Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Sanitar tozalash va chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni tashkil etish va aholi punktlarida tozalikni taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar belgilanganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Mamlakatda atrof-muhitni muhofaza qilishni taʼminlash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, shuningdek, chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirishda koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlovlar tizimini takomillashtirish, sanitar tozalash korxonalarini yanada qoʻllab-quvvatlash va sohaga davlat-xususiy sheriklik joriy etilishini kengaytirish orqali hududlarning sanitariya va ekologik holatini yaxshilash borasida izchil siyosat amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga, chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni tashkil etish tizimini isloh qilish, sanitar tozalash korxonalarini yanada qoʻllab-quvvatlash va sohaga davlat-xususiy sheriklik joriy etilishini kengaytirish boʻyicha qoʻshimcha imkoniyatlarni ishga solish talab etilmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni tashkil etish tizimini isloh qilish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2022-yil 11-avgustdagi PF-189-son Farmoni hamda “Sanitar tozalash ishlarini tashkil etish va aholi punktlarida tozalikni taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2022-yil 11-avgustdagi PQ-349-son qaroriga muvofiq, shuningdek, maishiy chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish tizimini yanada rivojlantirish, aholining sifatli sanitar tozalash xizmatlari bilan taʼminlanganligi darajasini yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Sanitar tozalash ishlarini tashkil etish respublika markazi va uning hududiy filiallari faoliyatini tashkil etish;
koʻrsatilgan sanitar tozalash xizmatlari uchun hisob-kitob tizimini takomillashtirish.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov va Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi N.N. Oblomuradov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2022-yil 4-noyabr,
646-son
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-noyabrdagi 646-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 16-oktabrdagi 648-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2025-y., 09/25/648/0943-son)
2. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-yanvardagi 29-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomning 9-bandi yigirma toʻqqizinchi xatboshisidagi “Sanitar tozalash boʻyicha ixtisoslashtirilgan korxonalar respublika birlashmasi” soʻzlari “Sanitar tozalash ishlarini tashkil etish respublika markazi va uning hududiy filiallari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
3. Vazirlar Mahkamasining “Chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2019-yil 6-fevraldagi 95-son qarorida:
a) 1-ilova quyidagi mazmundagi 51-band bilan toʻldirilsin:
“51. Biriktirilgan hududlarda, maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish xizmatlari koʻrsatishga shartnoma (bitim)lar tomonlar kelishuvi asosida bekor qilinganligi yoki uning amal qilish muddati tugaganligi, xizmat koʻrsatuvchi tashkilotning tashabbusi, sud qarori, bankrotlik holati yoki oʻzgacha tarzda xizmat koʻrsatuvchi tashkilot faoliyati toʻxtatilgan hollarda mazkur hududlarning Davlat ekologiya qoʻmitasi taklifiga muvofiq Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan boshqa xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlarga ularning roziligiga koʻra, shartnoma (bitim)larga qoʻshimcha kelishuv asosida vaqtincha biriktirib berilishiga yoʻl qoʻyiladi. Bunda:
shartnoma (bitim)larga qoʻshimcha kelishuv muddati mazkur hudud ushbu Qoidalarning 5-bandi talablariga muvofiq belgilangan tartibda boshqa xizmat koʻrsatuvchi tashkilotga biriktirib berilguniga qadar amal qiladi;
xizmat koʻrsatuvchi tashkilotning mazkur hududlarga yaqin joylashuvi, zarur miqdordagi soz chiqindi tashish mashinalarining mavjudligi, shartnoma (bitim) shartlarining oʻz vaqtida va sifatli bajarilish holatiga ustuvorlik qaratiladi.
