1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.02.00 Soliq sohasida boshqaruv;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.04.00 Soliq to‘lovchilarning ayrim toifalariga soliq solishning o‘ziga xos xususiyatlari]
[TSZ:
1.Moliya / Soliqlar (yig‘imlar, bojlar)]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chet davlat fuqarolari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududidan chiqib ketishda avval xarid qilingan tovarlar uchun qo‘shilgan qiymat solig‘ini qaytarish tizimini joriy etish to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xizmatlar sohasini rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2022-yil 27-yanvardagi PQ-104-son hamda “Aholini xalqaro brendlarning sifatli mahsulotlari bilan ta’minlash va mahalliy korxonalarning global qo‘shilgan qiymat zanjirlariga kirishi uchun qo‘shimcha sharoit yaratishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2022-yil 12-oktabrdagi PQ-393-son qarorlariga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 2023-yil 1-yanvardan boshlab chet davlat fuqarolariga ular tomonidan O‘zbekiston hududidagi chakana savdo bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlaridan ayrim turdagi tovarlarni sotib olishda to‘langan qo‘shilgan qiymat solig‘i (keyingi o‘rinlarda — QQS) summasini qisman qaytarish (keyingi o‘rinlarda — “tax free”) tizimi tajriba tariqasida joriy etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Soliq qo‘mitasi va Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“tax free” tizimi operatori sifatida Soliq qo‘mitasi huzuridagi “Soliq Servis” aksiyadorlik jamiyatini (keyingi o‘rinlarda — Operator) belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chet davlat fuqarolariga qaytariladigan QQS summasini hisobga olish va uni qaytarish soliq organlarining maxsus mobil ilovasi (keyingi o‘rinlarda — mobil ilova) orqali amalga oshirilishi to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-iyuldagi 389-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.07.2026-y., 09/26/389/0748-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki, tajriba davomida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublikaning barcha hududlaridagi chakana savdo obyektlari orqali chet davlat fuqarolariga QQS bilan sotilgan ayrim turdagi tovarlarga “tax free” tizimi qo‘llaniladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chet davlat fuqarolariga QQS summasi minimal xarid qiymati QQS summasini hisobga olgan holda kamida uch yuz ming so‘mni tashkil etganda hamda tovarlar xarid qilingan kundan e’tiboran uch oy mobaynida Operatorga murojaat qilinganda qaytariladi;
(3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-iyuldagi 389-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.07.2026-y., 09/26/389/0748-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chet davlat fuqarolari tomonidan haqiqatda amalga oshirilgan xaridlarni tekshirish va QQSni qaytarish uchun hujjatlarni rasmiylashtirish maqsadida Operatorning servis shoxobchalari tashkil etiladi va ular Toshkent, Samarqand, Buxoro, Farg‘ona va Urganch xalqaro aeroportlari hududlarida joylashtiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
QQSning belgilangan stavkasi miqdorining 90 foizi chet davlat fuqarosiga QQS summasini qaytarishga, 10 foizi Operatorning xizmatlariga yo‘naltiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Operator chakana savdo bilan shug‘ullanuvchi subyektlar “tax free” tizimi ishtirokchilari ekanligini bildiruvchi maxsus belgining (flayer) namunaviy shaklini ishlab chiqadi va ularni turistik markazlar, yirik savdo komplekslari hamda chet el fuqarolari ko‘p tashrif buyuradigan bozorlar, chakana savdo bilan shug‘ullanuvchi subyektlarga bepul tarqatadi hamda rasmiy veb-sayt va ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirilishini ta’minlaydi, bunda maxsus belgida ko‘rsatilgan ma’lumotlar davlat tilida va ingliz, rus, xitoy, arab tillarida yozilgan bo‘lishi shart.
