1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.02.00 Davlat jamg‘armalari / 07.07.02.04 Vazirlik va idoralar jamg‘armalari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.10.00 Tadbirkorlar birlashmalari (uyushmalar, assotsiatsiyalar va b.) / 09.01.10.02 Tadbirkorlarning boshqa birlashmalari (uyushmalar, assotsiatsiyalar, jamg‘armalar va b.)]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari;
2.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
(qarorning nomi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-martdagi PF-43-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.03.2023-y., 06/23/43/0167-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-noyabrdagi PF-193-sonli “Kichik va o‘rta biznesni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan 2024-yil 1-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2022-yil 9-iyundagi PF-150-son Farmoni hamda “Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 24-dekabrdagi PQ-62-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 24-dekabrdagi PQ-62-son qaroriga asosan Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) bevosita O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tarkibiga o‘tkazilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2022-yil 9-iyundagi PF-150-son Farmoniga muvofiq Jamg‘arma tomonidan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kichik tadbirkorlik subyektlari loyihalariga qiymati 5 milliard so‘mdan, foiz stavkasi Markaziy bank asosiy stavkasining 1,5 baravaridan oshmagan tijorat banklarining milliy valyutada ajratiladigan kreditlari (lizinglari) bo‘yicha asosiy stavkadan oshgan, biroq asosiy stavkaning 30 foizidan ko‘p bo‘lmagan qismini qoplash uchun uch yil muddatgacha kompensatsiya taqdim etilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kichik tadbirkorlik subyektlari loyihalariga ajratiladigan kreditlarning 50 foizigacha, biroq 2,5 milliard so‘mdan oshmagan miqdorda kafillik berilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
(2-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-martdagi PF-43-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.03.2023-y., 06/23/43/0167-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘armaning asosiy vazifalari, funksiyalari va faoliyat yo‘nalishlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish va sarflash, ulardan foydalanilishini hisobga olish, hisobot berish hamda nazorat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘armani boshqarish va uning tuzilmasini tasdiqlash tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarining tadbirkorlik tashabbuslarini amalga oshirish uchun, shuningdek, tadbirkorlik subyektlariga tijorat banklari kreditlari (lizinglari) bo‘yicha Jamg‘armaning kafilligi berilishini ko‘rib chiqish shartlari va tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlik subyektlari kreditlariga (lizinglariga) kompensatsiya berish, to‘xtatib turish, to‘xtatish, bekor qilish va qayta tiklash tartibi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi “Tadbirkor” axborot tizimini quyidagilarni nazarda tutgan holda takomillashtirib borish choralarini ko‘rsin:
(3-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-martdagi PF-43-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.03.2023-y., 06/23/43/0167-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tijorat banklari axborot tizimlarida kompensatsiya to‘lovlarining manzilli yetib borishini ta’minlovchi mexanizmni joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tijorat banklari bilan birgalikda moliyaviy yordamdan foydalanib kelayotgan tadbirkorlik subyektlari bo‘yicha onlayn monitoringni amalga oshirish imkoniyatini yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
majburiyatlar yuzaga kelishining prognozi hamda taqdim etilgan moliyaviy yordamning tahliliy ma’lumotlarini shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dasturiy ta’minotni zamon talablariga moslashtirib borish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 4-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
428-son

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-avgustdagi 428-son qaroriga ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi to‘g‘risida
(ilovaning nomi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-martdagi PF-43-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.03.2023-y., 06/23/43/0167-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi (keyingi o‘rinlarda — Vazirlik) huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasining (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) vazifalari va faoliyat yo‘nalishlarini, shuningdek, uning mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-martdagi PF-43-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.03.2023-y., 06/23/43/0167-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Jamg‘arma o‘z faoliyati yuzasidan Vazirlikka va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2022-yil 9-iyundagi PF-150-son Farmoniga muvofiq tashkil etilgan Jamg‘armani boshqarish bo‘yicha kengashga (keyingi o‘rinlarda — Kengash) hisobot beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Jamg‘arma o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar, Kengash qarorlari, Vazirlik buyruqlari, shuningdek, ushbu Nizomga amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Jamg‘arma davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi, o‘zining mustaqil balansiga, shaxsiy g‘azna va bank hisobvaraqlariga, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan blankalarga va o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhrga ega bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Jamg‘armaning rasmiy nomi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
to‘liq nomi — O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi;
(5-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-martdagi PF-43-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.03.2023-y., 06/23/43/0167-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qisqartirilgan nomi — Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
to‘liq nomi — Gosudarstvenniy fond podderjki predprinimatelskoy deyatelnosti pri Ministerstve ekonomike i finansov Respubliki Uzbekistan;
(5-band “b” kichik bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-martdagi PF-43-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.03.2023-y., 06/23/43/0167-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qisqartirilgan nomi — Gosudarstvenniy fond podderjki predprinimatelskoy deyatelnosti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
to‘liq nomi — State fund for support of entrepreneurship activities under the Ministry of economy and finance of the Republic of Uzbekistan;
(5-band “v” kichik bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-martdagi PF-43-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.03.2023-y., 06/23/43/0167-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qisqartirilgan nomi — State fund for support of entrepreneurship activities.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Jamg‘arma barcha huquqlar, majburiyatlar va shartnomalar bo‘yicha Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasining huquqiy vorisi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘arma Davlat maqsadli jamg‘armasi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Jamg‘armaning joylashgan eri (pochta manzili): Toshkent shahri, Qoratosh ko‘chasi, 1-uy (7-qavat), pochta indeksi 100027.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Ushbu Nizomga 1-ilovada belgilangan talablar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va Vazirlar Mahkamasining oldin qabul qilingan qarorlari (farmoyishlari) bilan tasdiqlangan hamda Jamg‘arma tomonidan taqdim etilgan kafillik va kompensatsiya shartnomalariga tatbiq etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Jamg‘arma kafilligi va kompensatsiyalari kichik tadbirkorlik subyektlariga 1-ilovaga muvofiq tijorat banklarining faqat milliy valyutada ajratiladigan kreditlari (lizinglari) uchun beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Ushbu Nizomda kuyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kredit — qarz oluvchi loyihalarini moliyalashtirish uchun foydalaniladigan tijorat banki krediti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tijorat banki — O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining tegishli litsenziyasiga ega bo‘lgan, O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat yuritayotgan tijorat tashkiloti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarz oluvchi — O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tgan va tadbirkorlik tashabbusini amalga oshiruvchi kichik tadbirkorlik subyekti, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga taalluqli yuridik shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
