31.08.2022 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3382
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining qarori, 31.08.2022 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3382
Kuchga kirish sanasi
01.12.2022
Hujjat hali kuchga kirgan emas
O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi qaror qiladi:
7. Bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish uchun asos bo‘luvchi hujjatlar “E-arxiv” interaktiv xizmati orqali taqdim etiladi. Bunda, deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan mazkur Nizomning 8-bandiga asosan “E-arxiv” interaktiv xizmati orqali shakllantirilgan hujjatlarga tegishli maxsus raqamni “E-Tranzit” AATda belgilangan maydonda ko‘rsatish va saqlash bilan chegaralanadi.
30. Taqdim etilgan ma’lumotlarga asosida “Kafolat” qismida O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 47-bobiga muvofiq bojxona to‘lovlari to‘lanishini ta’minlashning dastlabki summasi bojxona organlari tomonidan avtomatlashtirilgan tartibda hisoblanadi.
Agar tovarlar O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 223-moddasiga asosan milliy tashuvchi tomonidan yetkazib beriladigan hollarda tashuvchining litsenziya raqami qayd etiladi;
48. Qog‘ozga chop etiladigan tranzit deklaratsiyasi mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shakldagi tranzit deklaratsiyasining asosiy varag‘i, bir nechta tovarlarni deklaratsiyalashda esa ushbu Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shakldagi tranzit deklaratsiyasining qo‘shimcha varag‘idan iborat bo‘ladi.
49. Tranzit deklaratsiyasini qog‘ozga chop etiladigan shakli deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan mazkur Nizomning 1 va 2-boblarida belgilangan tartibda ko‘rsatilgan ma’lumotlarga va bojxona organi xodimi tomonidan qayd etilgan belgilarga asosan “E-Tranzit” AAT tomonidan avtomatlashtirilgan tartibda to‘ldiriladi.
tartib raqami mazkur Nizomning 51-bandida belgilangan tartibda har bir tranzit deklaratsiyasining 7-grafasini to‘ldirish orqali beriladi.
68. Bojxona organi murojaatni ko‘rib chiqib, mazkur Nizomning 63 va 64-bandlariga muvofiq tranzit deklaratsiyaga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimcha kiritishni asosli deb topsa, tranzit deklaratsiyadagi xato va (yoki) kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha murojaat etgan shaxsni xabardor etadi.
73. Bojxona organi murojaatni ko‘rib chiqib, tranzit deklaratsiyasini qaytarib olishni mazkur Nizomning 70-bandiga muvofiq asosli deb topsa, tranzit deklaratsiyasi “E-Tranzit” AATda bir ish kuni ichida qaytariladi.
74. Bojxona organi murojaatni ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha tranzit deklaratsiyasiga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimcha kiritish, uni qaytarib olish uchun mazkur Nizomning 70-bandiga muvofiq asoslar mavjud emas deb topsa, tranzit deklaratsiyasiga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimcha kiritishni, uni qaytarib olishni rad etadi. Bunday holatlarda rad etishning asoslangan sabablari yozma yoki elektron shaklda ma’lum qilinadi.
76. Mazkur Nizomning 64-bandi uchinchi va to‘rtinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollarda bojxona organi tashabbusi bilan tranzit deklaratsiyasiga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimcha kiritish, uni bekor qilish taqiqlanadi.
deklarant yoki deklaratsiyalovchi shaxsda tranzit deklaratsiyasiga “E-Tranzit” AAT orqali o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimcha kiritish imkoni bo‘lmaganda, bojxona organiga mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq tuzatish kiritish varag‘ini qabul qilingan tranzit deklaratsiyasi bo‘yicha bojxona organi tomonidan yozma shaklda xabardor etilgan kundan e’tiboran bir ish kuni ichida, rasmiylashtirilgan tranzit deklaratsiyasi bo‘yicha besh kun ichida taqdim etadi.