(3-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-iyuldagi 389-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.07.2026-y., 09/26/389/0748-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Operator “tax free” tizimini joriy etish maqsadida qo‘shimcha shtat birliklarini shakllantirish, xalqaro aeroportlarda servis nuqtalarini joylashtirish va ularni moddiy-texnika baza bilan ta’minlash bilan bog‘liq xarajatlarni o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Turizm qo‘mitasi Operatorga ushbu tartibning mazmun-mohiyati va ahamiyati aholi va tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida keng targ‘ib qilinishini ta’minlash maqsadida temir yo‘l vokzallari, Toshkent, Buxoro, Samarqand, Farg‘ona va Xiva shaharlaridagi turistik markazlarida tekin foydalanish uchun maxsus joy ajratsin.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-iyuldagi 389-sonli qaroriga asosan sakkizinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.07.2026-y., 09/26/389/0748-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Chet davlat fuqarolari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududidan chiqib ketishda avval xarid qilingan tovarlar uchun qo‘shilgan qiymat solig‘ini qaytarishning ma’muriy reglamenti 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
(4-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-iyuldagi 389-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.07.2026-y., 09/26/389/0748-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chet davlat fuqarolariga O‘zbekiston hududida ayrim tovarlar xarid qilinganda to‘langan QQS summasini O‘zbekiston Respublikasi hududidan chiqib ketishda qaytarish ular tomonidan mobil ilovada ro‘yxatdan o‘tkazilgan fiskal belgili cheklar ma’lumotlari asosida amalga oshirilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xarid qilingan tovarlarning O‘zbekiston hududida iste’mol qilinmaganligi hamda ular chet davlat fuqarolarining kuzatuv bagaji va/yoki qo‘l yukida o‘zi bilan O‘zbekiston hududidan olib chiqib ketilishi lozimligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliya vazirligi tomonidan respublika budjetidan QQSni chet el fuqarolariga to‘lab berish uchun mablag‘larni ajratish va Operatorga yo‘naltirish tartibi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Chet davlat fuqarolari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududidan chiqib ketishda qo‘shilgan qiymat solig‘ini qaytarish tizimi tatbiq etilmaydigan tovarlar ro‘yxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(5-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-iyuldagi 389-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.07.2026-y., 09/26/389/0748-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasiga Moliya vazirligi bilan kelishgan holda asoslangan takliflardan kelib chiqib ro‘yxatga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish huquqi berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi Davlat bojxona qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda 2022-yil 10-dekabrga qadar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) mobil ilovaga chet davlat fuqarolari tomonidan xarid chekining fiskal belgisini matritsali shtrix-kod (QR-kod) yordamida skanerlash yoki fiskal belgisini kiritish orqali ro‘yxatga olish hamda ular tomonidan to‘langan QQS summasini qaytarish imkonini beradigan qo‘shimchalar kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) “tax free” tizimi ishtirokchilari o‘rtasida axborot almashish imkonini beruvchi “Tax free” avtomatlashtirilgan axborot tizimini (keyingi o‘rinlarda — “Tax free” AAT) ishlab chiqsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, mobil ilovaga qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, “Tax free” AATni ishlab chiqish bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, soliq organlarini rivojlantirish va ko‘zda tutilmagan xarajatlar maxsus jamg‘armasi hisobidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi Davlat personallashtirish markazi bilan birgalikda 2022-yil 15-dekabrga qadar chet davlat fuqarolarini “tax free” tizimidan foydalanish uchun soliq organlarining maxsus mobil ilovasida ro‘yxatdan o‘tishlarida O‘zbekiston Respublikasiga kirib kelganligini qayd etish ma’lumotlari orqali identifikatsiya qilishning avtomatlashtirilgan imkoniyatini yaratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda “Tax free” AAT orqali ma’lumotlar almashinuvi real vaqt rejimida amalga oshirilishi nazarda tutilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga chakana savdo bilan shug‘ullanuvchi subyektlarni ularning murojaatlari asosida xalqaro bank kartalari orqali to‘lovlarni qabul qilish bo‘yicha maxsus hisob-kitob terminallari bilan ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Uzbekistan Airports” AJga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“tax free” tizimi operatorining QQS summasini qaytarish servis shoxobchalarini Toshkent, Samarqand, Buxoro, Farg‘ona va Urganch xalqaro aeroportlari hududida joylashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublikaning barcha xalqaro aeroportlarida chet el fuqarolariga qo‘shilgan qiymat solig‘ini 24/7 rejimda qaytarish tizimini yo‘lga qo‘yish tavsiya etilsin.