lizing — moliyaviy ijaraning alohida turi bo‘lib, unda bir taraf (lizing beruvchi) ikkinchi tarafning (lizing oluvchining) topshirig‘iga binoan uchinchi tarafdan (sotuvchidan) lizing shartnomasida shartlashilgan mol-mulkni (lizing obyektini) mulk qilib oladi va uni lizing oluvchiga shu shartnomada belgilangan shartlarda haq evaziga egalik qilish hamda foydalanish uchun o‘n ikki oydan ortiq muddatga beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kompensatsiya — tijorat banklari kreditlari (lizinglari) bo‘yicha foizli xarajatlarning bir qismini qoplash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kafillik — qarz oluvchining tijorat banki oldidagi o‘z majburiyatlarini bajarishi uchun javob berish mas’uliyatini Jamg‘armaga yuklaydigan kafillik shartnomasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihalar — tadbirkorlik faoliyatidan iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa manfaat ko‘rish maqsadida amalga oshiriladigan tadbirlar va ishlar majmui, quyidagilarni nazarda tutuvchi kreditlar (lizinglar) bundan mustasno:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va (yoki) ularning ulgurji savdo faoliyatini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
savdo (eksportoldi moliyalashtirish bundan mustasno), umumiy ovqatlanish hamda avtomobillarga yonilg‘i quyish hamda elektr quvvatlantirish shoxobchalari faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yengil va ilgari foydalanishda bo‘lgan yuk avtotransport vositalarini sotib olish va ta’mirlash (chet eldan olib kelinadigan yuk avtotransport vositalaridan tashqari);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bino-inshootlarni sotib olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aylanma mablag‘larni shakllantirish (eksportoldi moliyalashtirish bundan mustasno);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilgari olingan kreditlarni (lizinglarni) yoki boshqa har qanday qarzni qaytarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nobank kredit tashkilotlari, lizing va sug‘urta kompaniyalari resurs bazasini shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sug‘urtalash — kredit garovi va qaytarilmasligini sug‘urtalash bo‘yicha sug‘urta kompaniyalarining majburiyati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Audit qo‘mitasi — mustaqil auditorlik tashkilotini tanlash, moliyaviy hisobotlar tuzilishini nazorat qilish, auditorlik tekshiruvining o‘tkazilish jarayonlarini kuzatish, ichki audit xodimi va uning ish rejasini tasdiqlash uchun Kengash tasdig‘iga kiritish, tashqi va ichki audit tekshiruvlari natijalarini olish, muhokama qilish, audit tekshiruvlarida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan ishlab chiqiladigan chora-tadbirlar ijrosini nazorat qilib borish uchun mas’ul bo‘lgan Kengashning uch nafar a’zolaridan iborat bo‘lgan qo‘mita;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tavakkalchilikni boshqarish qo‘mitasi — Jamg‘arma moliyaviy yordamlari ko‘rsatilishida belgilangan tavakkalchilik me’yorlariga rioya qilinishini nazorat qilib borish, o‘tkazilgan stress testlar natijalari va tavakkalchilik me’yorlariga rioya qilinishi yuzasidan tavakkalchilikni boshqarish bo‘limi hisobotlarini eshitib borish, tavakkalchilik me’yorlariga amal qilinishini ta’minlash yuzasidan ishlab chiqiladigan chora-tadbirlar ijrosini nazorat va muhokama qilib borish maqsadida Kengashning uch nafar a’zolaridan iborat tarkibda tuziladigan qo‘mita;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari — O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Vazirlik huzuridagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi, Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Savdo-sanoat palatasi hamda Jamg‘arma tomonidan belgilangan mezonlarga mos keladigan va “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tgan aholi qatlamlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toifa — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi PF-287-son Farmoniga muvofiq ixtisoslashuvi hamda kichik biznes uchun mavjud sharoitidan kelib chiqib ajratilgan O‘zbekiston Respublikasi shahar va tumanlarining ro‘yxati.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-martdagi PF-43-sonli Farmoniga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.03.2023-y., 06/23/43/0167-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Jamg‘armaning asosiy vazifalari va funksiyalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Quyidagilar Jamg‘armaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlikni rivojlantirishni, shuningdek, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini va ularning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash sohasida davlat siyosati amalga oshirilishiga ko‘maklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlikni rivojlantirish orqali ish o‘rinlari yaratish imkonini beradigan davlat, tarmoq va hududiy dasturlar, loyihalar hamda tadbirlarni amalga oshirishda ishtirok etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlik subyektlarining innovatsion faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, yangi turdagi mahsulotlar yaratish va ishlab chiqarishni rag‘batlantirish, shuningdek, ishlab chiqarish faoliyatiga samarali yangi texnologiyalarni joriy etishga ko‘maklashish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Jamg‘arma o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq kuyidagi funksiyalarni bajaradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) tadbirkorlikni rivojlantirishni, shuningdek, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini va ularning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash sohasida davlat siyosati amalga oshirilishiga ko‘maklashish sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kichik tadbirkorlik subyektlarining kreditlari (lizinglari) bo‘yicha kafillik va kompensatsiyalar taqdim etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarining tadbirkorlik tashabbuslarini kafillik bergan holda moliyaviy qo‘llab-quvvatlash choralarini ko‘radi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) tadbirkorlikni rivojlantirish orqali ish o‘rinlari yaratish imkonini beradigan davlat, tarmoq va hududiy dasturlar, loyihalar hamda tadbirlarni amalga oshirishda ishtirok etish sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kichik tadbirkorlik subyektlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash orqali ish o‘rinlarini yaratishda ishtirok etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat, tarmoq va hududiy dasturlar va loyihalarni ishlab chiqishda ishtirok etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘arma tomonidan ko‘rsatiladigan moliyaviy yordam turlarini tadbirkorlik subyektlari orasida keng targ‘ib qilish choralarini ko‘radi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) tadbirkorlik subyektlarining innovatsion faoliyatini ko‘llab-quvvatlash, yangi turdagi mahsulotlar yaratish va ishlab chiqarishni rag‘batlantirish, shuningdek, ishlab chiqarish faoliyatiga samarali yangi texnologiyalarni joriy etishga ko‘maklashish sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot tizimlarini yaratish loyihalarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash choralarini ko‘radi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarish faoliyatiga samarali yangi texnologiyalarni joriy etishga ko‘maklashadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Oldin Jamg‘armaning moliyaviy yordamini olgan tadbirkor quyidagi holatlarda Jamg‘armaga kafillik va/yoki kompensatsiya olish uchun takroran murojaat qilishga haqli bo‘ladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
amaldagi kafillik shartnomasi bo‘yicha shartnoma amal qilgan kredit (lizing) qarzdorligi to‘liq qaytarilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
