01.11.2022 yildagi 631-son
a) Vazirlar Mahkamasining “Ayrim turdagi mahsulotlarni majburiy raqamli markirovkalash tizimini joriy etish to‘g‘risida” 2020-yil 20-noyabrdagi 737-son qarori bilan “Asl belgisi” mahsulotlarni markirovkalash va kuzatib borish milliy axborot tizimi (keyingi o‘rinlarda — “Asl belgisi” MAT) joriy qilinganligi hamda “CRPT TURON” MChJ mazkur tizimning operatori (keyingi o‘rinlarda — operator) sifatida belgilanganligi;
b) Vazirlar Mahkamasining “Ayrim turdagi mahsulotlarni majburiy raqamli markirovkalash tizimi bosqichma-bosqich joriy etilishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 31-dekabrdagi 833-son qaroriga muvofiq, markirovka kodlari ishlab chiqaruvchilar va import qiluvchilarga operator tomonidan taqdim etilishi, shuningdek elektron hisobvaraq-fakturalarda va onlayn nazorat kassa texnikasining sotuv cheklarida aks etilishi orqali Davlat soliq qo‘mitasining ma’lumotlarni qayta ishlash markazi tomonidan operatorga ushbu markirovka kodlarni harakati yuzasidan ma’lumotlar taqdim etilishi;
v) Vazirlar Mahkamasining “Majburiy raqamli markirovkalanishi lozim bo‘lgan mahsulotlar ro‘yxatini kengaytirish bo‘yicha tajriba loyihalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 20-maydagi 322-son qaroriga muvofiq suv va salqin ichimliklarni raqamli markirovkalash mexanizmlarini ishlab chiqish bo‘yicha tajriba loyihasi amalga oshirilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
suv va salqin ichimliklarni ishlab chiqarish, olib kirish (import qilish), ularning chakana yoki ulgurji savdosi bilan shug‘ullanuvchi korxonalarga ushbu qarorga 2 — 4 ilovalarda keltirilgan muddatlarda “Asl belgisi” MATga ulanish hamda mazkur tizimga raqamli markirovkalangan mahsulotlarning muomalaga kiritilishi, muomalada bo‘lishi va muomaladan chiqarilishi to‘g‘risidagi tegishli ma’lumotlarni taqdim etish majburiyati yuklanadi.
8. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 6-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.

T/r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish muddati

birinchi guruh

ikkinchi guruh

1-bosqich. Majburiy raqamli markirovkalash tizimiga o‘tish yuzasidan tayyorgarlik ishlarni amalga oshirish

1.1

“Asl belgisi” MATda ro‘yxatdan o‘tish va tegishli shartnomani imzolash.

2023-yil 1-fevralga qadar

2024-yil 1-martga qadar

1.2

Raqamli markirovka qoidalari va “Asl belgisi” MATda ishlash tartibi yuzasidan mas’ul xodimlarni o‘rgatish.

2023-yil 15-fevralga qadar

2024-yil 15-martga qadar

1.3

“Markirovkalangan mahsulotlar katalogi” tizimiga barcha ishlab chiqariladigan mahsulotlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kiritish.

2023-yil 25-iyunga qadar

2024-yil 25-iyulga qadar

1.4

Raqamli markirovalanmagan mahsulotlar qoldig‘i hajmini aniqlash maqsadida korxonada tegishli xatlovni amalga oshirish hamda ma’lumotlarni Davlat soliq qo‘mitasiga va “Asl belgisi” MATga taqdim etilishini ta’minlash.

2023-yil 1-iyulga qadar

2024-yil 1-avgustga qadar

2-bosqich. Mahsulotning iste’mol qadog‘iga maxsus joy ajratish. Zarur uskunalarni sotib olish va o‘rnatish

2.1

Ishlab chiqaruvchi tashkilot tomonidan o‘z mahsulotlarni ishlab chiqarish, saqlash va logistika tizimlarini joriy qilinadigan raqamli markirovka tizimiga mosligi yuzasidan o‘rganish o‘tkazish.

2023-yil 1-martga qadar

2024-yil 1-aprelga qadar

2.2.

Talablarga muvofiq mahsulotning iste’mol qadog‘iga identifikatsiya vositasini yelimlash uchun maxsus joy ajratilishini ta’minlash.

2023-yil 1-aprelga qadar

2024-yil 1-mayga qadar

2.3

Zarur uskunalarni va dasturiy mahsulotlarni sotib olish to‘g‘risida shartnoma tuzish.

