27.07.2022 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3181-3
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining qarori, 27.07.2022 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3181-3
Kuchga kirish sanasi
27.07.2022
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-iyuldagi PF-6269-son “Davlat xizmatlari ko‘rsatish infratuzilmasini takomillashtirish va aholining davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi va 2022-yil 17-martdagi PF-89-son “Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlash hamda huquqiy xizmat ko‘rsatishda adliya organlari va muassasalari faoliyati samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 16-iyundagi PQ-282-son “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga xorijga chiqish biometrik pasportini berishga doir davlat xizmati ko‘rsatish tartibini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-apreldagi 177-son “O‘zbekiston Respublikasida jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini aniqlash va berish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi va 2022-yil 20-apreldagi 200-son “Qurilish sohasiga oid yagona ma’muriy qurilish reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligining 2019-yil 31-iyuldagi 6 va 136-son qarori (ro‘yxat raqami 3181, 2019-yil 13-sentabr) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.09.2019-y., 19/19/3181/3738-son) bilan tasdiqlangan Davlat xizmatlari yagona reyestriga ilovaga muvofiq qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilsin.