1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.21.00.00 Faxriy unvonlar, esdalik nishonlar. Faxriy yorliqlar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.09.00 Qishloq xo‘jaligi tarmoqlari / 09.14.09.07 Chorvachilik. Qorako‘lchilik;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.15.00 Veterinariya va zootexnika tadbirlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat mukofotlari. Faxriy unvonlar. Yuqori darajalar va farqlovchi belgilar. Davlat mukofotlari va boshqa mukofotlar;
2.Iqtisodiyot / Qishloq xo‘jaligi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

“O‘zbekiston Respublikasi veterinariya fidoyisi” va “O‘zbekiston Respublikasi chorvachilik fidokori” ko‘krak nishonlari to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida chorvachilik sohasi va uning tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha 2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan dasturni tasdiqlash to‘g‘risida” 2022-yil 8-fevraldagi PQ-120-son qaroriga muvofiq, shuningdek, chorva mollari bosh sonini barqaror ko‘paytirishni ta’minlash, naslchilik ishlari va veterinariya xizmatlarini ko‘rsatish sifatini yanada oshirish, epizootik osoyishtalik va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini ta’minlash, oziqa bazasini mustahkamlash va chorvachilik mahsulotlarini sanoat usulida ishlab chiqarishda fidoyilik ko‘rsatayotgan xodimlarni munosib rag‘batlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida chorvachilik sohasi va uning tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha 2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan dasturni tasdiqlash to‘g‘risida” 2022-yil 8-fevraldagi PQ-120-son qarori bilan “Veterinariya fidoyisi” va “Chorvachilik fidokori” ko‘krak nishonlari ta’sis etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zbekiston Respublikasi veterinariya fidoyisi” ko‘krak nishoni to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zbekiston Respublikasi veterinariya fidoyisi” ko‘krak nishoni va uning guvohnomasi tavsiflari 1a va 1b-ilovalarga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zbekiston Respublikasi chorvachilik fidokori” ko‘krak nishoni to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zbekiston Respublikasi chorvachilik fidokori” ko‘krak nishoni va uning guvohnomasi tavsiflari 2a va 2b-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining “Davlat belgisi” davlat unitar korxonasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining buyurtmasiga asosan “O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya fidoyisi” va “O‘zbekiston Respublikasi Chorvachilik fidokori” ko‘krak nishonlari hamda ularning guvohnomalari belgilangan tartibda tayyorlanishini ta’minlasin.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-iyuldagi 453-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.07.2024-y., 09/24/453/0558-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. “O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya fidoyisi” va “O‘zbekiston Respublikasi Chorvachilik fidokori” ko‘krak nishonlari va ularning guvohnomalarini tayyorlash hamda mukofotlanganlarni taqdirlash bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining Veterinariya xizmati va chorvachilikni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplanishi inobatga olinsin.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-iyuldagi 453-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.07.2024-y., 09/24/453/0558-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Sh.M. G‘aniyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 27-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
526-son

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 27-sentabrdagi 526-son qaroriga 1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zbekiston Respublikasi veterinariya fidoyisi” ko‘krak nishoni to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

1. Ushbu Nizom “O‘zbekiston Respublikasi veterinariya fidoyisi” ko‘krak nishoni (keyingi o‘rinlarda — ko‘krak nishoni) bilan taqdirlash tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ko‘krak nishoni bilan mamlakatimiz veterinariya sohasini rivojlantirish, veterinariya nazoratini kuchaytirish va veterinariya xizmatlari sifatini oshirish, hayvonlarning sog‘lig‘ini himoya qilishni samarali tashkil etish, epizootik osoyishtalik, oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini ta’minlash, sohaga oid ilm-fan yutuqlarini amaliyotga joriy etish hamda zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalanishga munosib hissa qo‘shgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari taqdirlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ko‘krak nishoni bilan taqdirlash ushbu Nizomga ilovada keltirilgan sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Ko‘krak nishoni bilan taqdirlash uchun hujjatlarni taqdim etish va ko‘rib chiqish

