18.11.2022 yildagi SQ-650-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent viloyati va Toshkent shahrida yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda aholi bandligini taʼminlash boʻyicha amalga oshirilgan ishlarni oʻrganish natijalari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan parlament nazorati doirasida hududlarda yangi ish oʻrinlarini yaratish va aholi bandligini taʼminlash, mahallalarda ishsizlikni kamaytirish hamda norasmiy bandlik ulushini qisqartirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi doimiy ravishda oʻrganib borilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika boʻyicha joriy yilning oʻtgan 9 oyi mobaynida 5,9 mln kishi doimiy, vaqtinchalik va mavsumiy ish oʻrinlarida band boʻlgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jumladan, investitsiya loyihalarini amalga oshirish hisobiga 108,7 ming, qurilishda 137,2 ming, qishloq xoʻjaligida 3 617,5 ming, moliya-iqtisod, tadbirkorlik va kambagʻallikni qisqartirish yoʻnalishida 1 845,6 ming, turizm va madaniyat sohasida 276,7 ming kishining bandligi taʼminlangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Mahallabay” ishlash tizimi va hokim yordamchilari institutining joriy etilishi, hududlardagi muammolarning imkon qadar tezroq bartaraf etilishi, aholi muammolari tizimli oʻrganilishi ularni oʻz vaqtida toʻliq hal etish imkonini berdi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari va xotin-qizlar faollarining koʻmagi bilan ish bilan band boʻlmagan 644,6 ming shaxsga mehnat organlari tomonidan bandlik xizmatlari koʻrsatilgan, natijada 326,5 ming kishi boʻsh (vakant) ish oʻrinlariga joylashtirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu davrda 111,6 ming fuqaro kasb-hunarga, tadbirkorlik koʻnikmalariga oʻqitilgan. Bu boradagi xarajatlarga Bandlikka koʻmaklashish jamgʻarmasidan 68,1 mlrd soʻm mablagʻ sarflangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Joriy yilning yanvar — avgust oylarida Toshkent viloyati va Toshkent shahrida yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda aholi bandligini taʼminlash boʻyicha amalga oshirilgan ishlar ham oʻrganildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur davrda doimiy, vaqtinchalik va mavsumiy ish oʻrinlarini hisobga olganda Toshkent viloyatida 318,7 ming va Toshkent shahrida 448,4 ming kishining bandligi taʼminlangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jumladan, xizmatlar sohasini yanada rivojlantirish maqsadida Toshkent viloyatida 12,3 mingta va Toshkent shahrida 42,3 mingta xizmat koʻrsatish obyekti tashkil etilib, ularda 226 mingdan ziyod (shundan Toshkent shahrida 203 ming) yangi ish oʻrinlari yaratilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hududiy dasturlar doirasida Toshkent viloyatida 431 ta va Toshkent shahrida 128 ta investitsiya loyihasi ishga tushirilib, 14,5 mingdan ziyod kishilarning bandligini taʼminlashga imkoniyatlar yaratilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent viloyatida 49,9 ming va Toshkent shahrida 46,1 ming fuqaro 70 dan ortiq faoliyat yoʻnalishlarida oʻzini oʻzi band qilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ish qidirayotgan shaxslarni vaqtincha ish haqi (mehnat daromadi) olishi va moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash uchun haq toʻlanadigan jamoat ishlariga Toshkent viloyatida 9,4 ming va Toshkent shahrida 3,4 ming fuqaro jalb etilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, mazkur hududlarda yangi ish oʻrinlarini yaratish va aholi bandligini taʼminlash boʻyicha amalga oshirilgan ishlarda ayrim kamchilik va muammolar kuzatilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahrining Olmazor va Uchtepa tumanlarida xizmatlar sohasida yangi ish oʻrinlarini yaratish yillik prognozga nisbatan 50 foizni ham tashkil etmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Joriy yilning oʻtgan 8 oyi davomida xalq deputatlari Olmaliq shahar, Boʻka, Bektemir, Uchtepa va Yakkasaroy tumanlari Kengashlarida yangi ish oʻrinlari yaratish masalasi faqat bir marta muhokama qilingan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bundan tashqari, bu borada Toshkent viloyati va Toshkent shahri boʻyicha xalq deputatlari shaharlar va tumanlar Kengashlarida oʻtkazilgan muhokamalar natijalariga asosan taʼsirchan intizomiy jazo choralari qoʻllanilmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ish oʻrinlari toʻgʻrisidagi