16.11.2022 yildagi PQ-423-son
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
6. Soliq kodeksining 369-moddasi 1-bandiga muvofiq “Uzbekistan Esports Championship” respublika chempionati, “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi kubogi” va “Yoshlar kubogi” turnirlari, shuningdek, kibersport turlari bo‘yicha chempionatlar, turnirlar va boshqa musobaqalarda g‘olib hamda sovrindor bo‘lgan kibersportchilarga biryo‘la beriladigan pul mukofotlari va sovg‘alar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini hisoblashda jami daromad tarkibiga kiritilmasligi va o‘z navbatida soliqqa tortilmasligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(10-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(10-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(13-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(15-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(15-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(16-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(18-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Oldingi tahrirga qarang.

Chora-tadbirlar

Amalga oshirish mexanizmlari

Amalga oshirish muddatlari

Moliyalashtirish manbalari

Ijro uchun mas’ullar

I. Kibersport turlari bo‘yicha professional sportchilar (kibersportchilar) va trenerlar, malakali hakamlar va sharhlovchilar hamda boshqa mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash tizimini joriy qilish

1.

Kibersport ligasini tashkil qilish.

1. Respublikada faoliyat yuritayotgan kibersport klublari ro‘yxatini shakllantirish.

2023-yil fevral

Ijrochilar mablag‘lari, homiylik xayriyalari

Idoralararo kengash

(Sh. Shermatov, A. Sa’dullayev)

2. Kibersport klublari o‘rtasida tanlov e’lon qilish.

2023-yil mart

3. Tanlovda g‘olib bo‘lgan kibersport klublari o‘rtasida har yili tizimli ravishda kibersport liga musobaqalarini tashkil qilish.

Yil davomida

4. Kibersport liga musobaqalarining natijalarini e’lon qilish va jamoalar reytingini yuritish.

Yil davomida

2.

Kibersport turlari bo‘yicha trenerlar, sharhlovchilar, hakamlar va boshqa mutaxassislarni qayta tayyorlash.

1. Kibersport turlari bo‘yicha trenerlar, sharhlovchilar, hakamlar va boshqa mutaxassislarni qayta tayyorlash maqsadida buyurtma shakllantirish.

2. Buyurtmaga asosan Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida qayta tayyorlash kurslarini joriy qilish.

2023-yil yanvardan boshlab doimiy

Ijrochilar mablag‘lari va boshqa manbalar

Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi,

O‘zbekiston elektron kompyuter sporti federatsiyasi

3.

Milliy kibersportchilar reyestrini shakllantirish.

1. Yaratilayotgan portalda ro‘yxatdan o‘tgan kibersportchilarning ro‘yxatini shakllantirish.

2. Yaratilayotgan portalda kibersportchilarning reytingini yuritish.

2023-yil sentyabr

Ijrochilar mablag‘lari

Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki,

O‘zbekiston elektron kompyuter sporti federatsiyasi

3. Reytingda o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha yuqori o‘rinlarni egallagan kibersportchilarni qo‘llab-quvvatlash, jumladan ularning xalqaro va mintaqaviy turnirlarda ishtirok etishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish.

Muntazam ravishda

4.

Respublikada faoliyat yuritayotgan kibersport klublarining umumiy reytingini yuritish.

1. Respublikada faoliyat yuritayotgan kibersport klublarini xatlovdan o‘tkazish.

2023-yil mart

Ijrochilar mablag‘lari, homiylik xayriyalari

O‘zbekiston elektron kompyuter sporti federatsiyasi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

2. Kibersport klublarining umumiy reyting ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish (bino sig‘imi, kompyuterlar holati, o‘yinlar turlari, musobaqalardagi natijalar, sportchi va trenerlar soni, boshqalar).

2023-yil aprel

3. Kibersport klublarining umumiy reytingini shakllantirish va doimiy ravishda yangilab borish.

2023-yil maydan boshlab doimiy

4. Kibersport klublarining umumiy reytingini Internet va ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilish.

2023-yil may

5.

