21.07.2022 yildagi PQ-389-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qarori, 21.07.2022 yildagi PQ-389-IV-son
Kuchga kirish sanasi
21.07.2022
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Buxoro, Jizzax, Namangan va Fargʻona viloyatlarida yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda aholi bandligini taʼminlash boʻyicha amalga oshirilgan ishlarni oʻrganish natijalari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi Buxoro, Jizzax, Namangan va Fargʻona viloyatlarida oʻtkazilgan oʻrganish natijalarini muhokama qilib, mazkur viloyatlarda yangi ish oʻrinlarini yaratish va aholining bandligini taʼminlash, ularni tadbirkorlik faoliyatiga yanada keng jalb qilish borasida muayyan ishlar amalga oshirilganligini qayd etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Joriy yilning yanvar — aprel oylarida mehnat organlari koʻmagida Buxoro (11,4 ming), Jizzax (10,4 ming), Namangan (15,3 ming) va Fargʻona (15,1 ming) viloyatlarida 52,2 ming nafar fuqaroning bandligi taʼminlangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususan, oʻtkazilgan mehnat yarmarkalarida taklif etilgan ish oʻrinlariga Buxoro (1,6mingta), Jizzax (1,1 mingta), Namangan (3,7 mingta) va Fargʻona (1,1 mingta) viloyatlarida ishga joylashish uchun qariyb 7,5 mingta yoʻllanma berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek, ijtimoiy muhofazaga muhtoj boʻlgan Buxoro (837 nafar), Jizzax (748 nafar), Namangan (481 nafar) va Fargʻona (817 nafar) viloyatlarida qariyb 2,9 mingga yaqin shaxs band qilib qoʻyilgan (kvota) ish oʻrinlariga joylashtirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Haq toʻlanadigan jamoat ishlariga Buxoro (3,2 ming), Jizzax (3,3 ming), Namangan (6,3 ming) va Fargʻona (7,4 ming) viloyatlarida jami 20,2 ming nafar ishsiz jalb qilinib, ularning ish haqi toʻlovi uchun 22,6 mlrd soʻm toʻlab berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aholining ishchanlik faolligini va tadbirkorlik tashabbuslarini ragʻbatlantirish orqali bandligini taʼminlash maqsadida Buxoro (2,9 ming), Jizzax (381 ta), Namangan (1,7 ming) va Fargʻona (972 ta) viloyatlari boʻyicha qariyb 6 mingga yaqin fuqaroga 13,2 mlrd soʻm subsidiya ajratilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mehnat organlari yoʻllanmalari asosida Buxoro (2,5 ming), Jizzax (3,6 ming), Namangan (4,4 ming) va Fargʻona (5,8 ming) viloyatlaridagi 16,3 ming nafardan ziyod ish bilan band boʻlmagan aholi kasb-hunarga, tadbirkorlik koʻnikmalariga oʻqitishga jalb etilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Amalga oshirilgan ishlar bilan birga ayrim soha va yoʻnalishlarda, shuningdek, shahar va tumanlarda yangi ish oʻrinlarini yaratish va aholi bandligini taʼminlashda bir qator kamchiliklarga yoʻl qoʻyilib, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanilmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususan, Hududiy investitsiya dasturi doirasida ishga tushirilgan loyihalarda yaratilgan qariyb 3,6 mingta ish oʻrni hisobiga aholi bandligi taʼminlanganligi soliq hisobotlarida koʻrsatilmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jumladan, Buxoro viloyati boʻyicha yaratilgan 869 ta ish oʻrnidan 665 tasi (76 foiz), Jizzax viloyatida 363 ta ish oʻrnidan 307 tasi (84 foiz), Fargʻona viloyatida 2 924 ta ish oʻrnidan 2 620 tasi (89 foiz) soliq organi maʼlumotlari bazasida qayd etilmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ayrim loyihalar boʻyicha joriy yilda yaratilgan ish oʻrinlari oʻz tasdigʻini topmadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususan, joriy yilning birinchi choragida foydalanishga topshirilganligi qayd etilgan Zarbdor tumanidagi “Boʻston Stroy Shifer” MChJ aslida 2021-yilning dekabr oyida faoliyatini toʻxtatganligi maʼlum boʻldi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toʻraqoʻrgʻon tumanida “Koʻzmunchoq ziyo Nur” MChJ va Quva tumanida “Temurbeklar maktabi” nodavlat maktabgacha taʼlim tashkiloti 2021-yilning avgust va noyabr oylarida faoliyatini boshlagan boʻlsa-da, joriy yilgi hududiy investitsiya dasturiga yangi loyiha sifatida kiritilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-yanvardagi “Xizmatlar sohasini rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-104-sonli qarorida belgilangan xizmatlar sohasini rivojlantirish orqali kelgusida kafolatli ish oʻrinlarini yaratish bilan bogʻliq ayrim tadbirlarning ijrosi muddatidan kechiktirilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jumladan, Buxoro viloyatining Gʻijduvon, Kogon tumanlari va Kogon shahri, Jizzax viloyatining Jizzax shahri hududidan oʻtuvchi xalqaro yoʻllar boʻyida xizmat koʻrsatish obyektlarini tashkil etish maqsadida tanlangan yer uchastkalari ochiq elektron auksion savdosiga hanuzgacha joylashtirilmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek, Fargʻona, Qorakoʻl tumanlari hamda Buxoro shahrida nodavlat umumtaʼlim va maktabgacha taʼlim muassasalarini tashkil etish boʻyicha qurilish yer maydonlariga aniqlik kiritilmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xizmatlar sohasida yaratilgan ish oʻrinlarining asosiy qismi oʻzini oʻzi band qilish hisobiga toʻgʻri kelib, yangi savdo va xizmat koʻrsatish obyektlarida ish oʻrinlari yaratilishi Namangan viloyatida atigi 7 foizni, Jizzax viloyatida 12 foizni va Buxoro viloyatida 21 foizni tashkil etadi. Shuningdek, xizmatlar sohasida yaratilgan yangi ish oʻrinlari bir vaqtning oʻzida boshqa soha va yoʻnalishlarda ham aks ettirilishi sababli hisobotlarda jami hududda yaratilgan ish oʻrinlari soni oshirib koʻrsatilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jumladan, Buxoro viloyati hokimligi tomonidan taqdim etilgan maʼlumotda xizmatlar sohasida oʻzini oʻzi band qilish yoʻnalishida yaratilganligi qayd etilgan 22,4 mingta ish oʻrnidan 15,5 mingtasi qishloq xoʻjaligida, 3,0 mingtasi turizm va madaniyat sohasida yangi ish oʻrni sifatida takrorlangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fargʻona viloyatida 837 ta va Namangan viloyatida 2,3 mingta ish oʻrni hisobiga aholi bandligi taʼminlangani korxona va tashkilotlar soliq hisobotida aks ettirilmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hunarmandchilikni rivojlantirish orqali aholi bandligini taʼminlash rejasi Buxoro viloyatining Qorovulbozor va Buxoro tumanlari, Jizzax viloyatining Paxtakor va Forish tumanlari, Namangan viloyatining Uchqoʻrgʻon va Norin tumanlari hamda Fargʻona viloyatining Yozyovon va Furqat tumanlarida bajarilmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Joriy yilda yangi tashkil etilgan yakka tartibdagi tadbirkorlik subyektlarining Yangiobod tumanida 45 foizi, Zarbdor tumanida 25 foizi, Kogon shahrida 30 foizi, Buxoro shahrida 23 foizi, Mingbuloq tumanida 24 foizi faoliyatini vaqtincha toʻxtatgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Buxoro viloyati bandlik bosh boshqarmasi tomonidan “Bandlik xizmati” axborot tizimi maʼlumotlari bazasida mavjud boʻlmagan 2,4 mingta ish oʻrni hisobotlarda qoʻshib yozilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hududlarda oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar tomonidan bir martalik ijtimoiy soliq toʻlovini toʻlash, shuningdek, ularning kelgusida kafolatlangan mehnat imtiyozlaridan foydalanish masalalariga eʼtibor qaratilmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususan, Jizzax viloyatida oʻzini oʻzi band qilgan 44,1 mingdan ziyod shaxsdan atigi 2,8 mingi (6,3 foizi) bir martalik ijtimoiy soliq toʻlovini toʻlagan, xolos.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fermer xoʻjaliklari tomonidan yaratilgan ish oʻrinlarida mehnat qonunchiligi asosida aholi bandligini taʼminlash va ishchilarga hisoblangan ish haqi toʻlovlarini soliq hisobotlarida aks ettirish ishlari tizimli ravishda yoʻlga qoʻyilmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jumladan, fermer xoʻjaliklarida yaratilgan ish oʻrinlarida band aholining Buxoro viloyatida 64 foizi, Jizzax viloyatida 58 foizi soliq organi maʼlumotlari bazasida qayd etilmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aholining xabardorligi va manfaatdorligi pastligi sababli dehqon xoʻjaliklarini tashkil etish uchun ochiq elektron