amaldagi kompensatsiya shartnomasi bo‘yicha shartnoma amal qilgan kredit (lizing) qarzdorligi to‘liq qaytarilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kafillik va kompensatsiya berish to‘g‘risidagi shartnoma bekor qilinganda yoki haqiqiy emas deb topilganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Jamg‘armadan moliyaviy yordam olgan tadbirkorlik subyekti Jamg‘armaning buyurtmasida qarz oluvchi sifatida ko‘rsatilgan soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami yoki jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JShShIR) bo‘yicha aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Jamg‘armani boshqarish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni yoki qarori bilan tasdiqlanadigan Kengash Jamg‘arma boshqaruvining oliy organi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kengash qarorlari oddiy ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi. Kengash uning yig‘ilishida a’zolarining uchdan ikki qismi ishtirok etganda, vakolatli (kvorumga ega) hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kengash yig‘ilishida ovozlar soni teng bo‘lib qolganda, yig‘ilish raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Vazirlik:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘arma faoliyati, shu jumladan, mablag‘larning maqsadli yo‘naltirilishi, tadbirkorlik subyektlariga moliyaviy yordam ko‘rsatishga doir qarorlarning o‘z vaqtida qabul qilinishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘arma tomonidan ushbu Nizomda ko‘rsatilmagan moliyaviy yordamning boshqa turlarini ko‘rsatish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazir:

Jamg‘arma shtatlar jadvalini tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda, Ijrochi direktor va uning o‘rinbosarlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kengash:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘arma faoliyati va uni rivojlantirish strategiyasiga erishish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar to‘g‘risida Jamg‘arma ijrochi direktori hisobotini muntazam ravishda eshitib borgan holda Jamg‘arma faoliyatining ustuvor yo‘nalishlarini belgilaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
manfaatdor vazirlik, idoralar va tijorat banklari rahbarlarining Jamg‘arma moliyaviy yordamlaridan foydalanish natijadorligi haqidagi hisobotlarini har yili, hisobot yilidan keyingi yilning birinchi choragida eshitadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil 1-yanvardan boshlab Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘ miqdoridan kelib chiqib, Jamg‘arma tomonidan bir moliya yilida qabul qilinadigan moliyaviy yordam miqdorlarini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda bir moliya yilida qabul qilinadigan moliyaviy yordam miqdorlari choraklar bo‘yicha taqsimlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
moliyaviy yordamlar samaradorlik ko‘rsatkichlari va tavakkalchilik darajasidan kelib chiqib, moliyaviy yordam miqdorlarini kamaytirish yoki to‘xtatish yuzasidan qaror qabul qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘armaning moliyaviy yordamlaridan foydalanish uchun tadbirkorlik subyektlari tomonidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan bazaviy me’yorlar va shartlarni belgilash bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘arma faoliyatini rivojlantirish va uni jahon standartlari talablariga muvofiqlashtirish uchun uning tashkiliy tuzilmasi va xodimlar soniga o‘zgartirish kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘armaga yuklangan vazifalarning ijrosini tashkil qilish, tegishli loyihalarni ishlab chiqish, amaliyotga tatbiq etish va zarur tavsiyalar tayyorlanishini ta’minlash maqsadida ekspert tahlil guruhi tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasiga Jamg‘armaning mablag‘larini ko‘paytirish to‘g‘risida takliflar kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘armaning Strategik va biznes rejalari hamda yillik daromadlari va xarajatlari smetasini tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘arma audit xizmati, audit qo‘mitasi, tavakkalchilik qo‘mitasi, tavakkalchilikni boshqarish, monitoring qilish, xodimlarni rag‘batlantirish, moddiy-texnik bazani mustahkamlash maqsadida Jamg‘arma mablag‘larining sarflanishi to‘g‘risidagi nizomlar, hisob siyosati, Jamg‘arma faoliyatida ishlab chiqilishi hamda tasdiqlanishi zarur bo‘ladigan boshqa ichki hujjatlarni tasdiqlaydi (tarkibiy tuzilma haqidagi nizomlar, qoida va boshqa texnik tartiblar bundan mustasno);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘arma faoliyati bo‘yicha Tavakkalchilik va Audit qo‘mitalari axborotini har chorakda eshitib boradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘arma Direksiyasi tarkibini tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihalarning tavakkalchilik darajasidan kelib chiqqan holda taqdim etiladigan kafillik uchun olinadigan bir martalik vositachilik haqi miqdorini tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘arma tomonidan tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlashning yangi xizmat turlarini joriy etadi hamda ularning tartib va qoidalarini belgilaydi;
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-martdagi PF-43-sonli Farmoniga asosan yigirma ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.03.2023-y., 06/23/43/0167-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlik subyektlari muammolarini tezkorlik bilan hal qilishni ta’minlash maqsadida Jamg‘arma moliyaviy yordam ko‘rsatish parametr hamda qoidalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kredit (lizing) miqdori, foiz stavkasi chegarasiga nisbatan belgilangan talablar, shuningdek, kompensatsiya va kafillik muddati, stavkasi hamda miqdori moliyaviy yordam ko‘rsatish parametrlari hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliyaviy yordam ko‘rsatish shartlari va kredit (lizing) maqsadiga nisbatan qo‘yilgan talablar moliyaviy yordam ko‘rsatish qoidalari hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Jamg‘armada Ijrochi direktor, uning o‘rinbosarlari, shuningdek, Jamg‘arma tarkibiy tuzilma rahbarlaridan iborat tarkibda Direksiya (keyingi o‘rinlarda — Direksiya) tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Direksiya Jamg‘armaning ijro organi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Direksiya:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining navbatdagi yil uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti asosiy parametrlari bilan bog‘liq holda, Jamg‘arma biznes rejasi (daromadlari va xarajatlari)ning har yilgi prognozlarini shakllantiradi hamda tasdiqlash uchun Kengashga kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘armaning strategik rejasini shakllantiradi hamda tasdiqlash uchun Kengashga kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish manbalarini kengaytirishga doir takliflarni ishlab chiqadi va ko‘rib chiqish uchun Kengashga kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘arma oldiga qo‘yilgan vazifalarning o‘z vaqtida va samarali bajarilishi uchun zarur qo‘shimcha mablag‘larni jalb etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘radi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘arma daromadlari va xarajatlari smetasining ijrosi yuzasidan hisobotni Kengashga taqdim etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanilishi yuzasidan belgilangan tartibda monitoring olib borilishini ta’minlaydi hamda monitoring natijasida aniqlangan holatlarni muhokama qiladi va vakolati doirasida qaror qabul qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘arma Kengashi qarorlarini to‘liq va o‘z vaqtida ijrosini ta’minlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tavakkalchilik darajasi oshib borayotgan yo‘nalishlarga kafilliklar berilishini to‘xtatish yuzasidan takliflarni tasdiqlash uchun Kengashga kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

19. Vazirlik buyrug‘i bilan belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan Ijrochi direktor Jamg‘arma direksiyasining rahbari hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlik bilan kelishgan holda, xalqaro va xorijiy tashkilotlarni, shuningdek, malakali mahalliy va xorijiy mutaxassislarni ularning xizmat haqini Jamg‘armaning o‘z mablag‘lari hisobidan to‘lagan holda jalb qilishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijrochi direktor:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘arma joriy faoliyatini operativ boshqaradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘armaga yuklangan vazifalar va funksiyalarga muvofiq Jamg‘arma faoliyatini tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashkilot va idoralarda Jamg‘arma manfaatlarini ifodalaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘arma nomidan mehnat, kafillik va kompensatsiyalar taqdim etish, vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘larni tijorat banklari depozitlariga joylashtirish, xo‘jalik hamda boshqa shartnomalarni imzolaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bajarilgan ishlar hamda kelgusi chorak uchun ish rejalari to‘g‘risida har chorakda Kengash oldida hisob beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘arma xodimlarini ishga qabul