umumiy hisobotni shakllantirishda koʻrsatkichlarning soliq organi va “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi maʼlumotlari bazasiga muvofiqligi taʼminlanmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yakka tartibdagi tadbirkorlik subyektlarida yaratilgan ish oʻrinlari bir necha sohalarda hisobga olinishi natijasida Toshkent viloyatida 5,7 mingta va Toshkent shahrida 7,1 mingta ish oʻrni soni hisobotlarda takrorlanib, notoʻgʻri koʻrsatilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzini oʻzi band qilgan fuqarolar hisobi sohalarga mutanosib ravishda yuritilmaganligi sababli Toshkent viloyatida 66,9 mingta va Toshkent shahrida 56,7 mingta takrorlangan ish oʻrni soni umumiy hisobotni shakllantirishda chiqarib tashlanmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent viloyatining Ohangaron va Yangiyoʻl shaharlari hamda Toshkent shahrining Yangihayot, Bektemir va Yunusobod tumanlarida yangi tashkil etilgan yakka tartibdagi tadbirkorlarning 40 foizi oʻz faoliyatini toʻxtatgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent viloyatining Parkent hamda Toshkent shahrining Bektemir, Mirzo Ulugʻbek, Yangihayot va Yakkasaroy tumanlarida oʻzini oʻzi band qilganlarning qariyb 90 foizi bir martalik ijtimoiy soliq toʻlovini toʻlamagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yangi tashkil etilgan va faoliyat yuritayotgan xoʻjalik subyektlarida, shu jumladan, yangi investitsiya loyihalarini ishga tushirish hisobiga yaratilgan ish oʻrinlari hamda soliq organlarida qayd etilgan ish oʻrinlari oʻrtasidagi tafovut 80 foizgacha tashkil etmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent viloyatida qishloq xoʻjaligi, qurilish sohalarida 86,1 ming, Toshkent shahrida xizmat koʻrsatish va turizm sohalarida 148,1 ming ish oʻrni yaratilgan deb koʻrsatilgan, biroq ushbu raqamlar soliq hisobotlarida aks etmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek, Toshkent viloyatida ishga tushgan investitsiya loyihalari doirasida yaratilgan ish oʻrinlarining 74 foizi va Toshkent shahrida 53 foizi soliq organlari maʼlumotlarida koʻrsatilmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahrida qurilish sohasida yaratilgan ish oʻrinlarining manzilli roʻyxati shakllantirilmagan. Davlat dasturlari doirasida ijtimoiy infratuzilma obyektlarida qurilish ishlarini olib boruvchi pudrat korxonalarida yaratilgan ish oʻrinlari monitoringi yuritilmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent viloyatida dehqon xoʻjaligini tashkil etish uchun “e-auksion.uz” elektron savdo platformasiga 3 700 dan ortiq lotda joylashtirilgan qariyb 1 ming gektardan ziyod yer uchastkalari boʻyicha takliflar kelib tushmaganligi uchun savdolar boʻlib oʻtmagan deb topilgan. Oqibatda viloyatda 12 mingdan ziyod ish oʻrinlari yaratilmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahri boʻyicha ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslar uchun band qilib qoʻyilgan (kvota) ish oʻrinlaridan samarali foydalanilmagan. 2021-yilda oliy taʼlim muassasalarini tamomlagan bitiruvchilarning bandligini taʼminlash ishlari yakuniga yetkazilmagan. Jumladan, oliy taʼlim muassasalarini kvota asosida oʻqishni tamomlagan 44 nafar nogironligi boʻlgan shaxsdan atigi 8 nafarining bugungi kunda bandligi taʼminlangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuqoridagilardan kelib chiqib, hudud va tarmoqlarda yangi ish oʻrinlarini yaratish, aholi bandligini taʼminlash boʻyicha olib borilayotgan ishlar samaradorligini yanada oshirish maqsadida “Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Qonunning 21-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi raisi E. Gadoyevning Toshkent viloyati va Toshkent shahrida yangi ish oʻrinlarini yaratish va aholi bandligini taʼminlash boʻyicha amalga oshirilgan ishlarni oʻrganish natijalari toʻgʻrisidagi axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari, Investitsiyalar va tashqi savdo, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish, Turizm va madaniy meros, Qishloq xoʻjaligi hamda Qurilish vazirliklari, Toshkent viloyati va Toshkent shahri hokimliklariga yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda aholi bandligini taʼminlash boʻyicha belgilangan vazifalarni bajarishda yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar koʻrsatib oʻtilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent viloyatining