4. Davlat organlari va tashkilotlari, shuningdek, nodavlat notijorat tashkilotlari ko‘krak nishoni bilan taqdirlash uchun nomzodlar bo‘yicha takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasiga (keyingi o‘rinlarda — Qo‘mita) har yili 1-iyulga qadar taqdim etadi.
(4-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-iyuldagi 453-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.07.2024-y., 09/24/453/0558-son)

Nomzod bo‘yicha taqdim etilgan taklifga nomzod haqida ma’lumotnoma, uning so‘nggi uch yil davomida veterinariya sohasini rivojlantirish borasida amalga oshirgan ishlari aks ettirilgan tavsifnoma ilova qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ko‘krak nishoni bilan taqdirlashga oid takliflarni ko‘rib chiqish uchun Qo‘mita raisi tomonidan besh nafardan iborat tarkibda komissiya (keyingi o‘rinlarda — Komissiya) tashkil etiladi.

6. Komissiya tarkibi va Komissiya to‘g‘risidagi nizom Qo‘mita raisi tomonidan tasdiqlanadi.

7. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi kadrlar bo‘limi Komissiyaning ishchi organi hisoblanadi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-iyuldagi 453-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.07.2024-y., 09/24/453/0558-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Komissiya tomonidan nomzodlarni ko‘rib chiqishda quyidagilar inobatga olinadi:

nomzodlarning mamlakatimizda veterinariya nazoratini kuchaytirish va veterinariya xizmatlari sifatini oshirish, hayvonlarning sog‘lig‘ini himoya qilishni samarali tashkil etish muhitini mustahkamlash maqsadida amalga oshirgan faoliyati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy mamlakatlar bilan veterinariya va chorvachilik sohasi bo‘yicha har taraflama hamkorlikni rivojlantirish borasidagi faoliyati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
epizootik osoyishtalik, oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini ta’minlashga, sohaga oid ilm-fan yutuqlarini amaliyotga joriy etishga, zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalanishga munosib hissa qo‘shganligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Komissiya tomonidan nomzodlarning hujjatlari har tomonlama o‘rganilib, har yili 1-avgustga qadar eng munosib nomzodlar bo‘yicha yakuniy xulosa qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Ko‘krak nishoni bilan taqdirlash tartibi

10. Komissiya xulosasi asosida Qo‘mita raisining ko‘krak nishoni bilan taqdirlash to‘g‘risidagi buyrug‘i har yili 20-avgustga qadar chiqariladi.

11. Ko‘krak nishoni har yili 1-sentabr — Mustaqillik bayrami arafasida Qo‘mita raisi (yoki uning topshirig‘iga muvofiq boshqa mas’ul shaxslar) tomonidan tantanali tarzda topshiriladi.

12. Ko‘krak nishoni bilan taqdirlanganlarga bazaviy hisoblash miqdorining to‘rt baravari miqdorida bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofoti yoki esdalik sovg‘alari beriladi.

Bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofoti yoki esdalik sovg‘alari Qo‘mitaning Veterinariya xizmati va chorvachilikni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Ko‘krak nishoni bilan taqdirlash, istisno tariqasida, Qo‘mita raisi buyrug‘iga asosan alohida holatlarda ham amalga oshirilishi mumkin.

14. Ko‘krak nishoni bilan taqdirlanganlar ro‘yxati Qo‘mitaning Internet jahon axborot tarmog‘idagi rasmiy veb-saytida va boshqa ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi.

15. Bir shaxs ko‘krak nishoni bilan bir marta mukofotlanadi.

16. Ko‘krak nishoni davlat mukofotlaridan keyin ko‘krakning chap tomoniga taqiladi.

4-bob. Yakunlovchi qoidalar

17. Qo‘mita ushbu Nizomga muvofiq ko‘krak nishoniga tavsiya etilgan nomzodlar hujjatlarining xolis ko‘rib chiqilishi uchun bevosita mas’uldir.

18. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 209-moddasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 27-sentabrdagi 526-son qaroriga 1a-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya fidoyisi” ko‘krak nishonining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TAVSIFI

“O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya fidoyisi” ko‘krak nishoni (keyingi o‘rinlarda — ko‘krak nishoni) diametri 34 millimetrli doira shaklida bo‘lib, mis qotishmasidan tayyorlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ko‘krak nishonining markazida zarhal va oq ranglarda O‘zbekiston Respublikasi veterinariya ramzi tasviri aks ettirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ko‘krak nishonining aylanasi bo‘ylab zarhal hoshiya bilan o‘ralgan doira ichida ko‘k rangli emal fonida yuqori qismida “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI”, pastki qismida “VETERINARIYA FIDOYISI” so‘zlari yozilgan. Ularni ikki yon tomondagi oq rangda tasvirlangan sakkiz burchakli yulduz ajratib turadi. Harflarning balandligi 2,5 millimetr, yozuvlar zarhallangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ko‘krak nishonning orqa tomonida O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan hamda aylana bo‘ylab “SONADAGI KO‘P YILLIK FIDOKORONA MENNATLARI UCNUN” so‘zlari yozilgan.

Ko‘krak nishonining qalinligi 2,5 millimetr. Tasvirlar va yozuvlar qabariqdir. Ko‘krak nishoni old va orqa tomonlarining chetlari qavariq doira bilan o‘ralgan.

Ko‘krak nishoni halqa va ilmoqchalar yordamida to‘g‘ri to‘rt burchak shaklidagi qadag‘ichga ulangan. Qadag‘ichning eni — 26 millimetr, bo‘yi — 17 millimetrdan iborat.

Qadag‘ich eni 22 millimetrli ko‘k rangdagi shoyi lenta bilan qoplangan bo‘lib, lentaning o‘ng tarafidan eni 1,75 millimetrli oq rangdagi 2 ta yonma — yon yo‘llar tushirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qadag‘ichning orqa tomoniga ko‘krak nishonini kiyimga taqib qo‘yish uchun to‘g‘nog‘ich ko‘rinishidagi moslama o‘rnatilgan.

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 27-sentabrdagi 526-son qaroriga 1b-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zbekiston Respublikasi veterinariya fidoyisi” ko‘krak nishoni guvohnomasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TAVSIFI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zbekiston Respublikasi veterinariya fidoyisi” ko‘krak nishoni guvohnomasi (keyingi o‘rinlarda — guvohnoma) 160 x 110 millimetr o‘lchamdagi kitobcha shaklida bo‘lib, 240 g/kv.m. qalinlikdagi ofset qog‘ozdan tayyorlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Guvohnomaning tashqi tomoni (birinchi va to‘rtinchi betlari) ko‘k rangda bo‘lib, plyonka bilan qoplangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Guvohnomaning birinchi beti eni 7,5 millimetrli, ichki burchaklari aylana shaklida bo‘lgan to‘q ko‘k rangli hoshiya bilan o‘ralgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Guvohnomaning yuqori chekkasidan (birinchi beti) 35 millimetr pastda, markazda oraligi 3,5 millimetrli uch satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda “O‘ZBEKIST0N RESPUBLIKASI”, ikkinchi satrda “VETERINARIYA FIDOYISI” (katta harflarda, “Times new Roman Bolt” shrifti, 14 kegl), uchinchi satrda “ko‘krak nishoni” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 14 kegl) so‘zlari yozilgan. Undan 6 millimetr pastda “GUVONNOMASI” (katta harflarda, “Times new Roman Bolt” shrifti, 17 kegl) so‘zi yozilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yozuvlar zarhal rangda aks ettirilgan.

Guvohnomaning ichki tomoni (ikkinchi va uchinchi betlari) “Tangir” tasviri tushirilgan och havo rangda bo‘lib, ofset usulida chop etilgan.

Ichki tomonining chap qismida (ikkinchi beti), markazda ko‘krak nishonining asliga teng o‘lchamdagi rangli tasviri aks ettirilgan.

Guvohnomaning ichki o‘ng tomoni (uchinchi beti) yuqori chekkasidan 8 millimetr pastda, markazda 15 millimetrli chiziq va “-sonli guvohnoma” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 10 kegl) so‘zi joylashgan.

Undan 10 millimetr pastda mukofotlangan shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismini qayd etish uchun oraligi 8 millimetrli uchta chiziq tortilgan.

Pastki chiziqdan 6 millimetr quyida, markazda oralig‘i 2 millimetrli to‘rt satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda “O‘zbekiston Respublikasi”, ikkinchi satrda “Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi”, uchinchi satrda “Veterinariya va chorvachilikni” va to‘rtinchi satrda “rivojlantirish qo‘mitasi raisining” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 10 kegl) so‘zlari yozilgan
(o‘ninchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-iyuldagi 453-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.07.2024-y., 09/24/453/0558-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Undan 5 millimetr pastda oralig‘i 4 millimetr bo‘lgan ikki satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda “20___ u. “___” ________dagi”, ikkinchi satrda “____-sonli buyrug‘iga asosan” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 10 kegl) so‘zlari yozilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Undan 5 millimetr pastda, markazda oralig‘i 5 millimetrli uch satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda “O‘ZBEKIST0N RESPUBLIKASI”, ikkinchi satrda “VETERINARIYA FIDOYISI” (katta harflarda, “Times new Roman Bolt” shrifti, 12 kegl), uchinchi satrda “ko‘krak nishoni bilan mukofotlandi” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 10 kegl) so‘zlari yozilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
So‘nggi so‘zlardan 9 millimetr pastda, chap tomonda “RAIS” (katta harflarda, “Times new Roman Bolt” shrifti, 10 kegl) so‘zi yozilgan.

(1b-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-iyuldagi 453-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.07.2024-y., 09/24/453/0558-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zbekiston Respublikasi veterinariya fidoyisi” ko‘krak nishoni to‘g‘risidagi nizomga ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zbekiston Respublikasi veterinariya fidoyisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI

Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Davlat organlari va tashkilotlari, nodavlat notijorat tashkilotlari
“O‘zbekiston Respublikasi veterinariya fidoyisi” ko‘krak nishoni (keyingi o‘rinlarda — ko‘krak nishoni) bilan taqdirlash bo‘yicha takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasiga (keyingi o‘rinlarda — Qo‘mita) taqdim etadi.
Har yili 1-iyulga qadar
2-bosqich
Ko‘krak nishoni bilan taqdirlashga oid takliflarni ko‘rib chiqish bo‘yicha komissiya
Ko‘krak nishoni bilan taqdirlash bo‘yicha nomzodlar haqidagi tegishli hujjatlarni o‘rganib chiqadi va yakuniy xulosani qabul qiladi.
Har yili 1-avgustga qadar
3-bosqich
Qo‘mita
Ko‘krak nishoni bilan taqdirlash to‘g‘risida Qo‘mita raisining buyrug‘ini chiqaradi.
Har yili 20-avgustga qadar
4-bosqich
Qo‘mita
Ko‘krak nishoni bilan taqdirlaydi.
Har yili 1-sentabr — Mustaqillik bayrami arafasida
(ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-iyuldagi 453-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.07.2024-y., 09/24/453/0558-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 27-sentabrdagi 526-son qaroriga 2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zbekiston Respublikasi chorvachilik fidokori” ko‘krak nishoni to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom “O‘zbekiston Respublikasi chorvachilik fidokori” ko‘krak nishoni (keyingi o‘rinlarda — ko‘krak nishoni) bilan taqdirlash tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ko‘krak nishoni bilan mamlakatimiz chorvachiligini va uning barcha tarmoqlarini barqaror rivojlantirish, chorva mollarining naslini yaxshilash, oziqa bazasini mustahkamlash, naslchilik yo‘nalishidagi chorvachilik xo‘jaliklari faoliyatini hamda chorvachilik mahsulotlarini yetishtirishda yirik tadbirkorlik subyektlari ko‘paytirilishi, naslchilik-seleksiya ishlarini yuritishning ilmiy asoslangan innovatsion uslublarini joriy etish, sun’iy urug‘lantirishni tizimli tashkil etish, sohaga oid ilm-fan yutuqlarini amaliyotga joriy etib, zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalanishga munosib hissa qo‘shgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari taqdirlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ko‘krak nishoni bilan taqdirlash tartibi mazkur Nizomga ilovada keltirilgan sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Ko‘krak nishoni bilan taqdirlash uchun hujjatlarni taqdim etish va ko‘rib chiqish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Davlat organlari va tashkilotlari, shuningdek, nodavlat notijorat tashkilotlari ko‘krak nishoni bilan taqdirlash uchun nomzodlar bo‘yicha takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasiga (keyingi o‘rinlarda — Qo‘mita) har yili 1-iyulga qadar taqdim etadi.
(4-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-iyuldagi 453-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.07.2024-y., 09/24/453/0558-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nomzod bo‘yicha taqdim etilgan taklifga nomzod haqida ma’lumotnoma, uning so‘nggi uch yil davomida chorvachilik va uning barcha tarmoqlari, shu jumladan, naslchilik sohasini rivojlantirish borasida amalga oshirgan ishlari aks ettirilgan tavsifnoma ilova qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ko‘krak nishoni bilan taqdirlashga oid takliflarni ko‘rib chiqish uchun Qo‘mita raisi tomonidan besh nafardan iborat tarkibda komissiya (keyingi o‘rinlarda — Komissiya) tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Komissiya tarkibi va Komissiya to‘g‘risidagi nizom Qo‘mita raisi tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Kadrlar bo‘limi Komissiyaning ishchi organi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Komissiya tomonidan nomzodlarni ko‘rib chiqishda quyidagilar inobatga olinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nomzodlarning mamlakatimizda yirik va mayda shoxli chorva mollari bosh sonini ko‘paytirish, oziqa bazasini mustahkamlash, naslchilik ishlarini yaxshilash hamda sohaga innovatsion ishlanmalarni joriy qilish borasidagi faoliyati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy mamlakatlar bilan chorvachilik sohasi bo‘yicha har taraflama hamkorlikni rivojlantirish borasidagi faoliyati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
epizootik osoyishtalik, oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini ta’minlash, sohaga oid ilm-fan yutuqlarini amaliyotga joriy etishga, zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalanishga munosib hissa qo‘shganligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Komissiya tomonidan nomzodlarning hujjatlari o‘rganilib, har yili 1-avgustga qadar eng munosib nomzodlar bo‘yicha yakuniy xulosa qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Ko‘krak nishoni bilan taqdirlash tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Komissiya xulosasi asosida Qo‘mita raisining ko‘krak nishoni bilan taqdirlash to‘g‘risidagi buyrug‘i har yili 20-avgustga qadar chiqariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Ko‘krak nishoni har yili 1-sentabr — Mustaqillik bayrami arafasida Qo‘mita raisi (yoki uning topshirig‘iga muvofiq boshqa mas’ul shaxslar) tomonidan tantanali tarzda topshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Ko‘krak nishoni bilan taqdirlanganlarga bazaviy hisoblash miqdorining to‘rt baravari miqdorida bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofoti yoki esdalik sovg‘alari beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofoti yoki esdalik sovg‘alari Qo‘mitaning Veterinariya xizmati va chorvachilikni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan to‘lanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Ko‘krak nishoni bilan taqdirlash, istisno tariqasida, Qo‘mita raisi buyrug‘iga asosan alohida holatlarda ham amalga oshirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Ko‘krak nishoni bilan taqdirlanganlar ro‘yxati Qo‘mitaning Internet jahon axborot tarmog‘idagi rasmiy veb-saytida va boshqa ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Bir shaxs ko‘krak nishoni bilan bir marta mukofotlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Ko‘krak nishoni davlat mukofotlaridan keyin ko‘krakning chap tomoniga taqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Qo‘mita ushbu Nizomga muvofiq ko‘krak nishoniga tavsiya etilgan nomzodlar hujjatlarining xolis ko‘rib chiqilishi uchun bevosita mas’uldir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 27-sentabrdagi 526-son qaroriga 2a-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zbekiston Respublikasi Chorvachilik fidokori” ko‘krak nishonining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TAVSIFI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zbekiston Respublikasi chorvachilik fidokori” ko‘krak nishoni (keyingi o‘rinlarda — ko‘krak nishoni) diametri 34 millimetrli doira shaklida bo‘lib, mis qotishmasidan tayyorlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ko‘krak nishonining old tomoni markazida, atrofida chorva mollariga mehr bilan yondashayotgan va ulardan zavqlanib o‘tirgan chorvador kompozitsiyasi zarhal rangda tasvirlangan. Tasvirlar qavariq bo‘lib, tilla rangda aks ettirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ko‘krak nishonining aylanasi bo‘ylab zarhal hoshiya bilan o‘ralgan doira ichida yashil rangli emal fonida yuqori qismida “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI”, pastki qismida “CNORVACNILIK FIDOKORI” so‘zlari yozilgan. Ularni ikki yon tomondagi oq rangda tasvirlangan sakkiz burchakli yulduz ajratib turadi. Harflarning balandligi 2,5 millimetr, yozuvlar zarhallangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ko‘krak nishonning orqa tomonida O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan hamda aylana bo‘ylab “SONADAGI KO‘P YILLIK FIDOKORONA MENNATLARI UCNUN” so‘zlari yozilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ko‘krak nishonining qalinligi 2,5 millimetr. Tasvirlar va yozuvlar qabariqdir. Ko‘krak nishoni old va orqa tomonlarining chetlari qavariq doira bilan o‘ralgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ko‘krak nishoni halqa va ilmoqchalar yordamida to‘g‘ri to‘rt burchak shaklidagi qadag‘ichga ulangan. Qadag‘ichning eni — 26 millimetr, bo‘yi — 17 millimetrdan iborat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qadag‘ich eni 22 millimetrli yashil rangdagi shoyi lenta bilan qoplangan bo‘lib, lentaning o‘ng tarafidan eni 1,75 millimetrli oq rangdagi 2 ta yonma yon yo‘llar tushirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qadag‘ichning orqa tomoniga ko‘krak nishonini kiyimga taqib qo‘yish uchun to‘g‘nog‘ich ko‘rinishidagi moslama o‘rnatilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 27-sentabrdagi 526-son qaroriga 2b-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zbekiston Respublikasi chorvachilik fidokori” ko‘krak nishoni guvohnomasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TAVSIFI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zbekiston Respublikasi chorvachilik fidokori” ko‘krak nishoni guvohnomasi (keyingi o‘rinlarda — guvohnoma) 160x110 millimetr o‘lchamdagi kitobcha shaklida bo‘lib, 240 g/kv.m. qalinlikdagi ofset qog‘ozdan tayyorlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Guvohnomaning tashqi tomoni (birinchi va to‘rtinchi betlari) yashil rangda bo‘lib, plyonka bilan qoplangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Guvohnomaning birinchi beti eni 7,5 