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-iyuldagi 389-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.07.2026-y., 09/26/389/0748-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat soliq qo‘mitasi va Davlat bojxona qo‘mitasi bilan birgalikda 2023-yil 1-oktabrga qadar “tax free” tizimini joriy etish samaradorligi natijalariga ko‘ra mazkur tizimni 2024-yildan boshlab respublikaning barcha xalqaro aeroportlari, vokzallari hamda bojxona hududidan o‘tkazish punktlarida bosqichma-bosqich joriy etish, shuningdek, “tax free” tizimi operatorini davlat-xususiy sheriklik asosida tanlash yoki xalqaro operatorlarni jalb etish bo‘yicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining davlat soliq xizmati organlari boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni doirasida Davlat soliq qo‘mitasining markaziy apparatida “tax free” tizimini joriy etishga va doimiy monitoring qilib borishga mas’ul qo‘shimcha alohida tuzilma tashkil etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi Tashqi ishlar vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi va Davlat soliq qo‘mitasi bilan birgalikda xalqaro aeroportlarda, vokzallarda hamda bojxona hududidan o‘tkazish punktlarida, shuningdek, rasmiy veb saytlarda O‘zbekiston Respublikasida “tax free” tizimi joriy etilganligini bildiruvchi hamda mobil ilovadan foydalanishning bosqichlari haqida ma’lumot beruvchi flayer, bukletlar, tarqatma materiallar va boshqa qo‘llanmalar bo‘lishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bilan birgalikda mazkur qarorning mazmun-mohiyatini ommaviy axborot vositalarida muntazam va keng yoritib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri J.A. Qo‘chqorov, Moliya vaziri T.A. Ishmetov, Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sh.D. Kudbiyev hamda Davlat bojxona qo‘mitasi raisi A.Yu. Mavlonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 8-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
653-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-noyabrdagi 653-son qaroriga 1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chet davlat fuqarolari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududidan chiqib ketishda avval xarid qilingan tovarlar uchun qo‘shilgan qiymat solig‘ini qaytarishning
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MA’MURIY REGLAMENTI
(1-ilovaning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-iyuldagi 389-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.07.2026-y., 09/26/389/0748-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Reglament (keyingi o‘rinlarda — Reglament) chet davlat fuqarolari — O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari (keyingi o‘rinlarda — chet davlat fuqarolari) tomonidan O‘zbekiston hududida chakana savdo bilan shug‘ullanuvchi subyektlardan ayrim tovarlarni xarid qilishda to‘langan qo‘shilgan qiymat solig‘i (keyingi o‘rinlarda — QQS) summasini qaytarish (“tax free” tizimi) tartibini belgilaydi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-iyuldagi 389-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.07.2026-y., 09/26/389/0748-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Chet davlat fuqarolariga QQS bilan xarid qilingan ayrim tovarlar bo‘yicha QQS summasining ushbu Reglamentda belgilangan miqdori qaytariladi, quyidagi holatlar bundan mustasno:
(2-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-iyuldagi 389-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.07.2026-y., 09/26/389/0748-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boj olinmaydigan savdo do‘konlaridan (“duty free”) xarid qilingan tovarlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi hududini tark etishda chet davlat fuqarosi yonida bo‘lmagan tovarlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
to‘liq yoki qisman iste’mol qilingan tovarlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi hududida to‘liq yoki qisman ishlatilgan va asl o‘rami bilan birga bo‘lmagan tovarlar (o‘ram bo‘lishi nazarda tutilgan bo‘lsa).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu Reglamentda quyidagi tushunchalar qo‘llaniladi:
(3-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-iyuldagi 389-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.07.2026-y., 09/26/389/0748-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“tax free” tizimi — chet davlat fuqarolariga, ular tomonidan O‘zbekiston hududida ayrim tovarlar xarid qilinganda to‘langan QQS summasini O‘zbekiston Respublikasi hududidan chiqib ketishda ushbu Reglamentda belgilangan miqdorda qaytarish tizimi;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-iyuldagi 389-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.07.2026-y., 09/26/389/0748-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“tax free” tizimi operatori (keyingi o‘rinlarda — Operator) — O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda — Soliq qo‘mitasi) huzuridagi “Soliq Servis” aksiyadorlik jamiyati;
(3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-iyuldagi 389-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.07.2026-y., 09/26/389/0748-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Tax free” avtomatlashtirilgan axborot tizimi (“Tax free” AAT) — “tax free” tizimi ishtirokchilarining o‘zaro ma’lumot almashinuvini ta’minlaydigan hamda integratsiya qilingan avtomatlashtirilgan axborot tizimi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Chet davlat fuqarolariga QQS summasini qaytarish ular tomonidan xarid qilingan tovarlar faqat kuzatuv bagaji va/yoki qo‘l yukida o‘zi bilan birga O‘zbekiston Respublikasi hududidan olib chiqib ketilishi tasdiqlangandan keyin amalga oshirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
QQS summasi o‘n sakkiz yoshga to‘lgan chet davlat fuqarolariga qaytariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chet davlat fuqarolari QQS summasini qaytarish uchun tovarlar xarid qilingan kundan e’tiboran uch oy mobaynida Operatorga ushbu Reglamentda belgilangan tartibda va talablarni bajargan holda murojaat qilishi mumkin.
(4-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-iyuldagi 389-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.07.2026-y., 09/26/389/0748-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Chet davlat fuqarolariga QQS summasini qaytarish xarid amalga oshirilganda faqat QQS to‘langan tovarlar bo‘yicha amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda QQS summasini qaytarish tizimi tatbiq etiladigan xarid qilingan tovarlarning umumiy qiymati uch yuz ming so‘mdan kam bo‘lmasligi lozim.
