16.09.2022 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3387
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining buyrug‘i , 16.09.2022 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3387
Kuchga kirish sanasi
01.10.2022
Hujjat hali kuchga kirgan emas
5. Ariza beruvchi tavsiya olish uchun ushbu Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shakldagi arizani veb-portal orqali Direksiyaga yuboradi. Arizaga ariza beruvchi va uning oila a’zolariga (turmush o‘rtog‘i, ota-onasi, farzandlari) tegishli pasport nusxalari, ariza beruvchining fotosurati hamda quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
6. Ariza beruvchidan ushbu Nizomning 5-bandida nazarda tutilmagan hujjatlarni taqdim etilishini talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
10. Mazkur Nizomning 5-bandida nazarda tutilgan hujjatlar to‘liq bo‘lmagan taqdirda, shuningdek arizada noto‘g‘ri ma’lumotlar aniqlanganda yoki majburiy ma’lumotlar mavjud bo‘lmagan taqdirda, Direksiya arizani ko‘rib chiqishni rad etadi.
ariza beruvchi ushbu Nizomning 3-bandida nazarda tutilgan shaxslar toifasiga kirmasa;
17. Ekspert guruhi tomonidan ushbu Nizomning 16-bandida nazarda tutilgan rad etish uchun asoslar aniqlanmagan hollarda, Direksiyaga ariza beruvchiga nisbatan tavsiya berish to‘g‘risida xulosa kiritiladi.
31. Direksiya ushbu Nizomning 28-bandida nazarda tutilgan tavsiyani bekor qilish asoslari vujudga kelganligi haqida ma’lumot kelib tushgan kundan boshlab besh ish kuni ichida tavsiyani bekor qilish haqida qaror qabul qiladi, bundan mazkur Nizomning 30-bandi ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan hollar mustasno.
Mehnat shartnomasi yoki fuqarolik-huquqiy shartnoma bekor qilingan tavsiya egasi mazkur Nizomning 30-bandi ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan muddat ichida boshqa ish beruvchi (buyurtmachi) bilan shartnoma tuzganligi haqida xabardor qilmagan taqdirda, Direksiya ushbu muddat o‘tgan kundan boshlab besh ish kuni ichida tavsiyani bekor qilish to‘g‘risida qaror chiqaradi.

Bosqichlar

Subyektlar

Chora-tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Ariza beruvchi

Arizani veb-portal orqali Direksiyaga tavsiya olish uchun barcha zarur hujjatlarni ilova qilgan holda taqdim etadi.

Zaruratga ko‘ra

2-bosqich

Direksiya

1. Ariza va hujjatlarni qabul qiladi hamda ularning to‘g‘riligi va to‘liqligini tekshiradi.

2. Arizaga noto‘g‘ri ma’lumotlar kiritilgan, to‘liq hajmdagi ma’lumotlar ko‘rsatilmagan yoki hujjatlar to‘liq taqdim etilmaganda, arizani ko‘rib chiqishni rad etadi.

bir ish kuni ichida

3. Tavsiya berish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqish uchun ariza va boshqa hujjatlarni Ekspert guruhiga yuboradi.

bir ish kuni ichida

3-bosqich

Ekspert guruhi

1. Tavsiya olish uchun arizalarni ko‘rib chiqadi va ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha tavsiya berish yoki tavsiya berishni rad etish to‘g‘risida xulosa qabul qiladi.

2. Zarur hollarda, ariza beruvchi bilan masofadan turib suhbat o‘tkazadi.

20 kun ichida

4-bosqich

Direksiya

1. Ekspert guruhining xulosasi asosida tavsiyani berish yoki berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.

2. Ariza beruvchining arizasida ko‘rsatilgan elektron manzilga qabul qilingan qaror to‘g‘risida xabarnoma yuboradi.

bir ish kuni ichida

3. Tavsiyani rasmiylashtiradi.

bir ish kuni ichida

5-bosqich

Direksiya

Tavsiyaga ega bo‘lgan ariza beruvchi xorijda bo‘lgan taqdirda, ariza beruvchilarga berilgan tavsiya, pasport nusxasi, shuningdek belgi�angan namunadagi anketa bilan “IT-visa”ni rasmiylashtirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Konsullik-huquqiy departamentiga hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi hududiy bo‘linmalariga murojaat qiladi.

bir ish kuni ichida

6-bosqich

Direksiya

Ariza beruvchi tavsiyani olish uchun murojaat qilganda, tavsiyani unga shaxsini tasdiqlovchi hujjat asosida taqdim etadi.

darhol

7-bosqich

O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lgan ish beruvchi, Texnopark rezidenti yoki investitsiya kiritilayotgan yuridik shaxs

O‘zbekiston Respublikasi bilan viza rejimi joriy qilingan mamlakatlarning fuqarosi bo‘lgan ariza beruvchi O‘zbekiston Respublikasida bo‘lgan taqdirda, uning nomidan “IT-visa”ni rasmiylashtirish uchun ichki ishlar organlariga murojaat qiladi.