qilish va ishdan bo‘shatish, rag‘batlantirish hamda ularga nisbatan intizomiy jazo choralarini qo‘llash haqida buyruqlar chiqaradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘arma faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa buyruq va farmoyishlar chiqaradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘arma nomidan sud idoralariga ariza va shikoyatlar bilan murojaat qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘armada ishni tashkil etish maqsadida turli komissiya va ishchi guruhlar tuzadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki mehnat tartibi qoidalari, tarkibiy bo‘linma nizomlari, lavozim yo‘riqnomalarini va boshqa ichki hujjatlarni tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Jamg‘armaning saqlash xarajatlari (boshqaruv-ma’muriy xarajatlar) Kengash tomonidan tasdiqlanadigan biznes-reja (xarajatlar smetasi) asosida Jamg‘arma daromadlari hisobidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Jamg‘arma o‘zining buxgalteriya hisobini Buxgalteriya hisobining milliy standartlari, zarur hollarda xalqaro standartlar bo‘yicha yuritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Jamg‘arma xodimlari mehnatiga haq to‘lashda davlat boshqaruvi organlari xodimlari uchun Vazirlikning markaziy apparati xodimlariga belgilangan mehnatga haq to‘lash va rag‘batlantirish koeffitsiyenti joriy etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Jamg‘arma xodimlarini qo‘shimcha rag‘batlantirish va mukofotlash, moddiy-texnik bazani mustahkamlash Jamg‘arma mablag‘larining sarflanishi bo‘yicha ishlab chiqilgan va Jamg‘armaning boshqarish bo‘yicha kengash tomonidan tasdiqlangan nizomga asosan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Jamg‘arma va uning xodimlarining qaror qabul qilishda O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga, Jamg‘armaning ichki hujjatlari talablariga mos kelmasligi tufayli zarar ko‘rish ehtimoli sug‘urta qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sug‘urta xarajatlari xarajatlar smetasida belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Xizmat vazifalarini bajarishda foydalanish uchun Jamg‘armaga 1 ta shaxsan biriktirilgan avtotransport vositasini saqlash uchun limit ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish va sarflash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Jamg‘arma mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan budjeti tarkibiga kiradi va uning hisobi belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining g‘azna ijrosi orqali amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Jamg‘armaning mablag‘lari quyidagi manbalar hisobidan shakllantiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-avgustdagi PQ-3225-son qaroriga1-ilovada ko‘rsatilgan tashkilotlarning badallari hisobidan shakllantiriladigan boshlang‘ich badal;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining ushbu maqsadlar uchun har yili tasdiqlanadigan ajratmalar doirasidagi mablag‘lari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat tashkilotlari va boshqa donorlarning Jamg‘armaga yuklangan vazifalarni amalga oshirish uchun jalb etiladigan kreditlari (qarzlari) va grantlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) Jamg‘armaning, shu jumladan, vaqtincha bo‘sh mablag‘larni tijorat banklari depozitlariga joylashtirish, kafilliklar berishdan tushadigan daromadlari, shuningdek, qonunchilik hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa manbalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon va qarorlari hamda Vazirlar Mahkamasining qarorlari doirasida ajratilishi ko‘zda tutilgan mablag‘lar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Jamg‘arma mablag‘lari Jamg‘arma faoliyati bo‘yicha yo‘nalishlarni moliyalashtirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligida belgilangan tartibda ochiladigan shaxsiy g‘azna hisobvaraqlarida jamlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Jamg‘arma mablag‘laridan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarz oluvchilarning kreditlari (lizinglari) bo‘yicha berilgan kafilliklar bilan bog‘liq to‘lovlarni tijorat banklariga to‘lash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tijorat banklarining kreditlari (lizinglari) bo‘yicha foizli xarajatlarning bir qismini qoplash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘arma faoliyatini moddiy-texnik ta’minlash, asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarni xarid qilish, shu jumladan, mehnatga haq to‘lash va mehnatga haq to‘lashga tenglashtirilgan to‘lovlarni hamda rag‘batlantiruvchi tusdagi to‘lovlarni to‘lash xarajatlarini amalga oshirish uchun foydalaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu bandda qayd etilgan maqsadlarni moliyalashtirish uchun ajratilgan Jamg‘arma mablag‘laridan qat’iy belgilangan yo‘nalishlarda foydalaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Kompensatsiyani berish, to‘xtatib turish, to‘xtatish, bekor qilish va qayta tiklash tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Jamg‘arma tomonidan tadbirkorlik subyektlarining kreditlariga (lizinglariga) kompensatsiya ushbu Nizomga 2-ilovadagi sxemaga muvofiq beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Tijorat banklari kompensatsiyalarni oluvchi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘arma tomonidan kompensatsiya berish davri “2+1” tamoyili asosida kreditning (lizingning) dastlabki ikki yiliga, tadbirkorlar tomonidan biznes-rejada ko‘zda tutilgan mahsulotlarni (xizmatlar ko‘rsatishni) ishlab chiqarish hamda ish o‘rinlari yaratish ko‘rsatkichlari to‘liq bajarilganligi yuzasidan tijorat bankining ma’lumotiga asosan kompensatsiya shartnomasi qo‘shimcha bir yilga uzaytiriladi va to‘lab boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda qo‘shimcha bir yil uchun kompensatsiya to‘lovlari loyiha amalga oshirilgunga qadar mavjud bo‘lgan hamda biznes-rejada ko‘rsatilgan yangi ish o‘rinlarining saqlab turilishidan kelib chiqib, elektron axborot bazasida mavjud ma’lumotlar asosida reyestr bo‘yicha har oyda to‘lab boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. 2022-yil 1-iyulga qadar tuzilgan kompensatsiya shartnomalari bo‘yicha kreditni (lizingni) qaytarish jadvaliga o‘zgartirish kiritilgan taqdirda, amaldagi kompensatsiya shartnomasi shartlari mutanosib ravishda o‘zgartiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda kompensatsiya miqdorlari qayta hisob-kitob qilinib, kredit (lizing) muddatiga mos ravishda to‘lab boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Jamg‘arma faqat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi hududida ro‘yxatdan o‘tgan va faoliyatini amalga oshirayotgan;

to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atilmagan;
(33-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 304-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
murojaat sanasida kreditlar (lizinglar), soliqlar bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorligi mavjud bo‘lmagan qarz oluvchilarning loyihalari bo‘yicha kompensatsiya beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Kredit (lizing) berilishi uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni ilova qilgan holda, qarz oluvchining tijorat banki hududiy tarkibiy bo‘linmasiga ariza bilan murojaat qilishi kompensatsiya tashabbusiga asos hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Tijorat banki yoxud uning hududiy tarkibiy bo‘linmasi kredit (lizing) berishning imkoniyati to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqqandan so‘ng ikki ish kuni mobaynida “Tadbirkor” axborot tizimi orqali:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kredit (lizing) ajratish to‘g‘risida qaror qabul qilsa — kompensatsiya berish to‘g‘risidagi buyurtmani elektron raqamli imzo (ERI) bilan tasdiqlagan holda tijorat bankiga taqdim etadi va bu haqda qarz oluvchini xabardor qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tijorat banki bir ish kunida kredit (lizing) ajratish to‘g‘risida qaror qabul qilsa — kompensatsiya berish to‘g‘risidagi buyurtmani Jamg‘armaga yuboradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kredit (lizing) ajratishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilsa — rad etishning asosli sabablarini ko‘rsatgan holda qarz oluvchiga yozma javob yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘arma buyurtmani ko‘rib chiqish jarayonida tijorat bankidan qo‘shimcha ma’lumot va hujjatlarni talab qilish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Buyurtmada ko‘rsatilgan ma’lumotlarning to‘liqligi va haqqoniyligi uchun tijorat bankining uni imzolagan mansabdor shaxsi javob beradi.