(5-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-iyuldagi 389-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.07.2026-y., 09/26/389/0748-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Chet davlat fuqarolarini “tax free” tizimida ro‘yxatga olish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Chet davlat fuqarolari O‘zbekiston Respublikasi hududida xarid qilingan ayrim turdagi tovarlar bo‘yicha QQS summasini qaytarish huquqidan foydalanish uchun soliq organlarining maxsus mobil ilovasida (keyingi o‘rinlarda — mobil ilova) ro‘yxatdan o‘tadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda chet davlat fuqarolari mobil ilovada ismi, familiyasi va pasport ma’lumotlarini, shuningdek, o‘zining nomiga rasmiylashtirilgan xalqaro bank kartasi yoki bank hisobvarag‘ini ro‘yxatdan o‘tkazadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Chet davlat fuqarolari QQS summasini qaytarib olish maqsadida mobil ilovada identifikatsiya va ro‘yxatdan o‘tishi ularning mobil telefon raqamiga (elektron pochtasiga) kelib tushgan havola bo‘yicha ro‘yxatga olish kodini kiritish orqali amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mobil ilovaga kiritilgan ma’lumotlarning to‘g‘ri va haqqoniyligi bo‘yicha javobgarlik chet davlat fuqarolarining o‘ziga yuklatiladi. Bunda ularning O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirib kelishi va undan chiqib ketishi holatlari “Tax free” AAT orqali tekshiriladi va tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Chet davlat fuqarolariga QQS summasini qaytarish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Chet davlat fuqarolariga QQS summasini qaytarish chet davlat fuqarolari tomonidan tovarlar bo‘yicha xarid chekining fiskal belgisini matritsali shtrix-kodni (QR-kod) mobil ilova yordamida skanerlash yoki fiskal belgisini mobil ilovaga kiritish orqali shakllangan ma’lumotlar asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Chet el fuqarolari xarid qilingan tovarlar bo‘yicha qonunchilikda belgilangan tartibda ularning bir qismini qaytarish tizimidan (keshbek) foydalanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chet el fuqarolari xarid qilingan tovarlar bo‘yicha QQS summasini qaytarish tizimida Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-maydagi 255-son qarori bilan tasdiqlangan Sotib olingan tovarlar (xizmatlar) qiymatining bir qismini jismoniy shaxslarga qaytarish tartibi to‘g‘risidagi ma’muriy reglamentining 20-bandida belgilangan talablar tatbiq etilmaydi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-iyuldagi 389-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.07.2026-y., 09/26/389/0748-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-maydagi 255-son qarori bilan tasdiqlangan Sotib olingan tovarlar (xizmatlar) qiymatining bir qismini jismoniy shaxslarga qaytarish tartibi to‘g‘risidagi ma’muriy reglament bilan fiskal belgili cheklar mobil ilovada ro‘yxatdan o‘tkazilmaydigan holatlarda ular bo‘yicha chet el fuqarolariga QQS qaytarilmaydi.
(10-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-iyuldagi 389-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.07.2026-y., 09/26/389/0748-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-maydagi 255-son qarori bilan tasdiqlangan Sotib olingan tovarlar (xizmatlar) qiymatining bir qismini jismoniy shaxslarga qaytarish tartibi to‘g‘risidagi nizom.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Mobil ilovada ro‘yxatga olingan fiskal belgili chek ma’lumotlari asosida “tax free” tizimi tatbiq etiladigan tovarlar ro‘yxati va ular bo‘yicha to‘langan QQS summasi alohida ajratilgan holda aks ettiriladi, shuningdek, ushbu ma’lumot “Tax free” AAT da real vaqt rejimida aks ettiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Chet davlat fuqarolari “tax free” tizimi doirasida xarid qilingan tovarlar bo‘yicha QQS summasini qaytarish uchun O‘zbekiston Respublikasi hududini tark etishda Operatorning xalqaro aeroportlarda joylashgan servis shaxobchalariga murojaat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chet davlat fuqarolari mobil ilova yordamida servis shoxobchasiga murojaat qilishi rejalashtirilgan sana va vaqt to‘g‘risida murojaat yuborishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Chet davlat fuqarolari QQS summasini qaytarib olish uchun Operatorga bortga chiqish taloni hamda shaxsini tasdiqlovchi hujjatni ko‘rsatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Operator chet davlat fuqarolari O‘zbekiston Respublikasi norezidenti ekanligini hamda chet davlat fuqarosining O‘zbekiston Respublikasi hududidan chiqib ketayotganligi holatini tasdiqlovchi belgi (shtamp) mavjudligini tekshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Operator xodimi chet davlat fuqarosi tomonidan xarid cheklarida ko‘rsatilgan hamda chet el fuqarosi yonida bo‘lgan tovarlarni ko‘zdan kechiradi va solishtiradi, ushbu Reglament bilan belgilangan talablarga mosligini tekshiradi va Operator tomonidan tasdiqlanadigan Reglament asosida chet el fuqarosi bilan ushbu to‘g‘risida qaydnomani mobil ilova orqali elektron shaklda rasmiylashtiradi.