Hujjat kuchini yo‘qotgan 08.05.2023 24.08.2022 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3381
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining buyrugʻi, 24.08.2022 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3381
Kuchga kirish sanasi
24.08.2022
Hujjat kuchini yo‘qotgan 08.05.2023
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyrugʻi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi magistraturasiga qabul qilish va oʻqitishni tashkil etish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 24-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3381]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining 2023-yil 3-maydagi 277-sonli ““Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi magistraturasiga qabul qilish va oʻqitishni tashkil etish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3381-1, 08.05.2023-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining “Prokuratura toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-maydagi PF-5438-son “Prokuratura organlari kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni hamda 2022-yil 15-iyundagi PQ-279-son “Davlat oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish jarayonlarini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi magistraturasiga qabul qilish va oʻqitishni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar 2-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi bilan kelishilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosh prokuror N. YOʻLDOShEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 13-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
270-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kelishildi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat test markazi direktori M. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 12-avgust
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliya vaziri T. IShMETOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 11-avgust
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining 2022-yil 13-avgustdagi 270-son buyrugʻiga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi magistraturasiga qabul qilish va oʻqitishni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi (bundan buyon matnda Akademiya deb yuritiladi) magistraturasiga kunduzgi, sirtqi, kechki va masofaviy taʼlim shakllari boʻyicha oʻqishga qabul qilish va oʻqitishni tashkil etish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Akademiya magistraturasiga (bundan buyon matnda magistratura deb yuritiladi) oʻqishga qabul qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan qabul kvotalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Magistraturaga quyidagi shaxslar tanlov asosida qabul qilinadilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Yurisprudensiya” taʼlim yoʻnalishi boʻyicha tayanch oliy yuridik maʼlumotga ega boʻlgan fuqarolar (bundan buyon matnda tashqi nomzodlar deb yuritiladi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Yurisprudensiya” taʼlim yoʻnalishi boʻyicha tayanch oliy yuridik maʼlumotga ega boʻlgan prokuratura organlarining xodimlari (shu jumladan, amaldagi kadrlar zaxirasidagi xodimlari), shuningdek boshqa taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha oliy maʼlumotga va bevosita prokuratura organlarida kamida 5 yillik mehnat stajiga ega boʻlgan prokuratura organlari xodimlari (bundan buyon matnda ichki nomzodlar deb yuritiladi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akademiya qabul komissiyasi — magistraturaga oʻqishga qabul qilish boʻyicha tanlovni oʻtkazish, nomzodlardan hujjatlarni qabul qilish va ularga maslahatlar berish hamda boshqa tashkiliy masalalarni hal etish uchun har yili Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori buyrugʻi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori oʻrinbosari raisligida tuziladigan komissiya;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Apellatsiya komissiyasi — tanlov natijalari boʻyicha nomzodlarning shikoyatlarini koʻrib chiqish uchun Akademiya qabul komissiyasi faoliyatida ishtirok etmagan shaxslar orasidan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori buyrugʻi bilan tuziladigan komissiya;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasining Kengashi (bundan buyon matnda — Akademiya Kengashi deb yuritiladi) — qonunchilik hujjatlariga muvofiq Akademiya faoliyatining asosiy masalalarini koʻrib chiqish maqsadida tuziladigan kollegial maslahat organi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