2023-yil 1-aprelga qadar

2024-yil 1-mayga qadar

2.4

Zarur uskunalarni va dasturiy mahsulotlarni olib kelish.

2023-yil 1-iyunga qadar

2024-yil 1-iyulga qadar

2.5

Ishlab chiqarish liniyalarida zarur uskunalarni va dasturiy mahsulotlarni o‘rnatish.

2023-yil 25-iyunga qadar

2024-yil 25-iyulga qadar

3-bosqich. Majburiy raqamli markirovkalashni joriy etish

3.1

Majburiy raqamli markirovkalangan suv va salqin ichimliklarni ishlab chiqarilishini yo‘lga qo‘yish.

2023-yil 1-iyuldan boshlab

2024-yil 1-avgustdan boshlab

3.2

Mahsulotlarni majburiy raqamli markirovkalash to‘g‘risidagi ma’lumotlar “Asl belgisi” MATga taqdim etilishini talab qilish.

2023-yil 10-iyuldan boshlab

2024-yil 10-avgustdan boshlab

4-bosqich. Agregatsiyalash tizimini joriy qilish

4.1

Agregatsiyalash tizimining tartib va qoidalarini o‘rganish.

2023-yil 1-dekabrga qadar

2025-yil 5-yanvarga qadar

4.2

Tizimni joriy qilish uchun talab qilinadigan uskuna va dasturiy mahsulotlarni sotib olish bo‘yicha shartnomalarni tuzish.

2024-yil 1-yanvarga qadar

2025-yil 1-fevralga qadar

4.3

Uskuna va dasturiy mahsulotlar o‘rnatilishini ta’minlash.

2024-yil 15-martga qadar

2025-yil 15-aprelga qadar

4.4

Tayyor mahsulotlarni agregatsiyalash tizimini yo‘lga qo‘yish.

2024-yil 1-apreldan boshlab

2025-yil 1-maydan boshlab

5-bosqich. Markirovkalanmagan mahsulotlarni sotish, mahsulotlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni “Asl belgisi” MATga taqdim etish

5.1

Markirovkalanmagan suv va salqin ichimliklar q�ldiqlarining sotilishini va (yoki) uchinchi shaxslarga sotilishi bilan bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra muomaladan chiqarilishini ta’minlash.

2024-yil 1-yanvarga qadar

2025-yil 1-fevralga qadar

5.2

Raqamli markirovka kodlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarning elektron hisob-varaq fakturalarga biriktirilishini ta’minlash.

2024-yil 1-apreldan boshlab

2025-yil 1-maydan boshlab

5.3

Suv va salqin ichimliklarni savdo subyektlariga sotish to‘g‘risida ma’lumotlarni “Asl belgisi” MATga taqdim etish.

2024-yil 10-apreldan boshlab

2025-yil 10-maydan boshlab

5.4

Mahsulotlar aylanmasi bo‘yicha barcha harakatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni “Asl belgisi” MATga kiritish.

2024-yil 1-iyuldan boshlab

2025-yil 1-avgustdan boshlab

T/r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish muddati

birinchi guruh

ikkinchi guruh

1-bosqich. Majburiy raqamli markirovkalash tizimiga o‘tish yuzasidan tayyorgarlik ishlarni amalga oshirish

1.1

“Asl belgisi” MATda ro‘yxatdan o‘tish va tegishli shartnomani imzolash.

2023-yil 5-fevralga qadar

2024-yil 5-martga qadar

1.2

Raqamli markirovka qoidalari va “Asl belgisi” MATda ishlash tartibi yuzasidan mas’ul xodimlarni o‘rgatish.

2023-yil 20-fevralga qadar

2024-yil 20-martga qadar

1.3

“Markirovkalangan mahsulotlar katalogi” tizimiga barcha ishlab chiqariladigan mahsulotlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kiritish.

2023-yil 25-iyunga qadar

2024-yil 25-iyulga qadar

1.4

“Asl belgisi” MAT Operatoriga raqamli markirovka kodlarini buyurtma berishni yo‘lga qo‘yish.

2023-yil 15-iyundan boshlab

2024-yil 15-iyuldan boshlab

1.5

Raqamli markirovkalanmagan mahsulotlar qoldig‘i hajmini aniqlash maqsadida korxonada tegishli xatlovni amalga oshirish hamda ma’lumotlarni Davlat soliq qo‘mitasiga va “Asl belgisi” MATga taqdim etilishini ta’minlash.