36. Jamg‘armaga noto‘g‘ri va/yoki yolg‘on ma’lumotlarning taqdim qilinishi, ushbu ma’lumotlar asosida moliyaviy yordam olganlik uchun, shuningdek, tijorat banki va qarz oluvchi tomonidan majburiyatlar o‘z vaqtida bajarilmaganligi uchun Jamg‘arma javobgar hisoblanmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Buyurtma Jamg‘armaga tushgan sanadan boshlab uch ish kuni mobaynida uni ko‘rib chiqadi va kompensatsiya berish yoki berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Jamg‘arma tijorat bankini qabul qilingan qaror to‘g‘risida (rad etilgan taqdirda — asosli sabablar ko‘rsatilgan holda) keyinchalik qarz oluvchiga ma’lumot berish uchun xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kompensatsiya berilishi rad etilgani to‘g‘risidagi bildirishnomani olgan tijorat banki bir ish kuni mobaynida bu haqda hududiy tarkibiy bo‘linmasi va qarz oluvchini xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Kompensatsiya berilishi to‘g‘risida bildirishnomani olgandan so‘ng besh ish kuni mobaynida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tijorat banki yoki uning hududiy tarkibiy bo‘linmasi kompensatsiya berilishi to‘g‘risida qarz oluvchini xabardor qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tijorat banki yoki uning hududiy tarkibiy bo‘linmasi va qarz oluvchi kompensatsiya berilishi to‘g‘risida shartnomani elektron raqamli imzo (ERI) bilan imzolaydilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kompensatsiya shartnomasi belgilangan muddatda elektron raqamli imzo (ERI) bilan imzolanmaganda, shartnoma tuzilmagan va majburiyat yuzaga kelmagan hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Har bir oy uchun kompensatsiya Jamg‘arma tomonidan oy yakunlangandan so‘ng 30 kun mobaynida, tijorat banki tomonidan Jamg‘armaga oy yakunlangandan so‘ng 20 kun mobaynida beriladigan kompensatsiya reyestri asosida to‘lanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Tijorat banki kompensatsiya berilishi to‘g‘risidagi shartnoma amal qiladigan har bir kreditning (lizingning) qoldiqlari bo‘yicha hisoblangan foizlardan kelib chiqqan holda kompensatsiya reyestrini tuzadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda:

loyiha tashabbuskorlarining kredit (lizing) ma’lumotlarining “Tadbirkor” axborot tizimiga integratsiyasini ta’minlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
reyestrni Jamg‘arma talablari doirasida elektron tarzda shakllantiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektron raqamli imzo (ERI) bilan imzolangan reyestrni “Tadbirkor” axborot tizimi orqali yetkazishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tijorat banki shakllantiriladigan reyestrning barcha hisob-kitoblarini istalgan muddatga onlayn rejimda Jamg‘armaga taqdim etish imkoniyatini yaratishni nazarda tutuvchi dasturiy ta’minotga ega bo‘lishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. Jamg‘arma tijorat banki tomonidan “Tadbirkor” axborot tizimi orqali beriladigan elektron kompensatsiya reyestri asosida to‘lovlarni amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tijorat banklari kompensatsiya reyestrining to‘g‘riligi va to‘liqligi uchun javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43. Tijorat banki belgilangan tartibda kompensatsiya shartnomalariga asosan hisoblangan va Jamg‘arma tomonidan kompensatsiya qilinadigan foizlarning hisobini alohida 16325 — “Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi kompensatsiyasi” balans hisobvarag‘ida yuritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44. Xorijiy valyutada olingan kompensatsiya majburiyatlari to‘lovi milliy valyutada, to‘lov amalga oshiriladigan hisobot oyidan keyingi oyning birinchi kunidagi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining kursi bo‘yicha to‘lanadi. Mablag‘larni konvertatsiya qilish bilan bog‘liq xarajatlar, jumladan, kurs o‘rtasidagi farqlar va boshqa xarajatlar qarz oluvchi tomonidan qoplanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
45. Kompensatsiya mablag‘i tijorat banki taqdim etgan reyestr asosida bir paytning o‘zida bir qancha kredit (lizing) shartnomalari bo‘yicha:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tijorat bankining 29801 — “Mijozlar bilan hisob-kitoblar” tranzit hisobvarag‘iga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tijorat bankining 29801 — “Mijozlar bilan hisob-kitoblar” tranzit hisobvarag‘iga tushgan mablag‘larni har bir qarz oluvchi uchun alohida ochilgan 16325 — “Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi kompensatsiyasi” hisobvarag‘iga avtomatik ravishda o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
46. 2022-yil 1-iyuldan so‘ng tuzilgan kompensatsiya shartnomalari bo‘yicha qarz oluvchilar tomonidan kreditni (lizingni) qaytarish jadvaliga muvofiq muddatlarda so‘ndirmasligi oqibatida kompensatsiya miqdori buyurtmada qayd etilgan summadan oshmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
47. Jamg‘arma quyidagi holatlarda kompensatsiya berishni to‘xtatib turadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) qarz oluvchi tomonidan kredit (lizing) bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorligi 90 kundan oshganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) qarz oluvchi va tijorat bankining buyurtmasida noto‘g‘ri va/yoki yolg‘on ma’lumotlar aniqlanganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Buning natijasida ortiqcha to‘langan kompensatsiya mablag‘i tijorat banki tomonidan Jamg‘armaga qaytariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
48. Jamg‘arma kompensatsiya berishni to‘xtatib turish, to‘xtatish va bekor qilish uchun asos bo‘ladigan holat aniqlangani to‘g‘risida tijorat bankining xabarini olgandan so‘ng uch kun mobaynida kompensatsiya berishni to‘xtatib turish, to‘xtatish va bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qiladi va bu to‘g‘risida tijorat bankini, o‘z navbatida tijorat banki qarz oluvchini xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
49. Kompensatsiya to‘lash:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur Nizomning 47-bandi “a” kichik bandiga asosan to‘xtatilganda, muddati o‘tgan barcha kredit (lizing) qarzdorliklari to‘liq so‘ndirilgandan so‘ng;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
47-bandi “b” kichik bandiga asosan to‘xtatilganda, to‘xtatish sabablari bartaraf etilganligi yuzasidan tijorat banki tomonidan xabar berilgan sanadan qayta tiklanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
To‘xtatib turilgan davr uchun kompensatsiya hisoblanmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50. Jamg‘arma quyidagi holatlarda kompensatsiya berishni to‘xtatadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarz oluvchi kredit (lizing) shartnomasi bo‘yicha kreditni (lizingni) to‘liq qaytarsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kredit (lizing) shartnomasining amal qilishi to‘xtatilsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kompensatsiya berish to‘g‘risidagi shartnomaning amal qilishi to‘xtatilsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘arma qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa holatlarda ham kompensatsiya berishni to‘xtatishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
51. Kredit (lizing) mablag‘lari kredit (lizing) shartnomasida va/yoki buyurtmada belgilangan maqsadlarda ishlatilmaganda, Jamg‘arma tomonidan kompensatsiya shartnomasi bir tomonlama bekor qilinadi hamda to‘langan kompensatsiya mablag‘lari tijorat banki tomonidan qaytariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
52. Tijorat banki kompensatsiya berishni to‘xtatib turish, to‘xtatish va bekor qilishni nazarda tutuvchi holatlarni aniqlash maqsadida qarz oluvchining faoliyati yuzasidan bir yilda kamida bir marta monitoring olib boradi va ular aniqlanganda, bu haqda Jamg‘armani uch ish kuni mobaynida xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
53. Tijorat banki budjet mablag‘larining maqsadli ishlatilishini nazorat qiluvchi organlar hamda Jamg‘armaga kafillik va kompensatsiya berilgan kreditlar (lizinglar) bo‘yicha tanlov asosida monitoring qilish va tegishli hujjatlarni olish uchun sharoit yaratib beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
54. Kompensatsiya berish to‘xtatib turilgan, to‘xtatilgan yoki kompensatsiya berish to‘g‘risidagi shartnoma muddatidan oldin bekor qilingan holatlarda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bu qarz oluvchining aybi bilan sodir bo‘lsa — qarz oluvchi kredit (lizing) bo‘yicha foizlarni to‘liq to‘laydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bu tijorat bankining aybi bilan sodir bo‘lsa — bank kompensatsiyani o‘z mablag‘lari hisobiga to‘laydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Tijorat banklarining kreditlari (lizinglari) bo‘yicha tadbirkorlik subyektlariga Jamg‘armaning kafilligi berilishini ko‘rib chiqish shartlari va tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