attestatsiya komissiyalari — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining buyrugʻi bilan belgilangan tartibda prokuratura organlari xodimlarining xizmat boʻyicha lavozimga loyiqligini aniqlash maqsadida tashkil etiladigan, shuningdek ichki nomzodlar bilan suhbat oʻtkazish hamda magistraturaga tanlovda ishtirok etishga tavsiya etilgan ichki nomzodlarning roʻyxatini shakllantirish vazifalarini amalga oshiruvchi komissiyalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus elektron platforma — Akademiya magistraturasiga oʻqishga kirish uchun nomzodlar tomonidan hujjatlarni onlayn topshirish uchun moʻljallangan maxsus axborot tizimi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu bandda qayd etilgan komissiyalar faoliyatiga Akademiya va prokuratura organlari xodimlari, shuningdek boshqa davlat organlari va tashkilotlar, taʼlim muassasalari vakillari, tegishli fanlar boʻyicha ekspertlar jalb qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Akademiya qabul komissiyasi kamida 7 nafar aʼzolardan iborat tarkibda tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akademiya qabul komissiyasi faoliyatini tashkiliy jihatdan taʼminlash Akademiya qabul komissiyasi masʼul kotibi (bundan buyon matnda masʼul kotib deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akademiyaning magistratura boʻlimi boshligʻi (yoki ushbu vazifalar yuklatilgan xodim) Akademiya qabul komissiyasi masʼul kotibi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akademiya qabul komissiyasi faoliyatida uning uch va undan ortiq aʼzolari hamda komissiya raisi ishtirok etganda vakolatli hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Magistratura bitiruvchilariga tegishli mutaxassisliklar boʻyicha davlat namunasidagi diplom va “huquq magistri” darajasi beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Magistraturada oʻquv jarayoni taʼlimning kunduzgi, kechki, sirtqi va masofaviy shakllari asosida tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Magistraturada oʻqish muddati:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kunduzgi va kechki taʼlim shaklida — bir yil;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sirtqi va masofaviy taʼlim shaklida — oʻquv dasturlaridan kelib chiqib Akademiya Kengashining qarori bilan bir yarim yildan ikki yilgacha etib belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Magistraturaga oʻqishga qabul qilingan prokuratura organlari xodimlarining egallab turgan lavozimi va oʻrtacha oylik ish haqi oʻqish davri mobaynida saqlab qolinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Magistraturaga kirish uchun hujjatlar har yili 10-iyundan 10-avgustga qadar qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Magistraturaga oʻqishga qabul qilish nomzodlar uchun teng huquqlilik, qabulning yagona qoidalari va tanlov asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tasdiqlangan kvotalar doirasida tanlovda eng yuqori ball toʻplagan nomzodlar davlat grantlari boʻyicha birinchi navbatda, qolganlar reyting ballari asosida toʻlov-kontrakt, shuningdek kvotadan tashqari Akademiya Kengashining qaroriga muvofiq belgilanadigan qoʻshimcha tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida magistraturaga oʻqishga qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toʻlov-kontrakt asosida oʻqitishning toʻlov miqdorini belgilash bir talabani oʻqitish bilan bogʻliq asoslangan xarajatlar miqdoridan kelib chiqib Akademiya tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Tanlov har yili, qoida tariqasida, avgust oyida, bir hafta muddatda oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tanlov tashqi nomzodlar uchun abituriyentning bakalavriat diplom bali oʻrtacha koʻrsatkichi hamda xorijiy tilni bilish darajasi boʻyicha tegishli milliy yoki xalqaro sertifikat bali asosida, ballar ketma-ketligiga qatʼiy rioya qilgan holda amalga oshiriladi hamda qoʻshimcha imtihon oʻtkazilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ichki nomzodlar uchun tanlov oʻtkazish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Magistraturaga qabul qilishni tashkil etish ushbu Nizomning ilovasiga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Hujjatlarni qabul qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Akademiya qabul komissiyasi tomonidan har yili 10-maydan boshlab oʻqishga qabul qilish muddatlari, mutaxassislik nomlari, qabul kvotalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va Akademiyaning rasmiy veb-saytlarida joylashtirilishi hamda ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinishi taʼminlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Magistraturaga oʻqishga qabul qilish uchun nomzodlardan quyidagi hujjatlar talab etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soʻrovnoma;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashqi nomzodlar uchun chet tilini bilish darajasini tasdiqlovchi B2 va undan yuqori darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikatlarning elektron nusxasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki nomzodlar uchun nomzodning bevosita rahbari tomonidan imzolangan tavsiyanoma hamda attestatsiya komissiyasi qarori.