07.07.2017 yildagi 476-son
ONLINE TRANSLATE
“Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, oziq-ovqat mahsulotiga tegib turadigan qadoqlarning xavfsizligiga qo‘yiladigan yagona talablarni belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oziq-ovqat mahsulotiga tegib turadigan qadoqlarning xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglament ilovaga* muvofiq tasdiqlansin va rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab o‘n ikki oy o‘tgandan keyin amalga kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. “Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq texnik reglamentlar amalga kiritilgach, ularda ko‘rsatilgan mahsulotlar va xizmatlarga doir ilgari qabul qilingan standartlashtirish bo‘yicha normativ hujjatlar majburiylik xususiyatini yo‘qotishi va belgilangan tartibda qo‘llanilishda ixtiyoriylik kasb etishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.