auksion savdosiga qoʻyilgan Buxoro (801 gektar), Jizzax (1 240 gektar) va Namangan (815 gektar) viloyatlaridagi 2,8 ming gektardan ortiq yer maydoni boʻyicha arizalar kelib tushmagan, natijada yangi ish oʻrinlari yaratish prognoz koʻrsatkichi rejasi bajarilmasdan qolgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek, auksion savdolar natijasiga koʻra fuqarolarga ajratilgan yer maydoni boʻyicha tashkil etilgan dehqon xoʻjaliklarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish ishlari oʻz holiga tashlab qoʻyilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jumladan, Namangan viloyatida ochiq elektron onlayn-auksion savdolariga 44 552 ta lotda qoʻyilgan yer maydonlari boʻyicha tanlov gʻoliblari aniqlangan boʻlsa-da, joriy yilning yanvar-aprel oylarida mazkur dehqon xoʻjaliklari toʻliq davlat roʻyxatidan oʻtkazilmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qurilish sohasida yaratilgan yangi ish oʻrinlarining Buxoro viloyatida 83 foizi, Namangan viloyatida 74 foizi, Fargʻona viloyatida 82 foizida aholi bandligi taʼminlanganligi soliq organi maʼlumotlari bazasida qayd etilmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sportni rivojlantirish sohasida Buxoro viloyatida joriy yilning yanvar-aprel oylarida 57 ta yangi ish oʻrni yaratilib, tasdiqlangan reja bor-yoʻgʻi 19 foizga bajarilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishsiz fuqarolarni mehnat yarmarkalariga jalb qilish, ularni taklif etilgan ish oʻrinlariga ishga joylashtirish boʻyicha zarur choralar koʻrilmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jumladan, mehnat yarmarkalariga jalb etilgan jami fuqarolarning Fargʻona shahrida 2 foizi, Quvasoy shahrida 4 foizi, Qoʻqon shahrida 7 foizi va Fargʻona tumanida 6 foizi taklif etilgan ish oʻrinlarida bandligi taʼminlangan, xolos.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash dasturining ijrosi Chust (55 foiz), Dangʻara (61 foiz), Davlatobod (62 foiz), Baxmal (67 foiz) va Vobkent (70 foiz) tumanlarida bajarilmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun band qilib qoʻyilgan ish oʻrinlaridan foydalanish darajasi boʻyicha eng past koʻrsatkich Uchkoʻprik (2 foiz), Oltiariq (3 foiz), Gʻijduvon (9 foiz) va Toʻraqoʻrgʻon (9 foiz) tumanlarida qayd etilgan, yaʼni mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanilmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jizzax viloyati hokimligi huzuridagi “Yangi ish oʻrinlari tashkil etishni ragʻbatlantirish hududiy jamgʻarmasi” hisobidan joriy yilning oʻtgan davri mobaynida tadbirkorlik subyektlarini imtiyozli moliyalashtirish maqsadida tijorat banklariga resurs mablagʻi ajratilmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuqoridagilardan kelib chiqib, hudud va tarmoqlarda yangi ish oʻrinlarini yaratish, aholi bandligini taʼminlash borasida olib borilayotgan ishlar samaradorligini yanada oshirish maqsadida “Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Qonunning 21-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi raisi E. Gadoyevning Buxoro, Jizzax, Namangan va Fargʻona viloyatlarida yangi ish oʻrinlarini yaratish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisidagi axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Qurilish vazirligi, Sportni rivojlantirish vazirligi, Buxoro, Jizzax va Namangan viloyatlari hokimliklariga yangi ish oʻrinlarini yaratish va aholi bandligini taʼminlash boʻyicha belgilangan vazifalar ijrosi qoniqarsiz ekanligi koʻrsatib oʻtilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yangi ish oʻrinlarini yaratish va aholi bandligini taʼminlashda sustkashlikka yoʻl qoʻygan, prognoz koʻrsatkichlarini bajarmagan Buxoro viloyatining Buxoro, Jondor, Kogon va Qoravulbozor tumanlari, Jizzax viloyatining Arnasoy, Baxmal, Zarbdor va Zafarobod tumanlari, Namangan viloyatining Namangan, Mingbuloq, Kosonsoy va Uchqoʻrgʻon tumanlari, Fargʻona viloyatining Fargʻona, Oltiariq va Dangʻara tumanlari masʼullariga nisbatan javobgarlik choralarini koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xoʻjaligi klasterlari, fermer va dehqon xoʻjaliklarida yaratilgan ish oʻrinlari soliq hisobotlarida qayd etilishini ragʻbatlantiruvchi mexanizmlar asosida tashkil etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika korxona va tashkilotlarda mehnat qilayotgan ishchi va xodimlar faoliyatini, ularga ish haqi toʻlanishini belgilangan tartibda qayd etish maqsadida 2023-yilga moʻljallangan budjet-soliq siyosati konsepsiyasida jismoniy shaxslar daromadlarini soliqqa tortishning progressiv shkalasini qoʻllash masalasini koʻrib chiqsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