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-iyuldagi 389-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.07.2026-y., 09/26/389/0748-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Chet davlat fuqarosi O‘zbekiston hududidan chiqib ketayotganda Operator O‘zbekiston hududida xarid qilingan tovarlar respublika hududidan olib chiqib ketilayotganligini tasdiqlaydi hamda bir vaqtning o‘zida ushbu tasdiqni “Tax free” AATga kiritadi. Shuningdek, chet el fuqarosi haqiqatda O‘zbekiston Respublikasi hududidan chiqib ketganligini mutasaddi tashkilot 3 kun mobaynida “Tax free” AAT orqali chegaradan o‘tish qaydnomasi asosida tasdiqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Operator tomonidan “tax free” tizimi doirasida xarid qilingan tovarlar olib chiqib ketilayotganligi tasdiqlangandan so‘ng chet davlat fuqarosiga qaytarilishi lozim bo‘lgan QQS summasi to‘g‘risida ma’lumot mobil ilovada aks ettiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Qaytarilayotgan QQS summasi O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasida belgilanadi va chet davlat fuqarosiga mobil ilovada ko‘rsatilgan xalqaro bank kartasiga (to‘lov tizimiga) yoki bank hisobvarag‘iga, chet davlat fuqarolarining xohishiga ko‘ra naqd pul shaklida chet el valyutasida (AQSH dollari) mazkur Reglamentda belgilangan muddatlarda o‘tkazib beriladi.
(17-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-iyuldagi 389-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.07.2026-y., 09/26/389/0748-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qaytarilayotgan QQS summasini chet el valyutasida (AQSH dollari) hisoblash chet davlat fuqarosi tomonidan xarid amalga oshirilgan kundagi xizmat ko‘rsatuvchi tijorat bankining valyuta ayirboshlash kunidagi ayirboshlash kurslari asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
QQS summasi chet davlat fuqarosining xalqaro bank kartasiga (to‘lov tizimiga) yoki bank hisobvarag‘iga o‘tkazilishi xizmat ko‘rsatuvchi tijorat bankining konversiya va pul o‘tkazmalari bo‘yicha xizmat haqlari asosida chet davlat fuqarosiga qaytarilayotgan mablag‘ hisobidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda chet davlat fuqarosi QQS summasi Operator tomonidan qaytarib berilishi uchun o‘zining xalqaro bank kartasi (to‘lov tizimi) yoki bank hisobvarag‘i rekvizitlarini mobil ilovada ro‘yxatdan o‘tkazgan bo‘lishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Chet davlat fuqarosi tomonidan ushbu Reglament talablariga rioya qilinmasligi holatida, shuningdek, ushbu Reglamentda belgilangan holatlarda Operator chet davlat fuqarolariga xarid qilingan tovarlar bo‘yicha QQS summasini qaytarib berishni to‘liq yoki qisman rad etishga haqli.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-iyuldagi 389-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.07.2026-y., 09/26/389/0748-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Operatorning xizmati uchun haq to‘lash hamda chet davlat fuqarolariga QQS summasini to‘lab berish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Chet davlat fuqarosiga QQS summasi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi (keyingi o‘rinlarda — Iqtisodiyot va moliya vazirligi) tomonidan O‘zbekiston Respublikasi respublika budjeti hisobidan qaytariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chet davlat fuqarosiga xarid qilingan tovarlar bo‘yicha QQS summasi mazkur Reglamentga ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq qaytariladi.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-iyuldagi 389-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.07.2026-y., 09/26/389/0748-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Chet davlat fuqarosiga xarid qilingan tovar bo‘yicha QQS summasi mobil ilovada ko‘rsatilgan xalqaro bank kartasiga (to‘lov tizimiga) yoki bank hisobvarag‘iga chet davlat fuqarosining O‘zbekiston Respublikasi hududidan chiqib ketish holati tasdiqlangandan so‘ng uch ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatda, naqd pul shaklida bo‘lganda, murojaat etgan kunda qaytariladi.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-iyuldagi 389-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.07.2026-y., 09/26/389/0748-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Operatorga O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti mablag‘lari hisobidan xarid cheklaridagi “tax free” tizimi tatbiq etiladigan tovarlar uchun jami to‘langan QQS summasining 100 foiziga teng bo‘lgan mablag‘lar to‘lab beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda chet davlat fuqarolariga Operator o‘zining xizmati uchun to‘lovlarni inobatga olib, “tax free” tizimi tatbiq etiladigan tovarlar uchun jami to‘langan QQS summasining 90 foiz qismini to‘lab beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Operatorning xizmati uchun to‘lovlar chet davlat fuqarosi tomonidan sotib olingan tovarlar uchun taqdim etilgan xarid cheklarida ko‘rsatilgan QQS summasining 10 foizini tashkil etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Operator chet davlat fuqarosi O‘zbekiston Respublikasi hududidan chiqib ketish holati tasdiqlangan kundan keyingi uch ish kunidan kechiktirmay avvalgi kalendar kunlarida chet davlat fuqarolari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirib kelish va hududdan chiqib ketish holati tasdiqlanganligi hamda mobil ilovada ro‘yxatdan o‘tkazilgan fiskal belgili cheklar to‘g‘risidagi axborot bo‘yicha chet davlat fuqarolariga qaytariladigan QQS summalari bo‘yicha buyurtmani Soliq qo‘mitasining xulosasi asosida Iqtisodiyot va moliya vazirligiga taqdim etadi.