Nodavlat kibersport ta’lim muassasalarini tashkil qilishni qo‘llab-quvvatlash.

1. Professional kibersportchilarni tayyorlaydigan nodavlat kibersport ta’lim muassasalarini (maktablar, akademiyalar) tashkil qilish.

2. Nodavlat kibersport ta’lim muassasalarini tashkil qilayotgan tashabbuskorlarga har tomonlama yordam ko‘rsatish (yer ajratish, kredit olish, asbob-uskunalar xarid qilish, reklama, yoshlarni jalb qilishda va boshqalar).

2023-2024-yillar davomida

Ijrochilar mablag‘lari, homiylik xayriyalari

O‘zbekiston elektron kompyuter sporti federatsiyasi,

Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

6.

Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida (kompyuter sinflari mavjud maktablar) kompyuter o‘yinlari va kibersport bo‘yicha darsdan tashqari to‘garaklarni tashkil qilish.

1. To‘garaklarda yoshlarning bo‘sh vaqtlarida kibersport hamda axborot texnologiyalariga qiziqishini oshirish, ushbu sohada ularga kasbiy ko‘nikmalar berish.

2. To‘garaklar faoliyatini tashkil etish, to‘garaklarni tegishli kadrlar va metodik qo‘llanmalar bilan ta’minlash, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida muntazam turli tadbirlar, ko‘rik-tanlovlar o‘tkazilishini tashkil etish.

3. To‘garaklarning faoliyat yuritishi, tadbirlar o‘tkazilishi uchun zarur bo‘ladigan xonalarni ajratish va tegishli shart-sharoit yaratish, ularga o‘quvchi-yoshlarni jalb qilish.

4. To‘garaklarda pullik xizmat ko‘rsatishdan olingan daromadlar hisobidan ularda faoliyat ko‘rsatayotgan umumiy o‘rta ta’lim maktablari xodimlari, shartnoma asosida jalb qilinadigan mutaxassis, ekspert va boshqa xodimlar mehnatiga haq to‘lash, to‘garaklarning boshqa joriy xarajatlarini qoplash.

5. Umumiy o‘rta ta’lim maktablaridagi kompyuter sinflarini jihozlash, texnik holatini yaxshilash.

2022 — 2024-yillar davomida

Ijrochilar mablag‘lari, homiylik xayriyalari

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi,
Raqamli texnologiyalar vazirligi
,

Dasturiy �ahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki,

O‘zbekiston elektron kompyuter sporti fede�atsiyasi

II. Kibersport turlari bo‘yicha respublika va xalqaro chempionatlar va turnirlar tashkil etish, shuningdek, nufuzli xalqaro va mintaqaviy musobaqalarda munosib ishtirok etish

7.

Kibersport turlari bo‘yicha “Uzbekistan Esports Championship” respublika chempionatini o‘tkazish.

1. Respublika chempionatining nizomini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2. Respublika chempionati doirasida o‘tkaziladigan kibersport turlari ro‘yxatini tasdiqlash.

3. Respublika chempionati hakamlar hay’atini shakllantirish.

2023-yil yanvar

Belgilangan manbalar

Idoralararo kengash

(Sh. Shermatov, A. Sa’dullayev)

4. Respublika chempionatini o‘tkazish bo‘yicha xarajatlar smetasini ishlab chiqish hamda Kibersport turlarini yanada rivojlantirish va keng ommalashtirish bo‘yicha idoralararo kengash tomonidan tasdiqlash.

5. Respublika chempionatini uch bosqichda o‘tkazish:

Har yili fevral

birinchi bosqichda — tuman (shahar) musobaqalari;

Har yili fevral

ikkinchi bosqichda — viloyat musobaqalari;

Har yili mart

uchinchi bosqichda — respublika (final) musobaqalari.

6. Respublika chempionati g‘olib va sovrindorlarini pul mukofotlari, qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlash.

Har yili aprel

8.