55. Jamg‘arma tomonidan tadbirkorlik subyektlariga tijorat banklari kreditlari (lizinglari) bo‘yicha kafillik ushbu Nizomga 3-ilovadagi sxemaga muvofiq beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
56. Jamg‘arma faqat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi hududida ro‘yxatdan o‘tgan va faoliyatini amalga oshirayotgan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ularga nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atilmagan;
(56-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 304-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
murojaat sanasida kredit (lizing), soliqlar bo‘yicha muddati o‘tkazib yuborilgan qarzdorligi bo‘lmagan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yomon kredit tarixiga ega bo‘lmagan (“Kredit-axborot tahlil markazi” Kredit byurosi ma’lumoti asosida aniqlanadi) qarz oluvchilarga kafillik beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
57. Qarz oluvchining tijorat bankining kredit siyosatida nazarda tutilgan kredit (lizing) berish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni ilova qilgan holda uning hududiy tarkibiy bo‘linmasiga ariza bilan murojaat qilishi kafillik tashabbusi bilan chiqish uchun asos hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
58. Qarz oluvchilarning Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Vazirlik huzuridagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi, Savdo-sanoat palatasi hamda Jamg‘arma tomonidan belgilangan mezonlarga mosligi hamda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tganligi aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarining tadbirkorlik tashabbuslarini amalga oshirish uchun tijorat banklari ajratadigan kreditlar (lizinglar) bo‘yicha Jamg‘arma kafilligini berish uchun asos hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tijorat banki qarz oluvchi tomonidan topshirilgan hujjatlarning belgilangan mezonlarga muvofiqligini, shuningdek, “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tganligini aniqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
59. Kredit (lizing) berish imkoniyati to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqilgandan keyin tijorat banki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kredit (lizing) berish to‘g‘risida qaror qabul qilinsa — kafillik olish uchun buyurtmani “Tadbirkor” axborot tizimiga kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kredit (lizing) berish rad etilishi to‘g‘risida qaror qabul qilinsa — rad etishning asosli sabablarini ko‘rsatgan holda qarz oluvchiga yozma javob yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
60. Tijorat banki hududdagi tarkibiy bo‘linmasidan hujjatlar olinganidan keyin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
olingan hujjatlarni ko‘rib chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Tadbirkor” axborot tizimidagi buyurtma to‘g‘ri to‘ldirilganini tekshiradi va uni elektron raqamli imzo (ERI) bilan tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyurtmada xatoliklar aniqlansa, tijorat banki hududiy tarkibiy bo‘linmasiga qaytaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Buyurtmada ko‘rsatilgan ma’lumotlarning to‘liqligi va haqqoniyligi uchun tijorat bankining uni imzolagan mansabdor shaxsi javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
61. Jamg‘arma buyurtma kelib tushgan sanadan boshlab uch ish kuni mobaynida uni ko‘rib chiqadi va kafillik berish yoki uni berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
62. Jamg‘arma bir ish kuni mobaynida tijorat bankining hududdagi tarkibiy bo‘linmasini qabul qilingan qaror to‘g‘risida (rad etilgan taqdirda — asosli sabablar ko‘rsatilgan holda) keyinchalik qarz oluvchiga ma’lumot berish uchun xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
63. Kafillik berish to‘g‘risida Jamg‘armaning ijobiy qarori olinganda, tijorat banki besh ish kuni mobaynida qarz oluvchi bilan birgalikda kafillik berilishi to‘g‘risida shartnomani elektron raqamli imzo (ERI) bilan imzolaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kafillik shartnomasi belgilangan muddat mobaynida bank va qarzdor tomonidan imzolanmasa, kafillik shartnomasi tuzilmagan deb hisoblanadi va Jamg‘arma majburiyati yuzaga kelmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
64. Loyihalarning tavakkalchilik darajasidan kelib chiqqan holda, Kengash tomonidan belgilangan tartibda taqdim etilgan kafillik summasining ikki foizi miqdorigacha bir martalik vositachilik haqi olinadi. Vositachilik haqi qarz oluvchining istalgan hisobvarag‘i, jumladan, tranzit hisobvarag‘i orqali ham to‘lab berilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kafillik shartnomasi imzolangan kundan boshlab kuchga kiradi, lekin qarz oluvchi tomonidan bir martalik vositachilik haqi Jamg‘arma hisobvarag‘iga to‘liq miqdorda o‘tkazib berilgandan so‘ng Jamg‘armaning majburiyati yuzaga keladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bir martalik vositachilik haqi kafillik buyurtmasiga ijobiy xulosa berilganligi to‘g‘risidagi xabarnoma jo‘natilgan kundan boshlab 30 kun mobaynida to‘lanmagan taqdirda, kafillik shartnomasi tuzilmagan yoki o‘z kuchini yo‘qotgan hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
65. Kafillik bo‘yicha majburiyatlar quyidagi holatlarda bekor bo‘ladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kredit (lizing) bo‘yicha asosiy qarzning kafillik bilan ta’minlangan qismining to‘lanishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘arma tomonidan kafillik bo‘yicha to‘lovning amalga oshirilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘armaning yozma ruxsatisiz kredit (lizing) shartnomasi bo‘yicha majburiyatlarda shaxslarning almashtirilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kredit (lizing) mablag‘lari buyurtma va kredit (lizing) shartnomasida belgilangan maqsadlarda ishlatilmasligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
garov ta’minotining Jamg‘arma roziligisiz o‘zgartirilishi yoki begonalashtirilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kafillik shartnomasi tuzilgandan so‘ng tijorat banki tomonidan uch oy mobaynida kredit (lizing) ajratilmasligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
66. Jamg‘arma kafillik portfelining qisman yoki to‘liq hajmi uchun sug‘urta qoplamasini jalb etish huquqiga ega. Bunda sug‘urta qoplamasi bo‘yicha sarf-xarajatlar Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-bob. Berilgan kafillik bo‘yicha majburiyatlarning Jamg‘arma tomonidan bajarilish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
67. Qarz oluvchi kreditni (lizingni) qaytarganda va kredit (lizing) bo‘yicha o‘z majburiyatlarini kamaytirganda, birinchi navbatda, kredit (lizing) bo‘yicha qaytarilgan summaga mutanosib ravishda Jamg‘arma kafilligi ta’minlanishidan ozod etiladi. Bunda qarz oluvchi tomonidan ajratilgan kredit (lizing) bo‘yicha ta’minlash sifatida taqdim etilgan mol-mulk faqat Jamg‘arma kafilligi to‘liq qoplangandan so‘ng garovdan ozod etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
68. Tijorat banki kredit (lizing) shartnomasi shartlari bajarilishi yuzasidan qarz oluvchi faoliyatining monitoringini yuritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Monitoring natijasida kreditning (lizingning) to‘liq yoki qisman maqsadsiz ishlatilganligi aniqlansa, tijorat banki bu haqda Jamg‘armaga uch ish kuni mobaynida xabar berishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
69. Qarz oluvchi berilgan kredit (lizing) bo‘yicha majburiyatlarni bajarmasa yoki tegishli ravishda bajarmasa, bank qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda unga yozma talablar qo‘yadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
70. Qarz oluvchi kredit (lizing) shartnomasi bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarmagan sanadan (tegishli ravishda bajarmaganda) boshlab bank 90 kalendar kuni mobaynida qarz oluvchidan kredit (lizing) bo‘yicha asosiy qarzning qaytarilmagan summasini olish, undan foizlarni undirish va kredit (lizing) shartnomasida nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarni bajarishi uchun, jumladan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarz oluvchining hisobvarag‘idagi mablag‘larni uning ruxsatisiz olib qo‘yish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