(22-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-iyuldagi 389-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.07.2026-y., 09/26/389/0748-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Soliq qo‘mitasining xulosasiga asosan Operatorning Iqtisodiyot va moliya vazirligi G‘aznachiligidagi maxsus hisobvarag‘iga xulosa olingan kundan so‘ng bir ish kunidan kechiktirmay mablag‘larni o‘tkazadi.
(23-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-iyuldagi 389-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.07.2026-y., 09/26/389/0748-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Operator Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan pul mablag‘lari o‘tkazilgandan keyin bir ish kunidan kechiktirmay ularni Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi G‘aznachilikning maxsus hisobvarag‘idan vakolatli bankda ochilgan hisobvarag‘iga o‘tkazadi.
(24-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-iyuldagi 389-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.07.2026-y., 09/26/389/0748-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Operator QQS summasini qaytarib olish huquqiga ega bo‘lgan chet davlat fuqarolarining reyestrlarini vakolatli bankka har o‘n kunda taqdim etadi.
(25-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-iyuldagi 389-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.07.2026-y., 09/26/389/0748-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41-bob. Chet davlat fuqarolariga QQS summasini naqd pulda qaytarish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
251. Chet davlat fuqarosiga QQS summasi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi respublika budjeti hisobidan qaytariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda Iqtisodiyot va moliya vazirligi Soliq qo‘mitasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasidagi maxsus hisobvarag‘iga chet davlat fuqarosiga xarid qilingan tovarlar bo‘yicha QQS summasini naqd pulda qaytarish uchun har chorakda bo‘nak tariqasida mablag‘ ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chet davlat fuqarosiga QQS summasi naqd pulda mazkur Reglamentga ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq qaytariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
252. Chet davlat fuqarosiga QQS summasi chet davlat fuqarosining O‘zbekiston Respublikasi hududidan chiqib ketish holati tasdiqlangan kunida qaytariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
253. Operatorga O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti mablag‘lari hisobidan xarid cheklaridagi “tax free” tizimi tatbiq etiladigan tovarlar uchun jami to‘langan QQS summasining 100 foiziga teng bo‘lgan mablag‘lar to‘lab beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda chet davlat fuqarolariga Operator o‘zining xizmati uchun to‘lovlarni inobatga olib, “tax free” tizimi tatbiq etiladigan tovarlar uchun jami to‘langan QQS summasining 85 foiz qismini to‘lab beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Operatorning xizmati uchun to‘lovlar chet davlat fuqarosi tomonidan sotib olingan tovarlar uchun taqdim etilgan xarid cheklarida ko‘rsatilgan QQS summasining 15 foizini tashkil etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
254. Operator har kuni bir ish kunidan kechiktirmay avvalgi kalendar oyda chet davlat fuqarolari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirib kelish va hududdan chiqib ketish holati tasdiqlanganligi hamda mobil ilovada ro‘yxatdan o‘tkazilgan fiskal belgili cheklar to‘g‘risidagi axborot bo‘yicha chet davlat fuqarolariga qaytariladigan QQS summalari bo‘yicha buyurtmani Soliq qo‘mitasining xulosasi asosida Iqtisodiyot va moliya vazirligiga taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
255. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Soliq qo‘mitasining xulosasiga asosan Operatorning Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasidagi maxsus hisobvarag‘iga xulosa olingan kundan so‘ng bir ish kunidan kechiktirmay mablag‘larni o‘tkazadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
256. Operator Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan pul mablag‘lari o‘tkazilgandan keyin bir ish kunidan kechiktirmay ularni Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasining maxsus hisobvarag‘idan vakolatli bankda ochilgan hisobvarag‘iga o‘tkazadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan to‘lab berilgan mablag‘lar yetarli bo‘lmaganda yoki Soliq qo‘mitasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasidagi maxsus hisobvarag‘iga mablag‘lar yetarli miqdorda moliyalashtirilgunga qadar bo‘lgan holatlarda chet davlat fuqarosiga xarid qilingan tovar bo‘yicha QQS summasini Operator o‘z daromadlari mablag‘lari hisobidan to‘lab berish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
257. Operator QQS summasini naqd pulda qaytarib olish huquqiga ega bo‘lgan chet davlat fuqarolari uchun to‘lanadigan mablag‘lar miqdorini vakolatli bankka bir ish kunidan kechiktirmay taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
258. Operator QQS summasini naqd pulda qaytarib olish huquqiga ega bo‘lgan chet davlat fuqarolariga qaytarib berish uchun tegishli bankka chek (elektron chek) taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
259. Vakolatli bank har kuni ish kuni boshlanishi bilan Operator chek (elektron chek)da so‘ralgan mablag‘larni chet el valyutasida (AQSH dollari) to‘lab beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2510. Operator QQS summasini naqd pulda qaytarib olish huquqiga ega bo‘lgan chet el fuqarolari hisobini alohida yuritadi.