Kibersport turlari bo‘yicha “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi kubogi” turnirini o‘tkazish.

1. Turnirga puxta tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash.

2023-yil fevral

Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejalari doirasida ajratilgan mablag‘lar

Idoralararo kengash

( Sh. Shermatov, A. Sa’dullayev)

2. Turnir nizomini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2023-yil mart

3. Turnirni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha xarajatlar smetasini ishlab chiqish.

4. Turnirni uch bosqichda o‘tkazish:

Har yili oktyabr

birinchi bosqichda — tuman (shahar) musobaqalari;

2023-yildan boshlab har yili noyabr

ikkinchi bosqichda — viloyat musobaqalari;

2023-yildan boshlab har yili noyabr

uchinchi bosqichda — respublika (final) musobaqalari.

2023-yildan boshlab har yili dekabr

9.

Kibersport turlari bo‘yicha “Yoshlar kubogi” turnirini o‘tkazish.

1. Turnir nizomini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2023-yil aprel

Hududiy “Yoshlar daftari” jamg‘armalari mablag‘lari,

Yoshlar ishlari agentligining budjetdan tashqari jamg‘armasi mablag‘lari,

homiylik xayriyalari

Idoralararo kengash

(Sh. Shermatov, A. Sa’dullayev),

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Turnirni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha xarajatlar smetasini ishlab chiqish.

Har yili may

3. Turnirni uch bosqichda o‘tkazish:

birinchi bosqichda — tuman (shahar) musobaqalari;

ikkinchi bosqichda — viloyat musobaqalari;

uchinchi bosqichda — respublika (final) musobaqalari.

Har yili iyun

10.

“Uzbekistan Esports Championship” respublika chempionati, shuningdek, kibersport turlari bo‘yicha boshqa chempionatlar, turnirlar va musobaqalar g‘olib va sovrindorlari orasidan terma jamoa tarkibini shakllantirish, shuningdek, jahon va Osiyo chempionatlari hamda boshqa xalqaro musobaqalarda qatnashishini ta’minlash.

1. Kibersport turlari bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqalar g‘olib va sovrindorlari hamda boshqa iqtidorli kibersportchilar orasidan iqtidorli yosh sportchilarni aniqlash, tanlash va saralab olish (seleksiya).

2. Iqtidorli yoshlar orasidan milliy terma jamoa tarkibini shakllantirish.

3. Milliy terma jamoaning jahon, Osiyo chempionatlari, xalqaro va mintaqaviy turnirlarda muntazam ishtirokini ta’minlash.

4. Xorijiy davlatlarning trener va hakamlari bilan o‘zaro tajriba almashish maqsadida chet el kibersport klublari bilan hamkorlikni rivojlantirish.

2023-yildan boshlab doimiy

Ijrochilar mablag‘lari

Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Yoshlar ishlari agentligi,

O‘zbekiston elektron kompyuter sporti federatsiyasi

11.

Kibersport turlari bo‘yicha xalqaro hamkorlikni rivojlantirish.

1. Xalqaro va xorijiy kibersport assotsiatsiya (federatsiya)lari va tashkilotlari bilan muzokaralar o‘tkazish.

2. Muzokaralar natijasiga ko‘ra hamkorlik yo‘nalishlarini aniqlash va memorandumlar imzolash.

3. Xalqaro kibersport federatsiyasi (IESF) bilan 2023-2024-yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish.

4. Geyming, kibersport komyuniti-menejmenti, striming industriyasi, geymdizayn, kontentmeyking, dasturlash, sharhlash, kibersport analitikasi bo‘yicha yetakchi xorijiy mutaxassislarni jalb qilish.

2023-2024-yillar davomida

Ijrochilar mablag‘lari

Raqamli texnologiyalar vazirligi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi,

Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki,

O‘zbekiston elektron kompyuter sporti federatsiyasi

12.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi markaziy apparati tuzilmasida kibersport va o‘yin sanoatini rivojlantirishga ko‘maklashuvchi bo‘linmani tashkil qilish.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi markaziy apparati shtat jadvaliga tegishli o‘zgartirishlar kiritish.