Zaruratga ko‘ra

8-bosqich

Direksiya

Tavsiyalarning yagona elektron reyestriga tegishli ma’lumotlarni kiritadi.

bir ish kuni ichida

Ariza beruvchi haqida ma’lumot

1. Familiya, ismi, otasining ismi:

2. Tug‘ilgan sanasi (kun, oy, yil):

3. Jinsi:
 Erkak

 Ayol

4. Fuqaroligi:

5. Pasport raqami va seriyasi:

6. Berilgan sana:

7. Amal qilish muddati:

8. Pasport nusxasi: yuklash

9. Bitta rangli fotosurat:

yuklash

10. O‘zbekiston Respublikasidagi yashash manzili (O‘zbekiston Respublikasida bo‘lgan ariza beruvchilar uchun):

11. Mobil telefon:

12. Qo‘shimcha aloqa raqami:

13. Elektron manzil:

14. O‘zbekiston Respublikasida bo‘lishning rejalashtirilgan muddati:

15. O‘zbekiston Respublikasiga qilingan oldingi sayohatlar (sana, maqsad):

16. Oxirgi uch yil ichida qaysi davlatlarga tashrif buyurdingiz va undan maqsad?

Hamrohlik qilayotgan qarindoshlar haqida ma’lumot (faqat turmush o‘rtog‘i, ota-onalar va farzandlari):

Familiya, ismi, otasining ismi:

Qarindoshlilik darajasi:

Tug‘ilgan sanasi

Fuqaroligi

Pasport nusxasi:

Yuklash

IT-mutaxassis uchun

1. Yuridik shaxs bo‘lgan ish beruvchining nomi:

2. Ish beruvchining telefon raqami va manzili:

3. Ariza berilgan kundan boshlab bank yoki tegishli vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan oxirgi 12 oy davomida yillik daromadi 30 ming AQSh dollari ekvivalentidan kam bo‘lmagan miqdorni tashkil etishini tasdiqlovchi hujjat:

yuklash

4. Ariza beruvchining axborot texnologiyalari sohasidagi mutaxassisligi va malakasini tasdiqlovchi hujjat (diplom, sertifikat yoki boshqa):

yuklash

5. Rezyume (biriktiring)

6. O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lgan ish beruvchining ariza beruvchini axborot texnologiyalari sohasida xodim sifatida ishga qabul qilish niyatini tasdiqlovchi xati (iltimosnoma):

yuklash

7. Iltimosnoma beruvchining familiyasi, ismi, sharifi:

8. Iltimosnoma beruvchining lavozimi:

9. Iltimosnoma beruvchining aloqa raqami:

Investorlar uchun

1. Investitsion loyihaning nomlanishi:

2. Axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirish uchun investitsiya loyihasi to‘g‘risida ma’lumot:

3. Axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirish uchun taklif etilayotgan investitsiyalar miqdori mavjudligini tasdiqlovchi bank ko‘chirmasi:

yuklash

4. Axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirish uchun investitsiya kiritishni rejalashtirgan investor kompaniya nomidan ish yurituvchi shaxsning vakolatini tasdiqlovchi qaror nusxasi:

yuklash

5. Ariza beruvchi bilan investitsiya loyihasini amalga oshirish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lgan yuridik shaxs tomonidan xat (iltimosnoma):

yuklash

6. Iltimosnoma beruvchining familiyasi, ismi, otasining ismi:

7. Iltimosnoma beruvchining egallab turga� lavozimi:

8. Iltimosnoma beruvchining aloqa raqami:

Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki rezidenti ta’sischisi (ishtirokchisi) uchun

1. Texnopark rezidenti bo‘lgan korxona nomi:

Men xorijiy fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasida bo‘lishi qoidalari buzilganligi uchun javobgarlik to‘g‘risida ogohlantirildim.

Men ushbu arizada so‘ralgan shaxsiy ma’lumotlarimni arizani ko‘rib chiqish uchun taqdim etish majburiy ekanligidan xabardorman va roziman.

Menga tegishli va ushbu arizada ko‘rsatilgan barcha shaxsiy ma’lumotlar vakolatli organlarga topshirilishi va arizam bo‘yicha qaror qabul qilish uchun ular tomonidan qayta ishlanishi haqida xabardorman va roziman.

Men arizada bergan barcha ma’lumotlar to‘g‘ri va to‘liq ekanligini tasdiqlayman. Noto‘g‘ri ma’lumotlar berilgan vizani rad etish yoki bekor qilishga olib kelishi mumkin, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq jinoiy javobgarlikka sabab bo‘lishi mumkinligini bilaman.

Men berilgan “IT-Visa” yoki “IT-Card” agar uni berish shartlariga rioya qilmasam, bekor qilinishi mumkinligini bilaman.