(41-bob O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-iyuldagi 389-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.07.2026-y., 09/26/389/0748-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Idoralararo axborot almashinuvi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Soliq organlari va Operator chet davlat fuqarolari tomonidan chakana savdo bilan shug‘ullanuvchi subyektlardan xarid qilingan tovarlar, ularning narxi va miqdori, to‘langan va qaytarilishi lozim bo‘lgan QQS summasi, chakana savdo bilan shug‘ullanuvchi subyektlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olishda “tax free” tizimi ishtirokchilari o‘rtasida axborot almashish imkonini beruvchi “Tax free” AATdan foydalanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek, “Tax free” AATga QQS summasini qaytarishda ishtirok etadigan bojxona, moliya va boshqa mutasaddi organlar o‘z axborot tizimlarini “Tax free” AATga integratsiya qiladi va undan foydalanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Ushbu Reglamentni qo‘llashda yuzaga keladigan nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
(27-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-iyuldagi 389-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.07.2026-y., 09/26/389/0748-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Mazkur Reglament talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javob beradilar.
(28-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-iyuldagi 389-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.07.2026-y., 09/26/389/0748-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 27, 28-boblari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chet davlat fuqarolari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududidan chiqib ketishda avval xarid qilingan tovarlar uchun qo‘shilgan qiymat solig‘ini qaytarishning ma’muriy reglamentiga ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chet davlat fuqarolari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududidan chiqib ketishda xarid qilingan tovarlar uchun qo‘shilgan qiymat solig‘ini qaytarish (“tax-free” tizimi)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosqichlar
Subyektlar
Chora-tadbirlar
Muddatlar
I. “Soliq servis” AJ “tax-free” tizimi operatoriga tovarlar xaridida to‘langan qo‘shilgan qiymat solig‘ini qaytarish (“tax-free” tizimi) huquqi to‘g‘risida xabar berish
1-bosqich
Tovar xaridori — chet el fuqarolari
Chakana savdo tashkilotlari tomonidan taqdim etilgan onlayn nazorat-kassa mashinalari cheklari soliq organlarining maxsus mobil ilovasida xarid chekining fiskal belgisini matritsali shtrix-kod (QR-kod) yordamida skanerlash yoki fiskal belgisini kiritish orqali ro‘yxatdan o‘tkaziladi
Chek olingan kundan boshlab o‘n kalendar kundan kechiktirmasdan
2-bosqich
Operator
O‘tgan kalendar kunda chet el fuqarolari tomonidan soliq organlarining maxsus mobil ilovasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan fiskal belgili cheklar to‘g‘risidagi axborot va ular bo‘yicha qaytariladigan QQS summalar bo‘yicha buyurtmalar haqqoniyligini tekshiradi.
Chet davlat fuqarosi tomonidan tovarlar xarid qilingan kundan uch ish kuniga qadar
II. Tovarlarni xarid qilishda to‘langan qo‘shilgan qiymat solig‘ini qaytarish (Tax-free)
3-bosqich
Operator
Chet davlat fuqarolari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirib kelish va hududdan chiqib ketish holati tasdiqlanganligi hamda mobil ilovada ro‘yxatdan o‘tkazilgan fiskal belgili cheklar to‘g‘risidagi axborot bo‘yicha chet davlat fuqarolariga qaytariladigan QQS summalari bo‘yicha buyurtmani Soliq qo‘mitasining xulosasi asosida Iqtisodiyot va moliya vazirligiga taqdim etadi.