2022-yil dekabr

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari

Raqamli texnologiyalar vazirligi

13.

Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki direksiyasi tuzilmasida Kibersportni rivojlantirish bo‘limini tashkil qilish.

1. Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki direksiyasi tuzilmasiga tegishli o‘zgartirishlar kiritish.

2. Bo‘limni kibersport bo‘yicha tajribali mutaxassislar bilan to‘ldirish.

2022-yil dekabr

Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki mablag‘lari

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki

3. Bo‘limning kibersport turlari bo‘yicha chempionatlar, turnirlar va musobaqalarni tashkil qilishda ishtirok etishini ta’minlash.

Doimiy

14.

Sportni rivojlantirish vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, O‘zbekiston elektron kompyuter sporti federatsiyasi o‘rtasida kibersportni rivojlantirish va ommalashtirish bo‘yicha o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash.

1. Kibersportni rivojlantirish va ommalashtirish bo‘yicha Sportni rivojlantirish vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, O‘zbekiston elektron kompyuter sporti federatsiyasi o‘rtasida ijtimoiy sheriklik bitimini tuzish.

2. Bitim doirasida kibersport rivojini qo‘llab-quvvatlash.

2023-yil mart

Mablag‘ ajratish talab qilinmaydi

Sportni rivojlantirish vazirligi,

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,

Yoshlar ishlari agentligi,

Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki,

O‘zbekiston elektron kompyuter sporti federatsiyasi

15.

Kibersport turlarini yanada rivojlantirish va keng ommalashtirish bo‘yicha idoralararo kengash faoliyatini tashkil etish.

1. Kengash nizomini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2. Kengash nizomini Internet va ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilish.

2022-yil dekabr

Mablag‘ ajratish talab qilinmaydi

Sportni rivojlantirish vazirligi,

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,

O‘zbekiston elektron kompyuter sporti federatsiyasi

16.

Kibersportni yanada rivojlantirish va keng ommalashtirish borasida O‘zbekiston elektron kompyuter sporti federatsiyasi faoliyatini kuchaytirish.

1. Federatsiya ustavi, tuzilmasi va boshqaruv organlari faoliyatini qayta ko‘rib chiqish.

2. Federatsiya faoliyatiga kibersportchilar, trenerlar, hakamlar sharhlovchilar va boshqa mutaxassislarni jalb qilish.

3. Qayta tashkil qilingan federatsiyani sport federatsiya (assotsiatsiya)lari reyestriga kiritish.

2023-yil yanvar

Ijrochilar mablag‘lari

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,

Adliya vazirligi,

Sportni rivojlantirish vazirligi,

O‘zbekiston elektron kompyuter sporti federatsiyasi

III. Kibersport turlari bo‘yicha ilmiy va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar va adabiyotlar ishlab chiqish hamda nashr etish

17.

Kibersportchilarni tayyorlash milliy tizimini ishlab chiqish.

1. “Kibersportchi” o‘quv dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2023-yil mart

Raqamli texnologiyalar vazirligi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki, O‘zbekiston elektron kompyuter sporti federatsiyasi

2. Tasdiqlangan o‘quv dasturi doirasida raqamli texnologiyalar o‘quv markazlarida o‘qish jarayonlarini tashkil etish.

Alohida reja asosida

18.

Kibersport turlari bo‘yicha o‘quv-uslubiy qo‘llanmalarni tayyorlash va nashr etish.

1. Ilg‘or xorijiy tajribaga asosan o‘quv-uslubiy qo‘llanmalarni tayyorlash.

2. Ishlab chiqilgan o‘quv-uslubiy qo‘llanmalarni kibersport bo‘yicha sportchilar, trenerlar, boshqa mutaxassislar bilan muhokama qilish.