auksion savdolari natijasida ajratilgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer maydonlarida tashkil etilgan dehqon xoʻjaliklarining oʻz vaqtida davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
auksion savdolarida uzoq muddat davomida egasi aniqlanmagan, ball boniteti past boʻlgan qishloq xoʻjalik yerlarini qayta koʻrib chiqib, ularning aholi yashash joyiga yaqin va suv taʼminoti yaxshi boʻlgan hududlardan ajratilishini taʼminlash choralarini koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shahar va tumanlar hududidan oʻtuvchi xalqaro yoʻllar boʻyida xizmat koʻrsatish obyektlarini tashkil etish maqsadida tanlangan yerlar toifasini oʻzgartirish masalasini koʻrib chiqsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fargʻona, Qorakoʻl tumanlari hamda Buxoro shahrida nodavlat umumtaʼlim va maktabgacha taʼlim muassasalarini tashkil etish boʻyicha qurilishi moʻljallangan yer maydonlariga aniqlik kiritib, belgilangan tartibda elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilinishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
haq toʻlanadigan jamoat ishlarini amalga oshirishda ish beruvchi sifatida tadbirkorlik subyektlari, nodavlat notijorat tashkilotlarini keng jalb etish boʻyicha zarur choralar belgilasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki oy muddatda mazkur Qaror ijrosi yuzasidan umumlashgan axborotni Oliy Majlis Senatiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Buxoro, Jizzax, Namangan va Fargʻona viloyatlari hokimliklari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki hafta muddatda oʻrganish maʼlumotnomasida qayd etilgan xato va kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha “yoʻl xaritasi”ni tasdiqlasin, ijrosi yuzasidan tahliliy axborotni har chorak yakuni bilan keyingi oyning 25-sanasiga qadar xalq deputatlari viloyat Kengashlariga taqdim etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻn kun muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-yanvardagi “Xizmatlar sohasini rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-104-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida antenna-machta inshootlari va ular egallagan yer uchastkalari yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqdan va yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻidan ozod etiladigan qishloq joylarga kiradigan aholi punktlari roʻyxatini tasdiqlash uchun xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kasb-hunarga tayyorlash boʻyicha oʻqishni tugatgan fuqarolarni, xususan xotin-qizlarni ish bilan taʼminlash, oʻtkazilayotgan mehnat yarmarkalarining natijadorligini oshirish boʻyicha mutasaddi idoralarning masʼuliyatini kuchaytirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu band ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisidagi batafsil axborotni Oliy Majlis Senatiga bir oy muddatda taqdim etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Jizzax viloyati hokimligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir hafta muddatda qurilish sohasida ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish dasturlari doirasida tuman (shahar)lar va pudrat korxonalari kesimida yangi ish oʻrinlarini yaratishning manzilli roʻyxatini ishlab chiqib, ijro etilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda viloyat hokimligi huzuridagi “Yangi ish oʻrinlari tashkil etishni ragʻbatlantirish hududiy jamgʻarmasi” mablagʻlaridan kelgusida maqsadli va samarali foydalanishga qaratilgan chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqib, xalq