Bekobod, Boʻstonliq, Boʻka, Parkent, Piskent, Oqqoʻrgʻon, Ohangaron, Yangiyoʻl tumanlari hamda Nurafshon va Yangiyoʻl shaharlari, Toshkent shahrining Bektemir, Uchtepa, Mirzo Ulugʻbek, Olmazor, Yunusobod, Yangihayot va Yakkasaroy tumanlari hokimliklarining yangi ish oʻrinlarini yaratish va aholi bandligini taʼminlashda sustkashlikka yoʻl qoʻygan, prognoz koʻrsatkichlarini bajarmagan masʼul shaxslariga nisbatan tegishli choralar koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilarining bandligini monitoring qilish jarayonini takomillashtirish maqsadida Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining “hemis.uz” axborot tizimi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining “YaMMT” IDAK integratsiyasining texnik imkoniyatlarini kengaytirish, hunarmandchilik yoʻnalishida yaratilgan ish oʻrinlarining yagona reyestrini toʻlaqonli yuritish maqsadida “Hunarmand” uyushmasining “hunar.uz” elektron platformasini Davlat xizmatlari agentligining “new.birdarcha.uz” tizimi bilan integratsiya qilish masalasini oʻrganib chiqsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
joriy yilda oliy taʼlim muassasalarini kvota asosida tamomlagan va bandligi taʼminlanmagan nogironligi boʻlgan shaxslarni mutaxassisligi boʻyicha ishga joylashtirish uchun zarur chora-tadbirlarni belgilasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tomorqa eri mavjud kam taʼminlangan yoki kambagʻal oilalarning ishsiz aʼzolariga ham yengil konstruksiyali issiqxonalar oʻrnatish va urugʻliklar, koʻchatlar yoxud sugʻorish vositalari xarid qilish uchun subsidiya ajratish masalasini koʻrib chiqsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yaratilgan ish oʻrinlarini soha, tarmoq va hududlar kesimida tegishli elektron maʼlumotlar bazasi asosida inventarizatsiyadan oʻtkazib, asossiz ravishda (ish oʻrinlarining takrorlanishi, faoliyati toʻxtagan korxonalarda hisobga olingan ish oʻrni, qoʻshib yozish va boshqalar) notoʻgʻri koʻrsatilgan ish oʻrinlari sonini aniqlab, hisobotlar aniq shakllantirilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2022-yil 27-apreldagi KQ-337-IV-sonli va 21-iyuldagi KQ-389-IV-sonli hamda Oliy Majlis Senatining 2022-yil 13-sentabrdagi SQ-614-IV-sonli va 2022-yil 7-oktabrdagi SQ-635-IV-sonli qarorlarida belgilangan vazifalarning ijrosini qatʼiy taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yil yakuni bilan Vazirlar Mahkamasi Rayosatida 2022-yilda hudud va tarmoqlarda yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda aholi bandligini taʼminlash borasida joylarda amalga oshirilgan ishlarni muhokama qilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur Qaror ijrosi yuzasidan umumlashtirilgan axborotni 2023-yil 15-fevralga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Toshkent viloyati va Toshkent shahar hokimliklari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hokimliklardagi yangi ish oʻrinlarini yaratish va aholi bandligini taʼminlash ishlarini muvofiqlashtirib boruvchi shtablar faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha takliflar ishlab chiqsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yangi ish oʻrinlarini yaratish masalasini mahalliy kengashlar deputatlari ishtirokida har oy yakuni boʻyicha tanqidiy muhokama qilsin, bunda “mahallabay” ishlash tizimi asosida xatlovda aniqlangan ishsiz aholining bandligini taʼminlash darajasi past va ishsizlik yuqori boʻlgan mahallalar boʻyicha alohida chora-tadbirlarni belgilasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Xalq deputatlari Toshkent viloyati va Toshkent shahar Kengashlariga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan oʻrganish davomida aniqlangan xato va kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha amalga oshirilgan ishlarni tanqidiy muhokama qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yangi ish oʻrinlarini yaratish va aholi bandligini taʼminlash boʻyicha belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlashda masʼuliyatsizlikka yoʻl qoʻyganlarga nisbatan taʼsirchan choralar qoʻllash masalalarini koʻrib chiqish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi ushbu Qarorda belgilangan vazifalarning vazirlik va idoralar tomonidan oʻz vaqtida hamda sifatli ijro etilishini nazoratga olsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi oʻrinbosari S. Safoyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 18-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SQ-650-IV-son