3. O‘quv-uslubiy qo‘llanmalarni nashr etish va tarqatish.

2023-yil aprel

Ijrochilar mablag‘lari

Raqamli texnologiyalar vazirligi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi,

Yoshlar ishlari agentligi,

O‘zbekiston elektron kompyuter sporti federatsiyasi

19.

Kibersport turlari bo‘yicha o‘quv reja va o‘quv dasturlarini ishlab chiqish.

1. Xorijiy mamlakatlarning sohaga doir o‘quv reja va o‘quv dasturlarini o‘rganish.

2. Xalqaro standartlarga javob beradigan o‘quv reja va o‘quv dasturlari, maxsus ta’lim dasturlarini ishlab chiqish.

3. Ishlab chiqilgan o‘quv rejalari va o‘quv dasturlarini O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida joriy qilish.

2023-yil avgust

Ijrochilar mablag‘lari

Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

O‘zbekiston elektron kompyuter sporti federatsiyasi

20.

Kibersportda dopingga qarshi kurashish ishlarini takomillashtirish.

1. Kibersportda antidoping ta’lim dasturlari va o‘quv-uslubiy adabiyotlarini ishlab chiqish hamda e’lon qilish.

2023-yil fevral

Ijrochilar mablag‘lari

Milliy antidoping agentligi,

Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi,

O‘zbekiston elektron kompyuter sporti federatsiyasi

2. Kibersportchilar tomonidan antidoping qoidalariga qat’iy rioya qilinishi ustidan samarali nazoratni amalga oshirish.

2023-yildan boshlab doimiy

21.

Kibersportchilarning sog‘ligiga salbiy ta’sir qiladigan omillarni kamaytirish.

1. Kibersportchilarning jismoniy faolligini oshirish va xotirasini yaxshilash, ko‘zlar va tayanch-harakat apparatiga zarar yetkazmaslik, ular uchun optimal ovqatlanish ratsioni haqida tavsiyalar ishlab chiqish.

2. Ishlab chiqilgan tavsiyalarni kibersport klublari, o‘quv markazlari va boshqa tashkilotlarga yetkazish.

3. Kibersportchilarning psixologik faolligini ta’minlash bo‘yicha tavsiyalar va maslahatlar berish.

2023-yil may

Ijrochilar mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Yoshlar siyosati va sport vazirligi,

O‘zbekiston elektron kompyuter sporti federatsiyasi,

O‘zbekiston psixologlar assotsiatsiyasi

IV. Kibersport infratuzilmasini yanada rivojlantirish va kengaytirish, sohaga to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalarni jalb qilishni rag‘batlantirish

22.

“Uzbekistan Esports Championship” respublika chempionati, shuningdek, kibersport turlari bo‘yicha boshqa chempionatlar, turnirlar va musobaqalarni o‘tkazish bo‘yicha maxsus portalni ish�ab chiqish va ishga tushirish.

1. Portal orqali kibersport musobaqalari ishtirokchilarini ro‘yxatga olish funksiyasini joriy etish.

2023-yil fevral

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari

Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki,

O‘zbekiston elektron kompyuter sporti federatsiyasi

2. Kibersport musobaqalari ishtirokchilari uchun ommaviy oferta ishlab chiqish va portalga joylashtirish.

2023-yil mart

3. Portalni xalqaro kibersport musobaqalari veb-resurslari bilan integratsiya qilish.

2023-yil aprel

4. Portalni ishga tushirish.

2023-yil may

5. Portalni texnik qo‘llab-quvvatlash.

Doimiy

23.

Kibersport bo‘yicha dolzarb yangiliklar va axborot-tahlil materiallarini joylashtirish maqsadida maxsus veb-sayt yaratish.

1. Veb-saytni ishlab chiqishda kibersport rivojlangan davlatlarning (Koreya, Xitoy, Rossiya, Yevropa mamlakatlari va boshqalar) xorijiy tajribasini o‘rganish.