millimetrli, ichki burchaklari aylana shaklida bo‘lgan to‘q yashil rangli hoshiya bilan o‘ralgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Guvohnomaning yuqori chekkasidan (birinchi beti) 35 millimetr pastda, markazda oraligi 3,5 millimetrli uch satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI”, ikkinchi satrda “CNORVACNILIK FIDOKORI” (katta harflarda, “Times new Roman Bolt” shrifti, 14 kegl), uchinchi satrda “ko‘krak nishoni” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 14 kegl) so‘zlari yozilgan. Undan 6 millimetr pastda “GUVONNOMASI” (katta harflarda, “Times new Roman Bolt” shrifti, 17 kegl) so‘zi yozilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yozuvlar zarhal rangda aks ettirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Guvohnomaning ichki tomoni (ikkinchi va uchinchi betlari) “Tangir” tasviri tushirilgan och havo rangda bo‘lib, ofset usulida chop etilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ichki tomonining chap qismida (ikkinchi beti), markazda ko‘krak nishonining asliga teng o‘lchamdagi rangli tasviri aks ettirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Guvohnomaning ichki o‘ng tomoni (uchinchi beti) yuqori chekkasidan 8 millimetr pastda, markazda 15 millimetrli chiziq va “-sonli guvohnoma” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 10 kegl) so‘zi joylashgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Undan 10 millimetr pastda mukofotlangan shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismini qayd etish uchun oraligi 8 millimetrli uchta chiziq tortilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pastki chiziqdan 6 millimetr quyida, markazda oralig‘i 2 millimetrli to‘rt satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda “O‘zbekiston Respublikasi”, ikkinchi satrda “Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi”, uchinchi satrda “Veterinariya va chorvachilikni” va to‘rtinchi satrda “rivojlantirish qo‘mitasi” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 10 kegl) so‘zlari yozilgan.
(o‘ninchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-iyuldagi 453-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.07.2024-y., 09/24/453/0558-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Undan 5 millimetr pastda oralig‘i 4 millimetr bo‘lgan ikki satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda “20___ u. “___” ________dagi”, ikkinchi satrda “_____-sonli buyrug‘iga asosan” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 10 kegl) so‘zlari yozilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Undan 5 millimetr pastda, markazda oralig‘i 5 millimetrli uch satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI”, ikkinchi satrda “CNORVACNILIK FIDOKORI” (katta harflarda, “Times new Roman Bolt” shrifti, 12 kegl), uchinchi satrda “ko‘krak nishoni bilan mukofotlandi” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 10 kegl) so‘zlari yozilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
So‘nggi so‘zlardan 9 millimetr pastda, chap tomonda “RAIS” (katta harflarda, “Times new Roman Bolt” shrifti, 10 kegl) so‘zi yozilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(2b-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-iyuldagi 453-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.07.2024-y., 09/24/453/0558-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zbekiston Respublikasi chorvachilik fidokori” ko‘krak nishoni to‘g‘risidagi nizomga ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zbekiston Respublikasi chorvachilik fidokori” ko‘krak nishoni bilan taqdirlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat organlari va tashkilotlari, nodavlat notijorat tashkilotlari
“O‘zbekiston Respublikasi chorvachilik fidokori” ko‘krak nishoni (keyingi o‘rinlarda — ko‘krak nishoni) bilan taqdirlash bo‘yicha takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasiga (keyingi o‘rinlarda — Qo‘mita) taqdim etadi.
Har yili 1-iyulga qadar
2-bosqich
Ko‘krak nishoni bilan taqdirlashga oid takliflarni ko‘rib chiqish bo‘yicha komissiya
Ko‘krak nishoni bilan taqdirlash bo‘yicha nomzodlar haqidagi tegishli hujjatlarni o‘rganib chiqadi va yakuniy xulosani qabul qiladi.
Har yili 1-avgustga qadar
3-bosqich
Qo‘mita
Ko‘krak nishoni bilan taqdirlash to‘g‘risida Qo‘mita raisining buyrug‘ini chiqaradi.
Har yili 20-avgustga qadar
4-bosqich
Qo‘mita
Ko‘krak nishoni bilan taqdirlaydi.
Har yili 1-sentabr — Mustaqillik bayrami arafasida
(ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-iyuldagi 453-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.07.2024-y., 09/24/453/0558-son)
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.09.2022-y., 09/22/526/0850-son; 26.07.2024-y., 09/24/453/0558-son)