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Nomzodlar tomonidan hujjatlar elektron shaklda Akademiyaning maxsus elektron platformasi orqali taqdim etiladi. Nomzodlar ish tajribasi va kasb malakasiga oid qoʻshimcha maʼlumotlarni taqdim etishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Nomzodlar tomonidan hujjatlar toʻliq taqdim etilgandan soʻng, ularga shu kunning oʻzida hujjatlar qabul qilinganligi toʻgʻrisida xabarnoma yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Hujjatlar belgilangan muddatda toʻliq taqdim etilmagan taqdirda, nomzodga kamchiliklarni bartaraf etish va hujjatlarni qabul qilishning belgilangan muddati tugagunga qadar ularni takroran taqdim etish imkoniyati beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatlarni qabul qilishning belgilangan muddati tugagandan soʻng ularga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Hujjat topshirgan nomzodlarning roʻyxati maxsus elektron platformada avtomatik tarzda shakllantirib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Ichki nomzodlarning nazariy bilim va amaliy salohiyati darajasi, shuningdek ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan shugʻullanish uchun zarur boʻlgan qobiliyat va koʻnikmalarga ega ekanligini aniqlash maqsadida tegishliligi boʻyicha ular xizmat olib borayotgan joydagi prokuratura organlarining attestatsiya komissiyasi tomonidan suhbat oʻtkaziladi va ichki nomzodlarga oid hujjatlar oʻrganiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Ichki nomzodlar bilan oʻtkazilgan suhbat hamda ularga oid hujjatlarni oʻrganish natijasiga koʻra, attestatsiya komissiyasi tomonidan quyidagi qarorlardan biri qabul qilinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki nomzodni magistraturaga tanlovda ishtirok etishga tavsiya etish toʻgʻrisida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki nomzodni magistraturaga tanlovda ishtirok etishga tavsiya etishni rad qilish toʻgʻrisida.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Attestatsiya komissiyalarida ichki nomzodlar bilan suhbat oʻtkazish, magistraturaga tanlovda ishtirok etishga tavsiya etilgan ichki nomzodlarning roʻyxatini shakllantirish, ularning hujjatlarini Akademiya qabul komissiyasiga yuborish magistraturaga kirish uchun hujjatlarni qabul qilish muddati tugaguniga qadar amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Tanlovni oʻtkazish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Tanlovni ushbu Nizomga qatʼiy rioya qilgan holda tashkil etish Akademiya qabul komissiyasiga yuklatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Masʼul kotib tanlovni oʻtkazish sanasini belgilash hamda unda ishtirok etish huquqiga ega boʻlgan nomzodlar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida Akademiya qabul komissiyasi raisiga taqdimnoma kiritadi va bu haqda Akademiya qabul komissiyasi raisining buyrugʻi qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Tanlovni oʻtkazish jarayoni videotasvirga olinadi, undan nusxa koʻchirish taqiqlanadi. Akademiya qabul komissiyasi qaroriga asosan tanlovni oʻtkazish jarayoni Akademiya rasmiy veb-saytida toʻgʻridan toʻgʻri namoyish etib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Tanlov natijalari Akademiya qabul komissiyasi tomonidan Akademiya rasmiy veb-saytida darhol eʼlon qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Tanlov natijalaridan norozi boʻlgan nomzodlar natijalar Akademiya rasmiy veb-saytida eʼlon qilingan kundan boshlab uch ish kuni davomida Apellatsiya komissiyasiga apellatsiya berish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Apellatsiya komissiyasi taqdim etilgan apellatsiyani u kelib tushgan kundan boshlab ikki ish kuni ichida koʻrib chiqadi. Nomzod apellatsiyani koʻrib chiqish jarayonida ishtirok etish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Apellatsiya koʻrib chiqiladigan kun haqida nomzodga xabar beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Apellatsiya komissiyasi tomonidan apellatsiyani koʻrib chiqishda tanlovning toʻgʻri oʻtkazilganligiga baho beriladi va uning natijasi boʻyicha apellatsiya komissiyasi aʼzolarining oddiy koʻpchilik ovozi bilan quyidagi qarorlardan biri qabul qilinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nomzodning shikoyatini qanoatlantirish toʻgʻrisida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlov natijalarini oʻzgarishsiz qoldirish va shikoyatni qanoatlantirishni rad qilish toʻgʻrisida.