Xizmat koʻrsatuvchi tashkilot oʻzgargan hududlardagi mavjud debitor va kreditor qarzdorliklarni bartaraf etish shartlari tegishli shartnoma (bitim)larga qoʻshimcha kelishuvlarda nazarda tutiladi. Bunda, faoliyati tugatilgan xizmat koʻrsatuvchi tashkilot va hudud biriktirilayotgan yangi xizmat koʻrsatuvchi tashkilot kelishuvi asosida debitor va kreditor qarzdorliklar boʻyicha solishtirma dalolatnoma tuziladi. Mazkur dalolatnomada undiruv (hisob-kitob) miqdori, muddatlari, shuningdek, undiruv bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash shartlari belgilanadi”;
7-bandning birinchi xatboshisidagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining maxsus gʻazna hisobvaraqlarida” soʻzlari “Davlat ekologiya qoʻmitasi huzuridagi Sanitar tozalash ishlarini tashkil etish respublika markazining (keyingi oʻrinlarda — Markaz) maxsus bank hisobvaragʻida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
18-banddagi “huzuridagi Sanitar tozalash xizmatlarini tashkil etish markazlariga (keyingi oʻrinlarda — Sanitar tozalash markazlari)” soʻzlari “va Markazning hududiy filiallariga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
19-banddagi “Sanitar tozalash markazlari” soʻzlari “Markazning hududiy filiallari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshidagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining maxsus gʻazna hisobvaraqlarida” soʻzlari “Markazning maxsus bank hisobvaragʻida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “yagona tranzit bank hisobvaraqlariga toʻlanadi va keyinchalik Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining maxsus gʻazna hisobvaraqlariga oʻtkaziladi” soʻzlari “Markazning maxsus tranzit bank hisobvaraqlariga toʻlanadi va uning maxsus bank hisobvaragʻida jamlanadi” soʻzi bilan almashtirilsin;
22 va 23-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“22. Qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha jismoniy shaxslarga koʻrsatilgan xizmatlar haqini markazlashgan tartibda toʻlash Markaz tomonidan toʻlov topshiriqnomalarisiz avtomatik tarzda amalga oshiriladi.
23. Qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha jismoniy shaxslarga koʻrsatilgan xizmatlar haqini markazlashgan tartibda toʻlash jismoniy shaxslardan qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha xizmatlar uchun majburiy toʻlovlarning kelib tushishiga koʻra amalga oshiriladi. Bunda, Markazning maxsus bank hisobvaragʻida jamlangan mablagʻlar:
xususiy sektordagi xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlarga — ular tomonidan koʻrsatilgan xizmatlar uchun kelib tushgan majburiy toʻlovlarning 100 foizi miqdorida;
davlat ulushi boʻlgan xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlarga — ular tomonidan koʻrsatilgan xizmatlar uchun kelib tushgan majburiy toʻlovlarning 90 foizi miqdorida;
qolgan mablagʻlar Markaz va uning hududiy filiallari faoliyatini moliyalashtirish uchun yoʻnaltiriladi.
Bunda, banklar va banklararo hamda boshqa toʻlov tizimlaridan foydalanganlik uchun haq miqdori Markaz va xususiy xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar oʻrtasida tuziladigan shartnomaga muvofiq xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlardan bir yoʻla ushlab qolinishi mumkin”;
25-bandning sakkizinchi xatboshisidagi “banklararo” soʻzidan keyin “hamda boshqa” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
26-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Sanitar tozalash markazlari” soʻzlari “Xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
27-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlarning yakka tartibdagi va koʻp kvartirali uylar uchastkalari nazoratchilari (keyingi oʻrinlarda — nazoratchilar) tomonidan joriy majburiy toʻlovlar va ular boʻyicha qarzdorliklarni yigʻish (undirish) Hisobga olishning yagona elektron tizimida aks ettirilgan, hisoblangan summalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar boʻyicha amalga oshiriladi.
Bunda, jismoniy shaxslardan toʻlovlarni qabul qilish nazoratchilar tomonidan Hisobga olishning yagona elektron tizimida aks etgan holda, qoida tariqasida elektron toʻlov tizimlari orqali amalga oshiriladi”;
birinchi xatboshidagi “tegishli tashkilotlar (bank yoki Byuro)” soʻzlari “nazoratchilar va tijorat banklari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “Sanitar tozalash markaziga” soʻzlari “xizmat koʻrsatuvchi tashkilotga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Sud qarori boʻyicha”;
oltinchi xatboshidagi “Sanitar tozalash markazlari” soʻzlari “xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
32-bandning yettinchi va sakkizinchi xatboshilaridagi tegishli kelishikdagi “Sanitar tozalash markazi” soʻzlari “xizmat koʻrsatuvchi tashkilot” soʻzlari bilan almashtirilsin;
37-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“37. Abonentlar boʻyicha oʻzgarishlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga kiritilmagan va ular haqida xizmat koʻrsatuvchi tashkilotga taqdim etilmagan yangi abonentlar yoki birga doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olingan, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlmagan shaxslar aniqlanganda, Hisobga olishning yagona elektron tizimida abonentlar va birga doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olingan shaxslar soniga tuzatishlar kiritiladi.