Chet davlat fuqarosi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududidan chiqib ketish holati tasdiqlangan kunda naqd pulda bir kunda, bank plastik kartochkasi bo‘yicha tasdiqlangan kundan keyingi uch ish kuniga qadar
4-bosqich
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Operatorning maxsus hisobraqamiga chet el fuqarolarining soliq organlarining maxsus mobil ilovasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan fiskal belgili cheklar asosida QQS summasini qaytarib berish uchun mablag‘larni o‘tkazadi.
Buyurtma olgan kundan so‘ng bir ish kunidan kechiktirmasdan
5-bosqich
Operator
Qabul qilingan mablag‘larni vakolatli bankda ochilgan hisob hisobvarag‘iga o‘tkazadi.
Bir kundan kechiktirmasdan
6-bosqich
Operator
Vakolatli bankka tovarlarning QQS summasini qaytarish huquqiga ega bo‘lgan chet davlat fuqarolari reyestrini taqdim etadi.
Chet davlat fuqarolari tomonidan xarid qilingan tovarlar faqat kuzatuv bagaji va/yoki qo‘l yukida o‘zi bilan birga O‘zbekiston Respublikasi hududidan olib chiqib ketilganda amalga oshiriladi
7-bosqich
Bank
Soliq organlarining maxsus mobil ilovasida fiskal belgisi qo‘yilgan ro‘yxatdan o‘tgan cheklar asosida xarid qilingan tovarlarning QQS summasini qaytarish huquqiga ega bo‘lgan chet el fuqarolarining xalqaro bank kartalariga pul mablag‘larini o‘tkazadi.
Har kuni ro‘yxatdan o‘tkazilgan kundan keyingi uch ish kuniga qadar
III. Tovarlarni xarid qilishda to‘langan qo‘shilgan qiymat solig‘ini naqd pulda qaytarish
8-bosqich
Operator
Soliq organlarining maxsus mobil ilovasida fiskal belgisi qo‘yilgan ro‘yxatdan o‘tgan cheklar asosida xarid qilingan tovarlarning QQS summasini qaytarish huquqiga ega bo‘lgan chet davlat fuqarolariga naqd pulda qaytarib beradi.
Chet davlat fuqarosining O‘zbekiston Respublikasi hududidan chiqib ketish holati tasdiqlangan kunda
9-bosqich
Operator
Soliq organlarining maxsus mobil ilovasida fiskal belgisi qo‘yilgan ro‘yxatdan o‘tgan cheklar asosida xarid qilingan tovarlarning QQS summasini Operator tomonidan haqiqatda qaytarilgan naqd pul mablag‘lari to‘g‘risida kunlik hisob-kitobni amalga oshiradi.
Har kuni
(ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-iyuldagi 389-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.07.2026-y., 09/26/389/0748-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-noyabrdagi 653-son qaroriga 2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chet davlat fuqarolari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududidan chiqib ketishda qo‘shilgan qiymat solig‘ini qaytarish tizimi tatbiq etilmaydigan tovarlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
RO‘YXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
T/r
Guruh
Guruh tavsifi
1.
002
Go‘sht va go‘shtli oziq-ovqat submahsulotlari
2.
003
Baliq va suvda yashovchi umurtqasiz boshqa hayvonlar
3.
004
Hayvonlardan olinadigan mahsulotlar
4.
007
Sabzavotlar
5.
008
Mevalar va yong‘oqlar
6.
009
Kofe, choy va ziravorlar
7.
010
Donli o‘simliklar
8.
011
Un va un-don mahsulotlari
9.
015
Hayvon yoki o‘simlik yog‘lari va ularning parchalanishi mahsulotlari
10.
016
Go‘sht, baliq yoki boshqa suvda yashovchi umurtqasiz hayvonlardan tayyorlangan mahsulotlar
11.
017
Shakar va shakardan olinadigan qandolat mahsulotlari
12.
018
Kakao va uning mahsulotlari
13.
019
Un, qandolat va yorma — don mahsulotlari
14.
020
Sabzavot, meva, yong‘oq yoki o‘simliklarning boshqa qismlarini qayta ishlash mahsulotlari
15.
021
Turli oziq-ovqat mahsulotlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. Kengaytirilgan ro‘yxat Soliq qo‘mitasi tomonidan (sinf, pozitsiyalar, subpozitsiyalar, atributlar va brendlar ko‘rsatilgan holda) yuritiladi.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-iyuldagi 389-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.07.2026-y., 09/26/389/0748-son)
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.11.2022-y., 09/22/653/1002-son; 17.07.2026-y., 09/26/389/0748-son)