2. Veb-saytning dizaynini ishlab chiqish va dastlabki ko‘rinishini taqdimot qilish.

3. Veb-saytni takomillashtirish va ishga tushirish.

2023-yil aprel

Ijrochilar mablag‘lari

Dasturiy mahsulotlar v� axborot texnologiyalari texnologik parki,

O‘zbekiston elektron kompyuter sporti federatsiyasi

24.

Kibersportda “ping” muammosini bosqichma-bosqich bartaraf qilish.

1. Yuqori tezlikdagi Internet paketlarini kengaytirish.

2. Yangi server uskunalarini o‘rnatish.

3. “Ping” vaqtini kamaytirish maqsadida boshqa tashkiliy-texnik chora-tadbirlarni amalga oshirish (virusga qarshi kurashish, yangi kabel o‘rnatish).

2023-2024-yillar davomida

Ijrochilar mablag‘lari, xususiy investorlar mablag‘lari

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,

Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki,

internet provayderlari,

O‘zbekiston elektron kompyuter sporti federatsiyasi

25.

Jahon bozorida raqobat qila oladigan kibersport o‘yinlarini ishlab chiqish va tijoratlashtirish.

1. Jahon bozorida raqobat qila oladigan kibersport o‘yinlarini ishlab chiqish bo‘yicha biznes-reja tayyorlash.

2. Kibersport o‘yinlarining konsepsiyasini taqdimot qilish.

3. Konsepsiyaga asosan kibersport o‘yinlarini ishlab chiqish va tijoratlashtirish.

2023-yil davomida

Ijrochilar mablag‘lari

Raqamli texnologiyalar vazirligi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi,

Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki,

O‘zbekiston elektron kompyuter sporti federatsiyasi

26.

Milliy kibersport o‘yinlarini yaratish maqsadida Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar institutiga grant ajratish.

1. Milliy qadriyatlarimizga mos keladigan milliy kibersport o‘yinlarini yaratish maqsadida tanlov e’lon qilish.

2. Kelib tushgan takliflar asosida milliy kibersport o‘yinlari ro‘yxatini shakllantirish.

3. Milliy kibersport o‘yinlarini ishlab chiqish.

4. Ishlab chiqilgan milliy kibersport o‘yinlarini patentlash.

5. Ishlab chiqilgan milliy kibersport o‘yinlarini umumiy o‘rta ta’lim maktablari, sport-ta’lim muassasalari, kibersport klublariga tarqatish.

2023-yil davomida

Ijrochilar mablag‘lari

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,
Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi
,

Adliya vazirligi

27.

Milliy kibersport industriyasiga investitsiyalarni jalb qilish.

1. Milliy kibersport bozorida marketing tadqiqotlarini olib borish.

2. Kibersport bozoriga salohiyatli investorlarni jalb qilish.

3. Kibersport sohasida investitsiyaviy loyihalar (kibersport bo‘yicha o‘quv markazlari, arenalar, professional klublarni tashkil qilish, o‘yinlarni ishlab chiqish va boshqalar) ro‘yxatini shakllantirish.

4. Kibersport sohasiga jalb qilingan to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalarni rag‘batlantirish.

2023-2024-yillar davomida

Ijrochilar mablag‘lari, xususiy investorlar mablag‘lari

Raqamli texnologiyalar vazirligi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Investitsiyalar sanoat va savdo vazirligi,

O‘zbekiston elektron kompyuter sporti federatsiyasi

28.

Koreya, Xitoy, Rossiya, Yevropa mamlakatlari va boshqa davlatlarning yetakchi professional kibersport klublariga “kibersportchilar eksporti”ni yo‘lga qo‘yish.

1. Koreya, Xitoy, Rossiya, Yevropa mamlakatlari va boshqa davlatlarning yetakchi professional kibersport klublari bilan kadrlar almashuvini yo‘lga qo‘yish.

2. “Uzbekistan Esports Championship” respublika chempionati, kibersport turlari bo‘yicha boshqa chempionatlar, turnirlar va musobaqalarda g‘olib va sovrindor bo‘lgan kibersportchilarning sport faoliyatini marketing qilish.