2023-yil 1-iyulga qadar

2024-yil 1-avgustga qadar

1.6

Raqamli markirovkalanmagan suv va salqin ichimliklarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish hamda “erkin muomalaga chiqarish” bojxona rejimiga rasmiylashtirish.

2023-yil 1-iyulga qadar

2024-yil 1-avgustga qadar

2-bosqich. Majburiy raqamli markirovkalashni joriy etish

2.1

Majburiy raqamli markirovkalangan suv va salqin ichimliklarni import qilinishini yo‘lga qo‘yish.

2023-yil 1-iyuldan boshlab

2024-yil 1-avgustdan boshlab

2.2

Mahsulotlarni majburiy raqamli markirovkalash to‘g‘risidagi ma’lumotlar “Asl belgisi” MATga taqdim etilishini talab qilish.

2023-yil 10-iyuldan boshlab

2024-yil 10-avgustdan boshlab

2.3

Import qilinadigan mahsulotlar partiyasi bo‘yicha agregatsiyalangan import kodi bojxona yuk deklaratsiyasida aks ettirilishini hamda import to‘g‘risidagi tegishli xabarnoma “Asl belgisi” MAT operatoriga taqdim etilishini yo‘lga quyish.

2023-yil 1-avgustdan boshlab

2024-yil 1-sentabrdan boshlab

3-bosqich. Agregatsiyalash tizimini joriy qilish

3.1

Agregatsiyalash tizimining tartib va qoidalarini o‘rganish.

2023-yil 1-dekabrga qadar

2025-yil 5-yanvarga qadar

3.2

Tizimni joriy qilish uchun talab qilinadigan uskuna va dasturiy mahsulotlarni sotib olish bo‘yicha shartnomalarni tuzish.

2024-yil 1-yanvarga qadar

2025-yil 1-fevralga qadar

3.3

Uskuna va dasturiy mahsulotlar o‘rnatilishini ta’minlash.

2024-yil 15-martga qadar

2025-yil 15-aprelga qadar

3.4

Tayyor mahsulotlarni agregatsiyalash tizimini yo‘lga qo‘yish.

2024-yil 1-apreldan boshlab

2025-yil 1-maydan boshlab

4-bosqich. Markirovkalanmagan mahsulotlarni sotish, mahsulotlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni “Asl belgisi” MATga taqdim etish

4.1

Markirovkalanmagan suv va salqin ichimliklar qoldiqlarining sotilishini va (yoki) uchinchi shaxslarga sotilishi bilan bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra muomaladan chiqarilishini ta’minlash.

2024-yil 1-yanvarga qadar

2025-yil 1-fevralga qadar

4.2

Raqamli markirovka kodlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarning elektron hisob-varaq fakturalarga biriktirilishini ta’minlash.

2024-yil 1-apreldan boshlab

2025-yil 1-maydan boshlab

4.3

Suv va salqin ichimliklarni savdo subyektlariga sotish to‘g‘risida ma’lumotlarni “Asl belgisi” MATga taqdim etish.

2024-yil 10-apreldan boshlab

2025-yil 10-maydan boshlab

4.4

Mahsulotlar aylanmasi bo‘yicha barcha harakatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni “Asl belgisi” MATga kiritish.

2024-yil 1-iyuldan boshlab

2025-yil 1-avgustdan boshlab

T/r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish muddati

Birinchi guruh

Ikkinchi guruh

Ulgurji savdo

Chakana savdo

Ulgurji savdo

Chakana savdo

1.

“Asl belgisi” MATda ro‘yxatdan o‘tish va tegishli shartnomani imzolash.

2023-yil 1-oktabrga qadar

2024-yil 1-martga qadar

2024-yil 1-noyabrga qadar

2025-yil 1-martga qadar

2.

Raqamli markirovka qoidalari va “Asl belgisi” MATda ishlash tartibi bo‘yicha mas’ul xodimlarni o‘rgatish.

2023-yil 15-oktabrga qadar

2024-yil 15-martga qadar

2024-yil 15-noyabrga qadar

2025-yil 15-martga qadar

3.

Markirovkalangan suv va salqin ichimliklarni qabul qilish bo‘yicha zarur uskuna va dasturiy mahsulotlar o‘rnatilishini ta’minlash.

2023-yil 15-dekabrga qadar

2024-yil 15-iyunga qadar

2025-yil 15-yanvarga qadar

2025-yil 15-iyulga qadar

4.

Raqamli markirovka kodlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni elektron hisobvaraq-fakturalarga biriktirilishini ta’minlash.

