17.08.2017 yildagi PQ-3225-son
Oldingi tahrirga qarang.
(qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-avgustdagi PQ-4417-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.08.2019-y., 07/19/4417/3560-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-avgustdagi PQ-4417-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.08.2019-y., 07/19/4417/3560-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-noyabrdagi PF-193-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.11.2023-y., 06/23/193/0844-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-avgustdagi PQ-4417-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.08.2019-y., 07/19/4417/3560-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(31-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-noyabrdagi PF-193-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.11.2023-y., 06/23/193/0844-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 9-iyundagi PF-150-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.06.2022-y., 06/22/150/0516-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-avgustdagi PQ-4417-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.08.2019-y., 07/19/4417/3560-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(51-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-martdagi PQ-3634-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.03.2018-y., 07/18/3634/0973-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-noyabrdagi PF-193-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.11.2023-y., 06/23/193/0844-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-noyabrdagi PF-193-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.11.2023-y., 06/23/193/0844-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-noyabrdagi PF-193-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.11.2023-y., 06/23/193/0844-son)
 LexUZ sharhi
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-noyabrdagi PF-193-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.11.2023-y., 06/23/193/0844-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 9-iyundagi PF-150-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.06.2022-y., 06/22/150/0516-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-iyuldagi PF-6263-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.07.2021-y., 06/21/6263/0685-son)

2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq mamlakatimizda xususiy mulk manfaatlarini ishonchli himoya qilish, tadbirkorlik faoliyati uchun yanada qulay imkoniyatlar yaratish, davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini qisqartirish borasida aniq chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori ham xususiy tadbirkorlikni, avvalambor, mikrofirma va kichik korxonalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish, ularning jadal rivojlanishi uchun qo‘shimcha shart-sharoit yaratish, imkoniyatlarni kengaytirishga qaratilgan.

Qaror asosida tashkil etilayotgan Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi zimmasiga kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga har tomonlama ko‘mak berish maqsadida qator vazifalar yuklatilmoqda.

Jumladan, tijorat banklariga kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga kredit ajratish uchun milliy va xorijiy valyutada, xorijiy kredit liniyalarini jalb qilish hisobidan resurslar taqdim etiladi.

Jamg‘armaning tijorat banklari tomonidan berilayotgan kredit miqdorining 50 foizigacha (kredit miqdori 500 ming AQSh dollaridan ko‘p bo‘lmagan taqdirda) yoki unga ekvivalent hajmdagi kreditlari bo‘yicha kafil bo‘lishi belgilab qo‘yildi.

Shuningdek, jamg‘arma tomonidan tijorat banklari kreditlari bo‘yicha foizli xarajatlarni qoplash uchun kompensatsiya berish shaklida moliyaviy yordam ko‘rsatilishi ko‘zda tutilgan.

Ta’kidlash kerakki, bugungi kunda amaldagi ta’minotning cheklangan miqdori 100 ming AQSh dollariga teng hajmdagi mablag‘ni tashkil etadi. Ushbu mablag‘ miqdorini besh barobar ko‘paytirish, shubhasiz, tijorat banklari kreditlarini jalb etgan holda yirik loyihalarni amalga oshirish borasida qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi.

Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tijorat banklarining kreditlari bo‘yicha kafolat va kompensatsiyalar, tijorat banklariga esa quyidagi yo‘nalishdagi loyihalar bo‘yicha kredit ajratish uchun resurslar taqdim etadi:

qishloq xo‘jaligi sohasida, birinchi navbatda, energiya tejamkorligi yuqori zamonaviy issiqxonalar qurish, chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik, quyonchilik, asalarichilik, uzumchilik va bog‘dorchilikni, jumladan, intensiv bog‘larni rivojlantirish;

qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini, jumladan, intensiv bog‘larda yetishtirilgan mahsulotlarni qayta ishlash sohasida — ushbu mahsulotlarni saqlash bo‘yicha infratuzilma va transportirovka qilish bilan bog‘liq logistika markazlarini tashkil etish;

ko‘p qavatli uylar atrofidagi umumiy foydalanishga mo‘ljallangan joylarni xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari va boshqaruv kompaniyalari tomonidan obodonlashtirish va ta’mirlash;

tadbirkorlik faoliyatining O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan boshqa yo‘nalishlari uchun.

Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasining ishonchli resurs bazasini ta’minlash, shuningdek, tadbirkorlik faoliyatini moliyaviy qo‘llab-quvvatlashning yagona mexanizmini yaratish maqsadida qarorda Toshkent shahridagi Kichik sanoat zonalari kafolat jamg‘armasi va Kichik tadbirkorlikni rivojlantirish kafolat jamg‘armasini tugatish, ularga tegishli bo‘lgan 50 million AQSh dollari va 100 milliard so‘m miqdoridagi mablag‘larini yangidan tuzilayotgan jamg‘arma hisobiga o‘tkazish ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, qarorda davlat budjetining ushbu maqsadlar uchun har yili tasdiqlanadigan ajratmalar doirasidagi mablag‘lari (2017-yilda — 100 milliard so‘m), O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki yillik sof daromadining Davl�t budjetiga yo‘naltiriladigan qismi, xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat tashkilotlari va boshqa donorlarning Jamg‘arma zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun jalb etiladigan kreditlari (qarzlari) va grantlari hamda Jamg‘armaning depozitlarni joylashtirish, kafolatlar berishdan tushadigan daromadlari, shuningdek, qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa manbalar Jamg‘arma resurslarining qo‘shimcha manbalari sifatida belgilandi.

Qabul qilingan ushbu qaror respublika bank-moliya tizimini yanada takomillashtirish, tadbirkorlik subyektlari faoliyatini moliyaviy himoya qilish va kafolatlarini ta’minlash, ularni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning yangi mexanizmlarini joriy qilish, biznes subyektlarining kredit resurslaridan samarali foydalanish imkoniyatini kengaytirish va shu asosda yangi ish o‘rinlarini tashkil etish hamda aholi hayot darajasini oshirishga xizmat qiladi.