2023-yildan boshlab doimiy

Ijrochilar mablag‘lari

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,

Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki,

O‘zbekiston elektron kompyuter sporti federatsiyasi

V. Kibersport turlariga nisbatan ijobiy jamoatchilik fikrini shakllantirish, ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda keng targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borish

29.

Kibersportning istiqbollari haqida targ‘ibot-tashviqot ishlarini kuchaytirish.

1. Kibersportga qiziqishi va iqtidori mavjud yoshlarning ota-onalari, vasiylari (homiylari)ga kibersportning dunyodagi va mamlakatimizdagi istiqbollari, uning afzalliklari haqida tushuntirish ishlarini olib borish.

2. Kibersportchilarning ota-onalari va vasiylari (homiylari)dan intervyu olish va efirga uzatish (nashr etish).

2023-yil davomida

Ijrochilar mablag‘lari

Idoralararo kengash

(Sh. Shermatov, A. Sa’dullayev),

manfaatdor vazirlik va idoralar

30.

Ommaviy axborot vositalari, Internet va ijtimoiy tarmoqlarda kibersportni keng targ‘ib qilish.

1. Kibersport turlari bo‘yicha chempionatlar, turnirlar va musobaqalar to‘g‘risida yangiliklarni e’lon qilib borish.

2. Kibersport turlari bo‘yicha chempionatlar, turnirlar va musobaqalarni onlayn tarzda (strim) to‘liq yoritib borish.

3. Kuchli va mashhur kibersportchilarning samarali sport faoliyatini targ‘ib qilish.

4. Kuchli va mashhur kibersportchilar bilan davra suhbatlari, muloqotlar va uchrashuvlar tashkil qilish.

5. “Uzbekistan Esports Championship” respublika chempionat�, kibersport turlari bo‘yicha boshqa chempionatlar, turnirlar va musobaqalarni “Yoshlar” va “Sport” telekanallarida namoyish etish.

Reja asosida 2023-yil davomida

Ijrochilar mablag‘lari

Idoralararo kengash

(Sh. Shermatov, A. Sa’dullayev),

O‘zbekiston Milliy axborot agentligi,

O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi

31.

Kibersport klublarining o‘z faoliyatini to‘sqinliksiz amalga oshirishi, kechayu kunduz ishlashi uchun sharoitlar yaratish.

1. Kibersport klublarining etika qoidalarini ishlab chiqish va e’lon qilish.

2023-yil yanvar

Mablag‘ ajratish talab qilinmaydi

Idoralararo kengash

(Sh. Shermatov, A. Sa’dullayev)

2. Kibersport klublarining o‘z faoliyatini to‘sqinliksiz amalga oshirishi bo‘yicha xorijiy mamlakatlarning (Koreya, Xitoy, Rossiya, Yevropa mamlakatlari va boshqalar) ilg‘or tajribasini o‘rganish va joriy qilish.

3. Kibersport klublarining kechayu kunduz ishlashi uchun sharoitlar yaratish.

2023-yildan boshlab doimiy

32.

Kibersport bilan shug‘ullanayotgan yoshlarning sog‘lom sport madaniyatini shakllantirish, ular tomonidan qonunga xilof va g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlar sodir etilishining oldini olish.

1. Qonunga xilof va g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlar (narkotik vositalarni qabul qilish, taqiqlangan veb-saytlarga kirish, maktab darslarini qoldirish, kibertahdidlar va kiberhujumlar yaratish va boshqalar) sodir qilinishining oldini olishga qaratilgan kibersportchining etika qoidalarini ishlab chiqish.

2023-yil aprel

Ijrochilar mablag‘lari

Idoralararo kengash

(Sh. Shermatov, A. Sa’dullayev),

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Kibermakonda kiberxavfsizlikni ta’minlashga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish, bu borada kibersportchilarning IT-bilimi va ko‘nikmalaridan samarali foydalanish.

Doimiy

(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)