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Apellatsiyani koʻrib chiqish jarayonida ishtirok etmagan nomzodga apellatsiyani koʻrib chiqish natijasida qabul qilingan qaror toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kuni axborot-kommunikatsiya vositalari orqali xabar beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Apellatsiya komissiyasi qarori komissiya raisi, aʼzolari va kotibi tomonidan imzolanadigan bayonnomada rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Apellatsiya komissiyasi qarori ustidan belgilangan tartibda sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Magistraturaga qabul qilish va oʻqitishni tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Akademiya qabul komissiyasi tomonidan nomzodlarning tanlovda olgan ballari jamlanib, umumiy qaydnomada har bir mutaxassislik boʻyicha tashqi va ichki nomzodlarning alohida roʻyxati shakllantiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Roʻyxatda nomzodlar har bir mutaxassislik boʻyicha toʻplangan eng yuqori balldan boshlab kamayib borish tartibida hamda davlat granti va toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilinganlar ketma-ketligida joylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, taʼlimning kunduzgi shakli boʻyicha bir oʻquv yilida ichki nomzodlardan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir hududdan, yaʼni Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahar, viloyatlar prokuraturalari va unga tenglashtirilgan prokuraturalar, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va Majburiy ijro byurosidan nomzodning toʻplagan bali ketma-ketligiga koʻra koʻpi bilan 2 nafardan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi markaziy mahkamasining tarkibiy tarmoqlaridan 1 nafardan, Akademiyadan koʻpi bilan 2 nafar nomzod oʻqishga qabul qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Qabul kvotalari va tanlov natijalaridan kelib chiqib, Akademiya qabul komissiyasi tomonidan minimal oʻtish ballari belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Tanlov natijalariga koʻra, kvota boʻyicha belgilangan roʻyxatda oxirgi oʻrinda turuvchi nomzodning toʻplagan jami bali bilan undan keyingi oʻrinda turuvchi nomzodlarning toʻplagan ballari bir xil boʻlsa, ularning barchasi oʻqishga qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Umumiy qaydnoma asosida Akademiya qabul komissiyasi tomonidan nomzodlarni magistraturaga oʻqishga qabul qilishga tavsiya etish toʻgʻrisida bayonnoma rasmiylashtirilib, Akademiya qabul komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Akademiya qabul komissiyasi bayonnomasiga asosan Akademiya boshligʻining nomzodlarni davlat granti asosida magistratura tinglovchilari safiga qabul qilish hamda toʻlov-kontrakt asosida nomzodlarni darsga qoʻyish haqidagi buyrugʻi chiqariladi hamda bu haqdagi maʼlumot Akademiya rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilish tavsiya etilgan nomzodlar shartnomada belgilangan toʻlov summasining tegishli qismini belgilangan muddatda toʻlagan taqdirda Akademiya boshligʻining magistratura tinglovchilari safiga qabul qilish haqida buyrugʻi chiqariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Toʻlov-kontrakt asosida darsga qoʻyilgan nomzodlar shartnomada belgilangan muddatda toʻlov summasini toʻliq amalga oshirishlari lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toʻlov-kontrakt boʻyicha shartnoma shartlarini belgilangan muddatda bajarmagan nomzodlar oʻqishdan chetlashtiriladi va bu haqda Akademiya boshligʻining buyrugʻi chiqariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻqishdan chetlashtirilgan nomzodning oʻrniga Akademiya qabul komissiyaning qaroriga asosan ballar ketma-ketligi boʻyicha roʻyxatdagi keyingi nomzod toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Magistraturaga oʻqishga qabul qilingan nomzodlarning tanlov bilan bogʻliq hujjatlari ularning shaxsiy hujjatlari yigʻmajildiga tikib qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Magistraturada oʻqitishni tashkil etish jarayoni magistratura boʻlimi tomonidan Akademiyaning kafedra, markaz va boʻlimlari bilan birgalikda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Magistraturada oʻqitish tinglovchilarni prokuratura organlari faoliyatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishga tayyorlash maqsadida, ularni zarur oʻquv-metodik va moddiy-texnik baza bilan taʼminlagan holda tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Magistraturada akademik kredit tizimining joriy etilishi, Akademiya xodimlari, professor-oʻqituvchilar hamda tinglovchilarning huquq va majburiyatlari, oʻquv metodik, ilmiy-pedagogik faoliyati, amaliyot oʻtashi, magistrlik dissertatsiyasini tayyorlashi va oʻqitishni tashkil etish bilan bogʻliq boshqa masalalar Akademiya tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Yakuniy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Mazkur Nizomda nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlar prokuratura organlarining budjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosh prokuratura Akademiyasi magistraturasiga qabul qilish va oʻqitishni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi magistraturasiga qabul qilishni tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Bosqichlar