2024-yil 1-apreldan boshlab

2024-yil 1-iyuldan boshlab

2025-yil 1-maydan boshlab

2025-yil 1-avgustdan boshlab

5.

Markirovkalangan suv va salqin ichimliklarning bevosita ishlab chiqaruvchi va import qiluvchilardan, shu jumladan, ulgurji savdo korxonalaridan sotib olinishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni “Asl belgisi” MATga taqdim etilishini ta’minlash.

2024-yil 10-apreldan boshlab

2024-yil 10-iyuldan boshlab

2025-yil 10-maydan boshlab

2025-yil 10-avgustdan boshlab

6.

Markirovkalanmagan suv va salqin ichimliklar qoldiqlarining sotilishi va (yoki) uchinchi shaxslarga sotilishi bilan bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra muomaladan chiqarilishini ta’minlash.

2024-yil 1-aprelga qadar

2024-yil 1-iyulga qadar

2025-yil 1-mayga qadar

2025-yil 1-avgustga qadar

7.

Suv va salqin ichimliklarning yakuniy iste’molchiga sotilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni “Asl belgisi” MATga taqdim etish.

2024-yil 20-iyundan boshlab

2024-yil 1-iyuldan boshlab

2025-yil 20-iyuldan boshlab

2025-yil 1-avgustdan boshlab

8.

Mahsulotlar aylanmasi bo‘yicha barcha harakatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni “Asl belgisi” MATga kiritish.

2024-yil 1-iyuldan boshlab

2024-yil 1-iyuldan boshlab

2025-yil 1-avgustdan boshlab

2025-yil 1-avgustdan boshlab

18. Xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 7-iyuldagi 476-son qarori bilan tasdiqlangan Oziq-ovqat mahsulotlari bilan aloqa qilishda qadoqlash xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglamentning (0‘zTR.476-021: 2017) sanitariya-gigiyena talablariga javob beradigan sertifikatlangan materiallardan foydalanishi shart.
30. Suv va salqin ichimliklarni agregatsiyalash tartibi, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 833-son qarorining 1-ilovasi “Mahsulotlarni identifikatsiya vositalari orqali majburiy raqamli markirovkalash va ularning aylanmasini kuzatib borish qoidalari”da qayd etilgan talablar asosida amalga oshiriladi.

Subyektlar

Tadbirlar

Ijro muddati

1-bosqich. Subyektni ro‘yxatdan o‘tkazish

Suv va salqin ichimliklarni aylanmasi ishtirokchisi

Zarur ma’lumotlar ko‘rsatilgan arizani operatorga aloqa kanallari orqali yuboradi yoki uni “Asl belgisi” mahsulotlarni raqamli markirovkalash va kuzatilishi bo‘yicha milliy axborot tizimining veb-saytida (keyingi o‘rinlardi — “Asl belgisi” MAT) shakllantiradi.

Real vaqt rejimida

Operator

Agar ariza Nizomda belgilangan talablarga muvofiq bo‘lsa:

subyektni ishtirokchilar reyestriga kiritadi;

ishtirokchi uchun shaxsiy kabinet ochadi;

subyektga ishtirokchilar ro‘yxatiga kiritilgani va shaxsiy kabinet ochilgani to‘g‘risida xabar beradi. Xabarnomada, shuningdek, ishtirokchilar ro‘yxatidagi Suv va salqin ichimliklarni aylanmasi ishtirokchilari to‘g‘risidagi ma’lumotlarga berilgan ro‘yxatdan o‘tish raqamlari ko‘rsatiladi.

Ariza olingan vaqtdan boshlab 2 (ikki) soatdan ko‘p bo‘lmagan muddatda

Operator

Vaqtinchalik nizom talablariga javob bermaydigan ma’lumot yuborilganda va/yoki zarur ma’lumotlar taqdim etilmagan taqdirda, subyektni ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etadi.

Ariza olingan vaqtdan boshlab 2 (ikki) soatdan ko‘p bo‘lmagan muddatda

2-bosqich. Suv va salqin ichimliklar yuzasidan ma’lumotlarni katalogga kiritish

Suv va salqin ichimliklar aylanmasi ishtirokchisi

Zarur ma’lumotlar ko‘rsatilgan holda suv va salqin ichimliklar yuzasidan ma’lumotlarni “Markirovkalangan mahsulotlar katalogi”ga kiritish bo‘yicha tegishli ma’lumotlarni “Asl belgisi” MATga aloqa kanallari orqali yuboradi yoki ularni “Asl belgisi” MATning veb-saytida shakllantiradi.