undiruvni garov (lizing) predmetiga qaratish va ta’minlashga talablar qo‘yish (Jamg‘arma kafilligi bundan mustasno) yo‘li bilan barcha oqilona va yuzaga kelgan vaziyatda mumkin bo‘lgan choralarni ko‘rishga majbur;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kredit (lizing) ta’minoti sifatida sug‘urta polisi olingan hollarda ham undiruv avval sug‘urta polisiga qaratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘arma kafilligi bo‘yicha javobgarlik subsidiar hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu bandda nazarda tutilgan barcha zarur tartibotlar bajarilgandan so‘ng, agar kredit (lizing) shartnomasida belgilangan tartibda bank oldidagi qarz summasi qaytarilmasa, bank Jamg‘armaga quyidagilar qayd etilgan talablarni qo‘yadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kafillik shartnomasi rekvizitlari (shartnoma tuzilgan sana, raqami, bank va Jamg‘arma kafil bo‘lgan qarz oluvchining nomi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kafillik shartnomasi bilan ta’minlanadigan kredit (lizing) shartnomasi rekvizitlari (shartnoma tuzilgan sana, raqami va boshqalar);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarz oluvchining kredit (lizing) asosiy qarzdorligidan bajarilmagan majburiyatlari hajmi bo‘yicha javobgarlikning haqiqiy hajmidan kelib chiqqan holda, Jamg‘armaning kafillik shartnomasi bo‘yicha moliyaviy javobgarlik miqdori hisob-kitobi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘arma tomonidan to‘lanadigan mablag‘lar o‘tkazilishi kerak bo‘lgan va to‘lov rekvizitlari ko‘rsatilgan bank hisobvarag‘i.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
71. Talab (e’tiroz) tijorat bankining vakolatli shaxsi tomonidan imzolanishi va bank muhrining bosma izi yoki elektron raqamli imzo (ERI) bilan tasdiqlanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
72. Ushbu talabga quyidagilar ilova qilinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarz oluvchining qarzdorligi hisob-kitobi va Jamg‘arma javobgarligining hisob-kitoblari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarz oluvchining bank oldidagi qarzdorligini tasdiqlovchi hujjatlar nusxasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tijorat banki qarz oluvchiga nisbatan ushbu Nizomda qayd etilgan choralarni ko‘rganligi va tegishli ishlarni amalga oshirganligini tasdiqlaydigan hujjatlar nusxalari bilan birgalikda amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida ma’lumotnoma.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bankning Jamg‘armaga nisbatan talabi (e’tirozi) qayd etilgan barcha hujjatlar tijorat bankining vakolatli vakili tomonidan imzolanib, bank muhri bilan tasdiqlanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
73. Taqdim etilgan talab Jamg‘arma tomonidan berilgan kafillikka va ilova qilingan hujjatlarga muvofiqligi bo‘yicha ko‘rib chiqiladi. Ko‘rib chiqish kafillik shartnomasida nazarda tutilgan muddatlarda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
74. Jamg‘arma tijorat bankiga kafillik summasini to‘lash haqidagi talabni bajarishni taqdim etilgan hujjatlar ushbu Nizom va kafillik shartnomasi shartlariga muvofiq bo‘lmaganda rad etishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
E’tirozlar bildirilgan taqdirda, Jamg‘arma bankdan talab tushgan sanadan boshlab o‘n ish kuni mobaynida tijorat bankiga mavjud barcha e’tirozlar ko‘rsatilgan xatni yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
75. Jamg‘arma e’tirozlar bildirilmaganda, tijorat banki tomonidan ko‘rsatilgan hisobvaraqqa pul mablag‘larini o‘tkazishi shart. Jamg‘arma tijorat bankining talablari asosida va kafillik shartnomasiga muvofiq tijorat bankiga kreditning (lizingning) to‘lanmagan qismi bo‘yicha kafillik shartnomasida ko‘rsatilgan majburiyatlar summasidan oshmaydigan miqdorda kreditning (lizingning) asosiy qarzi bo‘yicha to‘lovni amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
76. Jamg‘arma majburiyatlari Jamg‘arma tomonidan tijorat bankiga mablag‘lar o‘tkazilgan paytdan bajarilgan hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
77. Kafillik bo‘yicha to‘lovlar to‘lagandan so‘ng Jamg‘arma qarz oluvchining boshqa likvid mulki hisobidan, shu jumladan, sudga murojaat qilish orqali qoplanishini regress tartibida talab qilishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-bob. Jamg‘arma tomonidan moliyaviy ko‘mak berilishida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
78. Jamg‘arma zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan, shu jumladan, quyidagilarni nazarda tutuvchi “Tadbirkor” axborot tizimidan foydalanish huquqiga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektron raqamli imzo (ERI)dan foydalangan holda, kafillik va kompensatsiyalar berish bo‘yicha buyurtmalarni qabul qilish, ular yuzasidan qabul qilingan Jamg‘arma qarorlarini elektron tarzda yetkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektron raqamli imzo (ERI)dan foydalangan holda, kafillik va kompensatsiyalar berish to‘g‘risida elektron shartnomalar tuzish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektron raqamli imzo (ERI)dan foydalangan holda, kafillik va kompensatsiyalar bo‘yicha hisobotlar tuzish, o‘zaro ma’lumotlar almashish maqsadida Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat statistika qo‘mitasi, tijorat banklari va boshqa davlat tashkilotlari bilan “Tadbirkor” axborot tizimining integratsiyasini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tijorat banklari va ularning mijozlariga Jamg‘armaning rasmiy veb-sayti orqali real vaqt rejimida buyurtmalarning ko‘rib chiqilishini hamda bajarilish holatini kuzatib borish imkonini berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil 1-maydan boshlab tadbirkorlar tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalarga taqdim etiladigan moliyaviy yordamlarning risk (tavakkalchilik) darajasini belgilash “Tadbirkor” axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-bob. Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanilishini hisobga olish, hisobot berish va nazorat qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
79. Jamg‘arma qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Jamg‘armaga mablag‘lar tushishi va ularning sarflanishini hisobga oladi hamda ular bo‘yicha hisobot tuzadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
80. Tijorat banklari har oy yakuni bilan hisobot oyidan keyingi oyning 15-sanasidan kechiktirmay, Jamg‘arma kafilligi ostida ajratilgan kreditlar (lizinglar) bo‘yicha hisobotlar taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
81. Davlat moliyaviy nazorati organlari qarz oluvchilar tomonidan kafillik, kompensatsiyalar berilishi va to‘lovlar to‘lanishining ushbu Nizomda belgilangan shartlari, maqsadlari hamda tartibiga rioya etilishini tekshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
82. “Tadbirkor” axborot tizimi Jamg‘arma tomonidan moliyaviy yordamlar ko‘rsatish va monitoring qilishda foydalanish uchun quyidagilar bilan integratsiya qilinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliqlar bo‘yicha qarzdorlik va yaratilgan ish o‘rinlari ma’lumotlarini olish uchun Davlat soliq qo‘mitasi axborot tizimi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eksport qiluvchi korxonalar bo‘yicha ma’lumot olish uchun Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yaratilgan ish o‘rinlari ma’lumotlarni olish uchun Xalq banki fuqarolarning jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minot tizimi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tijorat banklari va kredit byurosi axborot tizimlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlik subyektlari rekvizitlari, iqtisodiy faoliyat turi va kichik tadbirkorlik subyektlari toifasiga mansubligini aniqlash hamda boshqa ma’lumotlarni olish uchun “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsion platformasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘arma tomonidan taqdim etiladigan kafilliklar uchun tadbirkorlik subyektlari tomonidan to‘lanadigan bir martalik vositachilik haqi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tezkorlik bilan aniqlash uchun Markaziy bankning Banklararo to‘lov tizimi va “MUNIS” — Banklararo universal nyetting axborot tizimi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu axborotlar Jamg‘armaga bepul taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
83. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
84. Ushbu Nizomni amalga oshirishda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda, shu jumladan, sud tartibida hal etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
