18.10.2022 yildagi PF-234-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent metropoliteni faoliyatining samaradorligini oshirish chora-tadbirlari belgilanganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soʻnggi yillarda mamlakatimiz transport tizimini tubdan takomillashtirish, xususan Toshkent metropoliteni tarmogʻini kengaytirish, aeroportlar infratuzilmasini rivojlantirish, fuqaro aviatsiyasi korxonalari tomonidan yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatish sifatini yanada oshirish borasida kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, ushbu yoʻnalishlarda amalga oshirilayotgan islohotlardan kelib chiqib, transport sohasida davlat boshqaruvi tizimini, Toshkent metropoliteni faoliyatini rivojlantirish hamda fuqaro aviatsiyasi sohasidagi qonunchilik hujjatlari normalarini yanada takomillashtirish zarurati mavjud.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent metropoliteni faoliyatini takomillashtirish, metropolitenda yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatish sifatini yanada oshirish, fuqaro aviatsiyasi korxonalarini qoʻllab-quvvatlash, aviatsiya sohasida amalga oshirilayotgan transformatsiya jarayonlarini yanada jadallashtirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ilovaga muvofiq ayrim hujjatlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Toshkent metropoliteni” UK “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ tarkibidan Transport vazirligi tizimiga oʻtkazilganligi hamda “Toshkent metropoliteni” UKning tashkiliy-huquqiy shakli davlat unitar korxonasiga oʻzgartirilganligi munosabati bilan amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarni muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent metropoliteni faoliyati uchun kerakli asbob-uskunalar va jihozlarni almashtirishga rejalashtirilgan kapital taʼmirlash ishlarini yetarli mablagʻlar bilan taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqaro aviatsiyasi korxonalarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Moliya vazirligi manfaatdor idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga metropoliten liniyalari, stansiyalari va elektrodepo inshootlarini 2023-yil 1-yanvardan boshlab yer soligʻi va mol-mulk soligʻidan ozod etishga oid oʻzgartirish va qoʻshimchalarni nazarda tutuvchi qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 18-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-234-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-oktabrdagi PF-234-son Farmoniga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-fevraldagi “Transport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5647-son Farmoni 3-bandining sakkizinchi xatboshisidagi “temir yoʻl va daryo transportidagi” soʻzlari “metropoliten, temir yoʻl va daryo transportidagi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 21-oktabrdagi “Toshkent metropoliteni faoliyatini yanada rivojlantirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2638-son qarori 4-bandining oltinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 7-noyabrdagi “Toshkent metropoliteni Yunusobod liniyasi ikkinchi bosqichini qurish” loyihasini amalga oshirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-2653-son qarorining 6-bandidagi “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJning” soʻzlari “Toshkent metropoliteni” DUKning” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 29-noyabrdagi “Toshkent metropoliteni Sergeli yoʻnalishi qurilishi” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2664-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 4-banddagi “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJning” soʻzlari “Toshkent metropoliteni” DUKning” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 17, 18 va 19-bandlardagi “UK” qisqartmasi “DUK” qisqartmasi bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 19-maydagi “Toshkent shahrida yer usti halqa metro liniyalarining qurilishi” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2979-son qarorining rus tilidagi matnida 3-bandning toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“pogasheniye osnovnogo dolga, viplata protsentov i komissiy po zayemnim sredstvam Eksimbanka KNR i kredita Fonda rekonstruksii i razvitiya Respubliki Uzbekistan v ramkax stroitelstva kolsevoy nadzemnoy linii metropolitena v gorode Tashkente osushestvlyayutsya za schet sredstv Gosudarstvennogo budjeta Respubliki Uzbekistan”.
Oldingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-259-sonli Farmoniga asosan 6-bandning oʻz kuchini yoʻqotish sanasi — 2026-yil 1-yanvar — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 06/25/259/1224-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-4143-son qaroriga 1-ilova “Ilmiy-tadqiqot va taʼlim muassasalari, boshqa tashkilotlar” blokidan keyin “Toshkent metropoliteni” davlat unitar korxonasi” bloki bilan toʻldirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi “Fuqaro aviatsiyasi korxonalarini transformatsiya qilish va qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5100-son qarorining 13-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“13. Davlat soliq qoʻmitasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda 2022-yil 1-noyabrga qadar Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Bobur koʻchasi, 79-uyda joylashgan Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasining bino va inshootlari baholangan qiymatda “Uzbekistan Airports” AJ ustav kapitalidagi davlat ulushini oshirish hisobiga jamiyatga berilishini taʼminlasin”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 22-avgustdagi “2022-2023-yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-357-son qaroriga 3b-ilovaning 21-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.10.2022-y., 06/22/234/0935-son; 27.12.2025-y., 06/25/259/1224-son)