deputatlari viloyat Kengashiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Adliya vazirligi bilan birgalikda aholi bandligi sohasiga oid amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarni inventarizatsiyadan oʻtkazgan holda “doimiy ish oʻrinlari”, “mavsumiy ish”, “bir martalik ish”, “vaqtinchalik ish”, “aholi bandligi” va boshqa muhim asosiy tushunchalarni qonunchilikka kiritish masalasini oʻrganib chiqsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda bir oy muddatda yangi ish oʻrinlarini yaratish, aholini ish bilan taʼminlash bilan bogʻliq boʻlgan barcha maʼlumotlarni yagona tizimga keltirish maqsadida “Yagona milliy mehnat tizimi”ni Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining “Onlayn mahalla” elektron platformasi hamda soliq organi maʼlumotlari bazasi bilan integratsiyalashuvini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shahar va tuman aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari tomonidan aholi bandligini taʼminlash boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlar, shu jumladan korxona va tashkilotlardagi mavjud boʻsh ish oʻrinlariga joylashgan fuqarolar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni “Bandlik xizmati” axborot tizimida aks etishini doimiy ravishda nazoratga olsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki hafta muddatda 2022-yilning I yarim yilligida hududlar va tarmoqlarda yaratilgan ish oʻrinlari toʻgʻrisidagi tahliliy maʼlumotlar, mavjud muammo va ularni bartaraf etish boʻyicha asoslangan takliflarni Oliy Majlis Senatiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Savdo — sanoat palatasi, “Hunarmand” uyushmasi bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yangi ish oʻrinlari yaratish dasturi ijrosi qoniqarsiz boʻlgan Qorovulbozor, Buxoro, Paxtakor, Forish Uchqoʻrgʻon, Norin, Yozyovon va Furqat tumanlarida hunarmandchilik sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlarini ishlab chiqsin va ijrosini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
joriy yilning 10-avgustiga qadar hududlar kesimida hunarmandchilikni jadal rivojlantirish va yangi ish oʻrinlarini yaratish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Oliy Majlis Senatiga taqdim etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, Toshkent shahar hokimlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi yangi ish oʻrinlari tashkil etishni ragʻbatlantirish hududiy jamgʻarmalari tomonidan tijorat banklariga ajratilgan resurs mablagʻlari hamda ulardan maqsadli foydalanish samaradorligi yuzasidan xalq deputatlari mahalliy Kengashlari sessiyalarida axborot bersin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashkil etilayotgan yangi ish oʻrinlarini, shu jumladan, oʻzini oʻzi band qilgan aholini hisobga olishda sohalar kesimida maʼlumotlar takrorlanish holatlariga yoʻl qoʻyilayotganligi inobatga olib, hudud boʻyicha umumiy hisobotni shakllantirishda, takrorlanuvchi raqamlarni chegirib tashlagan holda soliq organlari va YaMMT elektron maʼlumotlar bazasidagi maʼlumotlarga muvofiq boʻlgan hisobotlarni taqdim etilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzini oʻzi band qilgan fuqarolarni aniqlash, ularni oʻz vaqtida rasmiylashtirish, bu borada aholi oʻrtasida keng qamrovli tushuntirish ishlarini olib borishni kuchaytirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnat resurslari, bandlik va aholini ishga joylashtirish balansini ishlab chiqishda va uning ijrosini amalga oshirishda tarmoq va nazorat qiluvchi organlarni qatʼiy belgilash va ularning javobgarligini yanada oshirish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga viloyat hokimliklari huzuridagi “Yangi ish oʻrinlari tashkil etishni ragʻbatlantirish hududiy jamgʻarmasi” tijorat banklariga resurs mablagʻlari ajratilishi yuzasidan alohida tadbirlar ishlab chiqib, mahalliy Kengash sessiyalarida muhokama qilish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi raisi E. Gadoyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 21-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
KQ-389-IV-son