Real vaqt rejimida

Operator

Arizada ko‘rsatilgan ma’lumotlar Nizom talablariga muvofiq bo‘lgan taqdirda:
arizada keltirilgan ma’lumotlarni mahsulot ro‘yxatiga kiritadi;

suv va salqin ichimliklar aylanmasi ishtirokchisini suv va salqin ichimliklarni ro‘yxatiga kiritilganligi to‘g‘risida xabardor qiladi.

Real vaqt rejimida

3-bosqich. Markirovkalash uchun kodlarni taqdim etish

Suv va salqin ichimliklarni aylanmasi ishtirokchisi

Mahsulotlar ro‘yxatiga kiritilgan suv va salqin ichimliklarni raqamli markirovkalash uchun kodlarni olishga Operatorga aloqa kanallari orqali buyurtmanomani yuboradi.

Real vaqt rejimida

Operator

Agar buyurtmada ko‘rsatilgan ma’lumotlar Nizom talablariga muvofiq bo‘lsa:

kerakli miqdordagi markirovkalash kodlarini seriyalashtiradi;

Suv va salqin ichimliklarni aylanmasi ishtirokchisi — ishlab chiqaruvchi yoki suv va salqin ichimliklarni import qiluvchiga ushbu kodlarning ro‘yxatini taqdim etadi;

taqdim etilgan kodlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni IV ro‘yxatiga kiritadi.

Real vaqt rejimida

Suv va salqin ichimliklarni aylanmasi ishtirokchisi

Operatorga ro‘yxatdagi kodlar olinganligi to‘g‘risidagi tasdiqni yuboradi.

Markirovka kodlari ro‘yxati olingan vaqtdan boshlab real vaqt rejimida

Markirovkalash kodlarini identifikatsiya vositasiga o‘zgartiradi.

Identifikatsiyalash vositasini suv va salqin ichimliklarga qo‘llanilishini ta’minlaydi.

“Asl belgisi” MATga markirovkalash kodlaridan foydalanilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yuboradi (mahsulot kodi, identifikatsiya kodi, markirovkalash sanasi va vaqti, qo‘llanilgan identifikatsiya vositalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar).

Suv va salqin ichimliklarning qutilarida identifikatsiyalash vositalari qo‘llanilgandan so‘ng

4-bosqich. Suv va salqin ichimliklarni ishlab chiqarish va ularning aylanishini monitoring qilish

Suv va salqin ichimliklarni aylanmasi ishtirokchisi (ishlab chiqaruvchi)

Suv va salqin ichimliklarning agregatsiyasini amalga oshiradi.

Real vaqt rejimida

“Asl belgisi” MAT orqali avtomatik rejimda Operatorga mahsulot kodlari hamda yangi guruh va transport paketlarini identifikatsiyalash, shuningdek, mahsulot va qadoqlash kodlari ro‘yxati, shu jumladan, avvalgi darajadagi qadoqlar (masalan, paletlarni tuzishda, uning tarkibiga kiruvchi qutilar ro‘yxati ko‘rsatiladi) to‘g‘risidagi ma’lumotlar bo‘yicha xabar beradi.

Real vaqt rejimida

Suv va salqin ichimliklarni aylanmasi ishtirokchisi (ishlab chiqaruvchi)

Mulkka egalik huquqi o‘tkazilganligini yoki tovarlar sotish uchun berilganligini tasdiqlovchi birlamchi hujjat asosida suv va salqin ichimliklar muomalasi subyektlari o‘rtasida suv va salqin ichimliklarni topshirish (qabul qilish) vaqtida bitim taraflari:

Suv va salqin ichimliklarni topshirish (qabul qilish) to‘g‘risida tovar yo‘llanma varaqasi shaklida bildirishnoma tuzadi;

tomonlarning vakolatli shaxslari tomonidan ko‘rsatilgan bildirishnoma imzolanadi;

topshirish (qabul qilish) to‘g‘risida bildirishnoma va birlamchi hujjatning elektron nusxasini “Asl belgisi” MATga yuboradi, shuningdek, ma’lumotni elektron hisob-varaq faktura ma’lumotlari bilan integratsiyalashtiradi.

Suv va salqin ichimliklarga egalik huquqi o‘tgandan so‘ng 72 (yetmish ikki) soatdan ko‘p bo‘lmagan muddatda

Suv va salqin ichimliklarni aylanmasi ishtirokchisi (import qiluvchi)

Import qilinayotgan mahsulotlarni erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtiradi.

