profilaktika muassasalarining ilmiy darajaga ega boʻlgan xodimlariga qoʻshimcha haq toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davolash-profilaktika muassasalarining ilmiy darajaga ega boʻlgan xodimlariga har oylik qoʻshimcha haq toʻlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Bosqichlar

Masʼullar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Davolash-profilaktika muassasasi rahbari

Yil yakuni boʻyicha kelgusi yil xarajatlar smetasida davolash-profilaktika muassasasining ilmiy darajaga ega boʻlgan xodimiga har oylik qoʻshimcha haq toʻlash uchun talab etiladigan mablagʻlarni tasdiqlaydi.

Har yillik xarajatlar smetasi

2-bosqich

Davolash-profilaktika muassasasining ilmiy darajaga ega boʻlgan xodimi

1. Qoʻshimcha haq toʻlash mezonlari boʻyicha belgilangan vazifalarni amalga oshiradi.

1. Yil davomida

2. Tegishli tasdiqlovchi hujjatlarni toʻplaydi va davolash-profilaktika muassasasining rahbariga ariza bilan birga taqdim etadi.

2. Har yili 15-dekabrga qadar

3-bosqich

Davolash-profilaktika muassasasi rahbari

1. Arizani koʻrib chiqadi va taqdim etilgan hujjatlarni oʻrganadi.

Har yili 25-dekabrga qadar

2. Oʻrganish natijalari boʻyicha xodimga qoʻshimcha haq toʻlash toʻgʻrisida buyruq chiqaradi.

4-bosqich

Davolash-profilaktika muassasasi

Buyruq asosida xodimga har oyda qoʻshimcha haq toʻlaydi.

Yil davomida

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davolash-profilaktika muassasalarining ilmiy darajaga ega boʻlgan xodimlariga qoʻshimcha haq toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davolash-profilaktika muassasalarida qoʻshimcha haq toʻlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MEZONLARI VA MIQDORLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Mezonlar nomi

Tasdiqlovchi hujjatlar

Oylik qoʻshimcha haq miqdori (foiz)

Fan doktori

(Doctor of Science)

Fan nomzodi yoki falsafa doktori

(PhD)

1.

Ilmiy darajaga ega boʻlganligi uchun

Diplom nusxasi

20

10

2.

Ilmiy daraja olgandan keyingi davrda yangi davolash usullari standartlarini joriy etganligi uchun

Sogʻliqni saqlash vazirining yangi davolash usuli, diagnostika va davolash standartlariga kiritilganligini tasdiqlovchi buyrugʻi nusxasi

6

3

3.

Har bir ixtiro va (yoki) foydali modelga xorijiy yoki mahalliy patent olganlik uchun (muallifga)

Patent nusxasi

8

4

4.

Ilmiy darajalar beruvchi kengashlarda aʼzolik uchun (sonidan qatʼi nazar)

Ilmiy kengashning tasdiqlangan roʻyxati

6

3

5.

Ilmiy jurnallar yoki ilmiy tadbirlar toʻplamlarida eʼlon qilingan maqola(lar) uchun (sonidan qatʼi nazar)

Maqola(lar) roʻyxati va muqova, mundarija, nashr betlari nusxalari

2

1

6.

Kamida oxirgi ikki yil ichida xorijiy umumeʼtirof etilgan indeksatsiyalangan maʼlumotlar bazalarida doimiy ravishda boʻlgan jurnallarda (ushbu talab Oʻzbekiston nomidan kiritiladigan jurnallarga nisbatan tatbiq etilmaydi) eʼlon qilingan maqola (monografiya) uchun (sonidan qatʼi nazar)

Maqola (monografiya) roʻyxati va muqova, mundarija, nashr betlari nusxalari

4

2

7.

Davlat ilmiy dasturlari loyihalarida loyiha rahbari sifatida ishtirok etganlik uchun (sonidan qatʼi nazar)

Innovatsion rivojlanish vazirligining hayʼati tomonidan tasdiqlangan qaror nusxasi

6

3

8.

Davlat ilmiy dasturlari loyihalarida aʼzo sifatida ishtirok etganlik uchun (sonidan qatʼi nazar)

Buyurtmachi bilan loyihaning ijrochi tashkiloti oʻrtasida tuzilgan shartnoma nusxasi

2

1

9.

Oliy taʼlim tashkilotlari bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan darslik, oʻquv qoʻllanmasi yoki monografiya nashri uchun (sonidan qatʼi nazar)

Darslik (oʻquv qoʻllanmasi, monografiya) roʻyxati va muqova, mundarija, nashr betlari nusxalari

4

2

10.

Tibbiy taʼlim yoʻnalishida magistratura bosqichi talabalarining ilmiy faoliyati va amaliyotiga rahbarlik qilganligi yoki klinik ordinatorlarning oʻquv va klinik amaliyotiga rahbarlik qilganligi yoxud talabaning magistrlik dissertatsiyasiga rahbarlik (ilmiy maslahatchilik) qilganligi uchun (sonidan qatʼi nazar)

Oliy taʼlim muassasasining kengashi bayonidan koʻchirma

2

1

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. 1 — 3-pozitsiyalardagi mezonlar boʻyicha qoʻshimcha haq har yili toʻlanadi. Qolgan mezonlar boʻyicha koʻrsatkichlar xodimning oxirgi 12 oydagi faoliyati natijalari boʻyicha hisoblanadi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2022-y., 09/22/699/1083-son)