Bir vaqtning oʻzida, tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlganda (fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi yoki xizmat koʻrsatuvchi tashkilot xodimi tomonidan tuzilgan dalolatnoma, ichki ishlar organlari tomonidan doimiy yashash joyi yoki vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olinganligining tasdigʻi, chegara (migratsiya) qaydlari, fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organi (FHDY)ning tugʻilganlikni qayd etish toʻgʻrisidagi va boshqa maʼlumotlar), qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish xizmatlari uchun majburiy toʻlovlar boʻyicha qarzdorlik, haqiqatda doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olingan shaxslar soni ortgan yoki kamaygan (koʻchib kirish, koʻchib ketish, tugʻilish va shu kabilar) vaqtdan boshlab toʻliq qayta hisoblab chiqiladi, tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlmagan holatlarda esa — oʻtgan uch oy uchun hisob-kitob qilinadi.
Bunda, xizmat koʻrsatuvchi tashkilot tomonidan ushbu Qoidalar talablariga zid ravishda Hisobga olishning yagona elektron tizimiga oʻzgartirish kiritilganligi yoki qayta hisob-kitob qilinganligi aniqlangan hollarda Markazning hududiy filiallari xizmat koʻrsatuvchi tashkilotga 5 ish kuni muddatida kamchiliklarni bartaraf etish toʻgʻrisida elektron tarzda ogohlantirish yuboradi.
Xizmat koʻrsatuvchi tashkilot tomonidan mazkur ogohlantirishda koʻrsatilgan kamchiliklar belgilangan muddatda bartaraf etilmagan taqdirda, Markazning hududiy filiali tomonidan Hisobga olishning yagona elektron tizimiga notoʻgʻri kiritilgan maʼlumotlar tizimdan oʻchirilishi mumkin”;
birinchi xatboshidagi “Sanitar tozalash markazi” soʻzlari “Markazning hududiy filiali” soʻzlari bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining hududiy organlarini” soʻzlari “nazoratchilarni” soʻzi bilan almashtirilsin;
oltinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar tomonidan Hisobga olishning yagona elektron tizimiga maʼlumotlarni toʻgʻri kiritilishini nazorat qiladi”;
sakkizinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
toʻqqizinchi — oʻn toʻrtinchi xatboshilar tegishlicha sakkizinchi — oʻn uchinchi xatboshilar deb hisoblansin;
toʻqqizinchi xatboshi quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:
“Bunda, muddati oʻtgan qarzdorliklarni sud orqali undirish uchun talab etiladigan hujjatlar xizmat koʻrsatuvchi tashkilot tomonidan taqdim etiladi hamda undiruv bilan bogʻliq xarajatlar xizmat koʻrsatuvchi tashkilot tomonidan qoplanadi”;
40-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
41-bandning toʻqqizinchi xatboshisidagi “doimiy yashash joyida vaqtincha boʻlmaganligi” soʻzlari “doimiy yashash yoki vaqtincha turar joyida vaqtincha boʻlmaganligi yoki doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan chiqarilganligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi oʻn birinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“yongʻin kelib chiqishiga sabab boʻluvchi, choʻgʻ, choʻgʻlanib turgan kul yoki oʻchmagan boshqa qattiq yoqilgʻi chiqindilarini chiqindi toʻplash shoxobchalari, chiqindi toʻplash konteynerlari, shuningdek, maxsus avtotransport vositasiga joylashtirmaslik”;
oʻn birinchi xatboshi oʻn ikkinchi xatboshi deb hisoblansin;
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Hisobga olishning yagona elektron tizimida isteʼmolchilarning maʼlumotlar bazasini muntazam ravishda yangilab borish hamda ularga qarzdorlik toʻgʻrisida ogohlantirish xati yuborish”;
toʻrtinchi xatboshidagi “(qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha xizmatlar uchun majburiy toʻlovlar bundan mustasno)” soʻzlari chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmundagi yettinchi xatboshi bilan toʻldirilsin;
“yongʻin kelib chiqishiga sabab boʻluvchi, choʻgʻ, choʻgʻlanib turgan kul yoki oʻchmagan boshqa qattiq yoqilgʻi chiqindilarini maxsus avtotransport vositasiga ortmaslik”;
yettinchi xatboshi sakkizinchi xatboshi deb hisoblansin;
oltinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketishning minimal davriyligiga rioya etish, shuningdek, maxsus avtotransport vositalari va texnikalari harakati hamda chiqindi poligonlarini Markaz va uning hududiy filiallari tomonidan real vaqt rejimida avtomatlashtirilgan kuzatish tizimi (GPS)dan foydalangan holda nazorat qilish imkonini yaratish”;
oʻninchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“isteʼmolchilarning maʼlumotlar bazasini muntazam ravishda yangilab borish”;
Qoidalarga 1-ilovada:
“2-bosqich” pozitsiyasining “Tashkiliy tadbirlar” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Sanitar tozalash ishlarini tashkil etish respublika markazi va uning hududiy filiallari hamda xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar abonentlar hisobini yuritadilar”;
“4-bosqich” pozitsiyasida:
“Jarayonlar” ustunidagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining maxsus gʻazna hisobvaraqlarida” soʻzlari “Markazning maxsus bank hisobvaragʻida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Tashkiliy tadbirlar” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Jismoniy shaxslar qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha xizmatlar uchun majburiy toʻlovlarni har oyning 10-sanasidan kechikmay toʻlab boradilar.