Real vaqt rejimida

“Erkin muomalaga chiqarish” (import) bojxona rejimiga joylashtirilgandan keyin operatorga bojxona yuk deklaratsiyasida ko‘rsatilgan tovarlarni chiqarilganligi to‘g‘risida quyidagi ma’lumotlarni taqdim etadi:

bojxona organi kodi;

tovar deklaratsiyasini ro‘yxatdan o‘tkazish sanasi;

tovar deklaratsiyasini ro‘yxatdan o‘tkazish raqami;

TIF TN kodlari;

transport qadoqlarining markirovka kodi va tovar nomi;

tovarning kelib chiqish mamlakati kodi.

Real vaqt rejimida

Operator

ma’lumotlarni olgandan keyin ularni “Asl belgisi” MAT reyestrida aks etilishini ta’minlaydi.

Real vaqt rejimida

5-bosqich. Suv va salqin ichimliklarni muomaladan chiqarish

Suv va salqin ichimliklarni aylanmasi ishtirokchisi

Ulgurji tashkilot suv va salqin ichimliklarni onlayn — kassa apparatlari mavjud bo‘lmagan chakana tashkilotlarga sotayotgan hollarda, Suv va salqin ichimliklarni aylanmasi ishtirokchisi — ulgurji savdo tashkiloti sotiladigan Suv va salqin ichimliklar qadoqlarida qo‘llanilgan identifikatsiya vositasini onlayn-kassa apparatlari bilan birlashtirilgan texnik vositalar yordamida skanerlaydi va taniydi.

Real vaqt rejimida

Suv va salqin ichimliklarni aylanmasi ishtirokchisi

Mahsulot kodi va identifikatsiya kodi to‘g‘risidagi ma’lumotlar onlayn-kassa apparati orqali shakllantirilgan “kassa cheki” fiskal hujjatga kiritiladi.

Real vaqt rejimida

Fiskal ma’lumotlar operatori

Nazorat kassa chekidagi sotilgan har bir birlik bo‘yicha nazorat kassa mashinasining ro‘yxatga olingan raqami, sotilgan sana, sotish narxi, mahsulot kodi va tarkibidagi identifikatsiya kodi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni “Asl belgisi” MATga uzatadi. Onlayn-kassa apparati ishlamay qolishi hollari bundan mustasno.

Suv va salqin ichimliklar sotilgan vaqtdan boshlab bir sutkadan kech qolmagan muddatda

Operator

Fiskal ma’lumotlar operatoridan olingan ma’lumotlarga muvofiq identifikatsiya vositasi bilan raqamli markirovkalangan Suv va salqin ichimliklarning muomaladan chiqishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni “Asl belgisi” MATda aks ettiradi.

Real vaqt rejimida

1. Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 23-oktabrdagi 410-son qarori bilan tasdiqlangan Xorijiy tijorat tashkilotlarining O‘zbekiston Respublikasi hududidagi vakolatxonalarini akkreditatsiya qilish tartibi va ularning faoliyati to‘g‘risidagi nizomning 35-bandida “markirovka kodlarini taqdim etish,” so‘zlaridan keyin “shu jumladan bojxona omborlarda ushbu mahsulotlarni raqamli markirovkalash yuzasidan” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
uchinchi — beshinchi xatboshilar tegishincha to‘rtinchi va oltinchi xatboshilar deb hisoblansin.
7. Vazirlar Mahkamasining “Ayrim turdagi mahsulotlarni majburiy raqamli markirovkalash tizimini joriy etish to‘g‘risida” 2020-yil 21-noyabrdagi 737-son qaroriga 1-ilovaning 5-pozitsiyasi “Majburiy raqamli markirovkalash boshlanadigan sana” ustunidagi “2022-yil 1-oktabr” so‘zlari “2023-yil 1-iyul” so‘zlari bilan almashtirilsin.
8. Vazirlar Mahkamasining “Majburiy raqamli markirovkalanishi lozim bo‘lgan mahsulotlar ro‘yxatini kengaytirish bo‘yicha tajriba loyihalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 20-maydagi 322-son qaroriga 1-ilovaning 3-pozitsiyasi “Majburiy raqamli markirovkalashni bosqichma-bosqich joriy etish boshlanadigan sana*” ustunidagi “2022-yil 1-oktabr” so‘zlari “2023-yil 1-iyul” so‘zlari bilan almashtirilsin.