Masʼullar

Oʻtkaziladigan tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Bosh prokuratura Akademiyasi,

Akademiya qabul komissiyasi

Bosh prokuratura Akademiyasi magistraturasiga oʻqishga qabul qilish muddatlari, mutaxassislik nomlari va qabul kvotalari toʻgʻrisida Bosh prokuratura va Akademiya rasmiy veb-saytlari hamda ommaviy axborot vositalarida eʼlon berish

har yili 10-maydan

boshlab 20-iyunga qadar

2-bosqich

Bosh prokuratura Akademiyasi, Akademiya qabul komissiyasi aʼzosi — prokuratura organlarining kadrlar tarmoqlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar prokurorlari, prokuratura organlari attestatsiya komissiyalari, nomzodlar

Ichki nomzodlar tomonidan ariza va tegishli hujjatlar Akademiya qabul komissiyasi aʼzosi-prokuratura organlarining kadrlar tarmoqlariga topshirish.

Ichki nomzodlar bilan suhbat oʻtkazish va ularning kirish imtihonida ishtirok etishiga oid attestatsiya komissiyasi qarorini qabul qilish.

Kirish imtihonida ishtirok etadigan nomzodlarning arizalari va ularga ilova qilingan hujjatlarni Akademiyaning maxsus elektron platformasi orqali taqdim etish.

10-iyun — 10-avgust

3-bosqich

Akademiya qabul komissiyasi

Tanlovni oʻtkazish:

Nomzodlarning bakalavriat diplom bali oʻrtacha koʻrsatkichi hamda xorijiy tilni bilish darajasi boʻyicha tegishli milliy yoki xalqaro sertifikat uchun berilgan ballni hisoblash.

bir hafta ichida

4-bosqich

Nomzodlar

1. Tanlov natijalari boʻyicha shikoyat qilish;

Tanlov natijalari eʼlon qilingan kundan boshlab 3 ish kuni mobaynida

Apellatsiya komissiyasi

2. Shikoyatlarni koʻrib chiqish.

2 ish kunida

5-bosqich

Bosh prokuratura Akademiyasi, Akademiya qabul komissiyasi

Tanlovdan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlarni magistraturaga oʻqishga qabul qilishga tavsiya etish

Tanlov natijalari eʼlon qilingandan eʼtiboran 10 kun ichida

6-bosqich

Bosh prokuratura Akademiyasi boshligʻi

Qabul qilishni rasmiylashtirish:

1. Nomzodlarni davlat grantlari asosida magistraturaga qabul qilish va toʻlov-kontrakt asosida nomzodlarni darsga qoʻyish haqida buyruq chiqarish;

Qabul komissiyasi oʻz ishini yakunlagandan soʻng 3 kun ichida

2. Nomzodlarni toʻlov-kontrakt asosida magistraturaga qabul qilish haqida buyruq chiqarish.

toʻlov-kontrakt summasining tegishli qismi toʻlangandan soʻng 3 kun ichida

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining 2022-yil 13-avgustdagi 270-son buyrugʻiga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining 2019-yil 23-avgustdagi 217-son “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi magistraturasiga qabul qilish va oʻqitishni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 3179, 2019-yil 30-avgust) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.08.2019-y., 10/19/3179/3675-son);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining 2020-yil 17-apreldagi 220-son “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi magistraturasiga qabul qilish va oʻqitishni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 1-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 3179-1, 2020-yil 29-aprel) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.04.2020-y., 10/20/3179-1/0524-son);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining 2022-yil 21-yanvardagi 257-son “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi magistraturasiga qabul qilish va oʻqitishni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 15-bandiga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 3179-2, 2022-yil 27-yanvar) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.01.2022-y., 10/22/3179-2/0081-son).
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.08.2022-y., 10/22/3381/0768-son)