2-ILOVA
|
№ |
Tadbirlar nomi |
Amalga oshirish shakli |
Ijro muddatlari |
Moliyalashtirish manbalari |
Masʼul ijrochilar |
|
I. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi (keyingi oʻrinlarda — Akademiya) faoliyatini samarali tashkil etish | |||||
|
1. |
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi Ustavini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
Ustav loyihasi |
2018-yil 1-avgustga qadar |
- |
Bosh prokuratura |
|
2. |
Kompleks tashkiliy chora-tadbirlar |
2018-yil 1-avgustga qadar |
- |
Bosh prokuratura | |
|
3. |
Akademiya faoliyatiga quyidagilarni nazarda tutuvchi zamonaviy innovatsion taʼlim tizimlarini joriy etish: |
Kompleks tashkiliy chora-tadbirlar |
2018-yil 1-avgustga qadar |
- |
Bosh prokuratura, |
|
4. |
Quyidagilarni qayta koʻrib chiqish va tasdiqlash: |
Kompleks tashkiliy chora-tadbirlar |
2018-yil 1-avgustga qadar |
- |
Bosh prokuratura, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Adliya vazirligi |
|
5. |
Quyidagilarni: |
Kompleks tashkiliy chora-tadbirlar |
2018-yil 1-avgustga qadar |
- |
Bosh prokuratura, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi |
|
6. |
Bosh prokuratura rahbarlari, shu jumladan, Departament va Byuro, shuningdek, davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar vakillaridan iborat tarkibda Akademiyaning Vasiylik kengashini tashkil etish. |
Bosh prokuror buyruqlari loyihalari |
2018-yil 1-avgustga qadar |
- |
Bosh prokuratura, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi |
|
7. |
Akademiyaning Axborot-resurs markazi fondini zamonaviy oʻquv, ilmiy va boshqa adabiyotlar bilan yangilash, shu jumladan, mahalliy va xorijiy huquqiy hamda axborot-tahliliy nashrlarga muntazam obunasini taʼminlash. |
Kompleks tashkiliy chora-tadbirlar |
2018-yil 1-sentabrga qadar |
Davlat budjeti, Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamgʻarmasi va prokuratura organlarining budjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlari |
Bosh prokuratura, Oʻzbekiston matbuot |
|
8. |
Akademiyani “Elektron taʼlim” milliy tarmogʻiga, A.Navoiy nomidagi Milliy kutubxonaning elektron axborot-kutubxona fondiga va yetakchi xorijiy axborot-kutubxona resurslari fondlariga ulash. |
Kompleks tashkiliy chora-tadbirlar |
2018-yil 1-iyulga qadar |
Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamgʻarmasi va prokuratura organlarining budjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlari |
Bosh prokuratura, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi,Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi |
|
9. |
Akademiyada ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengash va oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim institutini tuzish va uning faoliyatini tashkil etish. |
Kompleks tashkiliy chora-tadbirlar |
2018-yil 1-avgustga qadar |
- |
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi, Bosh prokuratura |
|
10. |
Dastur loyihasi |
2018-yil 1-iyulga qadar |
Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamgʻarmasi va prokuratura organlarining budjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlari |
Bosh prokuratura, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi | |
|
11. |
Qonun ustuvorligini taʼminlash, qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, jamiyat va davlatning qonun bilan muhofaza qilinadigan manfaatlarini qoʻriqlash, huquqbuzarliklarni oldini olish va profilaktika qilishning dolzarb muammolari boʻyicha, shu jumladan, milliy, xorijiy va xalqaro grantlarni jalb qilgan holda fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlar, dasturlar va loyihalar ishlab chiqish va tasdiqlash. |
Dastur loyihasi |
2018-yil 1-oktabrga qadar |
- |
Innovatsion rivojlanish vazirligi, Bosh prokuratura, Fanlar Akademiyasi |
|
12. |
“Bosh prokuratura Oliy oʻquv kurslari Axborotnomasi” ilmiy-amaliy huquqiy nashrini “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi Axborotnomasi” ilmiy-amaliy huquqiy jurnali sifatida qayta roʻyxatdan oʻtkazish hamda uni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan yurisprudensiya sohasida asosiy ilmiy-amaliy natijalarni nashr qilish uchun tavsiya qilinadigan ilmiy nashrlar roʻyxatiga kiritish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2018-yil 1-iyulga qadar |
Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamgʻarmasi va prokuratura organlarining budjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlari |
Oʻzbekiston matbuot |
|
13. |
Akademiyaning xalqaro hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha quyidagilarni nazarda tutuvchi kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish: |
Kompleks tashkiliy chora-tadbirlar |
Muntazam |
Davlat budjeti, Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamgʻarmasi va prokuratura organlarining budjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlari |
Bosh prokuratura, |
|
14. |
Ijtimoiy tarmoqlarda Akademiyaning rasmiy internet veb-sayti va sahifasini yaratish. |
Kompleks tashkiliy chora-tadbirlar |
2018-yil 1-avgustga qadar |
Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamgʻarmasi va prokuratura organlarining budjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlari |
Bosh prokuratura, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi |
|
II. Akademiyaning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash | |||||
|
15. |
Belgilangan tartibda bino va inshootlar majmuasini qurish uchun, shu jumladan, quyidagilarni oʻz ichiga qamrab olgan texnik topshiriqlarni ishlab chiqish va tasdiqlash: |
Texnik topshiriq loyihasi |
Alohida grafikka muvofiq |
- |
Bosh prokuratura, Qurilish vazirligi, Toshkent viloyati va Toshkent shahar hokimiyatlari |
|
16. |
Belgilangan tartibda bino va inshootlar majmuasini qurish boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
Loyiha-smeta hujjatlari |
Alohida grafikka muvofiq |
Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamgʻarmasi va prokuratura organlarining budjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlari |
Bosh prokuratura, Qurilish vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Toshkent viloyati |
|
17. |
Texnik topshiriqlar va Loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq bino va inshootlar majmuasi qurilishini toʻliq yakunlash, shu jumladan: |
Kompleks tashkiliy chora-tadbirlar |
Alohida grafikka muvofiq |
Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamgʻarmasi va prokuratura organlarining budjetdan tashqari jamgʻarmalari hamda ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar mablagʻlari |
Bosh prokuratura, Qurilish vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati hokimiyatlari, Iqtisodiyot vazirligi, “Oʻzbekenergo” AJ, “Oʻztransgaz” AJ, “Oʻzbektelekom” AK, “Oʻzqurilishmateriallari” AJ |
|
18. |
Akademiyaning imitatsion sud majlislarini oʻtkazish zali, tir, kriminalistik poligon, modellashtirish va simulyatsiya markazini situatsion va simulyatsiyaviy mashgʻulotlar oʻtkazish uchun zarur boʻlgan oʻqitishning zamonaviy innovatsion vositalari bilan jihozlash. |
Kompleks tashkiliy chora-tadbirlar |
Alohida grafikka muvofiq |
Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamgʻarmasi va prokuratura organlarining budjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlari |
Bosh prokuratura, Oliy sud, IIV, Adliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi |
|
19. |
Masofaviy (elektron) taʼlimni tashkil etish va videokonferensiyalarni oʻtkazish uchun uskunalarni xarid qilish va oʻrnatish, shuningdek, masofaviy taʼlim tizimini videokonferensaloqa, onlayn testlar va soʻrovlarni oʻtkazish, tegishli dasturiy mahsulotlardan foydalangan holda ishlab chiqish va joriy etishning metodik va texnik parametrlarini. |
Kompleks tashkiliy chora-tadbirlar |
2018-yil 1-dekabrga qadar |
Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamgʻarmasi va prokuratura organlarining budjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlari |
Bosh prokuratura, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oliy sud |
|
20. |
Akademiya buyurtmasiga binoan Akademiyaning Axborot-resurs markazini zamonaviy texnika, zarur jihozlar va qoʻshimcha vositalar bilan jihozlash. |
Kompleks tashkiliy chora-tadbirlar |
2018-yil 1-sentabrga qadar |
Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamgʻarmasi va prokuratura organlarining budjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlari |
Bosh prokuratura, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi, Oliy va oʻrta-maxsus taʼlim vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi |
|
21. |
Akademiyaning mini-tipografiyasini tashkil etish va uni ilmiy-tadqiqot natijalari, broshyuralar, darsliklar, bukletlar va boshqa adabiyotlarni nashr etish va tarqatish uchun zarur boʻlgan zamonaviy nashriyot uskunalari bilan jihozlash. |
Kompleks tashkiliy chora-tadbirlar |
2018-yil 1-sentabrga qadar |
Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamgʻarmasi va prokuratura organlarining budjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlari |
Bosh prokuratura, Oʻzbekiston matbuot |
|
22. |
Prokuratura organlari xodimlarining masofaviy va mustaqil taʼlim olishlari uchun elektron oʻquv materiallarini ishlab chiqish maqsadida multimedia studiyasini tashkil etish va jihozlash. |
Kompleks tashkiliy chora-tadbirlar |
Alohida grafikka muvofiq |
Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamgʻarmasi va prokuratura organlarining budjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlari |
Bosh prokuratura, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, MTRK, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi, Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi |
|
23. |
Xorijiy tajriba va huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganish uchun zarur boʻlgan, xususan, “West Law”, “Lexis Nexis” va boshqa xalqaro huquqiy-maʼlumotlar tizimining dasturiy mahsulotlarini (maʼlumotlar bazasini) xarid qilish va kelgusida yangilab borish. |
Kompleks tashkiliy chora-tadbirlar |
2018-yil 1-dekabrga qadar |
Davlat budjeti, Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamgʻarmasi va prokuratura organlarining budjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlari |
Bosh prokuratura, Moliya vazirligi |
|
24. |
Akademiyaga “Oʻzbektelekom” AK bilan tender (tanlov) oʻtkazmasdan shartnoma tuzish va uni keyingi muddatlarga mustaqil uzaytirish huquqini berish orqali Akademiyani yuqori tezlikdagi Internet tarmogʻiga ulanishini taʼminlash. |
Kompleks tashkiliy chora-tadbirlar |
2018-yil 1-avgustga qadar |
Davlat budjeti mablagʻlari |
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi, Bosh prokuratura, Moliya vazirligi |
|
25. |
Sayyor oʻquv mashgʻulotlarini tashkillashtirish maqsadida Akademiyani avtotransport vositalari (6 ta), shu jumladan avtobuslar (2 dona) bilan hamda Akademiya buyurtmalariga asosan xizmat va maxsus avtotransport vositalari uchun zarur hajmdagi avtobenzin va dizel yoqilgʻisini belgilangan tartibda ajratilishi va xarid qilinishini taʼminlash. |
Kompleks tashkiliy chora-tadbirlar |
2018-yil 1-oktabrga qadar |
Davlat budjeti,Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamgʻarmasi va prokuratura organlarining budjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlari |
Bosh prokuratura, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi “Oʻzavtosanoat” AJ, “Oʻzbekneftegaz” AJ |
3-ILOVA
|
Lavozim nomi |
Razryad |
|
|
Bosh prokuror |
21 |
|
|
Bosh prokurorning birinchi oʻrinbosari |
20 |
|
|
Bosh prokuror oʻrinbosari |
19 |
|
|
boshqarma boshligʻi, Bosh prokuratura Akademiyasi boshligʻi |
18 |
|
|
mustaqil boʻlim boshligʻi, boshqarma tarkibidagi boʻlim boshligʻi, Bosh prokuratura Akademiyasi kafedrasi (boʻlimi, markazi) boshligʻi, kafedra professori |
17 |
|
|
alohida muhim ishlar boʻyicha katta tergovchi, Bosh prokuror yordamchisi, Bosh prokuratura Akademiyasi kafedrasi dotsenti |
16 |
|
|
alohida muhim ishlar boʻyicha tergovchi, boshqarma katta prokurori, Bosh prokuratura Akademiyasi katta oʻqituvchisi |
15 |
|
|
katta tergovchi, boʻlim katta prokurori, boshqarma prokurori, Bosh prokuratura Akademiyasi oʻqituvchisi, boʻlimi (markazi) katta prokurori |
14 |
|
|
boʻlim prokurori, prokuror yordamchisi, Bosh prokuratura Akademiyasi boʻlimi (markazi) prokurori |
13 |
|
|
bosh mutaxassis |
12 |
|
|
yetakchi mutaxassis |
11 |
|
|
mutaxassislar: |
||
|
1-toifali mutaxassis |
10 |
|
|
2-toifali mutaxassis |
9 |
”. |