09.09.2022 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2790-2
O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining qarori, 09.09.2022 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2790-2
Kuchga kirish sanasi
09.09.2022
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-fevraldagi PF-6159-son “Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar tizimi hamda zamonaviy xizmatlar ko‘rsatishni yanada rivojlantirish to‘g‘risida”gi Farmoni va 2021-yil 3-fevraldagi PQ-4975-son “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-avgustdagi 545-son “Ilmiy va innovatsion faoliyatni boshqarish tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Moliya vazirligi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi, Mehnat vazirligi va Moliya vazirligining 2016-yil 21-apreldagi 4, 7-qq, 25-son qarori (ro‘yxat raqami 2790, 2016-yil 24-may) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2016-y., 21-son, 244-modda) bilan tasdiqlangan Respublika ilmiy-tadqiqot muassasalari xodimlarining mehnatiga haq to‘lash razryadlariga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
1. Izohning ikkinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta’minoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi (QXOOTIIChM)” degan so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi (QXBIMM)” degan so‘zlari bilan almashtirilsin.
a) 3-bandning ikkinchi xatboshisidagi “davlat ilmiy-texnika dasturlarini” va “ilmiy-texnika loyihalarini” degan so‘zlar tegishli ravishda “davlat ilmiy dasturlarini” va “ilmiy loyihalarni” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
b) 4-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
v) 8-bandning jadvalidagi “QXOOTIIChM muassasalari” degan so‘zlar “QXBIMM muassasalari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.