85. Jamg‘arma qonunchilikda belgilangan tartibda qayta tashkil etiladi va tugatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomga 1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tomonidan ko‘rsatiladigan moliyaviy yordam shakllari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Kichik tadbirkorlik subyektlari loyihalariga tijorat banklarining milliy valyutada ajratiladigan, qiymati 5 milliard so‘mdan, foiz stavkasi Markaziy bank asosiy stavkasining 1,5 baravaridan oshmagan kredit (lizing)lari bo‘yicha:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1 — 3 toifadagi tuman (shahar)larda joylashgan kichik tadbirkorlik subyektlari loyihalari bo‘yicha foiz stavkasining asosiy stavkadan oshgan, biroq Markaziy bank asosiy stavkasining 30 foizidan ko‘p bo‘lmagan qismini qoplash uchun uch yil muddatgacha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-5 toifadagi tuman (shahar)larda joylashgan kichik tadbirkorlik subyektlari loyihalari bo‘yicha foiz stavkasining asosiy stavkadan oshgan, biroq Markaziy bank asosiy stavkasining 40 foizidan ko‘p bo‘lmagan qismini qoplash uchun uch yil muddatgacha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farg‘ona viloyati So‘x tumanida ro‘yxatga olingan va faoliyat yuritayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari loyihalariga tijorat banklarining milliy valyutada ajratiladigan, qiymati 10 milliard so‘mdan, foiz stavkasi Markaziy bank asosiy stavkasining 1,5 baravaridan oshmagan kredit (lizing)lari bo‘yicha foiz stavkasining 10 foizlik punktidan yuqori qismini qoplash uchun uch yil muddatgacha kompensatsiya taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, kompensatsiya “2+1” tamoyili asosida avval kredit (lizing)ning dastlabki ikki yiliga taqdim etiladi, tadbirkorlar tomonidan biznes-rejada ko‘zda tutilgan mahsulot (xizmat)larni sotish hamda ish o‘rinlari yaratish ko‘rsatkichlari to‘liq bajarilgan taqdirda, qo‘shimcha bir yilga uzaytiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Tijorat banklari kredit (lizing)lariga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1 — 3 toifadagi tuman (shahar)larda joylashgan kichik tadbirkorlik subyektlari loyihalariga ajratiladigan kredit summaning 50 foizigacha (50 foizi ham kiradi), biroq umumiy qiymati 2,5 milliard so‘mdan oshmagan miqdorda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-5 toifadagi tuman (shahar)larda joylashgan kichik tadbirkorlik subyektlari loyihalariga ajratiladigan kredit summaning 75 foizigacha (75 foizi ham kiradi), biroq umumiy qiymati 2,5 milliard so‘mdan oshmagan miqdorda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 1-yanvarga qadar olis va borish qiyin bo‘lgan, shuningdek, mehnat resurslari ortiqcha hududlar hamda mahallalarga biriktirilgan “yetakchi” kichik tadbirkorlik subyektlariga, shuningdek, kasanachilikni rivojlantirish bo‘yicha loyihalarga ajratiladigan kreditlarning 75 foizigacha (75 foizi ham shu jumlaga kiradi), biroq umumiy qiymati 2,5 milliard so‘mdan oshmagan miqdorda kafillik taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, “a’lo” kredit tarixiga ega bo‘lgan kichik tadbirkorlik subyektlariga, ular avval olgan kreditlari bo‘yicha Jamg‘arma kafilligidan foydalanayotgan bo‘lishidan qat’i nazar qo‘shimcha kreditlar bo‘yicha belgilangan umumiy miqdor va shartlar doirasida kafilliklar taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. 2023-yil 1-apreldan boshlab bir yilda bir marotaba o‘rta tadbirkorlik subyektlariga mol-mulkni sug‘urta qilish xarajatlarining 50 foizigacha, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravaridan oshmagan qismi Jamg‘arma tomonidan qoplab beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘rta tadbirkorlik subyektlariga mol-mulkni sug‘urta qilish xarajatlari Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasini boshqarish bo‘yicha Kengash tomonidan tasdiqlangan nizom asosida qoplab beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: tadbirkorlik subyektlarini, shu jumladan, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarining tadbirkorlik tashabbuslarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash Tadbirkorlik faoliyatini ko‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tomonidan bosh bitimlar asosida vakolatli tijorat banklari orqali milliy valyutada amalga oshiriladi.
(1-ilovaning matni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-martdagi PF-43-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.03.2023-y., 06/23/43/0167-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomga 2-ILOVA
(2-ilova belgisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-martdagi PF-43-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.03.2023-y., 06/23/43/0167-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tomonidan tadbirkorlik subyektlarining kreditlariga (lizinglariga) kompensatsiya berish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI

Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Ijro muddati
1-bosqich
Qarz oluvchi
(kichik tadbirkorlik subyekti, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga taalluqli yuridik shaxs)
Kredit (lizing) berilishi uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni ilova qilgan holda, tijorat bankiga murojaat qilish.
Zaruratga ko‘ra
2-bosqich
Tijorat banki
Kredit (lizing) berishning imkoniyati to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqilgandan so‘ng “Tadbirkor” axborot tizimi orqali kredit va lizing ajratish to‘g‘risida qaror qabul qilinganda:
kompensatsiya berish to‘g‘risidagi buyurtmani elektron raqamli imzo (ERI) bilan tasdiqlagan holda tijorat bankiga taqdim etish va bu haqda qarz oluvchini xabardor qilish;
2 ish kuni mobaynida
kompensatsiya berish to‘g‘risidagi buyurtmani Jamg‘armaga yuborish.
1 ish kuni mobaynida
3-bosqich
Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi
Buyurtmani ko‘rib chiqish va kompensatsiya berish yoki berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilish.
3 ish kuni mobaynida
4-bosqich
Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi
Tijorat bankini qabul qilingan qaror to‘g‘risida (rad etilgan taqdirda — asosli sabablar ko‘rsatilgan holda) keyinchalik qarz oluvchiga ma’lumot berish uchun xabardor qilish.
1 ish kuni mobaynida
Tijorat banki
Kompensatsiya berilishi rad etilgani to‘g‘risidagi bildirishnoma bo‘yicha hududiy tarkibiy bo‘linmasi va qarz oluvchini xabardor qilish.
5-bosqich
Tijorat banki
Kompensatsiya berilgani to‘g‘risida bildirishnomani olgandan so‘ng:
kompensatsiya berilgani to‘g‘risida qarz oluvchini xabardor qilish;
5 ish kuni mobaynida
Tijorat banki va qarz oluvchi
kompensatsiya berilishi to‘g‘risida shartnomani elektron raqamli imzo (ERI) bilan imzolash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomga 3-ILOVA
(3-ilova belgisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-martdagi PF-43-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.03.2023-y., 06/23/43/0167-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tomonidan tadbirkorlik subyektlariga tijorat banklari kredit (lizing)lari bo‘yicha kafillik berish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Ijro muddati
1-bosqich
Qarz oluvchi
(kichik tadbirkorlik subyekti, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga taalluqli yuridik shaxs)
Kredit (lizing) berilishi uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni ilova qilgan holda, tijorat bankiga ariza bilan murojaat qilish.
Zaruratga ko‘ra
2-bosqich
Tijorat banki
Kredit (lizing) berish imkoniyati to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqqandan keyin:
kredit (lizing) ajratish to‘g‘risida qaror qabul qilinganda — kafillik olish uchun buyurtmani “Tadbirkor” axborot tizimiga kiritish;
kredit (lizing) ajratish rad etilishi to‘g‘risida qaror qabul qilinganda — rad etishning asosli sabablarini ko‘rsatgan holda qarz oluvchiga yozma javob yuborish.
Tijorat bankining ichki hujjatlarida belgilangan muddatlarda
3-bosqich
Tijorat banki
Hududdagi tarkibiy bo‘linmasidan hujjatlar olingandan keyin:
olingan hujjatlarni ko‘rib chiqish; “Tadbirkor” axborot tizimidagi buyurtmani to‘g‘ri to‘ldirilganini tekshirish va uni elektron raqamli imzo (ERI) bilan tasdiqlash;
buyurtmada xatoliklar aniqlansa, tijorat banki hududiy tarkibiy bo‘linmasiga qaytarish.
Tijorat bankining ichki hujjatlar�da belgilangan muddatlarda
4-bosqich
Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi
Buyurtmani ko‘rib chiqish, kafillik berish yoki uni berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilish.
3 ish kuni mobaynida
5-bosqich
Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi
Tijorat bankining hududdagi tarkibiy bo‘linmasini qabul qilingan qaror to‘g‘risida (rad etilgan taqdirda — asosli sabablar ko‘rsatilgan holda) keyinchalik qarz oluvchiga ma’lumot berish uchun xabardor qilish.
1 ish kuni mobaynida
6-bosqich
Tijorat banki va qarz oluvchi
Kafillik berish to‘g‘risid� Jamg‘armaning ijobiy qarori olinganda, qarz oluvchi bilan birgalikda kafillik berilishi to‘g‘risida shartnomani elektron raqamli imzo (ERI) bilan imzolash.
5 ish kuni mobaynida
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2022-y., 09/22/428/0713-son; 25.03.2023-y., 06/23/43/0167-son; 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son)