2. Markaz jamlangan mablagʻlarni:
xususiy sektordagi xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlarning bank hisobvaraqlariga — ular tomonidan koʻrsatilgan xizmatlar uchun kelib tushgan majburiy toʻlovlarning 100 foizi miqdorida;
davlat ulushi boʻlgan xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlarning bank hisobvaraqlariga — ular tomonidan koʻrsatilgan xizmatlar uchun kelib tushgan majburiy toʻlovlarning 90 foizi miqdorida oʻtkazib beradi.
3. Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha xizmatlar uchun toʻlovlarni xizmat koʻrsatuvchi tashkilotning bank hisobvaragʻiga har oyda 100 foiz oldindan toʻlov asosida amalga oshiradilar”;
Qoidalarga 4-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
b) 2-ilovada:
4-band quyidagi tahrirdagi xatboshi bilan toʻldirilsin;
“yakka tartibdagi va koʻp kvartirali uylar uchastkalari nazoratchilarining (keyingi oʻrinlarda — nazoratchilar) mehnatiga qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlar uchun jismoniy shaxslardan (aholidan) undirilgan toʻlovlarning foiz nisbatidagi toʻlovlari”;
2-bobning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2-bob. Mehnatga haq toʻlash tartibi”;
quyidagi mazmundagi 101-band bilan toʻldirilsin:
“101. Nazoratchilarning mehnatiga haq toʻlash qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlar uchun jismoniy shaxslarga (aholiga) hisoblangan pul mablagʻlari yigʻimining foizi nisbatida amalga oshiriladi.
Nazoratchilar mehnatiga haq toʻlashga yoʻnaltiriladigan pul mablagʻlarining foiz nisbati, jismoniy shaxslarga (aholiga) hisoblangan toʻlovlarni yigʻish darajasiga bogʻliq ravishda, biroq mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoridan kam boʻlmagan miqdorda, qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish xizmatlari uchun isteʼmolchilarga (jismoniy shaxslarga) hisoblangan pul mablagʻlari yigʻimi boʻyicha belgilangan rejaning bajarilishi:
100 foizgacha taʼminlanganda — 15 foizdan ortiq boʻlmagan miqdorda;
100 foizdan ortiq taʼminlanganda — 20 foizdan ortiq boʻlmagan miqdorda sanitariya jihatidan tozalash tashkiloti tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi.
Toʻlovlar yigʻimi (tushumlar) prognozi har oyda sanitariya jihatidan tozalash tashkiloti tomonidan belgilanadi hamda jismoniy shaxslarga (aholiga) koʻrsatiladigan xizmatlar uchun hisob-kitob oyida amaldagi tarif boʻyicha hisoblangan toʻlovlarni oʻz ichiga oladi.
Toʻlovlar yigʻimi prognozi nazoratchining xizmat koʻrsatish hududi, shuningdek, qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha xizmatlarga tariflar oʻzgarganda qayta koʻrib chiqilishi mumkin”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.11.2022-y., 09/22/646/0995-son; 17.10.2025-y., 09/25/648/0943-son)